Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Abonement
» so‘zi turli sohalarda qo‘llaniladi. U fransuzcha 
so‘zdan olingan bo‘lib, biron-bir narsadan, masalan, teatr 
o‘rnidan, transport xizmatidan va h.k. vaqtincha foydalanish 
huquqini beruvchi hujjat ma’nosini anglatadi. Kutubxona ish 
tajribasida abonement vaqtincha foydalanish uchun uyga kitob 
beruvchi bo‘limga nisbatan qo‘llaniladi. Demak, abonement 
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining asosiy bo‘lagi bo‘lib, 
unda kutubxona jamg‘armasida mavjud adabiyotlardan, elektron 
ma’lumotlardan kitobxon uchun uy sharoitida va o ‘ziga qulay 
vaqtda foydalanishga belgilangan tartibda berish imkoniyati 
yaratilgan. Bu bo‘lim kitobxonlar bilan yakka tartibda ish olib 
borishning, rahbarlik qilishning asosiy joyi hisoblanib, kutub- 
xonachining kitobxon bilan muntazam hamda samarali muno­
sabatda bo‘lishiga imkon yaratadi.
Abonementda kutubxonachi kitobxonni kutubxonaga a’zo 
qiladi, uning uchun kitobxon shaxsi, o‘qish mazmuni va xarakteri 
haqida ma’lumot beruvchi asosiy hujjat — kitobxon formularini 
to‘ldiradi, bevosita suhbat o‘tkazadi, kitobxon qiziqishini o‘r- 
ganadi, kompyuterdan elektron ma’lumotlarni birgalikda qidi- 
radi, kutubxonachi va kitobxon o‘zaro muloqot mobaynida bir-
260
www.ziyouz.com kutubxonasi


biriiu о rganadi, о qish uchun adabiyot tavsiya etadi yoki o'cjilgan 
adabiyotlarni qabul qilib oladi, o‘qilgan adabiyot haqida suhbat 
o‘tkazish yo‘li bilan kitobxonning fikr va mulohazalarini o‘rganadi, 
tahlil qiladi, xulosa chiqaradi, kelgusi ish rejalarini belgilaydi.
Abonementda kitobxonlarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsati- 
ladi. Buning uchun har bir kitobxon fe’l-atvori, psixologik xusu- 
siyatlari, millati, jinsi, bilim saviyasi, kitobxonlik darajasi, yoshi, 
mehnat faoliyatining turi, oilaviy muhiti hisobga olinadi. Shular 
natijasida yakka va ommaviy ishlar bir-biriga bog‘lab olib boriladi.
Turli AKMlarda uning ish xususiyatlariga, kitobxonlar guruh- 
larining xususiyatlariga, kutubxona fondining tarkibiga va aholi 
guruhlarining xususiyatlariga ko‘ra, turlicha abonement tashkil 
topgan, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
1. Funksional (vazifasiga yoki ish turiga ko‘ra tashkil etilgan 
abonement) abonement.
Bunday abonement katta kitob jamg‘armasiga, kitobxonlar 
soniga, katta kutubxona shtatiga ega bo‘lgan kutubxonalarda, 
asosan, yirik respublika maqomiga ega bo‘lgan kutubxonalarda 
tashkil etiladi. Ba’zi hollarda bunday abonement bolalar ARMla- 
rida ham tashkil qilinadi. Unda bir kutubxonachi kitoblarni qabul 
qilib olsa, ikkinchisi kitob beradi. Buning birsalbiy tomoni shun­
daki, o‘qilgan kitob haqida suhbatga bog‘liq holda yangi ada­
biyotni tavsiya etish haqidagi suhbat ikki kutubxonachi tomo­
nidan olib boriladi. Bu esa, ba’zan ijobiy samara bermaydi.
2. Guruhli abonement — kitobxonlarga samarali xizmat 
ko‘rsatish maqsadida ularni doimiy guruhlarga bo'Iish va ku- 
tubxonachining ishni ularning har qaysisi bilan alohida olib bo- 
rishga asoslangan turi.
Kitobxonlar guruhlari o‘smirlar, yoshlarning yoshi yoki ishlab 
chiqarish belgisiga (muhandis, ishchi, shifokor, o‘qituvchi, qishloq 
xo‘jaligi mutaxassisi va shu kabilar) qarab tuzilishi mumkin. 
Kutubxonachi o‘z kitobxonlarining tarkibini diqqat bilan o‘rga- 
nadi va mazkur AKMda qanday gunihlarga ajratish kerakligini hal 
qiladi. RBKda shunday abonementlar mavjudki, bu yerda bola- 
larni sinflarga ajratib xizmat ko‘rsatish tashkil topgan.
261
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Soha yoki tarmoq abonementi — bunda bilim sohalariga yoki 
fan tarmoqlariga ajratgan holda alohida-alohida xizmat ko‘rsatish 
bo‘limlari, masalan, iqtisod, texnika, tibbiyot, adabiyot, ma’na- 
viyat kabi bo‘limlar tashkil etiladi. Bu kutubxonachiga tanlangan 
soha adabiyotlari bilan unumli ishlash va uni targ‘ib qilish im- 
konini beradi. Bunda faqat shu bo‘limdan foydalanuvchi kitob­
xonlar bilan yakka va ommaviy ish olib borish yaxshi samara beradi. 
Bunday abonementlar yirik ilmiy kutubxonalarda tashkil etiladi.
4. ARM va kutubxonalarda umumiy abonement keng tar- 
qalgan. U barcha tabaqadagi kitobxonlarning talabini qondiradi. 
Bunday abonementlar kam sonli kutubxona shtati mavjud bo‘lgan 
holda tashkil qilinadi.
ARM va kutubxonaga a’zo qilish kitobxon shaxsi haqida to‘liq 
ma’lumot beruvchi pasport yoki boshqa huquqiy hujjat asosida 
olib boriladi. Har bir yangi kitobxonga kitobxonlik formulari 
to‘ldiriladi. Hozirgi kunda dasturlar asosida «Kitobxon AIJ»da 
kitobxonga elektron formular to‘ldirilmoqda.
Kitobxon ARM va kutubxonadan foydalanish qoidalari, ARM 
va kutubxona fondi, ish vaqti, tanaffus yoki tushlik, dam olish 
kuni, tozalik kuni haqida ma’lumot oladi. Kitobxon bilan dastlabki 
suhbat o‘tkaziladi. Bu kutubxonaga a’zo qilish paytidagi suhbat 
deb ham yuritiladi. Qoidaga binoan, kutubxona tipi va xiliga, 
kitobxonlar xususiyatiga ko‘ra, kitoblar m a’lum miqdorda, 
belgilangan muddatga beriladi. Masalan, ARMlarda 5 tagacha 
adabiyot (asosan, badiiy asar bo‘lsa) 15 lcun muddatga berilsa, 
oliy o‘quv yurti yoki kasb-hunar kollejlari va akademik litsey 
ARMlarda o‘quv adabiyotlari fan predmetlarining o‘qitilish 
muddatiga ko‘ra, 2, 4, 6 oy yoki bir yilgacha muddatga beriladi.
Abonementda bajariladigan eng muhim ish — o‘qishga rah­
barlik qilish, o‘qish madaniyatini tarbiyalash va kitobxonlar 
so‘rovini mohirlik bilan qondirishdan iborat. Bu vazifani to‘liq va 
maqsadli bajarish uchun kutubxonachi kitob berishga 

Download 11,3 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish