• 4. Ta’lim muassasalarining ARMlarini bayon eting. 5. Xalq ta’limi tizimidagi ARMlari haqida nima bilasiz 6. Kasaba uyushmalari kutubxonalari haqida sozlang.
  • VAZIFALARI, ULAR BILAN YAKKA TARTIBDA ISHLASH USULLARI
  •  ‘zbekiston kutubxonalarining tip va turlari haqida nimalarni




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    1. 0 ‘zbekiston kutubxonalarining tip va turlari haqida nimalarni 
    bilasiz?
    2. Milliy kutubxonaning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalari nimada?
    3. Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi va FA tizimidagi ilmiy 
    tekshirish institutlari kutubxonalarining ahamiyati qanday?
    4. Ta’lim muassasalarining ARMlarini bayon eting.
    5. Xalq ta’limi tizimidagi ARMlari haqida nima bilasiz?
    6. Kasaba uyushmalari kutubxonalari haqida so'zlang.
    7. Imkoniyati cheklangan kitobxonlarga qanday axborot-kutubxona 
    xizmati ko'rsatiladi?
    8. Shaxsiy kutubxonalar borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
    uchun savollar
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    2 - b o ‘lim.
    KITOBXONLAR BILAN ISHLASH
    4-bob.
     AKM VA ARM LARD A KITOBXONLAR 
    QIZIQISHINI 0 ‘RGANISH, UNING MAQSADI, 
    VAZIFALARI, ULAR BILAN YAKKA TARTIBDA 
    ISHLASH USULLARI
    2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
    «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil 
    etish to‘g‘risida»gi Qarorda axborot-resurs markazlarining asosiy 
    vazifasi etib o'quvchilarning hamda aholining zamonaviy axborot 
    texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va 
    mustaqil ravishda ta ’lim olishiga ko‘maklashish, ...kamol topgan 
    shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish vazifasi 
    qo‘yildi. Axborot-kutubxona muassasalari bu vazifalarni amalga 
    oshirish uchun har bir kitobxon bilan yakka tartibda ish olib 
    borishi, ishning turli usullaridan foydalangan holda ularning 
    qiziqishini, talab va ehtiyojlarini maqsadli o‘rganishlari, shunga 
    ko‘ra, sifatli va samarali axborot-kutubxona xizmatini tashkil 
    etishlari lozim. Chunki, har bir kitobxon o‘ziga xos individual 
    xususiyatlarga ega. Kitobxonning axborotga va bilimga bo‘lgan 
    intilishi, talabi kundan kunga oshib, ko‘p qiiTalik kasb etmoqda.
    Kitobxonlar qiziqishini o‘rganishning maqsadi unga samarali 
    axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, uning qiziqishini kengay- 
    tirish, o‘qish jarayonini to ‘g‘ri tashkil etishiga yordam berish, 
    kitobxonning qiziqishini, talabini to‘g‘ri va aniq belgilab olgan 
    holda uning ijodiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga yordamlashish, 
    kitobxonning shaxs sifatida kamol topishiga ta’sir etadigan tarixiy, 
    ilmiy, madaniy, ma’rifiy jihatdan ahamiyatli adabiyotlar o‘qishini 
    tashkil etish, dunyoqarashini kengaytirish, kitob o‘qishga ijodiy 
    munosabatini shakllantirishdan iborat. Kitobxon qiziqishini 
    o‘rganishda uning kasb-korini, ma’lumot darajasini, o‘qishidan 
    maqsadini, o ‘qish mazmunini, yoshi, oilaviy ahvoli, qanday
    85
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanishini, o ‘qish texnikasiga 
    munosabatini, o ‘qish madaniyati darajasini bilish lozim.
    Kitobxon qiziqishi hayot tarzi, oilaviy muhit, do‘stlar, mehnat 
    faoliyati, darsda o‘tilayotgan mashg‘ulotlar, o‘qituvchining ta’siri, 
    hayotiy voqealar, hodisalar, o ‘qilgan kitoblar haqidagi suhbatlar, 
    o‘zaro fikr-mulohazalar ta’sirida o‘zgarib, chuqurlashib va kengayib 
    borishi mumkin. Bunda uning qabul qilish, tushunish, fikrlay va 
    mulohaza qila bilish qobiliyati katta o‘rin tutadi. Shu sababli, 
    kitobxondagi o‘zgarishni kuzatib, yangi qiziqishni to‘la qondirishga 
    yordam berish, qiziqishni kengaytirib borishga ko‘maklashish kerak.
    Mutaxassis xodim kitobxonni va uning qiziqishini bilibgina 
    qolmasdan, har bir kitobning ahamiyatini, uning kitobxonga 
    ta’sirini, aynan shu kitobning qaysi kitobxonga zarurligini va tav- 
    siya qilish mumkinligini aniqlashi uchun kitoblarni yaxshi bilishi 
    muhim ahamiyatga ega. Hind kutubxonashunos olimi Rangana- 
    tan aytganidek, har bir kitobxonni va har bir kitobni bilish 
    kitobxon bilan yakka tartibda ishlashning asosini tashkil etadi. 
    Ya’ni, har bir kitobning o‘z kitobxonini aniqlash, har bir ki­
    tobxonga o‘z kitobini tavsiya etish kutubxona xodimidan katta 
    psixologik mahoratni, pedagogik qobiliyatni, yuqori malakali bi- 
    limni talab etadi. Shundagina, juda katta axborotlar olamidan, 
    bilimlar ummonidan kitobxonga eng kerakli durni — bilimni topib 
    bergan bolamiz. Shu bilan birgalikda, kitobxonni ana shu bilimlar 
    xazinasidan foydalana olishga o‘rgatamiz.
    Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlashning yana bir maqsadi 
    kitobxon o‘qishini tashkil etish, unga rahbarlik qilish. Kitobxon 
    bilan yakka tartibda ishlash kundalik va alohida e’tiborni talab eta- 
    digan mas’uliyatli jarayondir. Bu jarayonda mutaxassis xodim har 
    bir kitobxon bilan ishlash rejasiga ega bo‘lishi zarur: yangi kelgan 
    kitoblar haqida ma’lumot berish, Internetdan foydalanishgacha 
    maslahat berishdan iborat. Buning uchun mutaxassis xodim har 
    bir kitobxonning o‘qish maqsadini, unga nima zarurligini, uning
    о qish madaniyatini, kompyuter savodxonligi darajasini aniqlab 
    olishi zarur. Shunga ko‘ra, kitobxon bilan olib boriladigan ish 
    ко lamini, usulini belgilab oladi. Kitobxon bilan yakka tartibda 
    ishlash о zining barcha yo‘nalishlari bilan kutubxonaning asosiy
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    vazifasi — o ‘qishga rahbarlik qilish, kitobxonning mustaqil bilim 
    olishini tashkil etishga qaratilgan.
    Kutubxonashunoslik amaliyotida yakka tartibda ishlash jarayo- 
    nini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida kitobxonlik tayyorgarligiga ega 
    bo‘lgan, kitobxonlik tayyorgarligi kam, tayyorgarligi bo‘lmagan 
    kitobxonlar guruhiga ajratilib yondashish odat bo‘lib qolgan.
    Tayyorgarligi bo‘lgan kitobxon o‘zi foydalanuvchi kutubxona 
    haqida, uning bo‘limlari va ularning vazifalari, qay paytda kimga va 
    qaysi bo‘limga murojaat qilish mumkinligini, kompyuterdan 
    foydalana olish qobiliyatiga ega bo'lgan, Internet resurslaridan 
    foydalana oladigan, o'ziga kerakli ma’lumotni mustaqil topa oladigan, 
    kutubxonadagi bibliografik axborot resurslaridan foydalana oladigan, 
    kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish bilan mustaqil 
    fikr-mulohaza bildira oladigan kitobxondir. U bilan yakka tartibda 
    ish olib borish jarayonida faqat yangiliklar haqida axborot berish, 
    ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish, ayrim kitoblarni tavsiya 
    etish bilan cheklanish mumkin.
    Tayyorgarligi kam bo‘lgan kitobxon foydalanuvchilar bilan 
    ishlaganda mutaxassis xodimning asosiy harakati kitobxonga o‘qish 
    madaniyatini, kompyuter texnologiyasidan foydalanish ko‘nik- 
    masini, mustaqil ishlash malakasini singdirish, ma’lum bir mavzu 
    va masalalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan 
    bo‘ladi. Bunda maslahat, suhbat kabi ish usullaridan foydalaniladi.
    Tayyorgarligi bo‘lmagan kitobxon foydalanuvchilarga xizmat 
    ko'rsatishda suhbat eng asosiy usul hisoblanadi. Axborot-kutubxona 
    muassasasiga kelgan kitobxon bilan kutubxona, uning bo‘limlari, 
    kutubxona fondi, vazifasi, yangi adabiyotlar, Internet tarmog‘idan 
    foydalanish, elektron pochtadan axborotlami jo ‘natish to‘g‘risida 
    suhbat o‘tkazish kerak bo‘ladi.
    Kitobxon bilan yakka tartibda ishlashning samarasi tayyorgarlik 
    ko‘rishga bog‘liq. Xodim aniq kitobxon bilan yakka tartibda ishlash 
    yo‘lini, vaqtini, usulini aniq belgilab olishi uchun awaldan 
    tayyorgarlik ko‘radi. Bu kutubxonachilik ish tajribasida kitob berishga 
    tayyorgarlik ko‘rish deb ataladi.
    Mutaxassis xodimning axborot-kutubxona muassasasidagi ish 
    kuni kitob berishga tayyorgarlik ko'rish bilan boshlanadi, bu ish
    87
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    bilan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha b o ‘limlar 
    (abonement, o‘quv zali, bibliografiya bo‘limi va boshq.) xodimlari 
    shug‘ullanadi. Bu ish vaqti kitobxonga xizmat ko‘rsatish vaqtidan 
    bir soat ilgari boshlanadi. Bu vaqt mobaynida xodim ish joyini 
    xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi, texnik va gigiyenik sharoit- 
    lami ko‘zdan kechiradi, tartibga soladi, kunning dolzarb ma- 
    salalari, voqea va hodisalari, sanalariga oid adabiyotlarni tayyor- 
    lab qo‘yadi. Ular haqida qisman suhbatga tayyorgarlik ko‘radi, 
    tokchalardagi adabiyotlar joylashtiril ish ini nazorat qiladi va 
    ko‘zdan kechiradi, kitobxonlar formularini tartibga soladi, zarur 
    bo‘lsa, kundaliklarni to ‘ldiradi yoki tartibga keltiradi, ko‘rgaz- 
    malarni nazardan o ‘tkazib, zarur holatda adabiyotlarni yangilab 
    qo‘yadi. Zarur bo‘lsa, yangi uslubiy va bibliografik qo‘llanma- 
    larni tayyorlab qo'yadi. Bugun kelishi ehtimoli bor kitobxonlar- 
    ning har biri uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. Internet tar- 
    mog‘i orqali yangi ma’lumotlarni, elektrop-katalogga joylashti- 
    rilgan yangi adabiyotlar haqidagi ma’lumotlarni, boshqa elektron 
    resurslami ko‘rib chiqib, kimga nimani tavsiya qilishni o‘ylab oladi, 
    elektron pochtani ochib ko‘rib, yangiliklardan xabardor bo‘ladi.
    Yangi kelgan adabiyotlar va buyurtmalar bilan tanishganda 
    uning qanday kitobxonga moijallanganligini, uning kitobxonga 
    qanchalik foydali yoki qiziqarli bo‘lishini oldindan belgilab olish 
    maqsadga muvofiqdir. Xulosalar alohida kartochkaga yozib bo- 
    rilgani va kartotekaga joylashtirilgani m a’qul, chunki har bir 
    kartochka bitta kitobga tegishli bo‘lib, mutaxassis xodimga uning 
    mazmunini yoki kitobxon bilan suhbatlashish uchun eng muhim 
    muammolar va savollarni eslatib turadi.
    Kitobxon bilan suhbat davomida xodim kitobxon formula- 
    ridagi yozuvlar bilan tanishib, o‘qilgan kitob to ‘g‘risida u bilan 
    suhbat o‘tkazishi, tavsiya etiladigan adabiyot haqida tavsiya suh- 
    batiga tayyorgarlik ko‘rishi, ko'rgazmalar bilan tanishtirishga, 
    Internetdagi axborotlar, yangi veb-saytlar, elektron katalog ha­
    qida suhbatga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Mutaxassis xodim mus- 
    taqil о qishga rahbarlik qilayotgan kitobxonning formularini har 
    kuni ко zdan kechirib borishi, tegishli xulosani formularning 
    3-qismiga yozib borishi zarur.
    88
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Наг bir suhbat individual xarakterga ega bo‘lib, tevarak- 
    atrofdagi vaziyatga, kitobning mazmuni, hatto kitobxonning 
    kayfiyatiga bog‘liq. Suhbat quruq, bemaqsad so‘zlashuvga 
    aylanmasligi uchun u oldindan o ‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi, ba’zan 
    esa asosiy fikr qisqacha yozib olinishi kerak. Tayyorgarlik ko‘rish 
    jarayonida kutubxonaclii ayrim^kitobxonlar o ‘qishining qanday 
    izchillikda borishini o‘ylab ko‘rib, o‘qishning individual rejalarini, 
    tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini tuzadi. Bu ishda turli bibliografik 
    qo‘llanmalardan foydalanish katta yordam berishi mumkin. .

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     ‘zbekiston kutubxonalarining tip va turlari haqida nimalarni

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish