Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.16. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 
Toshkent sanoat kasb-hunar kollejining ARMi
Respublikadagi tajribali, eng yaxshi ARMlaridan biri awalgi 
Lev Tolstoy nomidagi tuman markaziy kutubxonasi bilan o‘quv 
muassasasi qoshidagi maxsus kutubxonaning birlashuvidan tashkil 
topdi. U ikki binoda joylashgan bo'lib, biri awalgi tuman markaziy 
kutubxonasi binosida (H. Olimjon nomli maydondagi 9 qavatli 
binoning 2—3-qavatida), ikkinchisi kollej binosida. ARMning 
barcha faoliyati 381-sonli Qarorda va Nizomda belgilab beril- 
ganidek, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual qiziqishlarini 
qondirish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, aholiga yanada 
kengroq va samaraliroq axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga 
qaratilgan. Ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ARM eng yuqori 1-toifaga 
kiritilgan. U 5000 kitobxonga xizmat ko‘rsatadi, 135000 kitob 
berilishiga ega. Bunga erishishi uchun ARMda barcha talab 
darajasidagi ishlar amalga oshiriladi.
Kitob fondi muntazam targ‘ib qilinib, 37000 adabiyot elek­
tron shaklga o‘tkazildi, «IRBIS» dasturida elektron katalog tashkil 
etilgan, undagi «Kitobxon AIJ» va «Kataloglashtiruvchi AIJ» ishga 
tushirilgan. Bu aholi barcha qatlamlariga fonddan unumli foy­
dalanish imkonini beradi. ARMning kitobxonlari — maktab 
o‘quvchilari, biznesmenlar, ijodkorlar, o‘qituvchilar, professorlar, 
yoshlar, talabalar, 1000 dan ortiq kollej o‘quvchilaridir. Kitob 
fondini toidirishda kollej yo‘nalishi hisobga olinadi. Zamonaviy 
axborot texnologiyasi bilan jihozlangan o‘quv zallarida xizmat 
ko‘rsatiladi. 12 ta kompyuter, nusxa ko‘chiruvchi apparat, audio­
video vositalari, noutbuk, axborot resurslarining katta elektron 
tashuvchilari shular jumlasidandir.
2010-yildan Internet xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 0 ‘quv rejalari 
va dasturlari asosida axborot qidiruvi ishga tushgan. Ommaviy ishlar, 
tarbiyaviy faoliyat awaldan tuzilgan ish rejasi asosida olib boriladi.
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu haqda OAV va veb-saytlarda ma’lumot beriladi. Har yili ma- 
hallalar, tuman harbiy komissariati, Rossiya, xorijiy mamlakatlar 
markazlari, o ‘quvchilarning shahar ijod uyi bilan hamkorlikda 
shartnomalar tuziladi. Toshkentdagi Gyote instituti ко magida 
nemis o‘quv zali tashkil topgan. Bu butun shahar ARMlarining 
faxri. Unda muntazam ommaviy tadbirlar, uchrashuvlar, nemis 
tilini o‘rganuvchilar uchun o‘qishlar tashkil etiladi. ARM res- 
publikadagi barcha kasb-hunar kolleji va akademik litsey ARMlari 
uchun muvofiqlashtiruvchi markaz hisoblanadi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish