Kitobxonlar yakka tartibda ishlashining o ‘ziga xos tom onlarini




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3. Kitobxonlar yakka tartibda ishlashining o ‘ziga xos tom onlarini 
bayon eting.
171
www.ziyouz.com kutubxonasi


9-bob.
IJTIMOIY-SIYOSIY ADABIYOTLARNI 
TARG‘IB ETISHNING AHAMIYATI 
VAVAZIFALARI
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar mamlakatimizda nashr etiladigan 
adabiyotlarning deyarli 80 foizini tashkil etadi. Ular o ‘z mavzusi 
va vazifasiga ko‘ra, turlicha bo‘ladi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 
doimo davr bilan hamohang nashr qilingan. Ularda davrning 
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, m a’rifiy masalalari aks etib 
kelgan. Ular orasida tarixga oid turli nashrlar, iqtisodga oid, siyosat 
va siyosatshunoslikka oid nashrlar ko‘plab uchraydi.
XX 
asrning boshlarida kitobxonlar saviyasi, qiziqishiga, ta- 
labiga ko‘ra, ko'proq risola va varaqalar ko‘rinishidagi adabiyotlar 
nashr etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning turlari juda ko‘p. Bu 
adabiyotlar kutubxona-bibliografiya klassifikatsiya jadvalining 
6/8 ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘limida aks etgan. Ularning 
asosiy qismini ijtimoiy-siyosiy fanlar tashkil etadi. Bu adabiyotlar 
mazmuniga ko‘ra, sotsiologiya, statistika, demografiya, tarix hamda 
tarixga oid fanlar, iqtisod, siyosat va siyosatshunoslik, davlat va 
huquq, yuridik fanlar, harbiy fanlar, harbiy ishga oid masalalardir. 
Ularning barchasiga oid bosh manba asarlar, ilmiy tadqiqot ish­
lari, о quv adabiyotlari, ilmiy-ommabop adabiyotlar, amaliy qoi- 
lanmalar, ma’lumotnoma adabiyotlar mavjud.
Bosh manbalar ijtimoiy fanlaming asosi bo‘lib, ularning negi­
zida davlat siyosatining, iqtisodming, barcha g‘oyaviy, mafkuraviy, 
tarbiyaviy ishlarining mazmuni yotadi. Ular davlatimiz rahbar- 
larining, davlat tashkilotlari, Oliy Majlisning Qonunchilik pa- 
latasi, Vazirlar Mahkamasining hujjatlaridir.
Ilmiy tadqiqot ishlari ijtimoiy-siyosiy mavzudagi bir yoki bir 
necha kishi tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarining nati- 
jasi 
monografiyalar, ilmiy asarlar, ilmiy anjumanlar materiallari,
172
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavzuli to'plamlar, ilmiy maqolalar. Bunday asarlar jamiyat ilmiy 
sohasining asosi, ilm-fan rivojining negizidir.
0 ‘quv adabiyotlari eng muhim nashr turlari bo‘lib, ular, aso- 
san, o ‘quv muassasalari o‘quvchilari, talabalari, magistrlari, 
professor-o'qituvchilar uchun mo‘ljallangan darsliklar, o‘quvqo‘l- 
lanmalari, uslubiy, dasturiy adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollardir. 
Ular o‘ rta maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, kollej va litsey o‘quv- 
chilari va o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurti muassasalarining talaba­
lari, magistrlari va professor-o‘qituvchilari uchun nashr etiladi.
Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan adabiyotlar ilmiy- 
ommabop adabiyotlar bo‘lib, ular tushunarli, ommabop tilda 
yaratiladi va turli ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy masalalarni ommabop 
tilda sharhlab beradi.
Amaliy qo‘llanmalar esa asosan, ishlab chiqarish va jamoat 
ishlarida yordam beruvchi adabiyotlar bo‘Iib, kasaba uyushma- 
lari, kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, turli xil jamoat tashki- 
lotlarining faoliyatiga uslubiy, tashkiliy yordam berishga qara- 
tilgan adabiyotlardir. Ularning mazmuni va maqsadi sanoat, 
qishloq qurilishi, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi iqtisodiga, 
faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarni yoritishdan iborat. Ular orasida 
turli yo‘nalishda targ'ibot ishlarini tashkil etish, olib borish, 
boshqarish masalalariga oid adabiyotlar ham mavjud.
Ma’lumotnoma adabiyotlarga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy so- 
hadagi universal va tarmoq ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’lumot­
noma (spravochnik)lar, statistik to‘plam!ar, voqealar xronikasi, 
muhim sanalartaqvimi, tarixiy joylar ko‘rsatkichlari kiradi. Uni­
versal ensiklopediyalar sohaning barcha jihatlarini, yo‘nalishlarini 
qamrab oladi. Tarmoq ensiklopediyalar esa faqat bir jihatini, bir 
yo‘nalishini qamrab oladi. Masalan, «Falsafa», «Iqtisodiyot», 
«Huquqshunoslik», «Sotsiologiya» kabi tarmoq ensiklopediyalari, 
«0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» universal ensiklopediya mavjud.
Lug‘atlar bir yoki bir necha tilli, izohli, bir mavzuga oid 
bo‘lishi, ma’lumotnomalar esa ko'proq kasblar, mutaxassisliklar, 
ishlab chiqarish masalalari yoki yo‘nalishlari bo'yicha nashr etiladi.
Statistik to'plamlar mamlakatimiz taraqqiyotining turli yo‘na- 
lishlariga oid nashr etiladi. Qishloq xo‘jaligi, madaniyat muas-
173
www.ziyouz.com kutubxonasi


sasalari, san’at muassasalari, ishlab chiqarish tashkilotlari, 
iqtisodiyot, moliya va boshqa sohaga oid statistik hisobotlar, ra­
qamlar ko‘rsatkichlari. Bu materiallar ko‘proq mamlakat rivo- 
jining m a’lum bir davrlarini aks ettiradi va statistik boshqarma- 
larda to‘planadi hamda nashr etiladi.
Mamlakatimizda turli ijtimoiy-siyosiy vaqtli matbuot nashr- 
lari mavjud. Birgina «Sharq» nashriyot-m atbaa hissadorlik 
kompaniyasi tomonidan 20 nom da gazeta va 18 nomda jurnal 
ijtimoiy-siyosiy mazmunda nashr etiladi.
Gazeta matbuotning eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, u tezkor 
va kundalik axborot berish maqsadida nashr etiladi. 1991-yilga 
qadar sobiq Ittifoq doirasida gazetalar markaziy va mahalliy deb 
guruhlashtirilgan. Markaziy gazetalarga Moskvada nashr qilingan 
gazetalar, mahalliyga faqat 0 ‘zbekiston hududida nashr qilingan 
gazetalar kiritilgan. Bugungi kunda gazetalar respublika va 
viloyatlar hududidagi gazetalar deb ajratilishi mumkin. Respublika 
gazetalariga «Xalq so‘zi» — «Народное слово», « 0 ‘zbekiston 
ovozi» — «Голос Узбекистана», «Ma’rifat» — «Учительская 
газета», «Toshkent oqshomi» — «Вечерний Ташкент» gazetala- 
rim misol qilish mumkin. Viloyat gazetalariga viloyatlar markazida 
nashr etilayotgan gazetalar, tuman va shahar gazetalari kiradi.
Gazetalar umumsiyosiy (universal) va maxsus deb ham guruh- 
lanadi. Maxsus gazetalar aynan olingan bir sohaga yoki bir 
kitobxonlar guruhiga bag‘ishlanadi. Gazetalar mamlakat taraq- 
qiyotining barcha masalalari, mamlakatimiz ichki va tashqi 
siyosatidagi yangiliklar, muammolar, xalq xo‘jahgidagi 

Download 11,3 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kitobxonlar yakka tartibda ishlashining o ‘ziga xos tom onlarini

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish