• 3.18. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ARMi
  • Oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona resurslari




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    3.17. Oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona resurslari
    Oliy o‘quv yurtlarining kutubxonalari oliy o ‘quv yurtining 
    tarkibiy bo‘lagi bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining barcha tarm oq- 
    lari uchun yuqori malakali kadrlar yetishtirishda muhim rol 
    o‘ynovchi ilmiy, o‘quv-ko‘makchi, madaniy-ma’rifiy muassasadir.
    1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy 
    dasturi» oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining vazifalari va ish 
    ko‘lamlarini kengaytirib berdi. Endilikda oliy o‘quv yurtlari kutub­
    xonalari kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari bilan 
    jihozlanib, ish jarayonlari avtomatlashtirildi, ularning virtual kor- 
    porativ tarmoqlari tashkil etila boshlandi.
    3.18. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston 
    Milliy universitetining ARMi
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston M illiy universitetining 
    ARM (asosiy kutubxonasi) oliy o‘quv yurtlari ARMlari uchun 
    umumiy uslubiy markaz vazifasini bajaradi.
    1918-yil 21-aprelda Turkiston xalq universiteti negizida ada- 
    biyotshunoslik, til, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va matematika, qish­
    loq xo‘jaligi va texnika fakultetlari tashkil etildi.
    Keyinchalik kutubxonaning tashkil topishida ziyolilar, olimlar, 
    o‘qituvchilarning o‘rni katta bo‘ldi. Professorlar V.I. Romanov, 
    M.M. Protod-Yakonova, Y.N. Zelen, D.D. Shreder, G.N. Cher- 
    danseva, taniqli jarroh V.F. Yasnitsk-Voynov va boshqalar ku-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tubxonani shakllantirishda jonzoblik ko'rsatishgan. 1920-yili 
    A.Y. Shmidt rahbarligida bir eshelonda o ‘qituvchilar, 68 nafar 
    taniqli professor-olimlar bilan birga Rossiyadagi yirik uni- 
    versitetlarning kitob jamg‘armasidan 50 mingta turli adabiyotlar 
    keltirilgan va ular kutubxonaning fondiga asos solgan.
    1919-yili kutubxonada 7 nafar xodim ishlagan bo‘lsa, 1924-yilga 
    kelib ularning soni 18 nafarga yetdi. Jamg‘armani tartibga kel- 
    tirish va joylashtirish bilan tajribali kutubxonachi va olimlar 
    Y.P. Perelman, M.I. Sosnovskiy, V.M. Komarovskiylar shu- 
    g‘ullanadi. M.V. Drozdov kutubxona jamg‘armasini to‘ldirishga 
    katta hissa qo‘shdi, uning o‘zi kasbi shifokor bo‘lishiga qaramay, 
    kutubxona ishini chuqur tushunib yetadigan mutaxassis edi. 
    Universitet kutubxonasining ilmiy kotibi M.V. Drozdov kutub­
    xona jamg‘armasini kam nusxali noyob va qo‘lyozma kitoblar bilan 
    toMdirishdajonbozlik ko‘rsatdi.
    1924-yili kutubxona fondida turli bilim sohalariga oid 51940 
    kitob bor edi. Ilmiy kutubxonalarni birlashtirishda kutubxonalar 
    Assotsiatsiyasining a ’zosi N.A. Burovning mehnati katta bo‘ldi. 
    U jamg‘armani kataloglashtirish, 1924—1930-yillarda nashr 
    qilingan adabiyotlarning yig‘ma katalogini tashkil etish, o ‘lka- 
    shunoslik va kutubxonashunoslik masalalariga oid o ‘nlab ma- 
    qolalarni chop ettirish va kutubxonachi kadrlar yetishtirishda 
    o'ziningyordamini ayamadi. 1935-yil 0 ‘rta Osiyo davlat univer- 
    siteti kutubxonasida 140 tadan ortiq qo ‘lyozmalar b o ‘lgan.
    1966-yili yong‘indan keyin kutubxona 2 million jamg‘armasi bilan 
    aviatsiya texnikumi binosidan talabalar shaharchasidagi besh 
    qavatli yangi binoga ko‘chirildi.
    0 ‘zbekiston Milliy universiteti boshqa kutubxonalar kabi
    1998-yildan e ’tiboran avtomatlashtirish tizimiga o‘tdi. ARM qo- 
    shida elektron kutubxona va «IRBIS» dasturi asosida elektron ka­
    talog tashkil etila boshlandi. Bu davrda ilg'or ARMlar qatorida 
    Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Abdulla 
    Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti, Toshkent 
    jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent axborot 
    texnologiyalari universitetining axborot-resurs markazlari 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona resurslari

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish