Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

mahorat, 
inson bilan muloqot qila olish, uning ko‘nglini topa olishdek 
mas’uliyat talab etiladi.
Axborot-lcutubxona muassasasida siyosiy, umumiy dunyo- 
qarashini kengaytirish, madaniy hordiq olish, ma’lum bir aniq 
mavzuda, masalan, turU fan sohalariga oid, ilmiy muammolarga
96
www.ziyouz.com kutubxonasi


oid, o ‘tmishimiz, tarixiy qadriyatlarga oid, axborot va telekom- 
munikatsiya texnologiyalariga oid muammolar bo‘yicha referat, 
ma’ruza tayyorlash, nashr etilgan manbalardan aniq maqsad yolida 
foydalanish uchun mavzuli so‘roq bilan keladigan kitobxonlar 
anchagina ko‘p. Mavzularning turli-tumanligi mutaxassisdan barcha 
sohaga oid bilimlardan, dunyo axborot olamidan, yangiliklardan, 
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy sohadagi mamlakatimizning 
ichki va tashqi siyosatidan, axborot-kutubxona faoliyatidagi yan­
giliklardan, muammolardan xabardor bo'lishni, AKMning 
m a’lumot bibliografiya apparatidan, elektron katalogdan, Inter- 
netdan foydalana olishni va kitobxonlarga ham o‘rgata olishni talab 
qiladi.
Malakali kitobxonning maxsus bibliografik qidirishni talab 
qiluvchi murakkab mavzuli so‘rog‘ini qondirish uchun ma’lumot- 
bibliografiya bo‘limi mavjud bo‘lgan yirik axborot-kutubxona 
muassasasiga murojaat qilish kerak. Foydalanuvchining mavzuli 
so‘rog‘ini qondirish bilan birga, kitobxon tayyorgarlik darajasiga 
mos keluvchi eng yaxshi, dolzarb kitoblarni o‘qishning ketma- 
ketligini, izchilligini aniqlab berish ham muhim vazifa.
Buning uchun o‘qilgan kitob haqida suhbat o‘tkazib borish 
zarur bo‘ladi, uning natijasiga ko‘ra, kitobxonning o‘qish doirasini, 
qiziqishini kengaytirish, muntazam va tizimli o‘qishini tashkil etish, 
uni boshqarish rejasi tuzib olinadi. Asosiysi, kitobxonning o‘qish 
faoliyatini to ‘g‘ri va aniq, maqsadga mos holda tashkil etishga 
imkon yaratiladi.
Ba’zi hollarda maqsadi aniq bo‘lmagan, shunchaki vaqt 
o'tkazish maqsadidagina kitobga murojaat qiluvchi kitobxonlar ham 
bor Ular, odatda, tayyorgarligi kam, kitobxonlik qiziqishi hali 
noaniq, mustaqil kitob tanlay olmaydigan kitobxonlar boiadi. 
Bunda, albatta, awalo, kitobxon ЬДап suhbat davomida uning 
oilaviy sharoitini, mehnat faoliyati turini, o‘qiyotgan o'quvchi 
yoki talaba bo‘lsa, uning uchun qiziqarU fanlarni, uning bo‘sh 
vaqtida shug‘ullanayotgan mashg‘ulotlarini, nimaga qiziqishini, 
awal qanday adabiyotlar o‘qiganini, sevimh muallifmi, unga 
yoqqan kitoblarni bilib olishi zarur. Shunga ko‘ra, xulosa chiqarib, 
turli mazmundagi bir necha kitoblarni o‘qish uchun taklif qilish
7 - 403 
97
www.ziyouz.com kutubxonasi


zarur. Tavsiya etilgan kitoblar bilan tanishayotgan kitobxonni 
kuzatish suhbat davomida olingan xulosaning yanada aniq va 
to‘liq bo‘lishiga imkon beradi. Ochiq kitob fondli axborot-kutub­
xona muassasasida bu muvaffaqiyatli chiqadi, chunki bu yerdagi 
shart-sharoit suhbat qurishga va kuzatishga qulaydir.
Kitobxon uchun adabiyot tanlayotganda uning tarbiyaviy 
ahamiyatiga e’tibor qilish, dolzarb, foydali va qiziqarli kitoblar 
tanlash zarur. Kitobni faqat tanlash emas, balki bu kitob haqida 
so‘zlab berish, so‘zlaganda ham kitobxonni qiziqtiradigan qilib 
so'zlal? berish muhim ahamiyatga ega. Bunday paytda eng ko‘p 
tarqalgan va hech qanday ma’noni anglatmaydigan «bujuda qiziq 
kitob» iborasining o‘zi yetarU emas. Suhbat qisqa, ifodali bo‘lishi 
hamda asarning g‘oyaviy m a’nosini ochib berishi zarur. Kitob 
haqidagi hikoyada undagi qiziq epizodni o‘qib berish, kitob 
muallifining hayoti va ijodi haqida hikoya qilib berish bilan birga 
olib borilishi mumkin.
Kitob tavsiya qilishni qiziqarli savollar bilan boshlash kitobxon 
diqqatini tezda jalb qiladi. Faqat bir janrdagi, bir mavzudagi, bir 
millatga oid yoki bir xalq adabiyotini, faqat bir turdagi adabiyot- 
nigina o‘qiydigan kitobxonlar uchrab turadi. Bunday holatda 
mutaxassis xodimning vazifasi kitobxon diqqatini boshqa mavzu- 
larga ham jalb etish bilan o'qish doirasini kengaytirib borishdan 
iborat. Bir yozuvchi ijodi bilan qiziquvchilarga shu yozuvchi haqidagi 
biografik va tanqidiy maqolalarni takhf qilishi, sevgan yozuv- 
chisining zamondoshlari ijodi bilan ham tanishtirib borishi 
mumkin.
Yakka tartibda ish olib borishda bibliografiyaning yordami 
beqiyos. Mustaqil bilim oluvchi kitobxonga yordam berishning asosiy 
vositasi bibliografiyaning turli xil kichik shakllaridir/Kitobxon uchun 
qiziqarli masalalarga kitoblar, elektron kartotekalar va elektron 
kataloglar, bibliografik ro‘yxatlar, tavsiya ko£rsatkichlari muntazam, 
izchil o‘qishni tashkil etishda yordam beradi. Kitobxonga ma’lumot- 
bibliografiya apparati va bibliografik qo‘llanmalarni tanishtirish, 
katalog va kartotekalardan foydalanish qoidalarini tushuntirish 
uchun suhbat o‘tkazish, ko‘rgazmalar tashkil etish, peshlavha- 
lardan foydalanish, bibliografik tavsifdan foydalanishni ko‘rsatish,
98
www.ziyouz.com kutubxonasi


tokchaiarda kitoblarrxing joylashtirilislii, bibliografik nashrlar tizimi 
haqida so‘zlab berish yaxshi natijaga olib keladi.
AKMda olib boriladigan ma’ruzalar, sharhlar, savol-javob 
kechalari va boshqa tadbirlar mustaqil bilim oluvchi kitobxonlar 
uchun foydalidir.
An’anaviy kutubxonachilik ishida mutaxassislar, o‘qituvchilar, 
oliy o‘quv yurtlarining o'qituvchi faollari va shu kabilar yordamida 
maslahatlar tashkil qilinadi. Maslahatlar turli xil adabiyotlar va 
ular bilan ishlash, Internetdan foydalanish qoidalari, elektron 
katalogdan m a’lumot qidirish, veb-sahifalardan foydalanish, 
elektron pochta ochish va undan foydalanish, kutubxona kataloglari 
va ular yordamida ma’lumot qidirish, bibliografik qo‘llanmalardan 
foydalanish va kitobxonni qiziqtirgan turli xil savollar asosida tashkil 
etiladi. Maslahatlar alohida tashkil qilingan burchakda, xonada, 
ba’zan aniq soatlarda tashkilotlarda o‘tkaziladi. Bunday maslahatlar 
abonement yoki boshqa bo‘limlarda suhbat davomida o‘tkazilishi 
mumkin. Odatda, kutubxonalarda kitobxon qiziqishi kartotekasi 
yuritiladi va undan mavzu hamda unga qiziquvchi kitobxonlar nomi 
yozib qo‘yilgan kartochkalar o ‘rin olgan bo‘ladi. Agar yangi 
kitoblar kelib qolsa, mutaxassis xodim ular orasidan aniq kitobxon 
uchun muhim ahamiyat kasb etadigan kitoblarni tanlab qo‘yadi. 
Kitoblaming nomi yozilgan varaqa ldtobxon formulari ichiga solib 
qo‘yiladi va bu haqda unga telefon orqali yoki elektron pochta orqali 
xabar qilinadi.
0 ‘qilgan kitob haqida suhbat so‘roq qilish xarakterida bo‘lmasligi 
kerak. Mutaxassis xodim va kitobxon kitob haqida suhbatla- 
shayotganda o‘z fikrlarini erkin bayon qilishlari kerak. Suhbat 
do‘stona, samimiy tarzda olib borilishi, kitobxonning tortinmay, 
uyalmay o‘z fikr-mulohazalarini so‘zlab berishiga sharoit yaratishi 
shart. 0 ‘qilgan adabiyot nafaqat kitobning o‘qilgan yoki o‘qilma- 
ganini bilishga, balki kitobxonning uni qanchalik diqqat va e’tibor 
bilan o‘qiganini, esda saqlab qolish darajasini, undagi voqea va 
hodisalar, masalalar haqida o‘z fikrini bayon qila olish darajasini 
bilishga, bundan keyin unga yana qanday va qaysi mazmundagi 
adabiyotlami tavsiya qilishni aniqlab olishga yordam beradi. 0 ‘qilgan 
kitob haqidagi suhbat, ko‘pincha, o‘qish davomida paydo bo‘lgan
99
www.ziyouz.com kutubxonasi


savollar yoki o‘z taassuroti bilan o‘rtoqlashish niyati tug‘ilgan 
kitobxonning tashabbusi sababli bo'ladi. Tashabbus mutaxassis 
xodim tomonidan bo‘lsa, suhbat muvaffaqiyatli chiqadi. Muta­
xassis suhbatni erkin munozaraga, fikr almashuvga aylantirishi, 
kitobxonning kitob haqidagi bahosi noto‘g‘ri bo ‘lsa, uni odob 
bilan to ‘g‘rilashi, tushunmaganini tushuntirishi, asarning foydali 
ekanligiga ishontira olishi kerak.
Kitobxonlar qiziqishi va o‘qish mazmuni haqida to‘liq tasav- 
vurga ega bo‘lish uchun barcha usullarni o‘ylab, bir tizimga solib, 
birga qo‘shib olib borgandagina samaradorlikka erishish mum- 
kin. Zero, bir usulning kamchiligi yoki cheklangan imkoniyati 
boshqa usul yordamida olingan ma’lumotlar bilan qoplanadi yoki 
to‘ldiriladi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik, ko‘p hollarda, hatto usullar- 
ning bir-biriga tobeligi kitobxon qiziqishini o ‘rganishning tizimi 
haqida so‘z yuritish imkoniyatini beradi.
Kitobxonlar qiziqishi kitobxonga abonementda va qiroatxo- 
nada ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda o‘rganiladi. Bu o‘rinda 
asosiy umumiy usullardan hisoblangan suhbat va kuzatish q o i- 
laniladi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlarni o‘rganish uchun muta­
xassis xodim kitobxon formularlari, kitobxonlar so‘roq daftarlari, 
mutaxassis xodimning kundaligi, anketalar, axborot-kutubxona 
muassasasi ishining statistik hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Kitobxon qiziqishini o‘rganishning maxsus va umumiy usullari 
mavjud. Maxsus usullar, asosan, kutubxonachilik ish hujjatlari 
asosida faqat kutubxonalar tajribasida qo'llaniladigan usullar, 
umumiy usullar esa keng jamoatchilik tashkilotlarida, nashriyot- 
larida, kitob savdosi tashkilotlarida, gazeta va jurnallar tahririyat- 
larida, maktablar, oliy o‘quv yurtlarida, kollej va litseylarda turli 
xil maqsadlar yo‘nalishida o‘tkaziladigan usullar. Ulardan kutub- 
xonalarda ham kitobxonlar qiziqishini o ‘rganish, kutubxona 
faoliyatini tahlil qilish, istiqbolini belgilash maqsadida o‘tkaziladi.
Kitobxon bilan o‘tkazilgan suhbatdan olgan m a’lumotlar 
kitobxonning kutubxonada o‘zini qanday tutayotganligi — ochiq 
kitob fondidan, elektron katalogdan, kompyuterlardan, avtomat- 
lashtirilgan ish joylaridan, Intemetdan qanday foydalanayotganligi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘rgazmali vositalar va bibliografik ko‘rsatkichlarga murojaat 
qilishini, laitubxonachi takliflari va maslahatlariga munosabatini 
kuzatib borish bilan to‘ldiriladi va mustahkamlanadi.
Kuzatish suhbatni to'ldiradi, suhbat natijalariningto‘g‘ri yoki 
noto‘g‘riligini aniqlaydi, kitobxon bilan keyingi suhbat yo‘nalishini 
belgilaydi. Kitobxonlarni o‘rganishning yana bir umumiy usuli 
ularning kitoblar haqidagi fikr va mulohazalarini tahlil qilishdir. 
Kitobxonlar o'qigan kitoblari haqidagi taassurotlarini mutaxassis 
xodimlar bilan suhbatida, kitobxonlar konferensiyalarida 
o‘rtoqlashishni yoqtiradilar.
Mutaxassis xodimning taklifi bilan kitobxonlar, o‘z fikr va 
mulohazalarini kutubxona albomlari va bulletenlari yoki devoriy 
gazetalarida bayon qilishadi. Kitobxonlaming fikr-mulohazalarini 
yozib borish, to‘plash bilan kitobxonlaming bilim darajasi, o‘qigan 
kitobi mazmuniga munosabati, fikr bayon etish shakli, tili va 
hokazolarga munosabati haqida bilish mumkin. Kitobxonlaming 
ayni bir kitob haqida bildirgan fikr va mulohazalarini taqqoslash 
bilan har bir kitobxonning kitobni baholashga yondashish dara­
jasini ko‘rish mumkin.
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar to‘plashdan awal, uning 
maqsadi, qandayyozish lozimligi kitobxonga tushuntiriladi. Kitob 
mazmunini qaytarib so‘zlab bermasdan, balki kitobdan nima 
olganini, qanday foyda ko‘rganini, o‘zi uchun, mehnat yoki o‘qish 
faoliyati uchun nima berganini, unda yoritilgan masalalarga, voqea 
va hodisalarga munosabatini, ularga bergan bahosini aytib berish 
kerakligini uqtiradi. Asarning ilmiy, tarixiy, badiiy qimmati, uslubi 
va tili haqida fikrini bilish muhim ahamiyatga ega.
Kitobxonlaming kitoblar haqidagi fikr va mulohazalari faqat 
kutubxona xodimlarigagina emas, balki nashriyotlar va mualliflar 
uchun ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli, kutubxonachi im- 
kon qadar kitobxonlaming fikr va mulohazalarini yozib olishga 
harakat qilishi, imkoni bo‘lsa, ularni matbuot sahifalarida 
nashr 
ettirishi, nashriyotlar manziligajo‘natishi mumkin.
Kitob formularini yoki kitobni qaytarish muddati varaqalarini 
tahlil qilish ham samarali usullardan biri. Kutubxona fondining
101
www.ziyouz.com kutubxonasi


aylanishini, harakatini o‘rganish uchun ham, shunga ko‘ra, qaysi 
adabiyotlaming kitobxonlar tomonidan ko‘p so‘ralishi va o‘qilishini 
aniqlash uchun ham, kitobxonlarning qaysi adabiyotga qiziqishi 
kattaligini bilish uchun ham bu usul qo‘llaniladi.
Kitob fondidagi adabiyotlaming o ‘rtacha o ‘qilish darajasini 
aniqlashda ushbu nomdagi kitobning mavjud nusxalaridagi kitob 
formularidagi natijalarni qo‘shishni va har bir kitob uchun o‘r- 
tacha ko‘rsatkichni chiqarishni unutmaslik kerak. Kitob formula- 
rida yoki kitobni qaytarish muddati varaqasida ko‘rsatilgan kitob­
xon formulari raqami shu kitob bilan qiziqqan kitobxonlarni ham 
aniqlash imkonini beradi. Bir necha kitoblarga doir m a’lumot­
larni qiyoslash ular qay darajada o‘qimishli va qiziqarli ekanligini 
belgilash imkoniyatini beradi. Kam o ‘qilgan adabiyotlar tahlili va 
kitobxon bilan suhbat sabablami aniqlashda yordam beradi.
Kutubxonada o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar samarador- 
ligini o‘rganishda ham kitob formularini tahlil qilish muhim vosita 
hisoblanadi. Agar kitobxonlar konferensiyasi o ‘tkaziladigan 
bo‘lsa, unga tayyorgarlik davomida, muhokama davomida va un- 
dan keyingi davrda tanlangan adabiyotning qanchalik o ‘qilga- 
nini aniqlash mumkin. Shuning uchun kutubxona xodimidan 
kitob formularini o‘z vaqtida, to‘la, aniq va bexato to‘ldirib borish 
talab etiladi. Kitob formularidagi yozuv yoki kitobni qaytarish 
muddati varaqasidagi qaydlar kitob aylanishi, fondning harakatini 
belgilashda, eng o‘qimishli va zarur kitobni aniqlashda, o ‘qilma- 
gan adabiyotlarni tahlil qilishda, kelgusida kitob fondini aniq va 
maqsadli to‘ldirib borishda ahamiyatga ega.

Download 11,3 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish