Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Bibliografik sharhlar —
kutubxonalar faoliyatida eng ko‘p 
qo‘llaniladigan samarali usullardan biri. Adabiyotlarni targ‘ib 
qilishning bu shakli kitobxonlar oldiga biron-bir mavzuga, bir 
dolzarb masalaga, biron-bir bilim sohasiga oid yoki kutubxona 
fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqidagi hikoya bilan 
chiqishdir. Sharhlar tavsiyaviy va axborot xarakteriga ega bo‘ladi. 
Barcha tipdagi kutubxonalarda kitobxonlarning bilim darajasini, 
madaniy va ma’naviy saviyasini, kasb malakasini oshirishga yor­
dam beradi, mustaqil bilim oluvchi kitobxonlarga adabiyotlar 
tavsiya etishda, kutubxona fondiga kelib tushgan adabiyotlar ha­
qida axborot berish maqsadida tashkil etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bibliografik sharhlar kutubxonalar faoliyatiga o ‘tgan asrning 
20-yillarida «Jonli bibliografiya kechasi», «Retsenziyalar kechasi», 
«Kutubxonachilik o‘qishlari» nomi bilan kirib kelgan.
Bibliografik sharhlar mustaqil tadbir sifatida, boshqa tadbir- 
larga qo‘shimcha tadbir sifatida ham qo‘llanilib, uni kutubxona 
xodimi yoki mavzu bo‘yicha mutaxassis kitobxon tayyorlaydi va 
olib boradi. Kitobxonlar konferensiyasi, mavzuli kechalar, og‘- 
zaki jurnal, kitobxon benefisi, taqdimot, og‘zaki jurnallarda sharh 
keng qo'lianiladi. XX asrning so‘nggi yillarida sharhlarni televi- 
deniya, radio va mahalliy gazeta-jurnal sahifalarida ko‘plab uch- 
ratish mumkin edi. Hozir ham ommaviy axborot vositalari bu 
usuldan ko‘pgina tadbirlarda foydalanishmoqda.
Sharhlar uncha katta bo‘lmagan auditoriya, ya’ni 10—15 kishi 
uchun aniq mavzu bo‘yicha tashkil etiladi. Sharhlar xarakteriga 
ko‘ra, mavzuli va yangi adabiyotlar sharhiga bo‘linadi.
Mavzuli sharh ma’lum bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi. Uni 
tayyorlash mavzuni tanlash bilan boshlanadi. Mavzuni tanlashda 
kunning dolzarb masalalari, kitobxonlar qiziqishi, o‘qish maqsadi 
o‘rganiladi va hisobga olinadi. Sharh muhim sanalar, yubileylar, 
ijodkoryoki arboblarning tug‘ilgan kunlari, bayramlar munosabati 
bilan o‘tkaziladi. So‘ngra sharh maqsadi belgilab olinadi. Bu juda 
muhim bo‘lib, unda sharhda nima haqida, kim va nima uchun 
berish kerakligi aniqlab olinadi.
Mavzuni tanlashda kitobxonlar — tinglovchilar yoshi, kasbi, 
mutaxassisligi, qiziqishi, qobiliyati, imkoniyatlari, asarni qabul 
qilish darajasi aniqlab olinadi va bu bilan kitobxonlar guruhini 
tanlash bosqichi amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, axborot berish 
yo‘nalishi belgilab olinadi. So‘ngra mavzuning mazmunini yori­
tib berish maqsadiga xizmat qiluvchi adabiyotlar tanlanadi. Bu­
lling uchun mutaxassis fikridan, maslahatidan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega.
Adabiyotlarni tanlashda bibliografik ko‘rsatkichlardan, ka­
talog va kartotekalardan, mavzuli tavsiyaviy qo‘llanmalardan, ada­
biyotlar haqidagi tanqidiy materiallardan va Intemetdan foydalanish 
zarur. Sharh uchun adabiyotlar sonini belgilashda auditoriya tarkibi,
134
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavzuning salmog‘i, shu mavzuga oid kutubxonada mavjud 
adabiyotlar ko'lami hisobga olinadi. Agar sharh ommaviy ku­
tubxona kitobxonlariga mo‘ljallansa, 5—6 ta kitob tanJab olinadi, 
mutaxassis kitobxonlar uchun bo‘lsa, ko‘proq 14—15 ta adabiyot 
tanlab olinadi.
Tanlangan adabiyotlarni o‘rganish va sharh matnini tayyor- 
lash eng muhim jarayon. Matn kutubxona xodimiga sharhni ra- 
von, ifodali va ta’sirli o‘tkazishga yordam bersa, ikkinchidan, huj- 
jat sifatida saqlanadi. Ammo sharh matni o‘qib berilmaydi.
Agar sharh biron-bir boshqa yirik tadbirga yordamchi tad- 
bir sifatida o‘tkazilsa, 15—18 minut vaqt ajratiiadi, agar mustaqil 
tadbir sifatida o‘tkazilsa, 20—25 minut kifoya, savollar uchun 
ham vaqt qoldirish zarur.
Har qanday sharh matni uch qismdan iborat bo‘ladi: 

Download 11,3 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish