• 1. Kitobxonni kutubxonaga a’zo etayotgan paytdagi suhbat. 2. Tavsiyaviy suhbat. 3. 0 ‘qilgan kitob haqida suhbat.
  •  Yakka tartibda suhbat o‘tkazish




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    4.1. Yakka tartibda suhbat o‘tkazish
    Suhbat kitobxonni qamrab olish darajasiga ko‘ra yakka, guruhli 
    bo‘ladi. Yakka tartibdagi suhbat faqat bir kitobxon bilan o‘tkaziladi. 
    Guruhli suhbat ma’lum bir xususiyatiga ko‘ra yoki o‘qish maqsadi 
    bir xilhkni kasb etgan kitobxonlar guruhi bilan o‘tkaziladi. Yakka 
    tartibdagi suhbat katta ahamiyat kasb etadi. Hech qanday ish shakli 
    mutaxassis xodimning kitobxon bilan og‘zaki, yuzma-yuz turib 
    muloqotda bo'lish o‘rnini bosa olmaydi. Suhbat mutaxassis xodim 
    va kitobxonning bir-birini o‘rganishiga, bir-biriga yaqinlashishiga, 
    kutubxonachining kitobxon qiziqishini aniqlashiga, kitob tanlashda 
    ularga yordam berishda aniqlikka ega bo‘lishiga yordam beradi.
    Mutaxassis xodim kitobxon bilan suhbatlashish jarayonida 
    suhbat mazmunining kitobxon qiziqishiga mos bo‘lishini, masla- 
    hatining zo‘rma-zo‘raki Jbo‘lishini, g‘amxo‘rligining ortiqcha, 
    keraksiz bo‘lib qolmasligini, suhbatning aniq va jo ‘yali maq- 
    sadga qaratilishini, suhbatdan kitobxonning manfaatdorligini, 
    suhbatlashishga moyilligini hisobga olishi kerak.
    Tavsiya etiladigan adabiyot haqidagi suhbatda asarning maz- 
    munini so‘zlab bermaslik, suhbatni asarning o'zini ko‘rsatish 
    hamda kitobxon bilan birgalikda varaqlab, suratlari, mundarijasi 
    bilan tanishishni olib borish, kitob haqida ifodali, qiziqarli qilib, 
    shu bilan birga, kitobxon diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan 
    o‘rinlaridan so‘zlab yoki o‘qib berish kerak.
    Bir kitobxon bilan o‘tkaziladigan suhbatning quyidagi turlari 
    qo‘llaniladi:
    89
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1. Kitobxonni kutubxonaga a’zo etayotgan paytdagi suhbat.
    2. Tavsiyaviy suhbat.
    3. 0 ‘qilgan kitob haqida suhbat.
    Kitobxonni kutubxonaga a’zo etayotgan vaqtdagi suhbat 
    mutaxassisdan katta tayyorgarlikni va e ’tiborni talab qiladi. Bu 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish