• Dastlabki daraja
  • Ikkinchi daraja
  • Uchinchi tarbiyaviy ta ’sir darajasi
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    ju r n a lla r
    ko‘rinishida 
    nashr etiladi. Ularning mavzulari turli-tuman. Bu adabiyotlaming 
    mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirishda o‘rni katta. Ushbu ada­
    biyotlardan oliy о quv yurtlarining talabalari, o‘qituvchilari,
    186
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    magistrantlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqot ishini olib borayotgan 
    va rahbarlik qilayotgan kitobxonlar ham foydalanishadi. Ilmiy- 
    ommabop adabiyot ham mavzusi va mazmuniga, kitobxonlik 
    maqsadiga ko‘raturli-tuman.
    Dunyo miqyosida ekologik muammolar globallashib bora­
    yotgan davrda kishilarning ekologik madaniyatini shakllantirish 
    muhim siyosiy ahamiyatga ega. Ekologik tarbiyaning ta’sirchan 
    vositalari yordam ida bolalarda ona zaminga, ona-Vatanga muhab- 
    bat tuyg‘usini shakllantiradi. Amaliyotda kitobxonlaming ekologik 
    madaniyatini shakllantirishning quyidagi darajalari ajratilgan:
    1. 
    Dastlabki daraja —
    bolalik davridan boshlanib, kitobxonga 
    ruhiy-hissiy ta ’sir etgan holda tabiatga muhabbat, uning go‘zal- 
    liklaridan zavq ola bilish, nabotot olamiga muhabbat tuyg‘usining 
    paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.
    2. 
    Ikkinchi daraja
    — kitobxonda tabiatni asrash va oqilona 
    munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdan iborat bo‘lib, bu ta’sir faol 
    hayotiy munosabatda bo‘lish bilan voqea va hodisalarga, masalaga 
    ma’naviy-axloqiy yondashish bilan belgilangan.
    3. 
    Uchinchi tarbiyaviy ta ’sir darajasi
    — ekologik madaniyatni 
    turli fan sohalarini targ‘ib etish bilan qo‘shib olib borish, bunda 
    bevosita yuqoridagi ruhiy-hissiy va ma’naviy-axloqiy darajalar 
    o‘sib, rivojlanib, kitobxonning keyingi hayotiga, uning mehnat 
    va turmush faoliyatiga zamin bo‘lgan holda yordam beradi. Eko­
    logik tarbiyada inson ruhiyatiga ta’sir ko'rsatuvchi badiiy va san’at 
    asarlaridan ham keng foydalaniladi. Hech biryozuvchi yoki shoir 
    o‘z asarlarida tabiat va inson munosabati masalasini chetlab о t- 
    magan. Ekologik tarbiya faqat tabiatni muhofaza qilish tarzida 
    emas, balki insonparvarlik, inson tafakkurini rivojlantirish, 
    ma’naviy-axloqiy xislatlami tarbiyalash muhim muammolar bilan 
    bog‘liq holda o‘z ifodasini topgan. Chunki, san’atkorlar insonning 
    o‘zini tabiatning bir zarrasi sifatida dunyoni o'zgartiruvchi, uni 
    boy it uvc hi nuqtayi nazaridan badiiy ifodasini yaratishadi. Eko­
    logik tarbiyada Xalqaro «EKOSAN» jamg‘armasi va Tabiatni 
    muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ish olib borish 
    samarali bo‘ladi. Jahon va 0 ‘zbekiston «Qizil kitobi»ni o‘rgamsh,
    187
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    unga kiritilgan muhofazaga muhtoj tabiiy resurslar, hayvonot 
    dunyosini bilish har bir kishiga kerak.
    Yoshlarga ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularni tabiatga mehr- 
    muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida 1995-yil avgust oyida 
    respublika yoshlarining ekologiya, tabiatshunoslar markazi negizida 
    «Bioekosan» o‘quv-uslubiy majmuasi tashkil etiladi. 1999-yili 
    «Uzluksiz ekologik ta’lim muammolari va ularning yechimlari»ga 
    bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkaziladi. Jahon miqyosida «Yosh 
    ekologlar» klubi tashkil etilgan. Kutubxonalarda ekologik ada- 
    biyotlarni targ‘ib qilishda quyidagi yo‘nalishlar hisobga olinadi:
    1. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ekologik jihati: 
    inson, tabiat va jamiyat dialektik birligining ilmiy dunyoqarash 
    nuqtayi nazaridan targ‘iboti;
    2. Ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning ekologik jihati: atrof-muhitga 
    munosabat, ekologik siyosat, xalqaro ekologik va salomatlik jam- 
    g‘armasi («EKOSAN»), «Sog‘lom avlod uchun», «Kamolot» jam- 
    g'armalari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ijti­
    moiy-ekologik faoliyati, 0 ‘zbekiston Respublikasining ekologiya 
    va tabiatni muhofaza qilish haqidagi davlat hujjatlarining targ‘iboti;
    3. Vatanparvarlik tarbiyasining ekologik jihati: jonajon o‘lka 
    tabiatiga muhabbat hamda mas’ullik hissini tarbiyalash;
    4. Baynalmilallik tarbiyasining ekologik jihati: ekologik muam- 
    molarni bartaraf qilishda jahon xalqlari va mamlakatlarining 
    birgalikdagi kuch-g‘ayrati zarurligiga bo‘lgan e’tiqodni shakllan- 
    tirish (Orol va Orolbo‘yi muammosi misolida);
    5. Axloqiy tarbiyaning ekologik jihati: ekologik axloqning 
    shakllanishi va unda bolalar adabiyotining tutgan o‘rni;
    6. Estetik tarbiyaning ekologik jihati: bolalarda tabiiy go'zallik 
    hissini tarkib toptirishda tabiat va san’atning tutgan o‘mini targ‘ib 
    qilish;
    7. Huquqiy tarbiyaning ekologik jihati: tabiatni muhofaza 
    qilishning huquqiy masalalari va bu sohada qonun buzilishining 
    ekologik oqibatlari, kitobxonlarni 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti- 
    tutsiyasi va ekologiya, tabiat muhofazasi haqidagi boshqa qonun 
    hujjatlari mazmuni bilan tanishtirib borish;
    188
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    8. Diniy tarbiyaning ekologik jihati: islom dinida tabiat va 
    atrof-muhitni saqlashga munosabat masalasiga tegishli ada­
    biyotlarni targ‘ib qilish (Qur’oni Karimda va hadislarda ekologik 
    tarbiya masalasi);
    9. Mehnat tarbiyasiiiing ekologik jihati: «Inson va atrof-muhit» 
    ekologik majmuyida mehnatning tutgan o‘mi;
    10. Iqtisodiy tarbiyaning ekologik jihati: 0 ‘zbekiston iqtisodiy 
    siyosatining ekologik yo‘nalishlarini ochib beruvchi adabiyotlar 
    targ‘iboti;
    11. Jismoniy va gigiyenik tarbiyaning ekologik jihati: sog‘Iom 
    turmush tarzini shakllantirishning jismoniy va tozalik-sog‘liq 
    jihatlariga oid adabiyotlarni tashkil etish.
    Hozirgi paytda turli diniy oqimlar, ularning mohiyati, islom- 
    shunoslik masalalari, din tarixi, mistika, Qur’oni Karim, hadislar 
    va hadisshunoslikka oid adabiyotlarga qiziqish katta. Kitobxon­
    larning diniy tushunchalarini, dinlar haqida tasawurini to‘g‘ri 
    shakllantirish, tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
    0 ‘zbekiston — jahondagi ko‘p asrlik madaniy-tarixiy qadriyat- 
    larga, boy madaniy an’analar va urf-odatlarga, yuksak ma’naviy 
    yutuqlarga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri. Tarixiy madaniyati- 
    mizning salmoqli qismi islom dini bilan bogMiq. Prezidentimiz
    I A. Karimov: «Agar mendan, nega milliy qadriyatlarimiz 
    shuncha zamonlardan osha bezavol yashab kelyapti, deb so‘- 
    rashsa, bu awalo, muqaddas dinimiz hisobidan, deb javob bergan 
    bo‘lur edim. Shu zaminda o‘tgan necha-necha avlodlar diniy 
    e’tiqodni yurakda saqlamasa, islom falsafasini rivojlantirib kel- 
    masa, biz bebaho va betakror ma’naviy-ruhiy merosdan mahrum 
    bo‘lib qolardik», deb aytganlarida haq edi.
    1991-yildan so'ng dinga e’tiqod, diniy marosimlarni о tka- 
    zish huquqi berildi. Shu munosabat bilan diniy maktablar, oliy 
    o‘quv yurti Toshkent islom universiteti tashkil etildi. Mamla- 
    katimizda hadislar, Qur’oni Karim chop etildi. Qur’oni Karimrung 
    arab tilidagi oxirgi nusxasini keltirishga ruxsat berildi. 1997-yil 
    22-oktabrda Buxoroda diniy akademiya tashkil etildi. Bahouddin 
    Naqshbandiyning 675 yilligi keng nishonlandi. 1993-yili Ahmad
    189
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Yassaviy yili deb ataldi. Imom al-Buxoriyning 1250 yilligi va 
    Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi nishonlandi.
    Islom dini insonlarni poklikka, diyonat, qardoshlikka chaqi- 
    ruvchi muqaddas ta’limot ekanligi bilan boshqa dinlardan farq 
    qiladi. 0 ‘zbekiston Prezidenti Farmoniga binoan, Qurbon va 
    Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb belgilandi.
    0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1991-yil
    1-oktabrda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to ‘g‘risida»gi 
    Qonun qabul qiiindi. Uning Umumiy qoidalar, 0 ‘zbekistonda 
    diniy tashkilotlar, Diniy tashkilotlarning mulkiy holati, Diniy 
    tashkilotlar va fuqarolarning erkin diniy e’tiqod bilan bog‘liq 
    huquqlari, Diniy tashkilotlar va ularning korxonalaridagi meh- 
    nat faoliyati, davlat idoralari va diniy tashkilotlar nomli bo'limlari 
    mavjud.
    Qonunga ko‘ra, istalgan dinga e ’tiqod qilish, diniy marosim- 
    larni bajo keltirish, diniy o‘quv yurtlarida ta ’lim olish huquqi 
    berilgan. 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy nazorati tomonidan 
    «Sharq musulmonlari», «Imom al-Buxoriy» jurnallari va «Islom 
    nuri» gazetasi chop etilmoqda.
    Asrlar davomida tarbiya vositasi bo‘lib kelayotgan diniy- 
    ma’naviy qadriyatlar jamiyatning moddiy va m a’naviy rivojla- 
    nishiga, diniy e’tiqodlar mustaqilligimizning m a’naviy zaminini 
    qaror toptirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini esda tutish lozim. 
    Din ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, diniy madaniyat ax- 
    loq-odob qoidalari zamirida shakllanib boradi. Imon, e’tiqod 
    kabi tushunchalar zamirida diniy madaniyatning mohiyati aks 
    etgan. Diniy madaniyat zamirida Sharq xalqlari kalomi, e’tiqod 
    ilmi, tavsir yoki Qur’oni Karim sharhi, hadis — axloq-odobga 
    oid diniy ta’limot, fiqh-ibodat, huquq, tarix, dunyoviy bilimlarni 
    egallash vazifasi yotadi. Inson e’tiqod bilan tirik, e’tiqod bilan 
    aziz va mukarramdir. E’tiqodi sof inson jamiyatning ma’naviy 
    pokligi, barkamolligi uchun kurasha oladi.
    Din tarixiy zarurat sifatida paydo bo‘lib, uning qoidalari, tar- 
    tiblari, talablari kishilaming ma’naviy hayotiga singib, diniy maf- 
    kura va dunyoqarash asosida afsonalar, rivoyatlar, badiiy obraz- 
    lar, xayoliy timsollar yaratilgan. Shunga ko‘ra, islom aqidalari,
    190
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    marosimlari, an’analari, manbalarini, awalo, insoniyat, jum- 
    ladan, musulmon xalqining madaniy merosi tarzida o ‘rganish, 
    islom dinining, ta ’limotining tarixda mavjud bo‘lgan diniy 
    e’tiqodlar, dinlar kabi jamiyat talablari, ehtiyojlari asosida paydo 
    bo‘lganligini nazarda tutib, uning ilg‘o rg ‘oyalaridan foydalanish, 
    Qur’oni Karimda bayon etilgan qadimgi somiy xalqlar, arablar, 
    yahudiylar, nasroniylar payg‘ambarlari va tarixiy voqealar ha- 
    qidagi rivoyatlari, san’at asarlarida olg‘a surilgan ilg'or axloqiy- 
    ma’naviy g‘oyalar mohiyatini anglab yetish, ulardan samarali 
    foydalanish muhim ahamiyatga ega. 

    Hadislar kitobxonlarning ma’naviy madaniyatini shakllan- 
    tirishning ta ’sirchan manbayi sifatida e’tiborga loyiq. Qur’ondan 
    so‘ng muqaddas diniy-axloqiy manba hisoblangan hadislar 
    Qur’on suralarida belgilab berilgan kundalik turmush bilan 
    bog‘liq huquqiy va axloqiy me’yorlar, marosimlar va urf-odatlarni 
    nasihat, ko'rsatma, yoMlanma tarzida xalq ongiga singdirishning 
    ta’sirchan vositasidir. Hadislarning mazmuni jamiyat va tabiat 
    qonunlari haqidagi falsafiy g‘oya, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
    hayot muammolari, siyosiy aqidalar, umuminsoniy, milliy, 
    axloqiy, huquqiy mezonlar, tarixiy voqealar, sinfiy munosa- 
    batlarining tarbiyaviy bayonidan iborat.
    Hadislar fahm-farosatga, zukkolik, o‘tkir zehnlilik, ilmni o‘z 
    vaqtida o‘zlashtirish, xotirada saqlash qobiliyatining kuchli bo‘- 
    lishiga ta’sir etadi. Shuning uchun kutubxonalarda shu yo‘nalish- 
    dagi adabiyotlarni targ‘ib qilishning ahamiyati katta.
    Axborot-kutubxona muassasalarida qishloq xo‘jaligiga oid 
    adabiyotlarni targ‘ib qilish o‘ziga xos bir yo'nalish. Qishloq xo'jaligiga 
    oid adabiyotlaming nashr turlari ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, 
    ishlab chiqarish, ma’lumotnoma nashrlardan iborat. Qishloq 
    xo‘jaligiga oid va shu sohani rivojlantirish uchun manba bo'ladigan 
    barcha adabiyotlar — qonunlar, farmonlar, buyruqlar, ma’lu- 
    rnotlar bo‘ladi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, 
    dehqonlar, chorvadorlar va fermerlar uchun alohida «Mutaxassislar 
    kuni», «Axborot kuni» o‘tkazilib, ular doirasida turli tadbiriar 
    tashkil etish, qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlar targ'ib qilinadi.
    191
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Tashqi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda ham qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotlarining o‘rni katta. Shuning uchun qishloq 
    xo‘jaligini rivojlantirish, sabzavotchilik, mevachilik, parran- 
    dachilik, chorvachilik sohasini ilmiy nuqtayi nazardan rivojlan­
    tirish siyosiy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish, 
    kimyolashtirishda erishilgan yutuqlar, ekinlar hosildorligini 
    oshirish mehnat unumdorligini ko‘tarishda hal qiluvchi ahamiyatga 
    egabo‘ldi.
    Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish 
    masalalariga oid adabiyotlar ko‘p. Bu adabiyotlarning asosiy 
    kitobxonlari mexanizatorlar, rahbar xodimlardir. Mexaniza- 
    torlarga, agrotexnika, tuproqshunoslik, almashlab ekish haqida, 
    qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar, begona 
    o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida ilg‘or tajribalar, ularning iq- 
    tisodi haqida bilim beruvchi kitoblar kerak. Respublikamizda 
    qishloq xo‘jaligi sohasida minglab ilmiy tadqiqot ishlari olib 
    borilgan va olib borilmoqda. Bularning barchasi ilmiy adabiyot - 
    larda o‘z aksini topgan. Ular natijasida ko‘plab qishloq xo‘jaligi 
    ekinlari — paxta, kanop, bug‘doy, arpa, sholi, uzum, kartoshka, 
    poliz ekinlarining tezpishar, serhosil navlari yaratildi va amaliyotga 
    joriy etildi. Dehqonchilikda ilg‘or agrotexnika masalalari hal 
    etilib, turli zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalari yaratilgan 
    holda, ilmiy tekshirish institutlari, tajriba stansiyalari, tayanch 
    punktlari, tarmoqlari rivojlantirildi.
    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, ilg‘or tajribalar to‘g‘risidagi 
    adabiyotlarni targ‘ib etish sohaning rivojlanishiga, ishlab chiqa- 
    rishga ta’sir ko‘rsatib, fan va ilmning rivojlanishiga yordam beradi. 
    Buning uchun sohaning dolzarb mavzulariga oid kitob ko‘rgaz- 
    malari, veb-saytlar tashkil etiladi, mutaxassislar ishtirokida kitob­
    xonlar konferensiyasi, savol-javob kechalari, munozara, davra 
    suhbati, muhokamalar o‘tkaziladi, ma’lumotlar bazalari tashkil 
    etiladi. Veb-sahifalar, albom va papkalar tayyorlash keng tarqalgan.
    Yuksak malakali va chuqur maxsus bilimlarni talab qiladigan 
    qishloq xo jaligi kasblari egalariga axborot-kutubxona xizmati 
    ко rsatishda ularning kasbi, mutaxassisligi, yoshi, o‘qish maqsa- 
    didan kelib chiqib, kunning muhim voqealari, sohaning muam-
    192
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    molari bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazish bilan mamlakat taraq- 
    qiyotida faol ishtirok etamiz.
    Bu kasblar egalarining mehnat ixtisosligi xususiyatlari va 
    sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o ‘ziga xos qiziqishlari bor. 
    Ularning malak'asiga, qiziqishiga, bilim saviyasiga qarab, qizi­
    qishini bajarish va kengaytirib borishga e’tibomi qaratish lozim.
    Har bir AKM o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan hududdagi kasb 
    egalarining kasb kartotekasini an’anaviy tarzda tuzib kelgan. Hozirgi 
    kunda ana shu kartoteka elektron shaklda tuzilmoqda. Bu kaitoteka 
    hududdagi mutaxassislar, kasb egalari haqida to‘la ma’lumot bersa, 
    ikkinchidan, kitobxonlar guruhiga alohida-alohida xizmat ko‘r- 
    satish imkonini beradi, uchinchidan, yoshlar orasida kasbga 
    tayyorlash ishlarini olib borishga imkon beradi. Kartochkaga yoki 
    elektron kartoteka varaqasiga kasb egasining familiyasi, ismi, 
    otasining ismi, kasbi va ish joyi yozib 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish