Mehnat ta’limining o`qitish metodlari. Reja




Download 38.8 Kb.
bet1/11
Sana17.02.2023
Hajmi38.8 Kb.
#42617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
21.12.2021-2
Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT

Mehnat ta’limining o`qitish metodlari.


Reja:



  1. Mantiqiy.

  2. Ko`rsatmali.

  3. Amaliy.

  4. Muammoli.

Mehnat ta’limi metodikasini o`rganishga kirishilar ekan, avvalo metod tushunchasining kengroq ma’nosi bilan, ya’ni uning usul va priyomlar majmuidan iboratligi bilan tanishib chiqamiz. Master bu usul va priyomlar vositasida o`quvchilarga ma’lum maqsadga qaratilgan professional-bilimlar beradi, ulardan zarur o`quv va madakalarni shakllantiradi, ularni mustahkam-laydi, o`zlashtirish darajasini tekshiradi, o`quvchilar esa bu o`quv va malakalarni aktiv va ongli ravishda o`zlashtiradi, professional mohirlikni egallaydi. Metodlarni to`ғri tanlash muhim masaladir. O`qitish metodi, dastavval, o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsad va vazifalar bilan o`quvchilarning bilimlarini, o`quv va malakalarini ongli va puxta o`zlashtirish, ularda ijodiy aktivlik va mustaqillikni o`stirishi, vazifalar bilan belgilanadi. Mehnat ta’limini tashkil etishga nisbatan qo`yiladigan muhim talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning muayyan maqsadga xizmat etishidir. Ta’limda qo`llaniladigan mantiqiy metod barcha o`rta tahlil maktablari uchun umumiy va eng ko`p tarqalgan metoddir. O`qituvchi mantiqiy metod - hikoya, o`quv materialini oғzaki bayon etishini, suhbatni qo`llar ekan, u o`quvchilarga faqat o`zidagi bilimlarni ularga o`tkazibgina qolmay, balki o`quvchilarda ayni yo`nalishga qiziqish ham uyғotadi.


Mantiqiy metodlar:
A) Ҳikoya qilib berish.
B) O`quv materialini oғzaki bayon qilib berish.
V) Suhbat.

Ҳikoya qilib berish - o`quv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib berishdir. Ҳikoya maksimal kontrol va o`quvchilarniig galdagi ishlariga xirs boғlangan bo`lishi shart. Ҳikoyani dars temasini qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak.


Jonli so`zdan har qanday metodda ham foydalaniladi, jonli so`z yordamida mehnat priyomlari, ko`rgazma qo`llanmalar izohlab ko`rsatiladi. O`qituvchining so`zi o`qitishdagi aktivlikni ta’minlash uchun, xatolarning oldini olish uchun ayni shu texnologiyasini bajarishda o`quvchiga yordam berish uchun, jihozni boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish priyomlarini o`zgartirish uchun zarurdir.
O`quv materialini oғzaki bayon etish - haqiqiy materialni izchillik bilan bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni analiz qilish va isbotlash katta o`rin oladi. O`qituvchi o`zining basnida, o`z yozmalaridan, hisoblashlaridin foydalanadi, bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi.
Materialni bayon qilishda o`qituvchi o`quvchilarning nazariy bilimlari saviyasiga, ularning ishlab chiqarish ta’limi jarayonida qo`lga kiritilgan tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan ya’ni: materialshunoslik, chizmachilik programmasi bilan mukammal tanishib chiqishi, har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
Suhbat - bunda o`quvchilar o`qituvchining savoliga javob beradi, yoki savolning mazmuniga muvofik, so`zga chiqadilar. Suhbatdan o`rganiladigan material to`ғrisida o`quvchilarga malum hajmda bilim bo`lgan xollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida o`qituvchi o`quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.
Effektiv o`qitish metodlaridan biri suhbat ishlab chiqarish ta’limida o`quvchilarning aqliy faoliyatini va diqqatini rivojlantiradi. Suhbat oldindan tuzilib qo`yilgan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, o`qituvchi bergan savollarga o`quvchilarning javob berishlari tarzida borishi mumkin. O`quvchilarda ayni temaga doir birmuncha bilim va tasavvurlari bo`lgan taqdirdagina suhbat usuli samarali bo`lishi mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi ko`p xollarda o`qituvchining o`quvchilarga to`ғri savol qo`ya bilishiga boғliq. Suhbatni shunday olib borish kerakki u belgilangan ta’lim - tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan bo`lsin. Suhbat aniq belgilangan maqsadga qaratilgan bo`lsin.
Ko`rgazmali metod - shaxsan mehnat priyomlarini ko`rsatish, jihozlarni, ko`rgazma qurollarni, o`quv kino filmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish qilish demakdir.
Ko`rgazmali metodlar:
A) ishlab chiqarishga ekskursiya o`tkazish.
B) mehnat priyomlarini ko`rsatib berish.

Ekskursiya-ko`rgazmali o`qitish bo`lib, bunda o`quvchilar buyumlarni texnologik hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab chiqarish sharoitida o`rganadilar. Mehnat talimi o`quvchisi ekskursiya o`tkazish planini oldindan tuzib qo`yishi, eng xarakterli ob’ektlarini belgilab ular bilan mukammal tanishib chiqishi kerak.


Korxonalarga zamonaviy jixoz, ya’ni texnologik prosesslar bilan tanishish maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jixozni boshqarish priyomlarini, ilғor ish metodlarini, shu o`rinda meh-natni tashkil etish kabilarni ko`rsatishning katta ahamiyati bor.
Ҳar xil ko`rgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni ko`rsatish metodi mehnat ta’limida muhim o`rin tutadi. Bu masalada o`ylar ekanmiz, unga tayyorgarlik ko`rish bosqichlariga va namoyishga nnsbatan talablarga alohida e’tibor berishimiz kerak bo`ladi. Tajribaning ko`rsattshicha ko`rgazmalillk xaddan oshib ketsa bu xol o`quvchilarning o`rganilayotgan xodisa moxiyatini aniqlashdan chetlashishiga sabab bo`lar ekan. Shunga qaramay, bitta buyumga tegishli ko`rgazmali qurollar uning turli tomonlarini oydinlashtirishga xizmat qilgani taqdirida ular sonining ko`proq bo`lishidan xavfsiramasa ham bo`ladi.
Odatda ko`rgazmali qurollar dars boshlanmasdan ko`rsatib qo`yilmaydi. O`quvchilarning vaqtdan ilgari ko`rgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu qurollarga jiddiy qiziqish xavasini susaytirib qo`yishi mumkin. Ko`rgazma materialining mazmunini ochishga mumkin qadar o`quvchilarning o`zlarini ham jalb qilishlari zarur. Bu esa o`quvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini tarbiyalash choralaridan biridir.
Mehnat ta’limida mehnat priyomlarini ko`rsatish masalasi alohida o`rin tutadi. Bu o`qitishning asosiy ko`rgazma materiallaridan biridir. Bundan tashqari mehnat ta’limi o`qituvchisi mehnat priyomlarini va prosessni ko`rsata bilishi uchun, yuksak professional malakali bo`lishnigina emas, balki etarli darajada pedagogik tajribaga ega bo`lishini ham talab etadi.
Shuni ham ta’kidlab o`tish zarurki, namoyish qilinadigan mehnat priyomlari va prosesslari barcha o`quvchilarga ko`rinadigan bo`lishi shart. O`quvchilar ayni ish priyomlarini shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish kerakligini yaxshi faxmlab olishlari zarur.

Amaliy metodlarga:

a) mashqlar.

b) laboratoriya-amaliy ishlari.

v) texnikaga oid ma’lumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kiradi.

Mashq-mehnat o`quvchilarni shakllantirish va sekin asta ularni malakaga aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va ko`p marta takrorlashdan iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish ta’limining asosiy metodidir. Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli bo`lishiga, o`quvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga e’tibor berish kerak.

Laboratoriyadagi amaliy ishlar-turli kasb va ixtisoslik bo`yicha malakali ishchilarni tayyorlashda tadbiq etilishi mumkin.

Quyidagi shartlar mavjud bo`lgandagina o`quvchilarning mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishida ta’lim – tarbiya muvaffaqiyatlariga erishish mumkin:





  1. O`quvchilar bajariladigan ishning mazmunini yaxshi tushunishlari va uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishlari lozim.

  2. O`quvchilar topshiriqni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish kerakligini, ularning tuzilishiga va ishlashiga oid xususiyatlarini, ularni shu rejimga moslash usullarini va ishlash nuqsonlarning oldini olish choralarshsh bilishlari kerak.

3. Ish o`rnini to`ғri tashkil etish, buning uchun ish va o`lchov
asboblarini, zagatovkalarni, texnologiya hujjatlarini to`ғri joylashtirish kerak.

4. Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitoriyasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilishlari zarur.

Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish o`quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo`lib, u didaktika prinsiplariga va o`quvchilarning mehnat, tayyorgarligi dasturi talabalarga to`la – to`kis mos keladigan bo`lishi kerak.

Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish vaqtida quyidagi hujjatlar tuzib chiqiladi:





  1. Mehnat bo`yicha yarim yilga, istiqbolga mo`ljallangan kalendar-mavzu rejasi.

  2. Ҳar bir mshnat turi bo`yicha yarim yilga yoki bir yilga mo`ljallab tuzilgan o`quv ishlab chiqarish ishlarining ro`yxati.

  3. Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlarning yiғma mavzu rejasi: unda fanlararo boғlanishlar aks etishi lozim (yarim yilgamo`ljallab tuziladi).

  4. Ana shu mavzu yuzasidan batafsil konspektga ega bo`lgan dars rejasi.

Ayrim maktab o`quv - ishlab chiqarish kombinatlari, hunar-texnika bilim yurtlarining ilғor ish tajribasi shuni tasdiqlaydiki, mehnat- va kasb ta’limi bo`yicha rejalashtiruvchi hujjatlar o`quv jarayonini xamma tamoyillarini hisobga olgan xolda tuzib chiqilishi kerak. Rejalashtirishda ana shu tamoyillaridan birortasiga e’tibor bermaslik, mehnat o`qituvchisining ishida jiddiy nuqsonlarga sabab bo`lishi mumkin. Ma’lumki mehnat va kasb ta’limi dasturida mavzular ma’ruzalariga va darslarga bo`linmaydi, ularda soatlar miqdori ajralib ko`rsatilmaydi. Bu ish mehnat ta’limi o`qituvchisi yoshi ustaj yuklanadi, u har bir mashғulot uchun o`quv materialining xajmini shunday taqsimlab chiqadiki, bu material mazmun jihatdan ham, matn jihatdan ham mantiqan tugallagan bo`lishi kerak. Shu bilan birga o`qituvchi ajratilgan mavzuchalardan har biriga kiradigan o`quv materialining xususiyati va mazmuniga mos keladigan nom berish kerak.
Kalendar - mavzu rejasida amaliy-laboratoriya ishlarining ro`yxati albatta berilishi lozim, zarur asbob - uskunalar, materiallar, xujjatlar ana shu ruyxatga muvofiq ravishda tayyorlanadi.
Bunday reja o`rgatilayotgan jarayonlarni o`zlashtirishning samarali bo`lishini ta’minlaydigan maxsus moslamalarni ko`rsatmasdan o`tib bo`lmaydi (ular oldindan tayyorlab qo`yilishi lozim).
Ayrim metodistlar taqvim - mavzu rejasini soddalashtirilgan chizmasini yoqlab chiqmoqdalar. Ular bu ishni endi boshlayotgan mehnat o`qituvchilari, ustalari, muxim, lekin ko`p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik ishining uddasidan chiqmaydilar deb tushuntirmoqchi bo`ladilar. Lekin shu rejalashtirishni har qanday soddalashtirish yoki yetarli darajada aniq rejalashtirmaslik, ma’lumki ta’lim jarayonini tashkil etishning buzilishiga, ta’lim ishida sifatni pasayishiga va nuqsonlar sodir bo`lishiga olib keladi.
Kalendar - mavzu rejasini tuzish vaqtida mehnat va xasb ta’limi o`qituvchisi o`quv ishlab chiqish ishlari ro`yxatiga qanday mehnat ob’ektlari kiritilishi lozimligini oldindan bilnshi kerak. Demak kalendar mavzu rejasi o`qituvchi tomonidan o`quv ishlab chiqarish ishlari ro`yxati belgilangan bir vaqtda tuzib chiqilishi lozim. Chunki bu rejalashtirilayotgan har ikkala xujjat bir-biriga chambarchas boғliqdir. Mehnat va kasb ta’limi bo`yicha operator dasturi asosida o`qituvchining mashғulotga tayyorlanishida, ayniqsa dars rejasini tuzib chiqishda mehnat ob’ektlarini tanlashda va mashғulotlarni zarur narsalar bilan boyitishda uning ishini ancha osonlashtiradi. Mehnat va kasb ta’limi bo`yicha kalendar-mavzu rejasi dastur asosida yarim yilga mo`ljallab tuzib chiqiladi. Reja mehnat o`qituvchilarining metod birlashmasidan ko`rib chiqilishi, unga tuzatishlar kiritilib, muloxazalar hisobga olinishi kerak. Shundan keyin maktab o`quv ishlab chiqarish kombinati va hunar - texnika bilim yurti direktorlarining tasdiғiga taqdim etiladi.
Ishlab chiqarish ta’limi dars planining tipik sxemasini o`rganishda kirishishdan oldin bu planning ishlab chiqarish ta’limi programmasi va plani asosida, maxsus texnologik va boshqa fanlarga doir darslarning planlari ayrim darslar kalendar planlari asosida tuzilishini aytib o`tish zarur. So`ngra dars planini tuzishdan ko`ada tutilgap maqsad bu plashsh tuzishda qo`yilgan talablar o`ylab chiqiladi. Shundan keyin ishlab chiqarish ta’limi darsini mumkin qadar sxemasini, ya’ni har bir elementi ayrim band tarzida yozilgan mufassal planini ko`zdan kechirishga o`tish maqsadga muvofiqdir.
Dars planini sxemasini ko`rib chiqishda o`z ixtisosiga doir programma temalaridan birining mufassal dars planini keltirsa juda yaxshi bo`ladi.
Bundan tashqari, shuni ham aytib o`tish zarurki ishlab chiqarish ta’limining keltirilgan dars plani sxemasi programmaning temasiga darsdan kutilgan maqsadga qarab, boshqacharoq tuzilishi ham mumkin. Masalan dars planida «o`tilganlarni so`rash», band yoki «o`rganish mashqlari» bo`lmasligi ham mumkin, chunki ularni eng murakkab operasiyani o`rganish vaqtida o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Tuzilgan dars planiga darsni muvaffaqiyatli o`tkazishni ta’minlovchi asbob-moslamalar, materiallar ro`yxati, shuningdek darsning mufassal konspekti ilova qilinadi.

Dars rejasi:





  1. Dars mavzusi,

  2. Darsning maqsadi

  1. Ish ob’ekti.

  2. Darsni jihozlash.

  3. Darsni tashkiliy qismi.

a) davomadni aniqlash.
b) navbatchi tayyorlash.
b.Kirish instruktaji.
7.Joriy instruktaji

O`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik xatolarini namoyish qilish bu xatolarini sabablari va ularni bartaraf qilish usullarni tushuntirish.

8.Yakuniy instruktaj.

O`quvchilarning xatolarini analiz qilish, bajarilgan ishni unumli baholash, darsning yakuniy qismi.

9.Ish o`rnini yiғishtirish.

O`quv ustaxonalarida bajariladigan buyumlar ro`yxati yarim yilga yoki bir yilga mo`ljallab tuziladi. Uni ishlab chiqishda usta mehnat ta’limi o`qituvchilari va ustaxonaning mudiri qatnashadi. O`quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro`yxati kalendar tematik rejaga qo`shimcha ravishda yoziladi. Bu quyidagi prinsiplarga asosan ishlab chiqilgan:





  1. O`qitish unumi mehnat asosida olib boriladi.

  2. Buyumlar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.

  1. Ҳamma buyumlar operasiyalar bo`yicha normallashtirilgan. Bu esa o`quvchilarni mehnat prosessini rejalashtirishga o`rgatadi.

Bu sxema tabiiy-matematik fanlar orasidagi o`zaro boғlanishni ko`rsatadi. Bu birlashgan tematik planda ilmiylik va nazariya bilan amaliyotning boғlanishi asosida faqat ishlab chiqarish ta’limi maxsus texnologik fanning ayrim temalari orasidagina emas, balki boshqa umumiy ta’lim fanlari (fizika, matematika, ximiya) orasida xam umumiy texnika fanlari (metallar texnologiyasi, chizmachilik, texnik mexanika, elektrotexnika) orasida ham xuddi yuqoridagiday boғlanish amalga oshiriladi. Bu planda nomi aytilgan hamma fanlar xuddi tabiiy-matematik sikl fanlarining o`zginasidir. Shundan keyin konkret misollar bilan (o`qituvchi ixtisosi profilini ham hisobga olib) bu nomi aytilgan fanlar temalari orasidagi ob’ektiv mavjud boғlanishlarni (sxemadagi misollar kabi) aniqlash zarur. Shundan keyin birlashgan tematik misolning asosiy mazmuni, uni ishlab chiqarish bosqichlari bilan tanishiladi. Bu ishlab chiqarishning mohiyati shundan iboratki, o`qish yili boshlanishidan oldin bilim yurti metodik komissiyasining majlisi chaqiriladi (bu komissiyaga birlashgan tematik planda ko`rsatilgan fanlarning ishlab chiqarish ta’limi masterlari o`qituvchilari kiradi). Komissiyaning har bir a’zosi o`z fanini puxta analiz qilib, boshqa fanlar bilan boғlanishni amalga oshirish imkonini beradigan konkret misollar vositasida bayon qilib beradi. Bu xildagi takliflar har tomonlama muhokama qilinadi, umumlashtiriladi. Fanlararo boғlanishni amalga Oshirishga yordam beradi deb topilgan programma material birlashgan tematik plan jadvaliga yoziladi. Shuni aytib o`tish kerakki, tabiiy-matematik fanlarning birlashgan tematik planini ishlab chiqishning ahamiyati ayniqsa so`ngi yillarda, ya’ni mamlakatimizda yangi tip professional texnika bilim yurtlari-ixtisos berish bilan birga umumiy o`rta ma’lumot ham beradigan bilim yurtlari tashkil etilishidan keyin yana oshdi.

I. Nazorat savollari:



  1. Mehnat va kasb ta’limida rejalashtiruvchi hujjatlar nechta?

  2. Kalendar mavzuli reja qachon va nimaga asosan tuziladi?

  3. O`quv usta xonasida yasaladigan buyumlar ro`yxati qachon va nimaga asoslanib tuziladi?

  4. Kirish, joriy yakuniy, instruktajlar qachon va qay paytida qo`llaniladi.



Download 38.8 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 38.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta’limining o`qitish metodlari. Reja

Download 38.8 Kb.