‘qishga rahbarlik qilishning maqsadi, ahamiyati nimadan iborat?




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

1. 0 ‘qishga rahbarlik qilishning maqsadi, ahamiyati nimadan iborat?
2. 0 ‘qishga rahbarlik qilishning usullarini bayon eting.
3. 0 ‘qish rejalarini tuzish va u bilan ishlash uchun nima qilish kerak?
uchun savollar
162
www.ziyouz.com kutubxonasi


7-bob.
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARI VA 
AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA 0 ‘QISH 
MADANIYATINITARB ГУ ALAS H
«Madaniyat» so‘zi keng tushuncha bo‘lib, u inson xatti- 
harakatining eng oliy darajasini aks ettiradi. Madaniyat so‘zi 
yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, shaharlik ma’nosini anglatgan. 
Biz hayotda kiyinish madaniyati, ovqatlanish madaniyati, muloqot 
madaniyati, muomala madaniyati, raqsga tushish madaniyati, oila 
madaniyati kabi ko‘plab tushunchalarni ko‘p eshitamiz. Bularning 
hammasi o‘z yo‘nalishida yuksak axloqiylikni, odobni, hurmatni 
anglatadi. Masalan, kiyinish madaniyati deganda insonning yoshiga, 
kasbiga, egallab turgan lavozimiga ko‘ra, kiyinishning o‘ziga 
yarashgan holatini qabul qilganini anglaymiz. Bu madaniyat darajasi 
uning milliy mentalitetiga, urf-odatlariga, mahalliy iqlim, qad- 
riyatlarga mosligida ham ko'rinadi. Muomala madaniyati tushun- 
chasida Alisher Navoiy aytganidek, so‘z aytish va tinglash odobiga 
amal qilgan insonni, har bir fikrni odob bilan, boshqalarga 
tushunarli, aniq va lo‘nda aytgan, suhbatdoshini hurmat qilgan 
holda fikr aytadigan, suhbatdoshini tinglay oladigan, unga to‘g‘ri 
va hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan, o‘rinIi so‘zlay oladigan 
insonga nisbatan madaniyatli deb baho beramiz.
0 ‘qish madaniyati degan tushuncha ostida kitobga va bilim olishga 
qiziqish, unga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo'lish, asar 
bilan kengroq tanishish, kitob o‘qish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil 
eta olish, har qanday o‘qigan kitobi haqida fikrlay olish, undan 
o‘ziga tegishli xulosa chiqara olish, kitob bilan ishlashning maxsus 
bilimiga ega bo‘lish, kitobdan to‘la foydalana olishga yordam beradigaft 
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish darajasi tushuniladi.
0 ‘qish madaniyatini tarbiyalashdan maqsad — kitobxonni 
asarni to‘g‘ri tanlay olishga, undan to‘g‘ri foydalana olishga, to‘g‘ri
163
www.ziyouz.com kutubxonasi


va aniq xulosa chiqarishga, undagi bilimdan hayotida to ‘la foyda- 
lana olishga, muallifning fikrini, mulohazasini, m a’lumotini to‘g‘ri 
qabul qilishga, u haqda to ‘g‘ri va aniq xulosa chiqarishga o‘rga- 
tishdan iborat. Bundan tashqari, o‘qiyotgan kitobini asrab-avay- 
lash, ehtiyot qilish, tez o‘qish, o‘z vaqtida qaytarib topshirish, 
o‘qilgan kitobni boshqalarga tushuntira olish va o ‘qishiga eri- 
shish, o ‘qishni tashkil etishda uning gigiyenik va texnik qoida- 
lariga amal qilishga o‘rgatishdan iborat.
Bu fazilatlarni shoshma-shosharlik bilan bajarib bo‘lmaydi. 
Inson o ‘qish madaniyatini o ‘rganish uchun umrini sarf qilishi 
mumkin. Ammo, uning asosiy qoidalarini bolalikdan qancha erta 
boshlab o'rgatilsa, shuncha yaxshi. 0 ‘qishga o ‘rgatish oiladan 
boshlanadi. Bu yerda bir muammoga duch kelishimiz mumkin. 
Hamma ota-ona ham o‘zi o‘qish madaniyati xususiyatlariga ega 
bo‘lmasligi mumkin, bolaning yoshiga mos kitobni tanlay 
olmasligi, farzandiga to‘g‘ri, ifodali o‘qib bera olmasligi mumkin. 
Buning sabablari ota-onada bo‘sh vaqtning yo‘qligi, kutubxonaga 
bormasligi, bolalar adabiyotini yoqtirmasligi yoki bilmasligi, 
yetarlicha ma’lumotga ega emasligi, savodsizligi, kutubxonachi 
bilan muloqotda bo‘lmasligi, kutubxonachining ota-ona bilan birga 
ishlamasligi va boshqalar.
Shuning uchun ota-onalar maktab, litsey va kollej o ‘qituv- 
chilari, tarbiyachilar, kutubxona xodimlari bilan hamkorlikda ish 
olib borishlari, maslahatlashishlari zarur. Bolalar o ‘qish ma- 
daniyatida uchraydigan kamchiliklar: adabiyotlarni bilmaslik, 
adabiyotlarni turiga ko‘ra ajrata olmaslik (janr, davlat, millat, xalq, 
davr nuqtayi nazaridan), adabiyotning qaysi bilim sohasiga man- 
subligini, kitobni qayerdan qidirishni, qanday o ‘qishni, qayerda
о qishni, ma’lumot-bibliografik apparatni bilmaslik va ulardan 
foydalana olmaslik. Buning ham sabablari ko‘p: o‘qituvchilar o‘z 
fanlari bo yicha adabiyotlardan bexabarligi, bibliografik ko‘r- 
satkichlarni bilmasligi, kutubxonachilarning kitob fondini pred- 
metlar yuzasidan qiziqarli va zarur adabiyotlar bilan to‘ldira ol­
masligi, bolalar o‘qishiga e’tiborsizligi, ommaviy tadbirlarni, yakka 
tartibda ishlash usullarini bilmasligi yoki bilsa ham tashkil etmasligi, 
kutubxona reklamasini yo‘lga qo‘ymaganligi, mas’uliyatsizligi.
164
www.ziyouz.com kutubxonasi


Barkamol avlod tarbiyasida kitobning o‘rni katta. Agar 
kitobxonlar kitobdan unumli foydalana olishsa, undagi bilimni 
hayotda, maktabda, litsey va kollejda, oliy o‘quv yurtida o‘qish 
jarayonida qo‘llay olsa, bolaning o‘qishini tashkil etishda ota- 
onaning, oilaning o ‘rni oshsa, o'qituvchilar va kutubxonachilar 
hamkorligi to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsagina bu vazifa to ‘la bajariladi. 
Ota-ona yordamida bolaga adabiyot tavsiya etish, sinfdan tash- 
qari o‘qishlarni to‘g‘ri tashkil etish, bolaning yoshiga, ruhiyatiga, 
xohish-istagiga ko‘ra, kitobni tanlashda hamkorlik qilish, dars 
jarayonida biron-bir asarni ifodali o‘qib berish, hikoya qilib be­
rish bilan qiziqtirish, buning uchun, albatta, o‘qish mahoratini 
egallagan bo‘lishi zarur, samimiy suhbatlar, muhokamalar, 
kichik yoshdagi bolalar bilan turli xil o‘yinlar (badiiy auksion, 
viktorina, davom eting kabi), sahnada namoyish qilish bilan 
ta’sir etish lozim.
Katta yoshdagi bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashda 
mustaqil o ‘qishga bo‘lgan qiziqish va talabini uyg‘otish va 
rivojlantirish, kitob tanlash malakasini tarkib toptirish va o‘stirish, 
ilmiy bilimini oshirishga ta’sir etuvchi ilmiy adabiyotlar bilan 
ishlash mahoratini egallashga yordam berish, badiiy adabiyotni 
o‘qish san’atini tarbiyalash, Internetdan zarur resurslarni tanlash- 
ga o‘rgatish, dunyo axborot olamidan foydalanish ko‘nikmasini 
to‘g‘ri tarbiyalash ishlari tashkil etiladi. Bu ishda bosma va elektron 
resurslaming o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri tushuntirish va tavsiya 
etish muhim ahamiyatga ega.
Faoliyatimizga kirib kelgan axborot-kompyuter va axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari vositasida bilimni takomillashtirish 
yo‘llari, ularning o‘qish jarayoniga ta’siri, ulardan unumli foydala- 
nishga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash, tushuntirish kerak. Chunki, 
keyingi vaqtda Intemetning kitob o‘qishga salbiy ta’siri, Internetdan 
pala-partish foydalanish kuzatilmoqda.
0 ‘qish madaniyatida quyidagi gigiyenik va texnik qoidalarga amal 
qilish an’anaviy tusga aylanib qolgan:
1. 
Kitobni «yamlamay yutish» yomon odat, ozgina o‘qilsa ham 
puxta o‘qish.
165
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Kitobni to ‘g‘ri tanlash. Biron-bir kitobni tanlashda mu­
taxassis bilan maslahatlashish, shu sohaga oid tavsiya ro yxatla- 
ridan foydalanish, kitob o ‘qishni eng yaxshi, eng kerakli ki-
tobdan boshlash.
3. 0 ‘qish jarayonida vaqt-vaqti bilan to‘xtab, o'qilganni o‘ylab, 
mulohaza qilib olish. Tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni, tu- 
shunchalarni lug‘atlar, ma’lumotnoma nashrlar yordamida bilib 
borish, alohida daftarga yozib qo‘yish.
4. Ayrim boblarni, qismlarni xotirada saqlab qolish uchun 
qisqacha bayon etib qo‘yish.
5. M a’qul kelgan fikrlarni, parchalarni yozib qo‘yish, so‘ngra 
uni matn bilan solishtirib, to‘ldirib, to ‘g‘rilab qo‘yish. Bu birov- 
ning fikrini o‘qib, xotirada saqlab qolish va aytib berishga o‘rgatadi.
6. Eslab qolish muhim bo‘lgan raqamlarni, voqealarni, yillar 
va boshqa sanalarni yozib qo‘yish.
7 .0 ‘qishni tugatib, o‘ziga hisob berish: kitob nima berdi, qanday 
yangilik oldi, yana nimalarni o‘qish kerak, muallifning qaysi fikriga 
qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik mumkin.
8. Kitobni yotib, yonboshlab, osmonga tik qarab, pastga qarab 
yotib o'qimaslik, transportda o ‘qimaslik lozim, yurib ketayotib 
o‘qimaslik. Bu ko‘z nurining sinishiga olib kelib, ko‘rish qobi- 
liyatini pasaytiradi yoki boshqa ko‘z kasalliklarini keltirib chiqaradi.
9. Kitobni duch kelgan joyda tashlab ketmaslik: qor, yomg‘ir, 
shamol, quyosh nuri uning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
10. Ovqat yeb turib kitob, gazeta vajurnal o ‘qimaslik, bu av- 
valo, miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, matbaa asarining si­
fatiga ta’sir etadi.
11. Kitobni o‘qishdan awal va keyin qo‘lni yuvish. Bu sog‘- 
liq uchun zarur. Ko‘p turib qolgan matbaa asarida turli xil o‘ziga 
xos ko‘zga ko‘rinmas zararkunandalar, hasharotlar, zambu- 
rug‘lar boMadi. U qo‘l orqali, nafas yo‘llari orqali inson organiz- 
miga ta’sir etadi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kitob o‘qish uchun sahar vaqti 
tanlansa, yaxshi bo‘lar ekan. Chunki bu paytda inson organizmi 
tungi uyqu vaqtida dam olgan, miya faoliyati yangi harakatlar 
uchun tayyor holda bo‘lib, miya tiniqib, dam olib uyg‘ongan vaqt.
166
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuning uchun sahar payti kitob o‘qish o‘qilganni xotirada yaxshi 
saqlab qolishning, to‘la tushunishning, his qilishning garovidir. 
Kitobxonning o ‘qish madaniyatini tarbiyalash bilan birga uning 
sog‘lig‘ini, kelajagini, jismoniy baquwat bo‘lishini ham nazarda 
tutish lozim.
Agar kitobxon o ‘qish madaniyatining barcha gigiyenik va 
texnik qoidalariga amal qilsa, o‘qishdan bezib qolmaydi, tezda 
ko'rish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Uyqu keltirish uchungina 
o‘qishning zararli odat ekanini tushuntira bilish ham kerak. 
0 ‘qishdan aniq maqsadi bo‘lishi, maqsadni aniq belgilay olishni 
o‘rgata olishimiz zarur. Ko‘p o‘qib, hech narsa tushunmagandan 
ko‘ra, kam o‘qib, ko‘proq narsani tushungan, ko‘proq bilimga 
ega bo‘lgan ma’qul. Pala-partish, qo‘lga nima tushsa, shuni o‘qish 
bilan sayoz mazmundagi adabiyotlarni o‘qish kishini o‘qishdan 
bezdiradigan yana bir holat. Tanlab, eng zarurini o‘qishni o‘r- 
gatish, shu yo‘lga solish ham muhim vazifa. Asosiysi, o‘qish 
ko‘nikmasini, madaniyatini bolalikdan tarbiyalagan ma’qul.

Download 11,3 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ‘qishga rahbarlik qilishning maqsadi, ahamiyati nimadan iborat?

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish