Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

adabiy ertaliklar
o‘tkazish muhim bo‘lib, u kitobxonlarning 
dunyoqarashiga, axloqiy fazilatlarining shakllanishiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatishi bilan alohida ahamiyatga ega. Ertaliklar bolalarning 
muntazam kitob o‘qish, ijod qilish, o‘z ustida ishlash, tadbirga
232
www.ziyouz.com kutubxonasi


tayyorgarlik davrida chuqur o‘ylash, fikr qilish, yod olish fazilatini 
tarbiyalaydi, yana uning ichki dunyosini boyitadi, bolalar o‘rtasida 
«Men birinchi bo‘laman» degan intilish hissini tarbiyalash bilan 
raqobat va unga chidash hissini tarbiyalaydi. Adabiy ertaliklarni 
tayyorlash va o‘tkazishning bosqichlari:
• ertalikning mavzusini tanlash va unga doir materiallar 
to‘plash;
• ertalikni tayyorlash rejasi va o ‘tkazish dasturini tuzish;
• ertalikning ssenariysini tayyorlash va uni muhokamadan 
o‘tkazish;
• ertalikka tayyorlanish jarayonida faol kitobxonlarni jalb etish 
va ularni ishtirok etishga tayyorlash;
• tadbir o‘tkazish uchun hay’at a’zolarini saylash;
• ertalik o ‘tkaziladigan joyni tayyorlash va uni jihozlash;
• boshqaruvchini tayyorlash.
Mavzu bolalarning yoshiga, bilim darajasiga, dunyoqarashi 
va ruhiy holatlariga mos bo‘lishi lozim. «Men baxtli kelajak 
farzandiman», «Yaxshi xulqli bola bo‘lamiz», «Odob-axloq bo‘s- 
toni va gulistoni» kabi mavzular olinishi mumkin. Mavzuga oid 
materiallarni — pedagogik asarlar, badiiy-adabiy asarlar, vaqtli 
matbuot nashrlari, turli veb-sahifalar, slaydlar, videolavhalar va 
boshqalardan olish mumkin.
To‘plangan materiallar o‘rganib chiqilib, ular asosida kitob 
ko‘rgazmalari, yakka va guruhli suhbatlar o'tkaziladi. Boshqa- 
ruvchi mutaxassis kitobxon yordamida ertalik ssenariysini yozadi 
va u hay’at a’zolari bilan jamoada muhokama qilinadi. Ssenariy 
kirish, asosiy, badiiy va yakuniy qismlarni aks ettirishi lozim.
Kirish qismida tadbirning maqsadi, kimlarga mo‘ljallangani, 
uning ahamiyati, unda ko‘tariladigan masalalar haqida aytib o‘tiladi. 
Asosiy qism mutaxassis kitobxonning yoki mavzu bo‘yicha 
boshlovchining ma’ruzasi bo‘lishi mumkin. Mavzuga oid bolalar­
ning chiqishlari, fikr-mulohazalari ham joy oladi. Badiiy qismda 
asosiy qismda bildirilgan fikrlar, mavzuga oid she’r va qo‘shiqlar, 
kuy va qo‘shiqlar, raqs va turli o‘yinlar, sahna asarlari yordamida 
mustahkamlanadi. Kimdir she’r o‘qiydi, boshqasi o‘ynaydi, yana 
biri ashula aytadi. Bu tadbir bolalar faolligini oshiradi. Yakuniy
233
www.ziyouz.com kutubxonasi


qismda tadbirga oid ko‘rgazmalar, plakatlar, albom namoyish 
etiladi, adabiyotlarga sharh beriladi, baholanadi. Faol ishtirok et- 
gan homiy tashkilotlar, ota-onalar, mutaxassis xodim va kitobxon­
larga qimmatbaho esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari topshiriladi.
Ertaliklar maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda ham 
o‘tkaziladi, unda ota-onalar, tashkilotlaming rahbarlari ham ishtirok 
etishadi. Ertalikning tarbiyaviy, pedagogik-psixologik ahamiyati 
shundaki, u bolalarni bir mavzu, maqsad atrofida birlashtiradi, 
mavzuning o‘ziga xos tomonlarini ochib beradi, o ‘qigan kitobini 
o'rtoqlariga tavsiya etish imkonini beradi. Mavzuni tushunishga 
yordam beradi. Ijtimoiy faollikni oshiradi. Hamjihat bo‘lib mav­
zuni ochib berish, biron-bir masalani hal etishga o‘rgatadi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish