sasalar oldida turgan muhim vazifadir




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

sasalar oldida turgan muhim vazifadir.
Axborot-kutubxona faoliyatida kitobxon qiziqishini, talabini, 
ehtiyojini muntazam va maqsadli o‘rganib borish, shunga ko‘ra, 
ular bilan ishni tashkil etish, bunda kompyutervatelekommuni- 
katsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot-kutubxona xizma- 
tida asosiy yo‘nalishlardan biri.
«Kutubxonashunoslik» fani rivojlanishida kitobxonning 
mantiqiy fikr yuritish jarayonlari tahlil va sintez qilish, taq- 
qoslash, umumlashtirish, tasniflash (klassifikatsiyalash), kitob­
xonning ilmiy izlanishini (tadqiqotchilik), faoliyati qonuniyat- 
larini — muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, m a’naviy ehtiyoj, 
talab darajasini hisobga olib tashkil etilgan kutubxonachilik 
ishining an’anaviy usullarini qo‘llash va avtomatlashtirish muliim 
o‘rin tutadi.
Kitobxon qiziqishini o'rganish natijasida axborot-kutubxona 
xizmati shakllari ham faollashadi, rivojlanadi, muassasa faoliyati 
yaxshilanadi, shu bilan birga, kitobxonning ham faolligi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


mas’uliyati oshadi, fikrlash, tushunish, o ‘zlashtirish darajasi 
ko‘tariladi, muammoli masalalami tahlil qilish, vaziyatdan chiqib 
ketish uchun aqliy rivojlanish tizimini egallashga ta ’sir etadi. Bu 
esa kitobxonning ijodiy izlanish, aqliy mehnat qilish va buning 
uchun o‘qish ko‘nikmasi va malakasini egallashiga sabab bo‘ladi, 
aqliy faoliyat sifatining o ‘zgarishiga, ilmiy, tanqidiy va ijodiy 
fikrlashga olib keladi. Kitobxon qiziqishini o ‘rganish jarayonida 
kitobxonning axborot materialini diqqat va e’tibor bilan, tushungan 
va his qilgan holda mutolaa qilishi, m a’lum bir tizimda mustaqil 
bilim olishi, aqliy va ijodiy fikrlashi, mulohaza qilishi, mustaqil 
adabiyot va elektron resurslarni tanlay'olishi, ijodiy qobiliyatining 
o ‘sishi, kitobxonlik malakasining rivojlanib borishi, ijodiy 
faoliyatini tashkil etish va rivojlanib borishi ko‘zga tashlanadi.
An’anaviy kutubxonachilik tajribasida kitobxonlar qiziqishini 
o‘rganishning kuzatish usuli keng qoMlanilgan. Bu usul, ayniqsa, 
bolalar va o‘smirlar bilan ish olib boruvchi mutaxassislar uchun 
zarur. Kuzatish usuli boshqa usullar bilan hamohang olib boriladi. 
Bunda kitobxonga sezdirmay, uning adabiyotlarga munosabati, 
mas’uliyati, bilimga intilishi, Internet resurslaridan foydalanishi, 
uning mazmuni, kompyuterlardan foydalana olish qobiliyati, 
elektron katalogdan foydalanish darajasi, ommaviy tadbirlarda 
ishtiroki, ko‘rgazmalarga munosabati, atrof-tevarakdagi kishilar 
bilan munosabati o‘rganiladi va aniqlanadi.
Kitobxonni to ‘la va aniq bilish uchun uni, uning so‘roqlarini, 
o‘qish maqsadini, o‘qilgan adabiyotga munosabatini, undan olgan 
xulosalarini/qiziqishi va ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish 
jarayonida erishiladi. Bu esa mutaxassisdan kasbiy, nazariy va 
amaliy bilim, ko‘nikma va boshqaruv mahoratini, menejerlik 
bilimini, ish uslubini va lavozim majburiyatlarini, javobgarlikni 
va mas’uliyatni, qobiliyatni va ularni takomillashtirib borishni 
talab qiladi. Bunga faoliyat motivlarini aniqlash, maqsadni to‘g‘ri 
belgilab olish, qiziqishlarni boyitib borish va samarali mehnat 
bilan erishish mumkin.
Kitobxonlik qiziqishi, inson umumiy qiziqishining bir qismi 
bo‘lib, u yana ma’lum yo‘nalish bo‘yicha kitob tanlash vaqtida 
qaysi masalalar (mavzular, bilim sohalari) yuzasidan kishining
93
www.ziyouz.com kutubxonasi


kitob o‘qishni afzal ko'rishida ifodalanadi. Keyinchalik esa kitobxon 
qiziqishi o‘qilgan kitobni qanday idrok etishida, unga qanchalik 
o ‘ylab, tanqidiy yondashishida, kitob ustida qanday ishlashida, 
o‘qiganlaridan hayotida, faoliyatida qanday foydalanishida o‘z 
ifodasini topadi va boyib boradi.
Ko‘pincha, kitobxon faqat kitob mazmuniga emas, balki uning 
qay tarzda bayon qilinishiga e’tiborni qaratib, o‘z talabini qo‘yadi. 
Masalan, badiiy adabiyot sohasida turli kitobxonlarni turli xil 
janrlar qiziqtiradi: biri nasriy asarlarni o‘qishni yoqtirsa, boshqalari 
nazmni yoqtiradi, biri tarixiy asarlarni, ba’zilari jangari asarlarni 
yoqtiradi, ba’zi hollarda kitobning hajmi (qalin yoki yupqaligi) 
birinchi o‘ringa chiqadi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish