Xalq ta’limi tizimidagi axborot -




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.19. Xalq ta’limi tizimidagi axborot - 
resurs markazlari
Barkamol yosh avlod taibiyasida, ularga ta’lim va tarbiya berishda 
kitobning о rni beqiyosdir. Bolalarni vatanparvarlik, mehnat- 
sevarlik, xalqparvarlik, ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash 
axborot-resurs markazi xodimidan chuqur nazariy bilim, yuksak 
malaka, psixologik qobiliyatni talab etadi. Yosh avlodning ma’rifatli,
www.ziyouz.com kutubxonasi


madaniyatli bo‘lib shakllanishi kutubxonadan boshlanadi, kitob- 
dan olgan bilimiga bog‘liq. Shuning uchun bolalarga xizmat 
ko‘rsatadigan axborot-resurs markazlarida ma’naviy-ma’rifiy mu- 
hitni vujudga keltirish umumdavlat ahamiyatiga ega.
Maktab kutubxonasi yoki ARM faoliyatini maktabning o‘quv, 
m a’naviy, tarbiyaviy hayotisiz tasawur etib bo‘lmaydi. ARMdagi 
har bir ish, vazifa maktabda o ‘tiladigan fanlar, o‘qituvchilar ol- 
didagi vazifalar bilan bog‘lansagina samara beradi. 0 ‘quvchilar- 
ning bilim doiralarini kengaytirish bilan ularning o ‘quv material- 
larini chuqurroq o ‘zlashtirib olishlariga yordamlashish, kelgusida 
kasbni aniq va to‘g‘ri tanlashlariga yordam berish axborot-resurs 
markazlarining asosiy vazifasi. Ular umumiy, tarbiyaviy vazifa- 
larni, bolalarning mustaqil bilim olishini va bo‘sh vaqtini samarali 
tashkil etish, ularning o ‘qishiga rahbarlik qilish bilan boshqa 
ARMlardan farqli o‘qishga ongli munosabatni tarbiyalaydi, o‘qil- 
gan narsalarni o‘zlashtirib va mustahkamlab olishiga yordamla- 
shadi. Bolalarda kompyuter savodxonligini tarbiyalaydi. Barcha 
fanlar bo‘yicha matbaa asarlari bilan birga elektron va boshqa tur- 
dagi resurslardan foydalanishga o ‘rgatadi. Internet tizimidan 
to ‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalaydi.
ARMlarda bolalarning qiziqishini o‘rganish, talab va ehtiyoj­
larini aniqlash va shunga ko‘ra ishni tashkil etish muhim masala. 
Chunki, bolalarning kelajagi yoshlikda egallagan bilimi, kasb- 
kori, olgan tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Yoshlikda olingan bilim — 
toshga o‘yilgan naqshdir, u bir umrga esda qoladi va barcha fan- 
lami o‘zlashtirishda yordam beradi.
Axborot-resurs markazlarida bolalar yoshiga, sinfiga qarab 
guruhlarga ajratiladi va axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatiladi. 
Chunki, sinflarda o‘tiladigan fanlar, ularni tushunish, qabul qilish 
xususiyatlari, bolalarning yosh xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish