Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

va 
ja­
miyat taraqqiyotining barcha sohalarini qamrab oldi. Kutubxo­
nalarning targ‘ibot va tashviqot ishi bilan bog‘liq holda reklama
150
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyati ham olib borildi. Ommaviy tadbirlarda, ayniqsa, ko‘r- 
gazma targ‘ibotida kutubxona binosining ichki va tashqi beza- 
tilishi, plakatlar, turli yozuvlar, devoriy gazetalar, bo‘yoq va 
rasmlar, suratlar, hatto, har bir so‘z reklama vazifasini bajaradi.
Reklama faoliyatida kutubxonalar tomonidan turli bukletlar, 
varaqalar, risolalarning nashr etilishi, kutubxonaning yillik hi- 
sobotlari va ish rejalarining nashr etilib tarqatilishi, turli mav- 
zularda tayyorlangan axborot bulletenlari, pochta tarqatmalari, 
imkon qadar tayyorlangan turli xatcho‘pIar, mayka yoki bosh 
kiyimlarining, kutubxona emblemasi tushirilgan holda tayyor- 
lanib tarqatilishi juda katta samara beradi. Kutubxonada o‘t- 
kaziladigan har qanday ommaviy va reklama ishlarining ta’sir- 
chanligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har qanday ishda 
qandaydir ta’sirchanlik mavjud bo‘ladi, u iste’molchiga u yoki 
bu darajada ta’sir qiladi, uning axborotni qabul qilish va qayta 
ishlashini ta’minlaydi.
Ularning ta ’sirchanligini oshirishda quyidagi holatlar e’ti- 
borga olinadi. Ommaviy ishlarning ta’sir doirasini oshirish, bu- 
ning uchun ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, 
ular sahifalarida press-relizni uyushtirish, Pablik Rileyshinz 
faoliyatidan foydalanish muhim o ‘rin tutadi. Axborotni turli 
sahna asarlari — lavhalar, ko‘rinishlar, jonli xatti-harakatlar 
(adabiy viktorinalar, og‘zaki jurnallar, konferensiyalar, uchra- 
shuvlar, adabiy kechalarda), davra suhbatlari yordamida berish 
bilan ularning ta’sirchanligini oshirish ta’minlanadi. Tadbirlar 
asosida emotsionallik ham yotadi. Bu ham tashkilotchiga, ham 
kitobxonga bog‘liq holat bo‘lib, tadbir davomida turli his-tuy- 
g'ular, kishiga emotsional darajada ta’sir ko‘rsatadigan so‘z va 
xatti-harakatlar ishlatiladi, bu albatta, kitobxonning ruhiy ho- 
latiga ta ’sir ko‘rsatadi, kitobxonda estetik didni, nozik his- 
tuyg‘ularni shakllantiradi, yomonga nafrat, yaxshiga hurmat, 
ezgulik xislatlarini tarbiyalaydi.
Ommaviy tadbirlarning yana bir muhim jihati — munoza- 
ralilikdan iborat. Tadbirlar davomida kitobxonda fikrlash, fikrni 
ko‘pchilikka bildira olish, unga boshqalami ishontirish, muhokama
151
www.ziyouz.com kutubxonasi


va bahslarda tortisha olish ko‘nikmasi tarbiyalanadi. Bu xusu- 
siyat, ayniqsa, bolalikdan tarbiyalanib borilsa, m a’nan yetuk in- 
sonlar yoshlarimiz orasida ko‘proq uchraydi.
Xullas, kitobxonlar va iste’molchilar bilan ishlash jarayoni- 
ning asosiy qismi hisoblanmish ommaviy tadbirlar va reklama 
ishlari kutubxona faoliyatining asosiy maqsad va vazifalariga 
xizmat qiladi. Adabiyotlar targ‘ibotining yuqorida qayd etilgan 
shakl va usullari kutubxona faoliyatining asosiy maqsad va va- 
zifalarini amalga oshirishda muhim omil bo‘ladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish