• Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari. 1.Madaniyat – ijtimoiy hodisa . 2.Madaniyatning mohiyati , mazmuni va ijtimoiy funksiyalari .
  • Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari




    Download 71 Kb.
    Sana02.04.2023
    Hajmi71 Kb.
    #48201
    Bog'liq
    Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyal
    Agile Kanban, 3-MAVZU TOPSHIRIQLAR-HSM-FALSAFA (1), 9 variant, 2022-05-05 175802, annostatsiya, E K-68, EK-68, Hakimov Sirojiddin, Ish yuritish tili va uslubi, 1., Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli ., kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish (2), Annabayev Rustam Tezis, 3(1)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Mustaqil ish

    Guruh: Phy 053-22

    Bajardi: Bekbergenova Guloyim

    Toshkent 2022
    Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari.
    1.Madaniyat – ijtimoiy hodisa .
    2.Madaniyatning mohiyati , mazmuni va ijtimoiy funksiyalari .
    3.Madaniyat va qadriyatlar .
    4.Madaniyat – insonni tarbiyalashda muhim ma`noviy omil .
    5.Xulosa .
    6.Foydalanilgan adabiyotlar .

    "Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madanyat"so'zi (arabcha- madinalik, yaniy shaharlik ta'lim-tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi va tabiat hamda o'zaro muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga hos usuli ekanligini takidlanadi. Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shahsiy madaniyat)ni hamda ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi.


    Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlandi.
    Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini yo'ldirib borgan.
    Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir hil. Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. "M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, "madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar". Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi. 19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va boshqa xalqni M.li qilishning omili ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va boshqa oʻzlarining maʼrifatparvarlik ishlari bilan M. rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va jur.lar chiqardilar, nashriyot va bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar, oʻtmish madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga daʼvat etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi oʻlaroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi Yevropada "M." deyilganda dastlab insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi "kultura" soʻzi ham shundan olingan). M. faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini ragʻbatlantirishni ham oʻz ichiga olgan. M.ga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma). Ellinlar "madaniyatsiz" varvarlardan oʻzlarining asosiy farqini "paydey", yaʼni "tarbiyalanganlik"da deb bilganlar. Qad. Rimning soʻnggi davrlarida "M." tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi. Yevropada Maʼrifatchilik davrida M. va sivilizatsiyaning "tanqidi" vujudga keldi (J.J.Russo). Bunda "madaniy" millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqichida boʻlgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarshi qoʻyildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli holatdan chiqishning yoʻlini "ruh" doirasidan, axloqiy (I. Kant), estetik (F. Shiller, romantiklar) yoki falsafiy (G. Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini haqiqiy M. va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 19-asr oxiridan boshlab "lokal sivilizatsiya" (O. Shpengler) degan qarash yuzaga keldi. Bu gʻoya sivilizatsiyani muayyan jamiyat taraqqiyotining soʻnggi bosqichi sifatida olib qaradi. Fan-texnika taraqqiy topgan sharo-itda koʻpgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar M.ning yagona gʻoyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, Gʻarb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida oʻz ifodasini topdi. M.ning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda M.ning sinfiy harakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy M.da ikki M. borligi haqidagi lenincha qarash "hukmron ekspluatatorlik" M.iga "progressiv demokratik" va "sotsialistik" M. elementlarini qarama-qarshi qoʻydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan "madaniy inqilob" natijasida koʻpgina xalqlar M.ining ajoyib durdonalari yoʻq qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi. M. — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan sof M. boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy M.ning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy M.ning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. M. hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Mas, sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqa barchaga tegishlidir. M. kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subʼyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi. Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab M.moddiy va maʼnaviy M.ga boʻlinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong , maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Har bir jamiyat oʻz M. tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol M. taraqqiyoti uzilib qolganini, eski M. yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, M. sohasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham M.ning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy M.ga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda "yagona umummadaniyat"ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan soʻnggi yetmish yil davomida M. hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʻarb M.iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy M.ning boy oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʻlib keldi. Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda M.ni yuksaltirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. "Davlat tili toʻgʻrisida"gi (1989-yil 21 okt.) qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy da-sturi" (1997-yil 29 avg .)ning qabul qilinishi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (1997-yil), Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002-yil), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002-yil), estrada musiqasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi va boshqa bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-shonlanayotgani davlatimiz tomonidan M.ni rivojlantirishga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasidir. “Madaniyat” tushunchasi, shubhasiz, mazmuni bo‘yicha “gender madaniyati”dan ko‘lami jihatdan kengroq tushunchadir. “Madaniyat” atamasining o‘ziga xos xilma-xil talqinlari va ta’riflari bo‘lib, u xulq-atvorning har ikkala elementini va inson faoliyatining jihatlarini bildiradi, “farq” tamoyiliga muvofiq birlashtirilgan mutlaqo boshqa hodisalarni o‘rganish va tavsiflashda undan foydalanish muqarrarligidan dalolat beradi. Ilmning turli sohalarida madaniyatning bir necha yuz ta’riflari shakllantirilgan bo‘lib, unda mualliflar ushbu ijtimoiy hodisaning butun harakat doirasini qamrab olishga harakat qilishadi. Pitirim Sorokin madaniyatga umumiy ma’noda “Ikki yoki undan ortiq kishining bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi yoki bir-biriga o‘zlarining xatti-harakatlari bilan ta’sir qilishi, ongli yoki ongsiz faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan yoki o‘zgartirilgan yig‘indining bir turi” deb ta’rif beradi [3]. Bu talqin bizga madaniyatni uning genezisi va yakuniy natijasini mahsulot ko‘rinishida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
    Biz madaniyatni tarixan shakllangan maxsus ijtimoiy qadriyatlar tizimi, me’yorlar, bilimlar va xulq-atvor shakllari tizimi sifatida tushunamiz. Ular odamlarning birgalikda yashash farovonligini oshirishga, ularning o‘zini o‘zi anglashini ta’minlashga hamda shaxs va jamiyatning ijodiy salohiyatini ochishga qaratilgan. Madaniyatning eng muhim jihatlaridan biri – erkak va ayol o‘rtasidagi ijtimoiy muloqot madaniyati. Bu hayotning barcha sohalariga gender komponentining kiritilishi hamda uning tirik odamlarning ko‘payishi va rivojlanishidagi asosiy roli bilan bog‘liq. Ilmiy muammoning tavsifi va yechimlari. Jins lingvistik ildizlarga ega va dastlab grammatik jinsni ifodalash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda gender erkak va ayol rollari, xulq-atvori, aqliy va hissiy xususiyatlaridagi farqlarning murakkab ijtimoiy-madaniy jarayoni sifatida talqin qilinadi [4]. Rossiyalik sotsiologlar E.Zdravomislova va A.Temkina nuqtayi nazaridan, gender – ta’lim, kasbiy faoliyat, hokimiyatga kirish, jinsiy aloqa, oilaviy rollar va reproduktiv xatti-harakatlarning individual imkoniyatlarini belgilaydigan ijtimoiy maqom [5]. Bir qator ta’riflarda biologik determinatsiya ustunlik qiladi, boshqalarda mohiyat ijtimoiy stereotiplarni o‘zlashtirishgacha kamayadi. Shuning uchun madaniy xususiyatlarga e’tibor berishda jinslararo ta’sir “gender madaniyati” tushunchasini qo‘llaydi. Zamonaviy sharoitda gender madaniyati mohiyatini tushunish uchun uning tarixiy mazmuniga murojaat qilish kerak. Erkak va ayolda hayotning turli sohalaridagi vazifalari va xulq-atvor me’yorlarini belgilaydigan universal omil – ayollarning bola tug‘ish qobiliyati. Bu jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mehnat rollarini jinsiy jihatdan aniqlashni belgilab berdi, keyinchalik ular axloq, din va qonun orqali mustahkamlangan me’yoriy xarakterga ega bo‘ldi. Erkakning oilaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotdagi ustun o‘rni ta’kidlandi, chunki u o‘z mehnati bilan xotinining, farzandlarining moddiy ahvolini va davlat himoyasini ta’minladi. Ayolga hamma joyda va hamma narsada itoat qilish majburiyati buyurilgan. Gender madaniyati tengsizlikka asoslangan bo‘lib, u erkaklar va ayollar tomonidan belgilangan turli bilimlar, qadriyatlar, xatti-harakatlar amaliyotida qayd etilgan. Oiladagi tengsizlik ijtimoiy hayotning boshqa barcha sohalarida o‘zini tutish madaniyatini belgilab berdi. Xotin-qizlarning ta’lim olish huquqi bilan ularning fuqarolik huquqlari hamda erkinliklarini egallash va kengaytirishda istiqbollar ochildi. Ayollarning siyosiy huquqlar uchun harakat qilishi feminizmga aylandi, uning maqsadi hayotning barcha sohalarida erkaklar bilan teng huquqlilikka erishish edi.
    Bugungi kunga kelib rivojlangan davlatlarning aksariyati ushbu talabni adolatli, ravishda qonuniylashtirilgan, deb tan oldi. XX asrda jamiyatdagi madaniyatning o‘zgarishi shu darajada tezlashdiki, an’anaviy paradigma essensialistika uning tuzilishi va tarkibidagi o‘zgarishlarni tushunarsiz ko‘rsatib berdi. Agar ilgari erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarni “erkak+ayol” formulasi bilan tavsiflash mumkin bo‘lsa, endi yangi “erkak+erkak” formulasiga ehtiyoj sezilmoqda. Birinchi savol jinsiy farqlar psixologiyasi sohasiga tegishli. Ikkinchisi ijtimoiy-perseptiv jarayonlarga e’tiborning o‘zgarishini ko‘rsatadi. Gender masalalari sotsiologiya fanining asosi hisoblanadi, lekin an’anaviy ravishda jinsga askriptiv maqom sifatida qaraladi. Strukturaviy funksionalizmga ko‘ra, insonning ijtimoiy harakati ma’lum bir tizimga tegishli bo‘lib, uning tashqarisida shaxsning yashash uchun imkoniyati yo‘q. Jamiyatga qo‘shilish uning umumiy qabul qilingan madaniyat namunalarini qabul qilishi bilan belgilanadi . “Jins” tushunchasining sotsiologik ma’nosi uning ijtimoiy jihatdan konstruktiv bo‘lishiga qaratiladi va bu konstruksiya sotsializatsiya jarayonida yaratiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ular turli tarixiy davrlarda va turli madaniyatlarda farqlanadi. Zamonaviy jamiyatdagi oila va nikoh tizimining inqirozi haqidagi keng tarqalgan fikrlardan farqli o‘laroq, Giddensning ta’kidlashicha, bugungi kunda er-xotin oilaviy hayotning markazida bo‘lib, sevgi va jinsiy qiziqish, asosan, hissiy aloqa yoki yaqinlikka asoslangan nikohning asosiga aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, “jins” va “jins” toifalarini tubdan qarama-qarshi bo‘lgan, turli xil (biologik va ijtimoiy) asoslarga ega dastlabki tushunishdan, uslubiy buzilishlarni oqilona tanqid qilish va ulardan foydalanish urinishlarining paydo bo‘lishi kuzatilmoqda. Gender ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyat me’yorlar va qadriyatlar to‘plami sifatida insonga dunyoni va o‘zini idrok etish hamda o‘zgartirishga imkon beradi. Zamonaviy gender madaniyati – jamiyatlarning turli darajalarida gender o‘zaro ta’sirining amaldagi tamoyillarini o‘zlashtirish va ishlatishni ta’minlovchi komponent. Umuman, madaniyatni va gender madaniyatini birlashtirgan asosiy narsa me’yorlar va qadriyatlardir, ammo ular jamiyat, ijtimoiy guruh va shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan subyektlar tashuvchilar bilan mazmunli bog‘langan; gender madaniyatining subyektlari jamiyat va shaxsdir. Bu esa sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazishda ham ijtimoiy, ham shaxsiy darajalarni o‘rganish zarurligini bildiradi.
    Bugungi kunda “gender madaniyati” atamasi ilmning turli sohalarida qo‘llaniladi, lekin uning mazmuni juda noaniq talqin qilinadi (bu “madaniyat” talqinlarining ko‘pligi bilan bog‘liq). Pedagogik nuqtayi nazardan, gender madaniyati – ijtimoiy muhit yaratgan va jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan hamda bolaning gender roli sotsializatsiyasini amalga oshiruvchi shaxslar ongiga singdirilgan xatti-harakatlar to‘plami Madaniyatni shakllantirish qadriyatlari orasida ikkita asosiy guruh ajratilgan - moddiy va ma'naviy. Birinchisi, intellektual, badiiy, diniy ijodkorlikning ajoyib asarlari: rasmlar, adabiyot, arxitektura yodgorliklari, hunarmandchilik buyumlari va boshqalar. Ikkinchisi jamiyatning ijtimoiy tajribalarini o'z ichiga oladi ", eng oqilona va eng muhim samaralli printsiplarga ega hayotiy faoliyatni amalga oshirish: axloq va ong, namunalar, rasmlar, tafakkurlar, tarjimalar va boshqalarning ijtimoiy normalari, bu jamiyatning ijtimoiy integratsiyasiga olib keladigan funktsiyalar Odamlar o'rtasidagi o'zaro tushunishning ko'payishiga ... "2000: 252] Boshqacha aytganda, bu jamiyatning ijtimoiy tajribasi ijtimoiy muhitga moslashish, odamlar o'rtasidagi munosabatlar va inson bo'lishi kerak bo'lgan narsalar to'g'risida g'oyalar tizimi sifatida sotib olingan. Insoniyat tomonidan butun tarix davomida to'plangan ko'plab qadriyatlar universaldir. Biroq, ayrim madaniyatlardagi ahamiyatga ega bo'lgan ba'zi qadriyatlarning ahamiyati boshqacha. Bu har bir madaniyatning o'ziga xosligi, uning o'ziga xosligi va o'ziga xosligi. Madaniy boylik va urf-odatlar jamoasi til bilan birga etnosning eng muhim belgilaridan biridir [Karaulov 2002: 47]. Har qanday madaniyatning markazida uning asosiy tizimi unchalik o'ziga xos bo'lgan, bu asosiy hayot ko'rsatmalari va oxir-oqibat, ushbu jamiyat madaniyatini aniqlaydi. Masalan, sharqiy urf-odatlar jamiyat va inson, oila, ota-onalarga, ota-onalarga, ota-onalarga, shaxsiyatni hurmat qilish, shaxslararo munosabatlar, barkamollik kabi qadriyatlar bilan ajralib turadi. G'arbiy urf-odatlar uchun shaxsiyat va jamiyatning qarshiliklari, jamoatchilik, mustaqillik, shaxsiyat va boshqalar ustidan individual qadriyatlarning ustuvorligi.
    - Biror bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
    - Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy me’rosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
    - Mustaqqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni shakillantirishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishidan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.
    - Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach o’z taqdirining chinakkam egasi, o’z tarixining ajdodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning sohibiga aylandi.
    - Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglatishni, ta’bir joyiz bo’lsa milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida muhim o’rin tutadi.
    - Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakillantiradi. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, madaniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’ziga mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bolgan.
    - Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahoviddin Naqshband, Xoja Axmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur. Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishda ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida qo’shgan buyuk xissalari butun dunyoga ma’lum.
    - Tarixiy tajriba an’analarining meros bo’lib o’tishi bularning barchasi yangidan yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga ajralib qolmog’i lozim.
    - Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib qolganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan.
    - Xalqimizning etnik madaniy va diniy sabr bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas tuganmas manbaidir.
    - Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash bosh ma’naviy madaniyatning qudratli qatlamlari boshlandi. O’zbek madaniyatining umuminsoniy mohiyati, ma’naviy-ruhiy qadryatlarning va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi bu birlikning negizini tashkil etdi.
    Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi. Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.
    - Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi.
    Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar.
    - Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib tur Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.
    Shaxsning madaniyat bilan o’zaro munosabati hech qachon to’liq va uyg’un bo’la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqqildir. U madaniy merosni o’ziga mujassamlashtirgan konkret sotsial guruhlarning ma’noviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadryatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar xazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadilar. “Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudoddir: inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonga mujassam” (N.Berdiyayev). Negaki har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o’lchanadi. Tarixiy antrapologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu mentalitetdir. “Mentalitet” bu madaniyatga ta’luqli bo’lgan kishilarga yoki boshqa muhitning muayyan “aqliy vositalar yig’indisi”, “psixologogik moslama”larning mavjudligini bildiradi. Ular insonga o’zlashtirishning sotsial borlig’ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishga sharoit yaratadi. Betartib uzuq-yuluq tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanadi, nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson hatti-harakatida o’chmas iz qoldiradi. Bir sotsial va madaniy umumiylikning tegishli bo’lgan, tarixiy jarayoning subyektiv tomoni hisoblanuvchi idrok va his qilish uslublari tarixning obyektiv jarayoniga qo’shiladi. “madaniyat” tushunchasi qo’llanilishiga qarab quyidagicha o’rganamiz a) individual – shaxs madaniyati; b) guruhiy madaniyat – milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy; v) makon va zamonga cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati; g) insoniyat madaniyati Madaniyatni qo’llanish jihatdan turlarga bo’lish munozarali bo’lsada, biz ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarini yo’qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqurroq o’rganish madaniyat to’grisidagi tasavvurimizni kengaytirib berishga xizmat qiladi. Madaniyat tushunchasi qo’llanish jihatdan xilma-xil bo’lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz “muomala madaniyati”, “Mehnat madaniyati”, “hatti-harakati madaniyati” kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko’nikib qolganmiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqeylikni baholash tushunchasi sifatida shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodliligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog’lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyat kishi tushunchasiga qo’shilib ishlatiluvchi sifatlar juda keng bo’lib, uni qo’llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning sotsial statusiga bog’liqdir. Hozirgi davrda “ishlab chiqarish madaniyati”, “dam olish madaniyati” va boshqalar to’g’risiga ko’p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko’rsatishlari tushuniladi. Ba’zan madaniyat to’g’risida tasavvurlar shahar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish “madaniyat” madaniy kishilar bilan do’slashish va chiroyli narsalar bilan bg’liq deb fikrlanadi. Ro’znomalarda statistik ma’lumotlarda “iqtisod va madaniyat”, “fan va madaniyat”, “siyosat va madaniyat” iboralari ko’p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy iboradir yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nutqi nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til bevosita taqlid qilish va amaliy o’rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi.
    - Madaniyatni ilmiy tushutirish oddiy ongdan quyidagilarga ko’ra farq qiladi: birinchidan; juda keng bo’lib kishilar faoliyatining barcha usullarini ijtimoiy hayotning barcha shakillarini o’z ichiga oladi. – ikkinchidan; kundalik hayotda hissiy bezak ko’rsatilgan va qimmat jihatlarga urg’u berilgan tasavvurlardan farq qilib, fanda tavsifiy ta’rif berish bilan cheklanadi. Madaniyat nimada namoyon bo’lishidan qatiy nazar muayyan qadriy o’lchovga ega bo’ladi. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, tarix, insonparvarlik kabi kotigoriyalar bilan bir qator turadi. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o’ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsipasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to’ldiradi. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga o’zida faoliyat ko’rsatish va madaniyatning o’zlashtirish aspeklarini mujassamlashtiradi. Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi. Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi. Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi. shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatni rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongini oshirish, axloqiy va estetik nafosatini tarbiyashda madaniyatning tarkibiy qismlari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan fikrlashiga ko’ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyat, axloq madaniyati, badiiy tafakkur madaniyati, dunyoqarashi ruhning olami haqida gapirish mumkin. Madaniyat ijtimoiy tizim tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, axloqiy – estetik qadryatlarni, axloqiy – huquqiy nizomlarni, urf-odat va an’analarni qamrab oladi. Shaxs madaniyatning shakillanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari ahamiyatlidir: siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy – huquqiy g’oyalar majmui bo’lib, ma’naviy qadriyatlarning mahsus tizimini tashkil qiladi. Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot bosqichlariga jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog’liq holda vujudga kelib jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy bog’liq. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni qayta yaratish va o’zlarini tarbiyalash jarayonlarini qamrab olib, “Siyosiy ishlab chiqarishni” aks ettiradi. Bunda siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhdan (sotsium)ning siyosiy hokimiyat uchun bo’lgan harakatlarini belgilaydi, madaniy - nazariy jihatdan esa ijtimoyi munosabatlarni tabaqaviy dunyoqarash ruhida anglash, muayyan siyosiy g’oyalar, dasturlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga; mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi.
    Siyosiy madaniyatning mavjudlik usuli: jamiyatning siyosiy – madaniy boyligi; amaliy siyosiy madaniyatdan iboratdir. Jamiyat siyosiy madaniyati taraqqiyotning ma’lum bir bosqichidagi siyosiy – ijtimoiy qadriyatlar, siyosiy tizimlar, siyosiy faoliyat usullarining majmuidir. Shaxs siyosiy madaniyati esa individ tomonidan jamiyatning siyosiy, mafkuraviy va ijtimoiy va ruhiy qadriyatlarni va usullarini o’zlashtirilishi hamda amalgam oshirishi tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatda qo’llash darajasining o’zaro bog’liqligi, yaxlid birligidan siyosiy madaniyat tarkib topadi.
    Siyosiy madaniyat tarkibi huquqiy madaniyat bilan bog’liq bo’lib, bu faqat qonunlarni bilish, huquqiy saviyadagina iborat bo’lib, qonunlarga amal qilish va ular bo’y sunish madaniyati demakdir. Umuman, huquqiy madaniyat, huquqqiy ong, huquqiy munosabatlar, huquqiy faoliyatning birlikda namoyoy bo’luvchi ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Iqtisodiy madaniyat tushunchasida iqtisodiy bilimlar va fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik omillari namoyon bo’ladi. Iqtosodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iqtisodning o’zaro ta’siri xususiyatlari majjud bo’lib, tarkibiga iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy munosabat kiradi. Iqtosodiy madaniyatning mazmunini kishilarning turli sohalarda maqsadga muvofiq faoliyati, yangi sifat natijalarini tashkil etadi. Jamiyat iqtisodiy madaniyatida shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o’zini kamol toptirishini anglab, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratishi, boyitishi va iste’mol qilish darajasini, balki o’z erkinligini yangi bosqichga ko’tarilishini ta’minlayni. Aqliy madaniyat – jamiyat, sotsium, induvidlar tomonidan aqliy kamolot me’yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o’zlashtiriladigan axloqiy qadriyatlar, axloqiy kamolot me’yorlari bilan bog’liqdir. Axloqiy madaniyat – tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi. Estetik madaniyat – insonning ma’naviy – hissiy faoliyat bina bog’langan qadriyatlar tizimini ifodalaydi.
    Xulosa :
    Xulosa qilib aytganda , madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar :



    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-4740345

    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarori.

    3. Coрокин П.А Социальная и культурная динамика / П.А. Сорокин / пер. с англ., В.В. Сапова. – Москва: Астрель, 2006. – 1176 с.

    4. https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13479-madaniyat-va-uning-jamiyat-hayotidagi-o-rni

    5. https://ijtimoiy.uz/2118/

    6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Madaniyat

    Download 71 Kb.




    Download 71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari

    Download 71 Kb.