ommani m a’lum bir xabar bilan ta ’minlash ularning talab va
ehtiyojlarini qondirishgina emas, balki jam iyat manfaatlarini
ifodalashga, uni targ‘ib qilishga, kishilarning unda faol ishtirok
etishini ta’minlashga qaratiladi.
Axborotni to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish, iste’mol-
chiga yetkazish, qabul qilish, o‘zlashtirish, saqlash kabi jarayonlar
axborot vositasida boshqarish bilan bog‘liq. M atbuotda berilgan
axborot ommani boshqarishga, uni aniq maqsad sari yo‘nalti-
rishga yordam beradi. Bosma nashrlar orqali jamiyat manfaati,
uning g‘oyasi va mafkurasi, maqsadi ifodalanadi va himoya qi-
linadi. Demak, matbuot asarlarini targ‘ib qilish ham ommaviy
ishlarning asosiy xususiyatlaridan biri. Jam iyat mafkurasini
omma ongiga yetkazish, singdirish, uni tushuntirish, ularning
faoliyatini jamiyat manfaatlari maqsadlari sari yo‘naltirishda
kutubxonalar muhim o‘rin tutadi.
Matbuotda berilayotgan har qanday materialning mazmunida
targ‘ibot yotadi. Kutubxonalar ularni faqatgina targ‘ib etibgina
qolmaydi, balki jamiyatning bosh m anbaalari, maqsad va
vazifalari, shiorlariga turli shakl va usullar orqali xalqni ishonti-
rishga xizmat qiladi. Bu kutubxonalar olib borayotgan targ‘ibot
ishlari bo‘lib, ommaviy ishlar negizida ham ko‘zga tashlanadi.
Adabiyotlar targ‘iboti ishlari kishilarni o ‘z -o ‘zini anglash,
ularning madaniy, estetik dunyoqarashini shakllantirish, ha-
yotda aniq yo‘lini va o ‘rnini belgilab olishga yordam beradi.
Shuning uchun bu tadbirlar tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Kitobxonlaming axloq-odob, birdamlik, hamkorlik, o'zaro
hurmat, mulohaza yuritish, fikrlash, xotirada saqlab qolish ko‘-
nikmalarini tarbiyalaydi. Ularda tashabbuskorlik va ijodkorlik
xislatlarini kuchaytiradi.
Kutubxonalar jamiyat manfaatlari, mafkurasi va g‘oyasidan
kelib chiqib faoliyat ko‘rsatar ekan, tashkilotchilik ishlarini olib
borishda tegishli muassasalarga yoki tashkilotlarga yordam be-
radi. Bu esa kutubxonalar ishining tashkilotchilik xususiyatini
anglatadi. Keyingi paytda reklama hayotimizga kirib keldi