Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

£ Kitobxonlar qiziqishi
— ijtimoiy hodisadir. Bu qiziqish ijtimoiy 
hayot tufayli vujudga kelib, insonning ijtimoiy, ishlab chiqarish, 
kasbiy hamda ruhiy qiziqishlarini aks ettiradi. Axborot-kutubxona 
muassasalarining kitobxonlari turli korxona, kompaniya, bank, 
biznes, kichik korxonalar, dehqon-fermer xo‘jaliklarida ishlashlari 
yoki turli o‘quv yurtlarida o‘qishlari mumkin. tJlaming oldida juda 
xilma-xil, aniq vazifalar turadi. Bu vazifalarni hal qilishda ishtirok 
etish muayyan talab va qiziqishlami shart qilib qo‘yadi, har bir 
ishning muvaffaqiyatli hal bo‘lishi uchun yordam beruvchi yo‘l- 
larni izlashga to ‘g‘ri keladi. Demak, u yoki bu qiziqishlarning 
paydo bo‘lishi tasodif bo‘lmay, balki kitobxonning oilaviy hayoti, 
mehnat va ijtimoiy faoliyatiga bog‘liq holda paydo bo‘ladi.
Kitobxonlar qiziqishini shu qiziqishlami paydo qilayotgan, u 
yoki bu so‘roqlarini, kitobga bo‘lgan munosabatini, idrok etish 
zaruratini keltirib chiqarayotgan sharoitlarni o‘rganish bilan to‘g‘ri 
anglash va tushunish mumkin.
Keyingi yillarda kitobxonlarnmg talab va qiziqishlari mazmunan 
o‘zgardi. Chunki axborotga bo‘lgan qiziqish, dunyo axborot olamiga 
kirishga intilish, undan kengroq bahramand boMish, Internet tizimi, 
undagi resurslar ham kitobxonning dunyoqarashiga, qiziqishiga 
ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, dunyo axborot olamiga erkin chiqa 
olish imkoniyati katta ta’sir qilmoqda. Natijada, kitobxonning 
axborotni qabul qilish, to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash 
borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, har bir kishini
94
www.ziyouz.com kutubxonasi


jamiyat uchun zarur shaxs sifatida shakllantirish va kaniol top- 
tirish, kitobxonning qiziqishini, talabini, ehtiyojini qondirishda 
kompyuter texnologiyasidan foydalanish, turli ma’lumotlar baza- 
laridan foydalanish imkoni paydo bo‘ldi.
Kitobxonlar qiziqishini o ‘rganishda ma’lum bir xususiyatiga 
ko‘ra, alohida guruhni tashkil qiladigan kitobxonlar guruhini 
0‘rganish yaxshi samara beradi. Turli xil kasbdagi ishchilar, 
chorvador fermerlar, mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, o‘qituv- 
chilar, muhandislar, talabalar, magistrlar, ilmiy xodimlar, soha 
mutaxassislarining kasbiy qiziqishlari kasbga oid maxsus ada- 
biyotni talab qiladi. Kitobxonlar yoshiga qarab guruhlarga 
ajratilganda — bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-resurs mar- 
kazlarida 1—4-sinf, 5—6-sinf, 7—9-sinf o‘smirlar, yoshlar, deb 
ajratilib, ularning kitobxonlik talabiga ruhiy xususiyatlari, yosh 
xususiyatlariga ko‘ra ta ’sir etilgan. Kitobxon qiziqishidagi 
barqarorlik, ayniqsa, kitobdan o‘z ishi uchun madad topuvchi, 
shuningdek, ishlab chiqarish malakasini oshirish yoki mustaqil 
bilim olish bilan shug‘ullanuvchi kishilarga xos xususiyatdir.
Ba’zan axborot-kutubxona muassasasiga noaniq so‘roq bilan 
keluvchi kitobxonlar ham bo‘ladi. Ular mutaxassis xodimdan 
o'qishga nimadir berishni iltimos qilishadi. Bular ko'proq ki­
tobxonlik faoliyatini endigina boshlayotgan kitobxonlarda uch- 
raydi. Mutaxassis xodimning vazifasi — bu kitobxonning qizi­
qishini o ‘rganish, o‘qish mavzusini kengaytirish, kitoblar orqali 
ularda keng ijtimoiy qiziqishni uyg‘otish, o‘qish madaniyatini 
tarbiyalashdan iborat.
AKM xodimi kitobxonda paydo bo‘lgan qiziqishni qondirib- 
gina qolmay, balki har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiya- 
lash vazifalaridan kelib chiqqan holda yangi kitobxonlik qiziqish- 
larini uyg‘otish, yuqori darajadagi kitobxonlik didini tarbiyalash 
bilan asosiy pedagogik, tarbiyaviy ishni bajarishi lozim. Kitobxon 
qiziqishini aniq va to‘la bilishda kitobxonning ishlab chiqarish 
faoliyati turi, uning xususiyatlari, maishiy turmush sharoiti muhim 
ahamiyatga ega, mahalliy o‘lkaning o‘ziga xos xususiyatlari, 
aholining nima bilan shug‘ullanishi va uning madaniy darajasi ham 
alohida o‘rganishni talab etadi.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kutubxona xizmat ko‘rsatayotgan hududdagi aholining asosiy 
tabaqalari va kitobxonlar guruhlarini bilish ham muhim. Mutaxas­
sis xodim aholi tarkibini turli mezonlar asosida hisobga olib, 
ulaming harbiriga qancha miqdorda va qanday kitoblar, elektron 
ma’lumot, qay darajada Internet xizmati ko‘rsatilishi lozimligini 
va kelgusida bajarilishi lozim bolgan ishlar ko‘lamini aniqlab oladi.
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-lcutubxona xizmatini 
to ‘g‘ri tashkil etish uchun aholining milliy tarkibi, tabiiy sharoit- 
lari hisobga olinadi. Kitobxonlarning individual psixologik xusu- 
siyatlarini ham bilish zarur. Bu kitobxonlar qiziqishini to‘la 
qondirish va kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Axborot-kutub­
xona xizmatidan foydalanuvchi kitobxonlarning talablari xarak- 
teriga ko‘ra aniq, noaniq, mavzuli bo‘ladi.
Aniq talab tayyorgarlikka ega kitobxonlardan beriladi, bu 
so‘roqni bajarish mutaxassis xodimga ancha oson. Ammo, xo- 
dimning vazifasi faqatgina ehtiyojni qondirish bilan yoki ku- 
zatuvchilik vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi, balki 
mutaxassis xodim zarur kitob tokchada bo‘lmasa, uning o‘rniga 
xuddi shu mavzuga oid boshqa asar yoki yangi nashrni yoki 
qo‘shimcha adabiyotlarni tavsiya qiladi. Bu bilan mutaxassis xodim 
tarbiyachilik, pedagoglik vazifasini ham amalga oshiradi. Ku­
tubxona xodimi bu bilan axborot resurslari, ayniqsa, kitoblardagi 
bilimlar yordamida insonni tarbiyalashdek, komil insonni voyaga 
yetkazishdek muhim vazifani bajaradi.
Inson tarbiyasi — bu jamiyat tarbiyasidir, komil inson — bu 
kelajagi porloq jamiyatdir. Mutaxassis xodim kitobxon so‘ro- 
g‘iga befarq bo‘lmasligi zarur, so‘ralgan adabiyot o‘rniga 
boshqa 
adabiyotni tavsiya etayotganda kitobxon asabiga tegmaslikka, 
uning ixlosini qaytarib qo‘ymaslikka, kitobxonni, albatta, shu 
kitobni olib o‘qishga ishontira olishga harakat qilishi lozim. Albatta, 
bunda mutaxassisdan psixologik qobiliyat, pedagogik 

Download 11,3 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish