kuni, G ‘. G ‘ulomning 100 yilligi, A. Qahhorning 100 yilligi va
boshqa munosabat bilan.
Mavzuli kitob ко ‘rgazmasini tayyorlash metodikasi.
Katalog,
kartoteka, tavsiya ro‘yxatlari, bibliografik sharhlarga nisbatan
kitob ko‘rgazmasining kuchi va ta’siri samaraliroqdir. Chunki, ki
tob ko‘rgazmasi har qanday kitobxon diqqatini tez jalb qiladi.
Shuning uchun ko‘rgazmani awaldan o‘ylab, reja asosida, biron-
bir maqsadga qaratilgan yo‘nalishda tayyorlash zarur. Bu kutub
xona xodimidan yoki tashkilotchidan katta tayyorgarlikni, ma-
horatni, malakani talab etadi.
Ko‘rgazmani tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: mav-
zuni va kitobxon guruhini aniqlash, ko‘rgazmaning rejasini ishlab
chiqish, adabiyotlarni to ‘plash va tartibga solish, iqtibos, fikrlar,
suratli va boshqa materiallarni to ‘plash, ko‘rgazmani shakllanti-
rish, rasmiylashtirish.
Ko‘rgazma mavzusini belgilashda bugungi kun talablari, mu-
him voqealari, sanalar, dolzarb muammolar, vazifalar, mamlakati-
mizning siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotdagi masa
lalari, kutubxona faoliyatidagi asosiy yo'nalishlar, kitobxonlar-
ning qiziqishlari, ehtiyojlari, o‘ziga xos xususiyatlari hisobga oli-
nadi. Kitobxon guruhini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ko‘rgazmaga qo‘yilayotgan adabiyotlarning ko‘lami, nashr
xarakteri, turlari, qaysi tildaligi kitobxonlar xususiyatlariga bog‘liq.
Agar ko‘rgazma mutaxassis kitobxonlar uchun bo‘lsa, ko‘proq
ilmiy va ishlab chiqarish xarakteridagi adabiyotlar, ma’lumot
nashrlari qo‘yiladi. Uy bekalari uchun bo‘lsa, ularning bo‘sh vaqtini
unumli o‘tkazishga, umumiy bilim saviyasini oshirishga yordam
beruvchi ilmiy-ommabop adabiyotlar, bolalar tarbiyasiga oid
adabiyotlar keng qo‘llaniladi. Talabalar uchun mo'ljallangan
ko‘rgazmada, ko‘proq o‘quv jarayonlari, o‘quv dasturlariga bog‘-
liq adabiyotlar qo‘yiladi. Mustaqil bilim oluvchi kitobxonlar uchun
ularning qiziqishlari va ehtiyojlari asosida materiallar tanlanadi.
Tanlangan materiallar o‘rganib chiqiladi. Rejada