Kitobxonlar konferensiyasi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

5.3. Kitobxonlar konferensiyasi
Bu tadbir kompleks tadbir bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazish 
jarayonida kitobxonlar bilan ishlashning barcha yakka va ommaviy 
ish usullari qo‘llaniladi.
Konferensiyani tayyorlash va o‘tkazish uchun 1 —1,5 oy mud- 
dat ajratiladi. Barcha ishlarni reja va tartib bilan olib borish maq­
sadida hay at tuzib olinadi. Hay’at tarkibiga kutubxona rahbari, 
xodimlari, homiylik qilishi mumkin bo‘lgan tashkilot boshliq- 
lari, ommaviy axborot vositalari vakillari, uch, to ‘rt nafar faol 
kitobxonlar kiritiladi.
Hay at konferensiyani tayyorlash va o‘tkazish rejasini ishlab 
chiqadi. Unda tayyorgarlik ko‘rish uchun ajratilgan bir yoki bir 
yarim oy davomida bajariladigan ishlar va ularga mas’ul shaxslar 
hamda muddati ko'rsatiladi. Bular: konferensiya mavzusi, muho-
138
www.ziyouz.com kutubxonasi


kamaga qo‘yiladigan masalalar haqida axborot berish, reklama 
ishlarini yuritish, konferensiyani olib boruvchi boshqaruvchini 
tayyorlash, muhokama uchun tanlangan kitob nusxasini boshqa 
kutubxonalar yordamida ko'paytirish, so‘zga cliiquvchilarni aniq- 
lash, ular bilan yakka tartibda ishlash, kitob ko‘rgazmalari va 
kutubxona plakatlarini, turli bukletlarni tayyorlash va o‘tkazish, 
konferensiyaning o‘tkaziladigan joyini tayyorlash, bezash, jihozlash 
kabilar.
Konferensiya haqidagi e’lon konferensiya o ‘tkaziladigan 
vaqtdan bir, bir yarim oy oldin beriladi. Unda muhokamaga 
qo‘yiladigan masalalar, tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur adabiyot­
lar ro‘yxati beriladi.
Konferensiyada mulohazalari bilan qatnashish istagi bor 
kitobxonlar bilan ish olib borish juda mas’uliyatli jarayon, ular 
bilan olib boriladigan yakka va guruhli suhbatlar, maslahatlar 
kitobxonlami so‘zga chiqishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. 
So‘zga chiquvchilarni tanqidiy adabiyotlar bilan, asar haqidagi 
boshqalarning fikr-mulohazalari bilan tanishtirish muhokamaning 
ta’sirli chiqishiga yordam beradi. So‘zga chiquvchi kitobxon o‘z 
fikrini aytishga, erkin, mustaqil so‘zlashga tayyor bolishi lozim.
Kitobxon bilan suhbat davomida kutubxonachi unga tartib 
bilan, ravon va aniq fikr bildirishga o‘rgatishi kerak. Lekin kitob­
xonga oldindan matn tuzib berish kerak emas. Bu konferensiya­
ning quruq, jonsiz, ta’sirsiz bo‘lishiga olib keladi. Kutubxonachi 
kitobxonning qaysi masala haqida fikr bildirmoqchi ekanligini 
aniqlab olishi zarur. Ana shu yo‘nalishda kitobxon noto‘g‘ri fikr 
yuritsa, uning noto‘g‘ri ekanligini tushuntirib, to‘g‘ri yo‘lga solishi 
zarur. Lekin kitobxon fikriga, mulohazasiga hurmat bilan qa- 
rashni esdan chiqarmasligi ham kerak.
Konferensiya boshqaruvchining kirish so‘zi bilan ochiladi. 
Unda muhokamaga qo‘yilgan asar haqida, muhokamaning maq­
sadi, yo‘nalishi hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar haqida, muallif 
ijodi haqida gapiriladi. Keyin so'zga chiquvchilarga navbat be­
riladi. Reja bo‘yicha 7—8 kitobxon so‘zga chiqadi.
Konferensiyaning borishi rasmiylashtirib boriladi — bu ba- 
yonnomada konferensiyaning qachon, qayerda, qaysi asar yoki
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


muammo yuzasidan o ‘tkazilganligi, qancha kitobxon qatnash- 
ganini, ularning fikr-m ulohazalarini aks ettirib berishi lozim. 
Ba’zi hollarda konferensiyaning borishi magnit tasmasiga yoki 
videotasmaga yozib olinadi. Bayonnoma, birinchidan, hujjat sifa­
tida, ikkinchidan, hisobotlar davrida dalolatli hujjat sifatida mual- 
lif qatnashmagan taqdirda unga kitobxonlar fikrini yetkazuvchi 
manba sifatida muhim ahamiyatga ega.
Konferens;yaning ta’siri, samarasi kitobxonlar faolligining 
oshishida, kitob berilishining o‘sishida ko‘rinadi.
Bir kitobga bag‘ishlangan konferensiyalar eng yaxshi badiiy 
asarlarni, ilmiy va ilmiy-ommabop, ishlab chiqarishga oid ada- 
biyotlarni targ‘ib qilish maqsadida deyarli barcha tipdagi kutub­
xonalar faoliyatida keng qoMlaniladi. Hayotiy muammolarni real 
aks ettirgan, insonparvarlik, mehnatsevarlik, sevgi va muhabbatni 
tarannum qiluvchi, vatanparvarlik va milliy e ’tiqodga asoslangan 
asarlar tanlab olinadi. Keyingi paytda yuksak m a’naviy qadri- 
yatlarimiz aks etgan asarlar, boy ma’naviy merosimiz namunalari 
asosida konferensiyalar keng o ‘tkazilmoqda. Asarni tanlashda 
kitobxonlarni adabiyotning qaysi janri ko‘proq qiziqtirishini, 
qaysi mavzudagi adabiyotlar ko‘proq o ‘qilishini hisobga olish za­
rur. Konferensiyada muhokama qilinishi zarur bo‘lgan masalalar 
aniqlab olinadi. Oldindan muhokamaga qo‘yilayotgan masala­
lar haqida reklama ishlari, belgilangan savollar haqida axborot 
ishlari olib boriladi. Bu konferensiyaning ravon va bir tartibda 
o‘tishiga yordam beradi, kitobxonlarni ng faol qatnashishini ta’min- 
laydi, kitobxonlarga ta’sirini oshiradi.
Ayrim ilmiy kutubxonalarda ilmiy, ilmiy-ommabop, ishlab 
chiqarishga oid asarlar ham tanlab olinadi. Ularda ko‘proq ilmiy 
masalalar va ularning yechimi, ishlab chiqarishdagi, ilmiy taraq- 
qiyotdagi o‘rni haqida muhokama yuritiladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish