• Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni elek­ tron yetkazib berish xizmati
  • Resurslarni skanerlash va raqamlashtirish xizmati
  • Ilmiy-uslubiyot xizmati
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    EBSCO Publishing, OECD-
    252
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    iLibrary, Informawor/d, JSTOR, Cambridge Journals Online, 
    Britannica Online, Alexander Street Press, Integrum, Bio One
    va 
    boshqa qimmatli resurslarga kirish imkoniyati yaratildi. 2008-yiI- 
    dan beri Rossiya davlat kutubxonasining virtual o‘quv zaliga bepul 
    kirish ta ’minlangan va kitobxonlar turli bilim sohalariga oid 
    760000 dissertatsiyalarning elektron shaklidan foydalanishlari 
    mumkin.
    Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni elek­
    tron yetkazib berish xizmati
    MKning fondiga masofadan turib 
    kirishni, elektron masofali xizmatni bajaradi, elektron buyurt­
    malarni qidirish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu xiz­
    mat 2012-yil iyun oyidan boshlandi. Yig‘ma elektron katalog- 
    ning respublika markazi — boshqa AKMlar yordamida va ishti- 
    rokida respublikaning yig‘ma elektron katalogiga ma’lumotlar 
    yig‘ish, ularni tartibga solish, tahrir qilish bilan shug‘ullanadi. 
    Yangi kelgan nashrlarning bibliografik m a’lumotlarini biblio­
    grafik yozuvlar sifatini ta’minlash va dublet yozuvlarning oldini 
    olish maqsadida bajaradi.
    Resurslarni skanerlash va raqamlashtirish xizmati —
    MK 
    fondini shakllantirish, saqlash va masofadan axborot xizmati 
    ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida ish olib boradi. 2012-yilda 
    5000 kitob, 3900 avtoreferat, 26 noyob nashr, 1000 mikrofllm- 
    lar plyonkasidagi ma’lumotlar, 652 katalog kartochkalari raqam- 
    lashtirildi. Pullik xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan 917230 so‘mlik 
    buyurtma bajarilgan.
    Ilmiy-uslubiyot xizmati 
    — 1729-sonli Qaror asosida bo‘lim 
    ishi jonlantirildi. Mamlakatimizda axborot kutubxona faoliyati- 
    ning davlat siyosatini amalga oshirish, kelgusi taraqqiyot uchun 
    takliflar kiritish, ishlab chiqish, aholiga axborot-kutubxona 
    xizmati sifatini oshirish, tashkiliy-uslubiy rahbarlikni ku- 
    chaytirish, ilmiy tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlami muvofiqlash- 
    tirish, samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadqiqot ishlarini 
    olib borish, m e’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, 
    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
    va xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasini 
    rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi.
    253
    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 11,3 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish