Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

sh u n in g d ek , 
kutubxonalardan foydalanayotgan aholini aniqlash imkonini
www.ziyouz.com kutubxonasi


beradi, bu esa har bir oiladan kitobxonlarni jalb etish ishini tashkil 
qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Abonement stoli yoniga 
kutubxonadan foydalanish qoidalari matni yozilgan plakat ilib 
qo‘yiladi.
Kutubxonalarda umumiy abonement bo‘lib, u yerda xizmat 
ko‘rsatish bitta kutubxonachi tomonidan amalga oshiriladi. 
Foydalanuvchilarga ularning qiziqishi hamda individual so‘roqlarini 
e’tiborga olib, alohida-alohida xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshiroq 
amalga oshirish uchun kitobxonlar orasidan ularga tizimli yordam 
berib turish maqsadida ayrim guruhlar ajratiladi. Kitobxonlar 
formularida shunga tegishli belgi qo‘yiladi. Bu kitoblar tavsiya qilish 
ishini yengillashtiradi. Qulay boiishi uchun har bir kitobxon 
guruhlaming formularini alohida saqlash maqsadga muvofiqdir.
Abonement xodimlari vaqt-vaqti bilan kitobxonlar formu- 
larlarini tahlil qiladilar, kutubxonani komplektlash va kitoblar 
tavsiya qilishda so‘roqlarini e’tiborga oladilar.
Qiroatxona.
AKMning xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘lib, kitob­
xonlar o ‘sha yerda o‘tirib, turli adabiyotlar, vaqtli matbuot 
nashrlari, kompyuter m a’lumotlar bazalari bilan tanishadilar, 
Internet va elektron pochta xizmati hamda elektron katalogdan, 
elektron ma’lumotlardan foydalanadilar. Qiroatxonadan kitob, 
gazeta, jurnallar uyga berilmaydi. Keyingi paytda ilg‘or kutub­
xonalar o‘quv zali fondidagi kam nusxali yoki nodir asarlarni, 
vaqtli matbuot nashrlarini pulli xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan ma’lum 
belgilangan tartibda uyga ham berish ishini yo‘lga qo‘ydilar.
Qiroatxonada kitobxon uchun barcha imkoniyat yaratilgan 
bo‘lishi kerak. U yer yorug‘, shinam va osoyishta bo‘lishi lozim. 
AKMda o ‘tkaziladigan barcha ommaviy ishlar: kitob taqdi- 
motlari, multimedia kechalarf^dabiy uchrashuvlar, savol-javob 
kechalari, obzorlar, qiziqishlar bo‘yicha klublar, yangi adabiyot 
to‘g‘risida axborotlar, ovozli o‘qishlar, she’riyat kechasi, mushoira- 
lar, konferensiyalar shu yerda o‘tkaziladi, ayrim havaskor to‘ga- 
raklar ish olib boradi.
Adabiyotlar ko‘rgazmasi, plakatlar, albomlar, turli papkalar 
shu yerda tashkil qilinadi. 0 ‘quv zalining yordamchi fondida 
quyidagi' adabiyotlar bo‘ladi: 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat
265
www.ziyouz.com kutubxonasi


rahbarlari va Senat materiallari, risolalar, nutq, m a’ruzalar va 
Farmonlar, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari, farmoyishlari, vazirliklarning buymqlari, yo‘riqno- 
malari, ma’naviyat, madaniyat, ma’rifat, milhy qadriyatlarimizga 
oid asarlar, ko‘p jildli nashrlar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, 
ma’lumotnomalar, jahon adabiyotining mumtoz asarlari, gazeta 
va jurnallar, plastinka, magnit tasmalari, diafilm, disketlar, 
skanerlar. Ba’zi kutubxonalarda ana shu nashrlarning tiplari va 
turlari bo‘yicha alohida o‘quv zallari tashkil etiladi. Kompyuterlar 
lokal tarmoqqa, serverga, u orqali Internetga ulangan bo‘lishi 
lozim.

Download 11,3 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish