Kursining predmeti, vazifasi va bilish usullari




Download 48.76 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi48.76 Kb.
#48192
Bog'liq
E K-68
Agile Kanban, 3-MAVZU TOPSHIRIQLAR-HSM-FALSAFA (1), 9 variant, 2022-05-05 175802, annostatsiya, EK-68, Hakimov Sirojiddin, Ish yuritish tili va uslubi, Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyal, 1., Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli ., kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish (2), Annabayev Rustam Tezis, 3(1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI




Mustaqil ish

Guruh: EK-68
Bajardi: Ergashev Oybek

Toshkent 2022


Reja:

  1. Transformatsiya

  2. Transformatsiyalashuv davri

  3. «Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi» 
    kursining predmeti, vazifasi va bilish usullari. 

  4. Xulosa

  5. Foydalangan adabiyotlar

1.Transformatsiya (lot. transformatio — qayta oʻzgarish, qayta hosil boʻlish) (genetikada) — hujayraga yot DNK kirishi natijasida uning irsiy xususiyatlari oʻzgarishi; prokariotlarda genetik material almashinish usullaridan biri. Birinchi marta ingliz olimi F. Griffit (1928) pnevmokokklarda kashf etgan. F. Griffit patogen pnevmokokklarni qizdirib oʻldirganda ular sichqonlarni zararlamasligini, lekin bakteriyalarni patogenlik xususiyatiga ega boʻlmagan tirik bakteriyalar bilan birga sichqonlarga yuborilganda nopatogen bakteriyalar patogenlik xususiyatiga ega boʻlishini aniqlagan. AQSH olimi O. Eyveri va uning xodimlari (1944) nopatogen bakteriyalar patogen boʻlib qolishi (transformatsiyalanishi)ning sababi patogen bakteriya shtammidan ajralgan DNK bilan bogʻliq ekanligini aniqladi. T. keyinchalik har xil turkum va turlarga mansub bakteriyalar — streptokokk, gemofill bakteriyalar, pichan tayoqchasi va boshqalarda aniqlangan. T. hodisasi kompetentlik xususiyatiga ega boʻlgan ayrim hujayralar bilan bogʻliq (hujayraning yot DNK ni bogʻlash xususiyati maxsus oqsil molekulasi sintezlanishi bilan tushuntiriladi). Transformatsiyalaydigan DNKning mol. massasi 300000 dan kam boʻlmasligi, 2 spiralli va kimyoviy toza boʻlishi lozim. Hujayraga donor DNK sining bir boʻlagi oʻtib, hujayra xromosomasi bilan rekombinatsiyalanadi va uning xossasini oʻzgartiradi.


T.dan bakteriyalarni genetik analiz qilishda va genetik injeneriya sohasidagi tajribalarda foydalaniladi. T. jarayonining kashf etilishi va oʻrganilishi natijasida DNKirsiyatning moddiy asosi ekanligi aniqlandi. T.dan eukariot hujayralarga yot DNK ni kiritishda ham foydalaniladi (yana qarang Genetik injeneriya
2.Tabiat va jamiyatdagi transformasiyalar doimiy tavsif kasb etib, turli tuman tarzda amalga oshadi. Ayniqsa, o‘zgarishlar juda tez amalga oshuvchi ijtimoiy hayotdagi o‘tish jarayonlarida bu holatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. «Transformasiya» jarayonlarining qonuniyligi «transformasiya holati»ning mavjud bo‘lishini ham shartlaydi. Transformasiya holati o‘ziga xos o‘tish davri 109 sifatida maydonga tushadi. Agar tabiatda mazkur davr bir lahzadan tortib milliard yillargacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olsa, ijtimoiy hayotda u oylar, yillar, o‘n yilliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlarining o‘ziga xos belgisi bo‘lib uning beqarorligi hisoblanadi. Bu iqtisodiyotda eski va yangi holatlarning unsurlari aralash holda amal qiladi. Iqtisodiy tizimlar transformasiyasi mavjud tizimdagi beqarorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, pirovardida mazkur tizim o‘zining o‘rnini yangi iqtisodiy tizimga sekin-asta bo‘shatib beradi. Transformasiya jarayonlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy tizimlar transformasiyasining tarixan turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular jarayonlarning miqyosi va tavsifiga ko‘ra farqlanadilar. Umumbashariy (global) transformasiya jarayonlari butun insoniyat tarixi uchun xosdir. Masalan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikka qadar insoniyat yagona sivilizasiyadan ikki, ya‘ni g‘arb va sharq sivilizasiyalariga o‘tgan edi. Hozirda esa kelajakda yangidan yagona jahon sivilizasiyasining paydo bo‘lishiga olib keluvchi tendensiyalar amal qilmoqda. An‘anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga, undan esa kelajakdagi iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari ham shunday tavsif kasb etadi. Trasnformasiya jarayonlari o‘z tavsifiga ko‘ra ikkita turga bo‘linadi
Transformasiya jarayonlarining tavsifiga ko’ra turlari Birinchi turdagi iqtisodiyotga iqtisodiy tizimlarning amal qilishi va rivojlanishini belgilab beruvchi omillar ta‘siri ostida ro‘y beruvchi jarayonlar xos bo‘ladi. Bu omillar uch guruhga bo‘linadi: 1) tabiiy-iqlimiy; 2) ishlab chiqarish-iqtisodiy; 3) ijtimoiy-madaniy. Birinchi tur tarixiy evolyusiyaning tabiiy tarzdagi borishini ifodalaydi va shartli ravishda transformasiya jarayonlarining tabiiy-evolyusion turi deb ataladi. Ikkinchi tur transformasiya jarayonlarining islohotlarga asoslangan-evolyusion Трансформация жараѐнларининг тавсифига кўра турлари Ислоҳотларга асосланган-эволюцион Иқтисодий тизимларнинг амал қилиши ва ривожланишини белгилаб берувчи омиллар таъсири остида рўй берувчи жараѐнлар Табиийиқлимий омиллар Ижтимоий -маданий омиллар Ишлаб чиқаришиқтисодий омиллар Табиий-эволюцион Жамиятни ислоҳ қилиш дастурлари асосида иқтисодий жараѐнларни тартибга солиш 110 turi deb ataladi. Buning mohiyati ongli ravishda ishlab chiqilgan jamiyatni isloh qilish dasturlari asosida iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish orqali namoyon bo‘ladi. Ma‘lum darajada ongli ravishda amalga oshirilgan islohotlar tabiiy evolyusiyaning jadallashuvi uchun yo‘l ochib berishi mumkinligi sababli, iqtisodiy tizimilar transformasiyasida mazkur ikki turning o‘zaro birikib ketishi ham ro‘y berishi mumkin. Har qanday turdagi transformasiyalashuv davri iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish jarayoni muqarrar tarzda amalga oshiriladi. «Sof» tizimdagi takror ishlab chiqarishga nisbatan uning umumiy xususiyatlari transformasiya davri iqtisodiyoti amal qilishining maxsus qonuniyatlari deb ataladi. Ular qatoriga quyidagilar kiritiladi: takror ishlab chiqarishning inersiyaliligi hamda yangi shakl va munosabatlarning intensiv ravishdagi ustun rivojlanishi. Takror ishlab chiqarishning inersiyaliligi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi bilan bog‘liq. Bu uzluksizlik dastlab barcha eski jihatlarni butunlay yo‘q qilib, so‘ngra uning negizida barcha yangiliklarni barpo etish tamoyili bo‘yicha rivojlanishni inkor etadi. Bu uzluksizlik shuningdek mavjud shakllarni boshqalari bilan Keskin almashtirish («karaxt qilib davolash») mumkin emasligini ham belgilab beradi. Bu kabi xatti-harakatlar muqarrar ravishda ishlab chiqarishdagi boshboshdoqlikka, uning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Takror ishlab chiqarishning inersiyaliligi, shu ma‘noga ko‘ra, transformasiyalashuv davri iqtisodiyotida eski iqtisodiy shakllarni nisbatan uzoq muddat davomida saqlanib qolishini taqozo etadi. Bu eng avvalo qandaydir vaqt ichida ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining saqlanib qolishida namoyon bo‘ladi, chunki bu jarayon nisbatan uzoq muddatni taqozo etadi. Jamiyatning tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, mavjud institutlar, tarmoqlararo, ichki tarmoq aloqalari, xo‘jalik mexanizmi va boshqalarning xatti-harakati tezlik bilan o‘zgara olmaydi. Transformasiyalashuv jarayonlariga kadrlarning holati ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatadi. Bu yerda ham inersiyalilik o‘ziga xos o‘rin tutib, kadrlar tayyorlashdagi tub o‘zgarishlarni tezlik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonining inersiyaliligi bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, u transformasiya davri iqtisodiyotini uning dastlabki holati bilan chuqur izchillikda bo‘lishini shartlaydi. Ikkinchidan, inersiyalilik ilgari tarkib topgan ijtimoiy mentalitetning saqlanib qolishini kuchaytiradi. Takror ishlab chiqarish jarayonining inersiyaliligini inkor etish ijtimoiy evolyusiya obyektiv tavsifini yetarli darajada baholamaslik hisoblanib, bu volyuntarizm hukmronligining aniq namoyon bo‘lishidir. Bunday holat Rossiyada 1917 yildan keyin hayotiy tajribada boshdan kechirildi. Boshqa bir qonuniyat – yangi shakl va munosabatlarning intensiv ravishdagi ustun rivojlanishidir. Agar birinchi qonuniyat avvalo o‘tish davri iqtisodiyotining izchilligini aks ettirsa, mazkur qonuniyat bir bosqichdan boshqa biriga o‘tish mexanizmini ta‘kidlaydi. Ko‘rib chiqilayotgan qonuniyat xatti-harakatini hisobga olish yangi munosabatlar rivojlanishi «mexanizmi»ni to‘g‘ri tushunishni ham taqozo etadi. Birinchidan, bu ilgari hukmron bo‘lgan tizimlar shart-sharoitiga xos bo‘lmagan, o‘z mazmuniga ko‘ra yangi shakllarning paydo bo‘lishidir. Ikkinchidan, yangi 111 munosabatlarning paydo bo‘lishi eski shakllar mazmunining o‘zgarishi yo‘li orqali amalga oshishi mumkin. Masalan, hozirgi sharoitda davlat mulki yoki mulkchilikning jamoa shakli saqlanib qolgani holda, ilgaridan mavjud bo‘lib kelgan ma‘muriy-byurokratik tavsifini bartaraf etib, o‘zining real mazmunini o‘zgartirishi mumkin. Uchinchidan, pirovardida yangi shakllar o‘zining hukmronligini o‘rnatib, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski shakllarni siqib chiqarishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti quyidagilar bilan tavsiflanadi: - birinchidan, u islohotlarga asoslangan-evolyusion turdagi o‘tish iqtisodiyoti bo‘lib, uning amal qilishida ilmiy jihatdan asoslangan va maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar muhim rol o‘ynaydi; - ikkinchidan, mazkur maqsadga yo‘naltirilganlik muntazam ravishda rivojlanib hamda hayotga tatbiq etilib boradi. Hozirgi zamon transformasiyalashuv davri iqtisodiyotining xususiyatlariga quyidagilar kiradi: - bozor iqtisodiyotiga an‘anaviy iqtisodiyotdan