• 3.25. Shaxsiy kutubxonalar
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    6
    -
    403
    8 1
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    xonalar tizimi faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish, Milliy 
    kutubxonada axborot resurslari fondini tashkil etish bilan imko- 
    niyati cheklangan boshqa kitobxonlarga axborot-kutubxona xiz­
    mati ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarva imkoniyatlar 
    yaratish talabi qo‘yildi. Boshqa kutubxonalarning barchasida 
    imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun shart-sharoit yaratish, 
    xizmat ko‘rsatish vazifasi belgilab berildi, shu munosabat bilan 
    nogironlar aravachalarining chiqib-tushishlari uchun maxsus 
    yo‘laklar, maxsus xonalar tashkil topdi.
    0 ‘zbekiston Respublikasi markaziy imkoniyati cheklangan 
    kitobxonlar kutubxonasi maxsus madaniy-ma’rifiy, ma’naviy, 
    ilmiy-axborot, uslubiyot muassasasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi 
    imkoniyati cheklangan kitobxonlarga m o‘ljallangan kitob va 
    boshqa matbuot nashrlarini to ‘plash, ularni saqlash; imkoniyati 
    cheklangan kitobxonlar va ularning oila a’zolari, imkoniyati 
    cheklangan kitobxonlar muassasalari xodimlariga kutubxona xiz­
    mati ko‘rsatish va turli axborot ishlarini olib borish; L. Brayl alif- 
    bosidagi va magnit tasmaga yozilgan ovozli kitoblarni saqlash 
    bo‘yicha markaz va o‘zbek tilidagi oikashunoslikka oid bo'rtma 
    nuqtali kitoblar bo‘yicha depozitariy vazifasini bajarish; respub- 
    likadagi ko‘zi ojizlar kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam 
    ko‘rsatish hamda tavsiyaviy bibliografik va kutubxonalararo abo- 
    nement markazi vazifasini bajarish hisoblanadi.
    3.25. Shaxsiy kutubxonalar
    Ayrim kishilarning uylarida tashkil etilgan bo‘lib, ular o ‘zlari 
    yashayotgan hududdagi aholiga ko‘ngilli ravishda xizmat ko‘rsatadi. 
    Ularga shu hududda joylashgan davlat kutubxonalari uslubiy yordam 
    ко rsatadi. Ko‘pgina shaxsiy kutubxonalar o‘z jamg‘armasini 
    elektron katalogga o‘tkazish yoki javonlarga joylash xizmatlari 
    uchun kutubxonalarga pul o‘tkazib, yordam so‘rashlari mumkin. 
    Bu davlat kutubxonasi uchun pulli xizmat turiga kirib, shaxsning 
    uyiga borib, tegishli yo‘nalishda yordam ko‘rsatiladi, maslahatlar 
    beriladi. Ba zi yirik shaxsiy kutubxonasi borlar davlat kutubxo-
    82
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    nalariga, o ‘z jamg‘armalarini hadya qilishlari mumkin. Masalan, 
    Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti 
    kutubxonasida ana shunday shaxsiy kutubxonalardan sovg‘a qilib 
    berilgan kitoblar hisobiga «Kutubxonaning oltin fondi» tashkil 
    etilgan. Institutning birinchi rektori, akademik, navoiyshunos 
    olim Azizxon Po‘latovich Qayumov, marhum professor, folklor- 
    shunos olim Malik Murodov, institutga ko‘p vaqt rektorlik qilgan 
    Aziz Oppoqovich To‘rayev va institutning boshqa ko‘pgina sobiq 
    ustozlari o ‘z shaxsiy kutubxonalarini sovg‘a qilishgan. Keyingi 
    yillarda turli faol mahallalar o‘zlarining hududida mahalla ku­
    tubxonalarini tashkil etishga harakat qilishmoqda. Masalan, 
    Toshkent shahridagi «Konstitutsiya» mahallasida Davlat mukofoti 
    laureati, 0 ‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojonning tashabbusi 
    bilan 400 dan ortiq sovg‘a qilingan adabiyotlar asosida mahalla 
    kutubxonasi ish boshladi.
    Aholi orasida ham yirik shaxsiy kutubxonasi bor shaxslar 
    ko‘p, hatto ular kompyuterlashtirilgan tizimga o‘tishga harakat 
    qilishayotir.
    Shaxsiy kutubxonalarda fanning turli sohalari bo‘yicha nodir 
    asarlar bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, hozirgi kunda ko‘plab chet el- 
    larga borib-kelish natijasida shaxsiy kutubxonalar yanada boyib 
    bormoqda. Shaxsiy kutubxonalar ham huquqiy maqomga hamda 
    o‘z muhriga ega bo‘lishi ayni muddao. Shaxsiy kutubxonalar 
    muammosi qadimdan mavjud va bu masala hali ham dolzarb bo‘lib, 
    o‘z yechimini laitmoqda.
    Xorijliklar tashkil etgan kutubxonalarning faoliyati bu yo‘- 
    nalishda ko‘pchiIikda qiziqish uyg‘otmoqda.U ixtisoslashgan 
    qiroatxonalarda kitobxonlarga bevosita xizmat ko‘rsatish bilan 
    ko‘p qirrali bibliografiya ishini ham olib boradi. Chunonchi, chet 
    el yozuvchilari ijodi haqida yoki 0 ‘zbekiston yozuvchilarini chet 
    ellarga tanishtirish uchun bibliografik ko‘rsatkichlar tayyorla- 
    nadi. Uning jamg‘armasidan turli xil tillardagi kompakt disklar, 
    CD-romlar, videokassetalar o‘rin olishi mumkin.
    Kutubxona muntazam ravishda fanning turli sohalariga doir 
    adabiyotlar bilan to‘ldirib boriladi. Uning fondida har xil tillardagi
    83
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    elektron ma’lumotlar CD-romlarda saqlanadi va Internet orqali 
    ushbu m a’lumotlar uzatiladi. Masalan, Germaniyaning 0 ‘zbe- 
    kistondagi elchixonasi tomonidan Toshkent, Samarqand shahar- 
    larida tashkil etilgan Gyote instituti kutubxonasi ko‘plab kitob- 
    xonlarni o‘ziga jalb qilib, ularning ehtiyojlarini qondirmoqda.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish