Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

birinchidan,
tezkor axborotga ega bo‘lish imkonini beradi
ikkinchidan,
bosma mahsulotlarga nisbatan uni tayyorlash va 
tarqatish, ulardan foydalanish ancha arzon, 
uchinchidan,
uni 
tayyorlab, chiqarish uchun kam vaqt sarf qilinadi, 
to ‘rtinchidan, 
undan foydalanish joyi, sharoiti cheklanmagan, 
beshinchidan, 
elektron axborot resurslarida qo'llaniladigan ma’lumot berish
157
www.ziyouz.com kutubxonasi


turlari ham cheksiz, 
oltinchidan,
elektron axborot resurslaridan 
foydalanish joy tanlamaydi, bir kutubxonada o ‘tirib butun 
mamlakatdagi, Internet orqali butun dunyo miqyosidagi axborot 
ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
Keyingi paytda bosma resurslar bilan birgalikda elektron 
resurslarning ham fondi shakllanib bordi. Ularni shakllantirish, 
saqlash, uning texnik, gigiyenik qoidalari, mualliflik huquqini 
himoya qilish masalalari o'zyechimini kutayotgan muammolar- 
dan hisoblanadi.
Elektron resurslar bazasini yaratish va foydalanishning ham 
o‘ziga yarasha muammolari mavjud. M asalan, Internetdan 
olinayotgan resurslarning sifati, maqsadi, g‘oyasi, ulardan foyda­
lanish uchun yo‘l ochib berishda xizmat ko‘rsatayotgan tash- 
kilotning manfaatlari, aholi qiziqishining, maqsadining yo‘na- 
lishlariga mos kelishini nazorat qilish. Internet — bozor misoli. 
Unda yaxshi va yomon, sifatli va sifatsiz, bizning manfaatlarimizga 
mos yoki aksincha, maqsadga xizmat qilmaydigan mahsulotlar 
mavjud. Undan xaridor o ‘ziga yoqqanini tanlaydi. Demak, 
xaridorgir mahsulotlarni ham ajrata bilish zarur. Kishilarimiz- 
ning dunyoqarashiga, ruhiyatiga, shakllanib borishiga, ta ’lim va 
tarbiyasiga, axloqiy kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi elektron 
axborot resurslari ham kam emas.
AKMning vazifasi kishilarimizni ilm-fan taraqqiyotiga xizmat 
qiluvchi, ularning bilim olishlarini, ilmli bo‘lishlarini, axloqiy va 
ma’naviy kamolotini kafolatlovchi, yoshlarimizni to ‘g‘ri yo‘lga 
soluvchi, ham diniy va ham dunyoviy bilimlar bilan maqsadga 
mos holda boyitib boruvchi, dunyo axborot olamidan to ‘g‘ri 
foydalanuvchi shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat. Hozirgi vaqtda 
bu vazifalami amalga oshirishda nafaqat bosma manbalardan, balki 
elektron shakldagi resurslardan ham foydalaniladi.
Mamlakatimizda elektron adabiyotlar yaratish bo‘yicha ko‘p_ 
gina ishlar amalga oshirildi. 2004-yildan uning tajriba-sinov 
bosqichiga o‘tildi. Ammo, bu sohada hali elektron darslik yaratish 
uslubiyati, uning tuzilishi, unda aks etadigan komponentlarning 
aniq bir tizimi bo yicha me’yoriy hujjatlar deyarli yo‘q. Elektron
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘quv adabiyotlarini yaratishning uchinchi bosqichi — ulardan 
o‘quv jarayonlarida keng foydalanishdan iborat.
Elektron darsliklar quyidagi pedagogik vazifalarni bajarish 
imkonini beradi:
1. Aynan olingan fanning mohiyati, asosiy tushunchalari bilan 
dastlabki tanishuvni amalga oshiradi;
2. O'quvchida mavzuga qiziqish uyg‘otadi, tanlangan mavzu 
bo‘yicha axborot berish bilan bilimini oshiradi;
3. 0 ‘quvchi bilimini nazorat qilish va baholash imkonini beradi;
4. O'quvchining aniq yo‘nalishdagi qobiliyatini shakllantiradi;
5. Xotirani rivojlantiradi;
6. Kompyuter savodxonligini, axborot madaniyatini tarbiya- 
lashga yordam beradi;
7. Estetik didni shakllantiradi.
Elektron darsliklarning bosma darsliklardan farqi shundaki, 
ular darslikda berilayotgan mavzuni jonli animatsiyalar, rangli 
tasvirlar, harakatlanuvclii tasvirlar yordamida beradi. Bu o‘quv- 
chilar uchun qiziqarli. Bundan tashqari, hodisalar, voqealar, 
hujayralar rivoji bosma darslikda mavjud bo‘lmagan namunali 
misollar bilan boyitilgan, juda bo‘lmaganda harakatsiz bo‘lsa 
ham veb-slaydlarda ochib berilgan. Bunga fizika, astronomiya
kimyo, biologiya, odam anatomiyasi, tibbiyot va tabiiy fanlarga 
oid elektron darsliklarni olish mumkin. 0 ‘quvchi o‘ziga qulay 
paytda ARMda ulardan foydalanishi mumkin.
Demak, bunday elektron resurslarning ahamiyati shundaki, 
ular dars davomida o ‘qituvchi tomonidan berilayotgan o ‘quv 
materialini to‘la o‘zlashtirishga, kengroq bilim olishga, musho- 
hada qilishga o ‘rgatadi, o‘quvchiga elektron resurslar haqida 
ma’lumot beradi, bolada ana shunday elektron resurslar yara- 
tishga qiziqish uyg‘otadi. Bola elektron darslikdagi test savol- 
lariga o ‘zi javob beradi, o‘z bilimini o‘zi baholaydi, o‘qituvchi 
ishtirokisiz bilim darajasining qanday ekanligini aniqlaydi. Bun­
dan keyin nimalarga e’tibor qilishi lozimligini tushunib oladi.
Yoshlarimizning ilmiy dunyoqarashini, siyosiy bilimini oshi- 
rishga ta’sir ko‘rsatuvchi elektron matnli, animatsiyali, multime-
159
www.ziyouz.com kutubxonasi


diyali elektron kitoblar ham mavjud. K om pyuter Osiyo fir- 
masi, Imom al-Buxoriy Xalqaro jam g‘arm alari, Oliy va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlanayotgan 
I.A. Karimov asarlarining elektron shakllari, «Amir Temur 
shaxsiyati, Renessans davri», « 0 ‘zbekiston XXI asrga intil- 
moqda», « 0 ‘zbekiston hunarmandchiligi» va boshqa ko‘plab 
elektron mahsulotlarni taqdim etdi.
Umuman, AKMlarda tayyorlanayotgan va boshqa tash- 
kilotlardan olib foydalanilayotgan barcha turdagi elektron axbo­
rot resurslaridan shaxsni tarbiyalashda keng qo ‘llaniladi va aso- 
san quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
1. Kishilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini to ‘la va tezkor 
qondirish;
2. Shaxsning bilim olish, ilmli bo‘1 ish maqsadimng to‘la amalga 
oshishini ta’minlash;
3. Shaxsning ijtimoiy-siyosiy, estetik va badiiy kamolotiga 
yordam berish;
4. Tarixiy, m a’naviy, madaniy qadriyatlarimizni keng targ‘ib 
qilish va unga mehr-muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;
5. Shaxsning diniy tushunchalarini to ‘g‘ri shakllantirish, turli 
xil diniy oqimlarning zararli tomonlarini ko‘rsatib berish bilan, 
diniy e’tiqodini to ‘g‘ri yo‘naltirish;
6. Davming eng muhim va dolzarb muammolarini, 

Download 11,3 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish