Bo lim tomonidan Abdulla Qahhor,
Muso Toshmuhamrnad
o‘g‘li Oybek, Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bibliografik
ko‘rsatkichlarning elektron shakli mavjud. Bundan tashqari, Hamid
Olimjonning 10 jildli mukammal
asarlarining to la matnli
m a’lumotlar bazasi ham yaratilgan. 1999-yildan boshlab MK
o'zining elektron katalogini yaratib keldi. Dissertatsiyalar avtore-
feratlarining ma’lumotlar bazasi, kutubxonaga kelib tushayotgan
vaqtli matbuot nashrlarining tahliliy tavsifi, 0 ‘zbekiston bo‘yicha
« 0 ‘zbekiston» («0‘zbekistanika») ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Bunday elektron resurslar yoshlarda axborot-bibliografik
bilimni
shakllantiradi, axborot olish madaniyatini tarbiyalaydi, axborot
materiallari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi.
Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat AKM 1920-yillarda nashr
etilgan «Buxoro axbori» gazetasining
milliy elektron bazasini
yaratdi. Taniqli jamoat arbobi Fayzulla Xo‘jayevning hayoti va
ijodi haqida elektron kitobni yaratib, aholi xizmatiga taqdim et-
gan. Yana respublika ilmiy jamoatchiligi, ko‘plab
xalqaro
jamg‘armalar, ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidan yaratila-
yotgan minglab nomdagi elektron axborot resurslarini ko‘rib
chiqish mumkin. Dunyo miqyosida mashhur EBSCOning
ma’lumotlar bazasini 84 kutubxona muntazam olib turibdi,
barcha markazlar ZiyoNET ta’lim ma’lumotlar bazasiga ega.
Asrlar davomida
inson tarbiyasida, shaxsning shakllanib, tako-
millashib borishida, ilm-fan taraqqiyotida bosma axborot
resurslarining o‘rni beqiyos darajada katta bo‘lganligini inkor etib
bo‘lmaydi.
Bugungi kunda ham, kelgusida ham ularning aha-
miyatini tan olish zarur. Ammo, axborotlashgan jamiyatda ular
bilan yonma-yon elektron axborot resurslari ham shiddat bilan
ko‘payib boiyapti. Elektron resurslarning ahamiyati shundaki, ular,