Kitobxon formularini tahlil qilish




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Kitobxon formularini tahlil qilish.
Bu eng ko‘p qo‘llaniladigan 
maxsus usul bo‘lib, yakka kitobxonning o ‘qish mazmuni, o‘qish 
xarakteri haqida to‘la va aniq ma’lumot bemvchi hujjatdir.
Kitobxon formulari uch qismdan iborat bo‘lib, uning 1-qis- 
midagi kitobxon shaxsi haqida ma’lumotlar kitobxonlik guruhini 
aniqlashga, turli xil xususiyatlariga ko‘ra, kitobxon haqida 
ma lumot olishga xizmat qiladi. 2-qism asosiy qism bo‘lib, unda 
kitobxon tomonidan olib o‘qilgan adabiyotlaming muallifi, sar- 
lavhasi, shunga ko‘ra, uning mazmuni, yo‘nalishi haqida ma’lu-
102
www.ziyouz.com kutubxonasi


mot olish imkonini beradi. 0 ‘qishning izchilligi, ketma-ketligi, 
o‘qilgan adabiyotlar orasidagi tanaffus ham shundan bilinadi. 
Kitobxon formulari yakka tartibda yoki guruhli tartibda o'rga- 
niladi. Kitobxonlar guruhini aniqlashda 1-qismdagi ma’lumotlar 
yordam beradi. Kitobxonlarni guruhga ajratishda ulardagi umu- 
miylikni tashkil etadiganjihatlar e’tiborga olinadi.
Kitobxon qiziqishi, o‘qish mazmuni formular asosida o ‘r- 
ganilayotganda ma’lum bir davr chegaralanadi. Odatda, har olti 
oyda bir marta yoki bir yilda bir marta 25—50 nafar kitobxon 
formulari tahlil qilinadi. Buning uchun maxsus jadval tuzib oli­
nadi, jadvalda barcha bilim sohalari, yo'nalishlar, mavzular alo- 
hida qatorlarda ko‘rsatiladi, bosh qatorda kitobxonlar familiyasi, 
ismi, kitobxon formularining raqami beriladi, barcha raqamlar 
qo‘shilib, mutlaq raqamlarda va foizlarda umumlashtirilib, o‘rtacha 
o‘qilish miqdori chiqariladi, eng ko‘p va eng kam o‘qilgan bilim 
sohasi, muallifi, yo‘nalish, mavzu va ularning sabablari aniqlanadi, 
umumlashtirilgan raqamlar asosida tahlil matni tuziladi.
Xulosada, shu kitobxon uchun o ‘qish rejasi, kelgusida shu 
guruh bilan ish olib borish rejasi beriladi. Bunda kitobxonlar o‘qish 
mazmuni xulosasi va qiziqishlariga ko‘ra, kitob fondini to‘ldirish, 
ular bilan yakka va ommaviy ish olib borish, kutubxona faoliyatini 
takomillashtirish, adabiyotlar bilan ishlash yo‘nalishlari belgilab 
olinadi, nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari, ta’lim-tarbiya 
muassasalari uchun ham tegishli xulosalar beriladi va u kitobxon 
o‘qish tavsifini tuzishda ham asosiy manba hisoblanadi.
Anketa
kitobxonlar, umuman, aholi qiziqishini, biron-bir 
mavzuga munosabatini o‘rganishning umumiy usullaridan eng 
ko‘p qo‘llaniladiganidir. Anketa — bir yo'nalishdagi, bir maqsadga 
qaratilgan va uning mazmunini ochib berishga xizmat qiladigan 
savollar guruhi aks etgan varaqa. Anketa uchun tuzilgan savol 
aniq, lo‘nda bo‘lishi, kitobxon qiziqishini, uning kitobga, kutub- 
xonaga munosabatini, shaxsiy kutubxonasi bor-yo‘qligini, gazeta 
va jurnallar o‘qishini, kutubxona ishiga doir istaklarini qamrab 
oluvchi savollardan iborat. Savol haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi, 
iloji boricha javob variantlari taklif etilishi zarur.
103
www.ziyouz.com kutubxonasi


Anketa savollari o‘rganish maqsadiga qarab tuziladi, ularning 
soni va anketaning hajmi shunga bog‘liq. Anketa uch qismdan iborat 
bo‘ladi: 1-qism kirish bo‘lib, unda anketaning maqsadi, savollar 
tartibi, unga javob berish qoidasi, uning kim tomonidan va nima 
uchun o ‘tkazilayotgani kitobxonga murojaat tarzida tushuntiri- 
ladi. Anketaning oshkor etilmasligi eslatib o‘tiladi. 2-qism savollar 
va javoblar qismidan iborat bo‘lib, savollar uch xil bo‘lishi 
kuzatiladi. 1-guruh savollar ochiq savollar, bunda javob o‘rni ochiq 
qoldiriladi, javobni kitobxondan to ‘la, aniq berish talab etiladi.
2-savollar guruhi yopiq bo‘lib, unda javob variantlari berilib, 
kitobxondan o ‘ziga m a’qul va fikriga mos javobni belgilash talab 
qilinadi.
3-savollar guruhi faqat «ha» y o k i« yo‘q» degan javobni talab 
etuvchi savollar. Masalan, «Shaxsiy kutubxonangiz bormi?» sa- 
voliga kitobxon «ha» yoki «yo‘q» deb javob berishi mumkin. «Siz 
qaysi muallif asarlarini sevib o‘qiysiz?» savoliga kitobxondan o‘z 
fikrini berish talab etiladi. Anketaning 3-qismi kitobxon haqidagi 
m a’lumotlardan iborat. Unda kitobxon o ‘zi haqida shaxsiy 
ma’lumotlarni beradi: yoshi, kasbi, mutaxassisligi, jinsi, fami- 
liyasi, ismi, otasining ismi. Ba’zi hollarda anketa maqsadidan 
kelib chiqib anonim anketalar ham tarqatiladi. Bunda, albatta, 
javob beruvchining ism-sharifi ko‘rsatilmagani bois kitobxon erkin, 
barcha so‘ralgan ma’lumotlami berishi mumkin.

Download 11,3 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish