• 5. Kitobning talab va ehtiyojlari qanday qondiriladi 6. Kitobxon formulari qanday tahlil qilinadi 7. 0 ‘qish tavsifi qanday tuziladi
  • 5-bob. KITOBXONLAR BILAN 0 ‘TKAZILADIGAN OMMAVIY ISHLAR, ULARNING MAQSADI, VAZIFALARI, TURLARI, XUSUSIYATLARI
  • ?  Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik


    Takrorlash uchun savollar
    1. Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlashda qanday maqsad ko‘zda 
    tutiladi?
    2. Yakka tartibda ishlashning vazifalari nimalardan iborat?
    3. Yakka tartibda ishlashning usullarini bayon eting.
    4. Kitobxonning qiziqishi qanday o'rganiladi?
    5. Kitobning talab va ehtiyojlari qanday qondiriladi?
    6. Kitobxon formulari qanday tahlil qilinadi?
    7. 0 ‘qish tavsifi qanday tuziladi?
    8. AKMlarida tutiladigan kundaliklarda nimalar aks etadi?
    108
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    5-bob.
    KITOBXONLAR BILAN 0 ‘TKAZILADIGAN 
    OMMAVIY ISHLAR, ULARNING MAQSADI, 
    VAZIFALARI, TURLARI, XUSUSIYATLARI
    Axborot resurslari orasida kitob alohida ahamiyatga ega. Ki­
    toblar yaratilgandan buyon insoniyat aql-zakovati, bilimi, dunyo- 
    qarashining kamol topishiga asos yaratdi. Kitob yaratilgan muhit 
    va zamonni o ‘zida ales ettirib, voqea va hodisalardan xabardor 
    etib kelgan. Kishilarning bilim doirasini kengaytirib, uning qal- 
    biga nur va ziyo bag‘ishlab, insoniy fazilatlarini tarbiyalab bo- 
    rishga katta ijobiy ta’sir etgan. Shuning uchun ham kitoblar doimo 
    ardoqlanib, e’zozlanib, avloddan avlodga, zamonlardan zamon- 
    larga o ‘tib saqlanib kelingan. Davrlar o‘tib davlatlar, xalqlar yo‘q 
    bo‘lib ketavergan, ammo kitoblar yashab qolavergan.
    Kitoblarning saqlanib qolinishida kutubxonalar muhim rol 
    o‘ynaydi. Kitoblarni yig‘ish, to‘plash, tartibga solish, ularni kitob­
    xon uchun saqlash kutubxonalarning katta ijtimoiy vazifasidir. 
    Kutubxonalar mavjud ekan, qadimiy tariximiz, avlod-ajdodlari- 
    miz, ularning boy m a’naviy va madaniy merosi, ilmiy va badiiy 
    asarlari bilan tanishamiz, ularni o‘qib o‘rganamiz. «Agar ku­
    tubxonalar bo‘lmaganda edi, deb yozgan edi kutubxonashunos 
    olima L.B. Xavkina, nashr etilgan kitoblar hamma tomongatar- 
    qalib ketib, kometa singari vaqt ummoniga singib ketardi va ular- 
    dan faqatgina bibliografik ma’lumotlar qolgan bo‘lardi, kitoblar 
    esa qabrga qo‘yilgan toshga o‘xshab qolardi».
    Kutubxonalar o‘zlarida mavjud kitoblar yordamida jamiyat 
    faoliyatida, taraqqiyotida, ma’naviy va madaniy hayotida, bar- 
    kamol inson tarbiyasida faol qatnashadi. Kutubxona xodimlari 
    adabiyotlarning mazmuniga ko'ra, har bir kitobxonning maqsadi 
    va qiziqishiga muvofiq, ommaviy ishning shakl va uslublarini tan- 
    laydi, uni tayyorlaydi va olib boradi.
    109
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Shu bilan birga, kutubxonalar jamiyatda juda katta tarbiya- 
    viy faoliyatni, pedagogik ishni olib boradi. Adabiyotlarni targ‘ib 
    qilish bilan birga targ‘ibot ishlarini, ommaviy ishlarni boshqa 
    tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borish yo‘li bilan atrofdagi 
    tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini tashkil etadi. Bu bilan 
    ma’nan yuksak, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish 
    ishida faol qatnashadi. Prezidentimiz aytganlaridek, komil in­
    sonni voyaga yetkazmasdan turib kelajak haqida gapirib bo ‘l- 
    maydi, kelajak-avlodni tarbiyalamasdan turib istiqlol haqida, 
    oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish haqida gap ham bo ‘lishi 
    mumkin emas. Kutubxona fondini tashkil etishdan tortib, ki­
    tobxonga xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan jarayonlar ana shu 
    vazifalarni bajarishga qaratilishi zamr.
    Kutubxonada mavjud adabiyotlar haqida kitobxonlarga o ‘z 
    vaqtida axborot berib borish, ularni targ‘ib qilish va o'qishga jalb 
    etish, qiziqtirish ishlarini yakka, guruhli va ommaviy ishlarni 
    olib borish kutubxonalar faoliyatining asosiy qismidir. Omma­
    viy ishlar mazmun va mohiyatiga ko‘ra bayramlardir. Tadbirlar 
    davomida bilimni, mualliflar fikrini, dunyoqarashini targ‘ib qi­
    lish bilan boyitilgan kitoblarni namoyish etamiz, ularning nashr 
    etilishini, dunyo yuzini ko‘rganligini bayram qilamiz, kitobxon- 
    larning bo‘sh vaqtini bayramona kayfiyatda o ‘tkazishga yordam 
    beramiz, dam olishini tashkil etamiz.
    Adabiyotlarni targ‘ib etishning yana bir maqsadi — kitobxon- 
    larning ma’lum bir yo‘nalishdagi adabiyotlarga bo‘lgan talabla- 
    rini qondirishdan iborat. Tadbiilar yordamida kitobxonlami qiziq- 
    tirgan masala yoki muammoga oid, yozuvchi yoki shoirning hayoti 
    va ijodiga oid adabiyotlar haqida ma’lumot beriladi. Bu asardan 
    bexabar kitobxonda yangi qiziqishning paydo bo'lishiga sababchi 
    bo‘ladi. Natijada, kitobxonda adabiyotlardan xabardorlik darajasi 
    oshadi, bilim saviyasi kengayadi, kitobxonning qiziqishini biron- 
    bir yo‘nalishda rivojlantirib borishga yordam beriladi. Bu bilan 
    ommaviy ishlarning axborot berish vazifasi amalga oshadi.
    Bundan tashqari, ommaviy ishlarning yana bir ahamiyatli 
    tomoni shundaki, kutubxona va kitobni aholi o‘rtasida targ‘ib qi- 
    lishga olib keladi, natijada, kutubxonaga yangi kitobxonlar jalb
    110
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    etiladi, kutubxona va kitobxon do‘stligi paydo bo‘ladi, kitobxon 
    qatnovi, adabiyot o‘qilishi darajasi oshadi. Tadbirlarni tayyorlash 
    va o‘tkazish jarayoniga kitobxon jalb etilsa, kitobxonlarning ta- 
    shabbuskorligi oshib boradi, jamoat ishida faol ishtirok etishga 
    bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ladi. Bitta yoki bir necha asarni bir yo‘la 
    ko‘pgina kitobxonlar orasida targ‘ib qilish amalga oshadi, 
    adabiyotning ta’sir doirasi kengayadi. Tadbir ishtirokchilari orqali 
    shu asar haqida bevosita flkr paydo bo‘ladi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan kelib chiqqan holda 
    ommaviy ishlarning xususiyatlari belgilab olinadi. Bular quyi- 
    dagilardan iborat:
    1. 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish