Ilmiy-ommabop adabiyotlar.
Bunday adabiyotlaiga muhandislar,
texnika o‘quv yurtlarining muallimlari tomonidan oddiy ishchilar,
texnika havaskorlari va akademik litseylarga mo‘ljallab yozilgan
adabiyotlar kiritiladi va ular ARMda ko'proq bo'lishi zarur.
0 ‘quv adabiyotlari kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga, tex
nika havaskorlari, yuqori sinf o‘quvchilariga atab nashr etiladi va
ana shu o‘quv muassasalarining ARM fondida mavjud bo‘ladi.
199
www.ziyouz.com kutubxonasi
Talabalari, asosan, o‘quv adabiyotiga ehtiyoj sezadi. Ular o‘qish
jarayonida ilmiy adabiyotlardan, m a’lum otnom a nashrlaridan
ham foydalanishadi. Bu ehtiyojni qondirishda viloyat AKMlari
va o‘quv yurti ARM o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi natija beradi.
Texnika sohasiga oid adabiyotlar ko‘lami va qiziquvchi kitob
xonlar guruhining rang-barangligi tufayli, adabiyotlar targ‘i-
botining birinchi xususiyati shundaki, tor doiradagi kitobxonlar
guruhi tanlab olinadi. Ikkinchi xususiyati, uning mamlakat
rivojining juda katta tarmoqlari bilan bog‘liqlikda olib borilishidir.
Uchinchi xususiyati texnikaga oid kitoblarni tarqatish bo‘yicha
ommaviy tadbirlarni iloji boricha kitobxonlarning ish yoki o‘qish
joylariga yaqinlashtirishda ko‘rinadi.
Texnikaga oid adabiyotlar targ‘ibotida keng qo‘llaniladigan
kompleks tadbirlar ahamiyatga ega. Mavzuli kechalar, savol va
javob kechalari, og‘zaki jurnallar, texnika va iqtisodga oid kitob
kunlari, taqdimotlari, o‘n kunliklar, oyliklarning hammasi ham
ko‘p mehnat va mas’uliyatU tayyorgarlik ishlarini talab qiladi, shu
sababli ularni boshqa kutubxonalar, tashkilotlar bilan hamkor
likda o'tkazish yaxshi samara beradi.
Mavzuli kechalar o‘zining mazmuni, qanday kitobxonga
mo'ljallanishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Kechani ARMning mudiri
ochib beradi. Soha bo‘yicha mutaxassis xodim kecha mazmunidan
kelib chiqib, tashkilot faoliyati, ishlab chiqarish texnikasining
holati, undan foydalanishni yaxshilash yo‘llari haqida, kasb haqida
axborot beradi. Ma’ruzachi o‘z nutqida qishloq xo‘jaligi texni-
kasini egallashda kitobning rolini eslatib o‘tishi muhim. Shu-
ningdek, eng yaxshi mexanizatorlar, traktorchilar, fermer xo‘ja-
liklarining texniklari so‘zga chiqib, yoshlarga o‘z kasblari, qan
day o‘qiganliklari, malaka darajasiga qanday erishganliklari va
bunda kitobning o‘mini aytib beradi.
Kutubxonachi yoki soha mutaxassisi mavzuga oid biblio-
grafik sharh bilan chiqishi mumkin. Kecha ilmiy-ommabop
filmlar, turli hujjatli filmlar, slaydlar namoyish etish bilan yakun-
lanadi. Albatta, mavzuga oid kitob ko‘rgazmasi tayyorgarlik
boshidanoq tashkil qilinadi.
200
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Kasb kunlari» deb nomlanadigan tadbir mustaqil yoki
mavzuli kechalarga qo‘shimcha tadbir sifatida ham tashkil eti
ladi. Bu tadbirlardan kasbni va kasbga doir adabiyotlarni targ‘ib
qilishda foydalanish, kasbga qiziqishni shakllantirish hamda
malakani oshirishga yordam tarzida ko‘rgazmalar va adabiyot
sharhlari o ‘rin oladi.
Texnika va ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p qo‘llanilib
kelinayotgani og‘zaki jurnallardir. Kutubxonalar faoliyatiga
kompyuter texnologiyalari kirib kelishi munosabati bilan og‘zaki
jurnallar o ‘tkazish ancha kamaydi. Og‘zaki jumallar matbuot
jurnali kabi bir necha sahifadan iborat bo‘lib, mazmunan bir-
birini davom ettiradi hamda to‘ldiradi. Har bir sahifada kitobxonlar
bilan yakka tartibda va ommaviy ish olib borishning 2 yoki 3 turi
qo‘llaniladi. Masalan, 1 -sahifada ma’ruza va bibliografik sharh bo‘lsa,
2-sahifada uchrashuv va film namoyishi, 3-sahifada savol-javob
o‘yini va boshqa tadbir o ‘tkaziladi. Tadbirni boshqaruvchi olib
boradi, uni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida mutaxassis kitobxon
ishtirok etadi. Texnikaga oid adabiyot kechasi ko‘p o‘tkaziladi va
mavzuli kechani tayyorlash hamda o‘tkazish metodikasi asosida
tayyorlanadi. Har bir tadbir rasmiylashtirish bilan tugaydi.
Texnikaga oid kitoblarning o‘n kunlik va oyliklari kutubxona
bilan tuman, shahar ishlab chiqarish tashkilotlari hamkorligida
o‘tkaziladi. Ommaviy axborot vositalari jalb etiladi, tashkil eta-
yotgan hamkor tashkilotlar birgalikda kitoblar o‘n kunlik, oy-
liklar, tadbirni o ‘tkazishning umumiy rejasini tuzib olishadi.
Unda uzviy bog'langan turli xil tadbirlar — ko‘rgazmalar,
kitobxonlar konferensiyasi, kitobxonlarning texnikaga oid kitob
mualliflari bilan uchrashuvlar, adabiyotlar bo‘yicha maslahatlar,
og'zaki jurnal, savol va javob kechalari, bibliografik sharh, kitob
taqdimoti joy oladi.
Tayyorgarlik davrida texnikaga oid kitoblarning ahamiyati
haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar, bibliografik ro yxat yoki
sharhlar mahalliy vaqtli matbuot sahifalarida yoritiladi, mahalliy
radio-televideniya orqali eshittiriladi va ko‘rsatiladi. Shu bilan bir
vaqtda, texnikaga oid filmlar ko‘rigi, kitob bozorlari, texnika va
iqtisodga oid kitoblar sotuvi tashkil qilinadi.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Tez yurar kitob, axborot» shakli texnikaga oid adabiyotlarni
targ‘ib qilishning yana bir shakli boMib, muayyan guruh qiziqqan,
talab qilgan axborotlar, elektron ma’lumotlar, kitoblar to'plamidir.
Mutaxassis kitobxon yordamida tayyorlanadigan axborot mo 1-
jallangan kitobxonlar ro‘yxati tuzib olinadi, kitob yoki axborot
materiali bir ishchidan ikkinchisiga o‘tadi. Ro‘yxat oxiridagi ishchi
yoki texnik kitobxon kitobni kutubxonaga qaytarib beradi va kitob
muhokamasi tashkil etiladi. Bu ko‘proq kasbiga ko‘ra, mutaxassis
bo‘lgan, ammo hali malakaga ega bo‘lmagan kitobxonlar uchun
tashkil etiladi. Maqsadiyosh mutaxassislarning o'qish malakasini
tarbiyalash, kitob haqidagi bilimini tartibga solish, boyitish,
muntazam o'qishini tashldl etishdan iborat.
Zamonaviy ishlab chiqarish sohasining tezkorlik bilan o‘sib
borishi, texnika adabiyotlariga bo‘lgan talablarning rang-ba-
rangligi, uni tez va sifatli qondirishga bo‘lgan talab muhandis-
texnik, muhandislar, soha rahbarlariga yangi axborotni, elektron
ma’lumotlarni, Internet resurslarini o‘z vaqtida yetkazish va-
zifalarini yuklamoqda. Mamlakatimiz sanoati va qishloq xo‘-
jaligi ishlab chiqarishining, texnologiyasining samaradorligini
oshirish borasidagi vazifalar AKMdan texnik bilimlarni, ilg‘or
ishlab chiqarish tajribasini yorituvchi adabiyotlarni targ‘ib qi-
Ushda faol ishtirok etishni talab qiladi. Ular texnikaga oid kitoblar
bilan ish olib borish bilan kitobxonlarda madaniy-texnik saviyani
shakllantiradi, ularning kasbiy malakasini, mahoratini, ijodiy
faolligini, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga intilishi va
mas’uliyatini tarbiyalaydi, o‘zaro raqobat, ixtirochilik va kashfi-
yotchilikning yuksalishiga yordam beradi.
Texnikaga oid kitoblar ishlab chiqarishning aniq vazifalarini
hal qilishga xizmat qiladi. Texnikaga oid adabiyot, yangi texnika
va yangi texnologik jarayonlarni egallashga, mahsulot sifatini
oshirish va tannarxni pasaytirishga, kashfiyotchilik va novatorlikru
rivojlantirishga, korxonalarning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga
yordam beradi.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i-energetika majmuasining o‘rni
alohida. Uning tarkibiga atom elektr energiyasi, termoyadroviy
202
www.ziyouz.com kutubxonasi
energetika, gidroenergetika, suv energiyasi, gidroelektr stansiya-
lari, shamol energetikasi, Quyosh energiyasi, gaz, neft va neftni
qayta ishlash, ko‘mir-yoqilg‘i sanoati kiradi. 0 ‘zbekiston jahondagi
o‘nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan o‘rin
olgan. Respublikada qudratli gidroelektr stansiyalari, issiqlik elektr
stansiyalari, hozirgi paytda shamol va Quyosh energiya stansiyalari
ham tashkil etila boshlandi.
Metallurgiya majmuasi tarkibiga ma’dan xomashyosi, qora va
rangli metallarni qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab
chiqaruvchi korxonalar kiradi. Oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin,
rux, volfram, mohbden, litiy, uran, aluminiy xomashyosi, nodir
metallar va boshqa qator qazilma boyliklarining aniqlangan za-
xiralari ko‘p. Elektrometallurgiya, gidrometallurgiya, qora me
tallar metallurgiyasi, rangli metallurgiya, mikrometallurgiya,
kukun metallurgiyasi rivojlandi.
Kimyo va mashinasozlik sanoatining muhim sohalarida
loyihalash, metallar va qotishmalar, metallmas materiallar, de-
tallar, sharnirli va vintli mexanizmlar, metallga ishlov berish
sanoati, unda vakuumni qo‘llash, sovuq va issiq usulda ishlash,
ultratovush yordamida ishlash texnologiyasi mavjud.
Mashinasozlik sohasida paxtachilik uchun qishloq xo'jaligi
mashinalarini ishlab chiqarish alohida o‘rin tutadi. Bu soha faqat
0 ‘zbekiston va AQSHda mavjud bo‘lib, uni yanada rivojlantirish
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Bu sohani
AQSHning «Keyskorporeyshn», «Amerikan mobil grupp», Ger-
maniyaning «Lemkon», «Krons», «Amozone», «Zelko», shu-
ningdek, Italiyaning qilish asosida yanada rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, amalga
oshirilmoqda. Ushbu dasturga ko‘ra, « 0 ‘zqishloqxo‘jalikmash-
xolding» kompaniyasi va «Qishloqxo‘jalikta’minotta’mir» davlat
kooperativ qo‘mitasi xorijiy firmalar bilan hamkorlikda yangi
qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarmoqda va unga texnik
xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlarini tashkil etayapti.
Texnik bilimlarga qiziquvchi kitobxonlarni ikki guruhga ajratish
mumkin:
|