• Mavzuli kechaning maqsadi
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Adabiy mavzuli kechalar
    konferensiyadan farq qilib, biron- 
    bir dolzarb mavzuga, voqeaga, muhim sanaga bag‘ishlanadi.
    141
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Bunday kechalar kitobxonlarning dam olish soatlarini tashkil 
    etishga qaratilgan tadbir bo‘lib, siyosiy, ilmiy, texnik va badiiy 
    bilimlami targ‘ib qilishga qaratilgan. Shuning uchun ham bunday 
    tadbirlar klub xarakteridagi tadbir ham deyiladi. Chunki 
    adabiyotlar haqidagi fikrlardan tashqari badiiy qism, sahna 
    ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, konsertlar beriladi.
    Mavzuli kechaning maqsadi
    — kitobxonlarni muhim voqea va 
    masalalar bilan tanishtirish, m a’lumot berish, shu masalaga qi­
    ziqish uyg‘otish, ularning bilimini kengaytirish, yangiliklarni ko‘r- 
    satish, kitob fondini yoritib borishdan iborat.
    Mavzuli kechani tayyorlash va o'tkazish ham mas’uliyatli 
    jarayon bo‘lib, u o ‘ylab, puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. 
    Mavzuli kechani tayyorlash mavzu tanlash bilan boshlanadi. Tan­
    langan mavzu kitobxonlar qiziqishiga, o‘qish maqsadiga mos bo‘- 
    lishi, ko‘proq kitobxonlarni jalb etadigan darajada boiishi zarur.
    Ishlab chiqarishga ilg‘or tajribalarga oid mavzuli kechalar 
    tashkilotlarning o‘zida o ‘tkaziladi. K o‘pgina kutubxonalarda 
    mashhur yozuvchi yoki shoirning, san’atkor yoki olimning, 
    jamoat arbobiningtug‘ilgan kunlari, yubileylari munosabati bilan 
    mavzuli kechalar o‘tkaziladi. Hozirgi paytda bunday kechalar 
    adabiy-musiqali kechalar, musiqali mehmonxonalar kabi nomlar 
    ЬДап ham o‘tkaziladigan bo‘ldi.
    Mavzuli kechani tayyorlashdan awal tuzilgan komissiya tay­
    yorlash va o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi, dasturini tayyorlaydi. 
    Tayyorgarlik ishlari uchun 15—20 kun vaqt ajratiladi. Bu davrda 
    kecha mavzusiga oid suhbatlar, ko‘rgazmalar, bibliografik sharh­
    lar, maslahatlar olib boriladi. Kecha mavzusiga mos badiiy 
    o‘qishlar, konsert chiqishlari, sahna ko‘rinishlari tayyorlanadi. Bu- 
    ning uchun komissiya tarkibiga klub va madaniyat uyi xodimlari 
    ham kiritiladi, ular kechaning badiiy qismini tayyorlash uchun 
    mas’ul boMishadi. Kechani boshqaruvchi tayyorlagan ssenariy 
    komissiya a’zolari o‘rtasida muhokama qilinadi.
    Kecha qisqacha kirish so‘zi bilan ochiladi. Agar kecha biror 
    shaxsning hayoti va ijodiga bag'ishlangan bo‘lsa, uning faoliyati 
    haqida ma’ruza qilinishi mumkin. Kecha, odatda, 2—2,5 soatga 
    mo‘ljallanadi. Kechada mavzu bo‘yicha chiqishlar namoyish qi-
    142
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    linadi. Badiy qism muhokama qismi bilan aralash holda berilgani 
    ma’qul. Ammo kecha konsertga yoki badiiy sahna ko‘rinishiga ay- 
    lanib qolishi kerak emas. Asosiy e ’tiborni mavzuning muhoka- 
    masiga ajratgan m a’qul. Mavzuli kechalar ham boshqa tadbirlar 
    kabi rasmiylashtiriladi. Mavzuli kechalar mazmuni va maqsadiga 
    ko‘ra, turlicha bo‘ladi: uchrashuv, savol-javob, she’riyat kechalari.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish