• ISO/IEC 27001:2005 – “Axborot texnologiyalari. Xavfsizlikni ta’minlash metodlari. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlari. Talablar”.
  • -Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar




    Download 241.35 Kb.
    bet2/7
    Sana29.04.2023
    Hajmi241.35 Kb.
    #54842
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Topshiroq 1 Xasanov M
    awfdawesrbgsas vte rgt serg, xakerlar haqida, TTva TL 2-topshiriq, TOK, Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, jismoniy tayyorgarlik, Web OOP, 7, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov. (1), 3513-Article Text-6940-1-10-20220528, test tarmoq, Karimberdiyev H.F., MobaXterm 20.0.0.101root 20230426 115834
    3-Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar.
    Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar. Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti – axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo‘lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy - huquqiy hujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Xozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jixatidan faol o‘rganib chiqilmoqda.
    ISO/IEC 27001:2005 – “Axborot texnologiyalari. Xavfsizlikni ta’minlash metodlari. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlari. Talablar”. Ushbu standart axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (AXBT) ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirish modeli va talablaridan iborat. AXBT joriy etilishi tashkilotning strategik qarori bo‘lib qolishi kerak. AXBTni ishlab chiqish va joriy etishda xavfsizlikning ehtiyojlari, maqsadlari, foydalaniladigan jarayonlari, tashkilotning ko‘lami va strukturasi hisobga olinishi kerak. AXBT va uning yordamchi tizimlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi degan taxmin bor. Shuningdek, AXBTni kengaytirish masshtablari tashkilotning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan, oddiy vaziyat AXBT uchun oddiy yechimni talab qiladi. Muvofiqlikni baholash uchun ushbu standartdan ichki va tashqi tomonlar foydalanishi mumkin.
    Jarayonli yondashuv. Ushbu standart tashkilot AXBTni ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirishda jarayonli yondashuvning qo‘llanishiga yo‘naltirilgan.
    Ushbu standartda AXBT har bir jarayonini ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan rejalashtirish – amalga oshirish – tekshirish - harakat [«Rlan-DoCheck-Act» (PDCA)] modelikeltirilgan.
    Ushbu model AXBT axborot xavfsizligi talablari va manfaatdor tomonlarning kutilayotgan natijalaridan kiruvchi ma’lumotlar sifatida qanday foydalanishini va zarur xatti-harakatlar va jarayonlarni amalga oshirish natijasida e’lon qilingan talablar va kutilayotgan natijalarni qanoatlantirishidan dalolat beradigan ma’lumotlarni olishini ko‘rsatadi.
    1-misol. Axborot xavfsizligining buzilishi tashkilot uchun jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarning va/yoki qandaydir qiyinchiliklarning sababi bo‘la olmaydi degan talab qo‘yilishi mumkin.
    2-misol. Qandaydir jiddiy mojaro, masalan, sayt yordamida elektron savdoni amalga oshirayotgan tashkilot saytining buzilishi natijasida yuzaga keladigan holat uchun – tashkilot buzilish oqibatlarini minimumga keltirish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak.

    4.1-rasm. AXBT jarayonlariga PDCA modelini qo‘llash.
    Boshqa boshqarish tizimlari bilan moslashuv. Ushbu standart boshqa boshqaruv standartlari bilan moslashuvini yaxshilash va integratsiya qilishuchun ISO 9001:2000 va ISO 14001:2004 stand art lair bilan muvofiqlashtirilgan. Kerakli tarzda loyihalashtirilgan bitta boshqaruv tizimi barcha ushbu standartlarning talablariga javob berishga qodir. 4.1-jadvalda ushbu standartning ISO 9001:2000 va ISO 14001:2004 standartlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
    Ushbu standart tashkilotga amaldagi AXBTni boshqa boshqaruv tizimlarining tegishli talablari bilan moslashtirish yoki integratsiya qilish imkonini beradi.
    1.1-jadval




    Download 241.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 241.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar

    Download 241.35 Kb.