emas, balki alohida, o‘ziga xos – markazlashgan rejali iqtisodiyotdan o‘tilishi. Bu o‘rinda bugungi kungacha ma‘lum bo‘lmagan muammolar hal etilishi taqozo etiladi. Bularning barchasi transformasiya jarayonlarining mushkulliklarini Keltirib chiqaradi; - islohotlarga asoslangan-evolyusion rivojlanish yo‘llarini tartibga solish iqtisodiyotni buyruqbozlik-byurokratik usullarining salbiy ta‘siridan tozalash bilan bog‘liq bo‘lib, bu samarali rivojlanishning umumiy o‘zaniga qaytish imkonini beradi; - transformasiyalashuv jarayoni XX asr oxirida, ya‘ni o‘ziga xos tarixiy sharoit – umumbashariy o‘tish jarayonlarining kengayib borishi sharoitida ro‘y bermoqda. Rivojlangan industrial mamlakatlar postindustrial jamiyatga o‘tish ostonasida turibdilar. An‘anaviy iqtisodiyot unsurlari sezilarli rivojlangan mamlakatlar hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotining zamonaviy shakllariga tezlik bilan o‘tmoqdalar. Shu bilan bir vaqtda, ishlab chiqarish va ayirboshlashni umumlashtirish, baynalminallashtirishning intensiv ravishda ro‘y berayotgan jarayoni ularga postindustrial bosqichning bir qator yutuqlariga erishish imkonini beradi. Jahondagi global tranaformasiyalashuv jarayonlari O‘zbekistonning o‘tish davri iqtisodiyotiga, undagi jarayonlarning mazmuni va ularning pirovard yo‘nalishlariga ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin emas. Shu ma‘noda O‘zbekistondagi transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti ham noyob lokal (mahalliy) va umuminsoniy global tendensiyalarning birikmasini namoyish etadi. Jamiyatning evolyusion jarayoni pog‘onama-pog‘ona tavsif kasb etadi. Har bir alohida pog‘ona o‘zining taraqqiyotida uchta asosiy bosqichdan o‘tadi: - qaror topish va yuqorilab rivojlanish; - yetuklik holati; - yangining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan pasayib boruvchi rivojlanish. Bu jarayon umuminsoniy taraqqiyotning uzluksizligi bilan belgilanadi. Mazkur uzluksizlik mehnat vositalari, texnologiyalar, ishlab chiqarish tashkiliy shakllari va nihoyat, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch va ijtimoiy munosabatlar subyekti 112 sifatidagi insonning muntazam ravishda takomillashib borishini o‘z ichiga oladi. U har bir tarixiy pog‘ona qaror topishining doimiyligini taqozo etadi. Uzluksizlik va doimiylik jamiyatda iqtisodiyot har bir yangi bosqich vujudga kelayotgan davrda ham, uning inqirozi davrida ham o‘z faoliyatini to‘xtatmayotganini anglatadi. Har bir tarixiy pog‘ona ikki bosqichdan o‘tadi. Qaror topish va yuqorilab boruvchi rivojlanish uning o‘ziga xos holatini namoyon etadi: unga xos bo‘lgan belgilarning to‘liq emasligi, yaxlitlikning mavjud emasligi, ham eski, ham yangi iqtisodiyot unsurlarining bir vaqtda amal qilishi va h.k. Har qanday pog‘onaning qaror topish bosqichi bir vaqtning o‘zida oldingi pog‘onaning pasayib boruvchi harakat bosqichi bo‘lib ham hisoblanadi. Pasayib boruvchi harakat esa doimiy ravishda yangi pog‘onaning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Shuning uchun transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti jamiyatning bir tarixiy pog‘onadan boshqa biriga o‘tish davrida amal qilganida o‘z tabiatiga ko‘ra iqtisodiyot evolyusiyasidagi o‘ziga xos holat hisoblanadi. Transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti go‘yo jamiyatning «oraliq» holatini, o‘zgaruvchi iqtisodiyotni tavsiflaydi. Transformasiyalashuv davri iqtisodiyotini «odatdagi» iqtisodiyot – u yoki bu pog‘ona iqtisodiyotidan farqlovchi o‘ziga xos tavsifi ham shundan kelib chiqadi. Shuni ham ta‘kidlash lozimki, transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti to‘g‘risida ijtimoiy evolyusiyaning har qanday turkumlanishida ham to‘xtalib o‘tish mumkin. Masalan, uni uchta pog‘onaga – an‘anaviy, bozor va aralash iqtisodiyotga ajratilganda; formasion yondashuv mezonlari bo‘yicha ishlab chiqarish usullariga ajratilganda; ijtimoiy-iqtisodiy mezonlari bo‘yicha ijtimoiy formasiyalarga ajratilganda va h.k. Pog‘onalarning har qanday ajratib ko‘rsatilishida ular rivojining siklikligi (qaror topish, yuqorilovchi rivojlanish, yetuklik, yangining paydo bo‘lib borishi bilan bog‘liq holdagi pasayib boruvchi rivojlanish) va maxsus o‘tish holatlarining tuzilishi saqlanib qoladi. Shunga ko‘ra, jamiyat turli barqaror holatlarini amal qilishining o‘zi, unga xos bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar uning sifat jihatidan o‘zgacha holatini taqozo etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti tavsifiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar uch guruhga bo‘lingan: 1. Tabiiy-iqlimiy omillar. Ular jamiyatning tabiiy bazasi bilan bog‘liq. Tarixan tabiiy-iqlimiy omillar jamiyatning bir holatdan boshqa biriga o‘tishini rag‘batlantirishda belgilovchi ta‘sir ko‘rsatgan davrlar ham mavjud bo‘lgan. Masalan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning dastlabki davrida ro‘y bergan iqlimning sovub ketishi ekvator yaqinidagi sivilizasiyaga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan bo‘lsada, xususiy mulkchilik hukmronligiga asoslangan yangi, nisbatan samarali ijtimoiy tuzumni qaror toptirishga intilishni rag‘batlantirish orqali grek sivilizasiyasiga ta‘sir ko‘rsatgan. 2. Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar. Ular inson hayotiy faoliyatini ta‘minlashning tabiiy bazasining davomi hisoblanadi. Bu omillar shuningdek mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilish shakl va tavsifi – xususiy yoki ijtimoiy shakl, iqtisodiyot darajasi va h.k.ni ham ko‘rsatib beradi. Aynan ishlab chiqarish-iqtisodiy omillarning holati, birinchi navbatda, yo barqarorlikni, yoki tegishli miqdoriy yoki sifat siljishlarini taqozo etuvchi inqirozli 113 beqaror holatni tavsiflaydi. Ularning o‘zgarishi birinchi navbatda tizimdagi o‘zgarishlarga yoki transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti, transformasiya holatining boshlanishiga olib keladi. Mazkur omillarning ta‘siriga klassik misol qilib bir jamoa mulkchiligidan yakka tartibdagi mehnat qurollarining rivojlanishi bilan bog‘liq xususiy mulkchilikka o‘tilishini keltirish mumkin. 3. Ijtimoiy-madaniy omillar. Bu inson (jamiyat) ma‘naviy-bunyodkorlik faoliyatining paydo bo‘lishini anglatadi. Ular ishchining ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyati bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, insonning ma‘naviy rivojlanishi uning qadriyatlarini, mehnatga, mavjud ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan qarashlarini, ijtimoiy xulq-atvorini belgilab beradi. Global miqyosda ushbu omillar tegishli ijtimoiy mentalitetni shakllantiradi. Shuningdek mafkura va din ham katta ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy omillar o‘z ichiga ma‘lum an‘analarni, u yoki bu xalqning madaniyatini oladi. Aynan ijtimoiy-madaniy omillar jahonda tarkib topgan ikki – sharq va g‘arb sivilizasiyasining farqini ko‘p jihatdan belgilab beradi. G‘arb sivilizasiyasi uchun tarixan insonning shaxsiy ozodligi, munosabatlarning gorizontal tipi, demokratiya xos bo‘lsa, sharq sivilizasiyasi uchun shaxs faoliyati ustidan qat‘iy nazorat, munosabatlarning vertikal tipi, mustabidlik xos bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlar ro‘y berib, urf-odatlar, an‘analar rivojlanmoqda, umumiy holda xalqlar ma‘naviy madaniyatining boyib borishi ro‘y bermoqda. Ijtimoiy ahamiyatdagi omillarning nisbatan mustaqilligi va barqarorligini ta‘kidlab o‘tish joizdir. Bu borada bugungi kunda barcha ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sharoitida g‘arb va sharq sivilizasiyasi mamlakatlari o‘rtasidagi barqaror tafovutlarning saqlanib qolishi guvohlik beradi.

3. «Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi» kursining predmeti, vazifasi va bilish usullari Ma‘lumki, umumiy iqtisodiyot nazariyasi – bu ijtimoiy fan bo‘lib, cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o‘rganadi. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi – umumiy iqtisodiyot nazariyasi doirasidagi xususiy nazariyadir. Yaxlit o‘tish iqtisodiyotining u yoki bu tizim (pog‘ona) iqtisodiyoti bilan taqqoslagandagi o‘ziga xos xususiyatlari uni umumiqtisodiyot nazariyasi doirasidan tashqariga chiqarib yubormaydi. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi fanining predmeti bo‘lib kishilar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari hisoblanadi. Biroq, o‘z mazmuniga ko‘ra, bu munosabatlar ko‘proq jamiyatning transformasiyalashuv holatiga xos bo‘lgan maxsus jihatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab 1615 yilda merkantilizm maktabi namoyandasi, fransuz olimi Antuan Monkretyenning «Siyosiy iqtisod traktati» nomli asaridan kelib chiqqan holda siyosiy iqtisod atamasini olgan edi. Biroq, siyosiy iqtisod umumiy iqtisodiy nazariya sifatida bozor industrial tizimi davrining mahsuli hisoblanadi. Fiziokratlar ham, klassik maktab vakillari ham rivojlanib 114 borayotgan burjua jamiyatidagi tahlil qilingan hodisalarga tabiiy tartib sifatida qarashlari ham aynan shu bilan izohlanadi. Shular bilan birga D.Rikardo ham, A.Smit ham iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi haqida hyech qanday fikr yuritishmagan. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari ba‘zi bir olimlar tomonidan barchaga ma‘lum bo‘lgan tasodif sifatida tushunilib, undan oldinga qarab ham (Sen-Simon), orqaga qarab ham (Mirabo, Sismondi) yo‘l yurish mumkin bo‘ladi. XIX asr oxirida «tabiiy tartib» konsepsiyasi o‘rniga kapitalistik bozor tizimining tanqidi hamda uni boshqa tuzum bilan almashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi nazariyalar paydo bo‘lib, bunday g‘oyalarning tarafdorlari sifatida Veblen (1857-1929), Y.Shumpeter (1883-1950) larni ko‘rsatish mumkin. XX asrda jahondagi transformasiya jarayonlarining ikkinchi to‘lqini rivojlanishi asosida yangi tendensiyalar yanada kuchaydi. Kapitalizmning yuqori bosqichi – imPerializm vujudga keldi. Fanning tadqiq etish usuli iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasining ham muayyan tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishini taqozo etadi. Birinchidan, har qanday iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlarining umumiy belgilari. Ikkinchidan, belgilarning tizim ko‘rinishidagi ifodasi, u orqali belgilar, shu jumladan transformasiya shakllari ichki o‘zaro muvofiqligining ochib berilishi. Uchinchidan, transformasiyalashuv davri iqtisodiyotining amal qilish qonuniyatlari, ya‘ni yangi va eskining o‘zaro aloqasi tavsifi, bir tizimdan boshqa biriga o‘tishning yakunlanish mexanizmi. To‘rtinchidan, xususiylik, umumiylik va alohidalik shakllarining tavsifi. Aynan shular orqali u yoki bu sharoitlardagi transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti amaliyotining abstrakt nazariya bilan mustahkam aloqasi namoyon bo‘ladi. «Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi» kursining vazifasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - transformasiyalashuv davri iqtisodiyotining o‘zgaruvchan jarayonlari to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish; - bozor iqtisodiyoti paydo bo‘lishi va qaror topishining obyektiv qonuniyatlari va tendensiyalarini kuzatish va o‘rganish; - olib borilayotgan islohotlar sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mumkin bo‘lgan variant va muqobil yo‘llarini belgilash. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi iqtisodiyot nazariyasining alohida bo‘limi hisoblanganligi sababli, u o‘zining predetini tadqiq etishda aynan iqtisodiyot nazariyasi fani doirasida qo‘llaniluvchi usullardan foydalanadi. Biroq, iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi predmetidagi o‘ziga xoslik mazkur usullarning ustuvorligiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bilishning dialektik usuli qoidalari iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasining umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, 115 ushbu fanning muammolarini tadqiq etishda ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, eksperiment, makro va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish, induksiya va deduksiya, iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishning taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Shu o‘rinda, iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi nuqtai nazaridan iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ham professor Sh.Shodmonov tomonidan ilgari surilgan hamda ko‘plab nazariy muammolarni hal etishda samarali foydalanilgan ikki tomonlama yondashuv usulini alohida ta‘kidlash zarur.1 O‘zbekiston Respublikasining transformasiyalashuv davri iqtisodiyotini o‘rganishda nazariy-metodologik asos bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari xizmat qiladi. Bu asarlarda mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida amal qiluvchi rivojlanish yo‘nalishlari va qonuniyatlari, jamiyatning sifat jihatidan yangi holatiga o‘tishning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan.

Xulosa
1. Iqtisodiy tizimlar transformasiyasining o‘ziga xos belgisi bo‘lib uning beqarorligi hisoblanadi. Bu iqtisodiyotda eski va yangi holatlarning unsurlari aralash holda amal qiladi. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari mavjud tizimdagi beqarorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, pirovardida mazkur tizim o‘zining o‘rnini yangi iqtisodiy tizimga Sekin-asta bo‘shatib beradi.


2. Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi fanining predmeti bo‘lib kishilar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari hisoblanadi. Biroq, o‘z mazmuniga ko‘ra, bu munosabatlar ko‘proq jamiyatning o‘tish holatiga xos bo‘lgan maxsus jihatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
3. Transformasiyalashuv jarayonlarining tavsifiga ko‘ra transformasiyalashuv davri iqtisodiyotining ikki turi farqlanadi. Bularning birinchisi tarixiy evolyusiyaning tabiiy tarzda borishini ifodalaydigan va shartli ravishda tabiiy-evolyusion deb nomlanadigan tur deb ataladi. Ikkinchisi, islohotlarga asoslangan-evolyusion tur deb ataladi.
4. Har qanday turdagi transformasiyalashuv davri iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish jarayoni muqarrar tarzda amalga oshiriladi. «Sof» tizimdagi takror ishlab chiqarishga nisbatan uning umumiy xususiyatlari transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti amal qilishining maxsus qonuniyatlari deb atalib, ular qatoriga quyidagilar kiritiladi: takror ishlab chiqarishning inersiyaliligi hamda yangi shakl va munosabatlarning intensiv ravishdagi ustun rivojlanishi.
5. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi transformasiyalashuv davri iqtisodiyoti quyidagilar bilan tavsiflanadi: u islohotlarga asoslangan-evolyusion turdagi o‘tish iqtisodiyoti bo‘lib, uning amal qilishida ilmiy jihatdan asoslangan va maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar muhim rol o‘ynaydi; mazkur maqsadga yo‘naltirilganlik muntazam ravishda rivojlanib hamda hayotga tatbiq etilib boradi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li». - T.: O‘zbekiston, 1992. 3-8-b.
2. Karimov I.A. O‘zBekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. - T.: O‘zbekiston, 1993. 3-5, 10-12, 16-21, 23, 39-b.
3. Ekonomika: Uchebnik. 3-ye izd., PeRerab. i dop. /Pod Red. d-ra ekon. nauk prof. A.S.Bulatova– M.: Ekonomist‘, 2005. S.625-630.
4. Armenskiy A.Ye. Ekonomika ustoychivogo razvitiya: prorыvnыye idei i texnologii./ - M.: Sosialnыy proyekt, 2009. – 24-27 s.
5. Nosova S.S., Novichkova V.I. Ekonomi cheskaya teoriya dlya bakalavrov: ucheb. pos. - M.: KNO RUS, 2009. – 68-71 s.
6. Xudokormov A.G Ekonomicheskaya teoriya: Noveyshiye Techeniniya zapada. - M.: INFRA-M, 2009. – 41-48 s.
7. Teoreticheskiye problemы perexodnoy ekonomiki: Ucheb.-Metod. posobiye/ Pod red. V.V.Radayeva. – M: Ekonomicheskiy fakultet MGU, TEIS, 2003. S.9-10.
8. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D., Xalikova G.T. Innovasionnыye metodы obucheniya v ekonomicheskom obrazovanii. – T.: Fan, 2003.
9. Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoye masterstvo i innovasii v prepodavanii ekonomicheskoy Teorii. - T.: Yangi asr avlodi, 2004.
10. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005. 86-87, 89-93-b.
Download 48.76 Kb.




Download 48.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kursining predmeti, vazifasi va bilish usullari

Download 48.76 Kb.