Respublika bolalar kutubxonasi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.20. Respublika bolalar kutubxonasi
Respublika bolalar kutubxonasi bolalarga axborot-kutubxona 
xizmati ko‘rsatish tizimida alohida o‘rin tutadi. RBI< O‘zbekiston- 
dagi barcha bolalar ARMlari uchun uslubiy yordam beruvchi
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


kutubxona hamda bolalar bilan ish olib boradigan ARMlai ishini 
muvofiqlashtirish, uslubiy rahbarlik qihsh vazifasini bajaradi.
1965-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va- 
zirhgi tomonidan Ahsher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning 
o‘smirlar bo‘limi negizida Respublika bolalar kutubxonasi (RBK) 
taslikil etildi. Dastlab kutubxona V. Mayakovskiy nomli kutubxona 
bilan bir binoda joylashdi. 1972-yili kutubxona eski bo‘lsa-da, o‘z 
binosiga ega bo‘ldi. Binoni tanlashda shahar m arkazida qulay 
joy da joylashgani, unga maktablar, bolalar bog‘chalarining 
yaqinligi hisobga olindi. Bu bino arxitektura yodgorligi bo‘lib, davlat 
himoyasiga olingan. Binoni 1907-yili boy savdogarlar aka-uka 
Vadyayevlar o‘zlari uchun qurgan. Ammo ko‘p o ‘tmay, general- 
gubernator ixtiyoriga topshirilib, yubileylar va boshqa tantanalar 
o‘tadigan makonga aylangan. 1917-yildan so‘ng, hatto sobiq 
sho‘ro syezdlari o‘tkazilgan. Undan keyin turli xil muassasalar 
joylashgan, oliy o‘quv yurtlarining yotoqxonasi bo‘lgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
Respublika bolalar kutubxonasining ko‘p yillik ish tajribasini 
umumlashtirib, ularni taraqqiy ettirish istiqbollarini belgilab 
bergan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan Respublika bolalar 
kutubxonasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan kutubxonalar sirasiga 
kiritildi. 2006-yil 4-sentabrdan RBK xalq maorifi tizimiga o ‘tka- 
zildi. RBK bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun tavsiya 
etiladigan qo‘llanmalarning turli xil shakllarini nashr etish bilan 
birga bolalarga kitob bilan xizmat ko‘rsatuvchi barcha ARMlarga, 
shu jumladan, maktab ARMlariga bevosita har tomonlama ku- 
tubxonashunoslik-bibliografik yordam ko‘rsatadi.
Bu kutubxona bolalarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish 
saviyasini, samarasini ko‘tarishga va takomillashtirishga faol yor­
dam beradigan tashkiliy-uslubiy markaz vazifasini ham bajaradi. 
RBK bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun bolalar milliy 
adabiyoti bibliografiyasining markazi, bolalar bilan kutubxo­
nashunoslik ishi olib borish sohasidagi ilmiy-uslubiy muassasa 
sifatida xizmat qilib kelmoqda. RBK ish o'rinlarini avtomatlashti- 
rish tizimiga o‘tgan va «IRBIS» dasturi asosida elektron katalog 
tuzadi. Unda bolalar uchun turli kompyuter sinflari, multimedia
76
www.ziyouz.com kutubxonasi


xonasi, Internet, kompyuter darslari hamda o ‘yinlari tashkil 
etilgan, turli dolzarb mavzularda to ‘la matnh m a’lumotlar bazasi 
yaratilib, axborot resurslari fondi tashkil etildi.
RBKning yo‘nalishi va faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan 
ta ’minlashni tashkil etish to ‘g‘risida»gi, «2011—2015-yillarda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-ku- 
tubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan 
rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati 
to ‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta ’minlashga qaratilgan. RBK 
faoliyatining asosiy maqsadi — bolalar, o'smirlar, maktabgacha 
tarbiya muassasalari, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kol- 
lejlarining o‘qituvchilariga kutubxonachilik, axborot, m a’lumot- 
bibliografiya xizmati ko‘rsatish; barcha bilim sohalariga oid ma- 
halliy va xorijiy adabiyotlar fondini shakllantirish va saqlash; 
viloyatlarning ARMlariga bolalar va o‘smirlar, o‘qishga rahbarlik 
qiluvchilarga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatish masalalari bo‘- 
yicha uslubiy yordam berish; olimlar, mutaxassislar, siyosatchilar 
bilan hamkorlikda bolalar o‘qishi masalalariga oid konferensiya- 
lar, seminarlar o‘tkazish; xalqaro aloqalarni o ‘rnatish; xalqaro 
kitob ko‘rgazmalarini, tanlovlarni tashkil etish; bolalar va o‘s- 
mirlarning ijodiy o‘sishlari uchun axborot texnologiyalari va Inter- 
netdan foydalanish.
Buning uchun bolalar va o‘smirlarni mutolaaga jalb etishning 
xilma-xil shakllaridan foydalanilmoqda. 2004-yili Yaponiyaning 
0 ‘zbekistondagi elchixonasi e’lon qilgan grant asosida qiymati 
28,6 million iyen bo‘lgan texnika vositalari olindi va bunda ko‘zga 
ko‘ringan mutaxassis, ko‘pgina oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarida 
elektron katalog va elektron resurslarni yaratish, turli seminar, 
seminar-treninglar o'tkazish, turli yo‘nalishlarda zamonaviy inno- 
vatsion ishlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ustoz 

Download 11,3 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish