Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

harakatlarimizning 
negizida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan
www.ziyouz.com kutubxonasi


sog‘lom qilib o ‘stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini 
ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni 
tarbiyalash orzusi turibdi» deb ko‘rsatdi.
Bu vazifalar axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari 
va boshqa tizimiardagi kutubxonalarning xodimlaridan o‘z sohasining 
bilimdoni, yuksak malaka va mahoratga ega bo‘lish, mamlakatning 
ijtimoiy-siyosiy vazifalarini tushunadigan, madaniy-ma’rifiy 
muammolarni tez ilg‘ab oladigan, ilm-fan rivojiga ta’sir eta ola- 
digan xususiyatlarga ega bo‘lish talab etiladi. Kutubxona xodimi 
faqat o‘z sohasini emas, balki barcha sohalar bo‘yicha bilimga ega 
bo'lishi, informatika, pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik, 
madaniyatshunoslik va falsafiy bilimlardan ham xabardor bo‘lishi 
zarur. Chunki, yangi zamon mutaxassisidan badiiy, ilmiy, ilmiy- 
ommabop, ishlab chiqarishga oid adabiyotlarni tushunish, o‘qish 
madaniyatini tarbiyalash, madaniy-ma’naviy tadbirlarni tashkil 
eta bilish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, yangilikka intiluvchan, 
hamma narsadan xabardorlik, axborot resurslarini qidirish, to ‘p- 
lash, saqlash va uzatish, qabul qilish yo‘llarini mukammal bilish, 
elektron resurslarni tashkil eta olish va undan foydalana bilish, 
har bir kitobxonda axborot madaniyatini va savodxonligini shakl- 
lantira oladigan, ijtimoiy aloqalar texnologiyasi sohasida ham yetuk 
bilimga ega bo‘lish kabi xususiyatlar talab etilmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan barkamol shaxs tarbiyasida turli bilim 
sohasiga oid adabiyotlaming o‘mi va ta’siri katta. Shaxs komil inson 
sifatida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik bilimga va 
malakaga ega bo‘lishi zarur. Mamlakatimizning ichki va tashqi 
siyosatini bilib, tushunib, anglab borish uning mamlakat ijtimoiy- 
siyosiy hayotida faol ishtirok etishiga, oddiy fuqaro, kasb egasi 
sifatida mamlakatimiz siyosatiga, turli siyosiy masalalarning qo'yi- 
lishi va hal etilishiga to‘g‘ri va ongli munosabatda bo‘lishiga, zarur 
holatlarda to‘g‘ri talqin etilishiga olib keladi. Barcha sohada iqti­
sodiy bilimlar kerak. Har bir kasb egasi o‘z mehnat faoliyatida, 
maishiy turmush tarzida iqtisodiy masalalarga duch keladi.
Demak, ana shu masalalami hal etishda barcha iqtisodiy, tabiiy- 
llmiy bilimlar talab etiladi. Kishilarimizning diniy masalalarga oid
169
www.ziyouz.com kutubxonasi


tushunchalarini, munosabatini to ‘g‘ri tarbiyalashda diniy ada- 
biyotlarning o‘rni katta. Ular haqida turli tadbirlar tashkil etish 
bilan kishilar ongida diniy-ekstremistik harakatlarga noto‘g‘ri va 
bizning siyosatimizga qarshi qo‘llaniladigan teskari diniy mu- 
nosabatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantiramiz, dinlar 
tarixini, turli dinlarning mohiyatini aks ettiruvchi adabiyotlar esa 
kishilarimizni to ‘g‘ri yo‘ldan borishlariga, im on-e’tiqodli bo‘li- 
shiga, har xil ta’sirlarga tushib qolmaslikka olib keladi.
Tabiiy-ilmiy adabiyotlar kishilarimizning ilmiy dunyoqa- 
rashini shakllantirishga, ularning har qanday masalaga ilmiy 
nuqtayi nazardan qarashlariga ta ’sir ko‘rsatadi. Ekologik bilimlar 
esa kitobxonlarimizni m am lakatim izning obod va farovon 
bo‘lishida, shu sohadagi ekologik tarbiyada faol bo‘lishiga olib 
keladi. Kasbi va mutaxassisligiga ko‘ra, kirn bo‘lishidan qat’i na- 
zar, badiiy adabiyot hamma uchun kerak. Insonning barcha yaxshi 
insoniy fazilatlari — bag‘rikenglik, samimiylik, yaxshilik va ezgulik 
ulashib yashash, mehnatsevarlik, insonparvarlik, qahramonlik, 
sahovatli bo‘lish, vatanparvarlik, mehr-muhabbatli bo‘lishida ba­
diiy adabiyotning o‘rnini boshqa adabiyotlar bosa olmaydi.
Badiiy asar insonning badiiy didini shakllantiradi, kishilar 
qalbidagi yovuzlik, qahri qattiqlik, qo£pollik, kibr-havo kabi 
illatlami yo‘qotishga yordam beradi. Bolalik davridanoq kitobxon­
larni badiiy adabiyotga oshno qilish, kitobga mehr uyg‘otish, 
ayniqsa, she’riyatga qiziqtirib borish va uning ta ’sirini oshirish, 
buning uchun Alisher Navoiy, Ogahiy, Lutfiy, Nodira asarlarini, 
mashhur jahon adabiyoti namunalarini, turli qardosh adabiyotlar 
namunalarini, milliy adabiyotimiz namunalarini targ'ib qilish talab 
etiladi. Aynan olingan bilim sohasidagi kasb egalariga malakali, 
tajribali bo‘lib yetishishlariga, o‘z kasbi, mutaxassisligi doirasida 
chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishlariga yordam berish 
bilan ilm-fanni rivojlantirishga, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlan- 
tirishga ta’sir etish asosiy maqsad bo‘lishi kerak.
Turli bilim sohalariga oid adabiyotlarni targ‘ib qilish bilan 
kishilarimizning keng qamrovli, har tomonlama bilimga ega 
bo‘lishlarida, komillikka erishishlarida yordam berish 

Download 11,3 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish