• 4. Respublika bolalar kutubxonasining tarkibiy tuzilishi. 5. Viloyat AKMlarining tarkibiy tuzilishi. 6. ARMlarining tarkibiy tuzilishi.
  • 9. Masofadan xizmat ko‘rsatish haqidagi Nizomda nimalar aks etgan 10. Lavozim yo‘riqnomalari va uni tuzish qoidalari haqida nimalarni
  • 16-bob. KUTUBXONA XODIMLARI BILAN ISHLASH. ULARNING MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH. ULAR ORASIDA TURLI XIL
  • ?  Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik


    Takrorlash uchun savollar
    1. AKMlaming turiga ko‘ra, tarkibiy tuzilishiga talablar nimalardan 
    iborat?
    2. 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasining tarkibiy tuzilishi qanday?
    3. 0 ‘zbekiston FA AKning tarkibiy bo'limlari va ularning vazifalarini 
    bayon eting.
    4. Respublika bolalar kutubxonasining tarkibiy tuzilishi.
    5. Viloyat AKMlarining tarkibiy tuzilishi.
    6. ARMlarining tarkibiy tuzilishi.
    7. 0 ‘zbekiston Respublikasida AKMlaridan foydalanish qoidalari.
    8. AKX va boshqa xizmat ko‘rsatish tartibi haqidagi Nizomni izohlang.
    9. Masofadan xizmat ko‘rsatish haqidagi Nizomda nimalar aks etgan? 
    10. Lavozim yo‘riqnomalari va uni tuzish qoidalari haqida nimalarni
    bilasiz?
    277
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    16-bob.
     KUTUBXONA XODIMLARI BILAN ISHLASH. 
    ULARNING MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA 
    TAYYORLASH. ULAR ORASIDA TURLI XIL 
    TANLOVLARNI 0 ‘TKAZISH
    AKMlar faoliyatini rahbariyat (boshqaruv devoni) boshqa- 
    radi, rahbariyatda (ma’muriyat) AKM direktori yoki mudir, 
    direktorning kutubxonachilik ishi bo‘yicha o ‘rinbosari, umumiy 
    ishlar va xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari, xodimlar 
    bo‘limi, hisob-kitob bo‘limi, tashkilotning kasaba uyushmasi 
    mavjud.
    Ularning har biri o‘z vakolati doirasida xodimlar bilan ish 
    olib boradi. Kutubxona rahbari mehnat shartnomasi asosida xodimni 
    ishga oladi. Bunda lavozim yo‘riqnomasi talablari doirasida xodimning 
    maxsus ma’lumotga egaligini, ish tajribasini, kasbiy malakasini, 
    awal ishlagan joydagi mehnat faoliyati, undagi yutuqlari, u joydan 
    ketish sabablarini, mehnat qobiliyatini hisobga oladi va 0 ‘zbekiston 
    Respublikasi qonunchiligidan chiqmagan holda ishga qabul qiladi.
    Unga jamoat shartnomasidagi talablar, ichki mehnat intizomi 
    talablari tushuntiriladi. Xodim mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan 
    shartlarga rozi bo‘lgan taqdirda unga ma’lum belgilangan tartibda 
    ishlash huquqi beriladi va 2 oy sinov muddatiga ishga qabul qilinadi. 
    Xodim sinov muddatida talabga javob bermasa, uni ishdan 
    bo‘shatish yoki doimiy ishga olib qolmaslik mumkin. Uning 
    roziligidan so‘ng xodimlar bo‘limi tegishli hujjatlarni rasmiylash- 
    tirish bilan shug‘ullanadi, uni ishga olish haqida buyruq tayyor- 
    laydi, rahbar imzosi bilan tasdiqlab qo'yadi.
    Kutubxonachilik ishi bo‘yicha direktor o‘rinbosari tashkilotdagi 
    barcha axborot-kutubxona xizmatining sifatli tashkil etilishi, olib 
    borilishi, yaratilayotgan elektron katalog va elektron resurslar sifati, 
    samarasi uchun, boshqa AKMlar va Xalqaro kitob almashuv tizimi, 
    hamkorlik ishlari, homiylarni jalb etish, ular bilan ishlash, bepul
    278
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    va pulli xizmat turlarini tashkil etish, uslubiy, bibliografik faoliyatini 
    tashkil etishda ishtirok etadi, nazorat qiladi, tekshirib boradi. 
    Xodimdan kutubxonachilik ishi bo‘yicha ishni talab qilishga, Iavozim 
    yo‘riqnomasining bajarilishini nazorat qilishga, bo‘limlarning ish 
    rejalarini va hisobotlarini qabul qilish, nazorat qilishga burchli.
    Umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari barcha xo'jalik 
    bo‘limi xodimlari, texnik xodimlar bilan ish olib boradi, ularni 
    ishga qabul qilish va ishdan ozod qilishda ishtirok etadi, 
    kutubxonaning moddiy-texnik negizini mustahkamlash ishini 
    boshqaradi, nazorat qiladi, Iavozim yo'riqnomalari doirasida ishni 
    talab etish, nazorat qilish huquqiga ega.
    Xodimlar bilan ishlovchi rahbar, awalo, kasbiy malakaga va 
    nazariy hamda amaliy bilimga ega bo‘lishi, xodimlar bilan ishlash 
    madaniyati, axloqiy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, qaror qabul qila 
    bilishi, keskin vaziyatlarda muammolarni hal eta olishi, ishchan, 
    mehnatsevar, insonparvar bo‘lishi shart. 0 ‘z faoliyatiga taalluqli 
    0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, sohaga oid Prezident 
    Qarorlari, Ko‘rsatmalari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 
    hujjatlari bilan tanish bo‘lishi, ular asosida ishni tashkil etishi 
    zarur. Jamoa shartnomasining, ichki tartib-intizom haqidagi 
    qoidalarning to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qila olishi 
    hamda qat’iy talab qila bilishi, kasaba uyushmasi bilan birgalikda 
    ish olib borishi, hisob-kitob ishlarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat 
    qila olishi va talab qilishi, moliyalashtirishi, ma’naviy rag'batlanti- 
    rish faoliyatini nazorat qila olishi, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarni 
    tashkil etishni nazorat qila bilishi, har bir xodimning mehnat 
    faoliyati, ma’naviy, ma’rifiy faoliyati, mehnat sharoitidan xabardor 
    bo‘lishi shart. Boshqa tashkilotlar, AKMlar, homiylar bilan ishlay 
    olishi zarur, AKM faoliyatiga homiylami jalb eta bilishi kerak.
    Xodimlar bilan ishlashda demokratik tamoyillarga amal qilishi, 
    rahbar va xodim o'rtasidagi samimiy munosabatni tashkil eta bilishi, 
    o‘zaro hurmat holatini tashkil eta bilishi lozim. Xodimlarning 
    malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini boshqarishi, 
    nazoratga olishi darkor. Zamon talablari o‘zgarib borishi bilan 
    xodimlarning malakasi, bilimiga talab ham kuchayib bormoqda.
    279
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to ‘g‘risida»gi 
    Qonunda belgilab berilganidek, 0 ‘zbekistonning kelajagini 
    ta’minlaydigan yetuk, malakali mutaxassis kadrlarni yetishtirish 
    birinchi galda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining 
    malakasiga, bilimiga, yoshlarni tarbiyalay olish qobiliyatiga bog‘- 
    liq. Kutubxonachilik ishi sohasining yutuqlari, ilg‘or tajribalari, 
    taraqqiy etib borishi salohiyatli kadrlarga bog‘liq, uning kamchi- 
    liklarini, xatolarini bartaraf etish ham ularga bog‘liq.
    Shuning uchun oliy malakali kutubxonachi kadrlarni tay­
    yorlash bilan 1958-yildan boshlab, aw al Q o‘qon pedagogika 
    instituti, 1960-yildan Nizomiy nomidagi TD PU , 1974-yildan 
    maxsus tashkil etilgan Toshkent davlat madaniyat instituti 
    shug‘ullandi. 2006-yilgi 381-sonli qarordan so‘ng Toshkent axborot 
    texnologiyalari universitetida «Axborotlashtirish va kutubxo­
    nashunoslik» yo‘nalishi tashkil topdi va 2012-yil Madaniyat ins­
    tituti qoshidagi «Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv» fakul- 
    teti tugatilib, TATUga qo‘shildi va «Axborot-kutubxona tizimlari» 
    kafedrasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlana boshlandi.
    0 ‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash 1930-yillarda ki- 
    chik o‘quv kurslarida, to‘garaklarda tayyorlangan. 1937-yildan 
    boshlab mamlakatimizda tashkil topib kelgan Toshkent mada­
    niyat, Nukus madaniyat, Buxoro madaniyat, Namangan mada­
    niyat, Qarshi madaniyat o‘rta maxsus bilim yurtlarida tayyorlangan 
    bo‘lsa, keyinchalik respublika bo‘yicha (2013-yilga kelib 136 ta) 
    tumanlar, shaharlar, viloyatlar markazida tashkil topgan san’at, 
    pedagogika kollejlari tarkibidagi axborotlashtirish-kutubxona- 
    shunoslik yo‘nalishlarida tayyorlana boshlandi.
    Kutubxona xodimlarining malakasini oshirishga ham turli 
    davrlardaturlichayondashilgan. 1978-yilgachaTDPU vaTDMI 
    instituti qoshidagi «Kutubxonachilik» fakulteti, so‘ngra Madaniyat 
    vazirligi tizimidagi Madaniyat muassasalari xodimlarining malaka­
    sini oshirish institutida, so‘ngra Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent 
    davlat madaniyat instituti tarkibidagi malaka oshirish fakulteti
    2012-yilga qadar shug‘ullandi. 2011 -yil 23-fevralda qabul qilingan 
    Prezidentimizning 1487-sonli va 2012-yil 20-martdagi 
    1729
    -sonli 
    Qarorlaridan so‘ng mamlakatimiz AKMlarida faoliyat yuritayotgan
    280
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi 
    qaytadan ko‘rib chiqildi. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston 
    Milliy kutubxonasiga, viloyatlar hududidagi barcha AKMlari 
    xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash viloyatlar- 
    ning AKMlariga biriktirildi. Endilikda MK nizomiga ko‘ra, MK 
    muntazam ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 
    faoliyat yuritadi. Bunda xodimlar uchun turli yo‘nalishlarda 
    seminarlar, xorijiy mamlakat mutaxassislari ishtirokida seminar- 
    lar, o‘quv mashg‘ulotlari, xorijiy mamlakatlar kutubxonalariga 
    ijodiy va kasbiy safarlar, axborot-kutubxona faoliyatini takomil- 
    lashtirish bo‘yicha seminar-treninglar, o'zaro tajriba almashishlar 
    tashkil etildi.
    Har ikki yilda bir marta «Fan, ta’lim, biznesda Internet va 
    axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish» mavzusida Mar­
    kaziy Osiyo Xalqaro anjumanining o‘tkazilishi ham xalqaro 
    doirada malaka oshirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bunda 
    Yevropa, 0 ‘rta Sharq, Sharq, AQSH, Markaziy Osiyo mamla- 
    katlarining ilg‘or kutubxonalari, mutaxassislar o‘z tajribalari, 
    yutuqlari bilan qatnashadilar, turli bosma va elektron resurslar- 
    ning taqdimoti o‘tkaziladi, o‘zaro hamkorlik qilish uchun, yangi 
    do‘stlar orttirish uchun imkoniyat yaratiladi.
    2012-yilning o‘zida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi ЬДап 
    hamkorlikda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qo- 
    nunning ijrosini ta’minlash masalasi bo'yicha seminar o'tkazildi.
    2012-yilning 24-fevralida kasaba uyushmalari kutubxonalari 
    uchun seminar, 14-martda «Mustahkam oila yilida AJCMlarming 
    o‘rni» mavzusidagi seminarda kitob orqali oilaning o‘rnini oshi­
    rish, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, turli muassasalarga 
    qarashli kutubxonalar xodimlarining MKga sayohati, tanishuvi, 
    25-sentabrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 
    Xalqaro Sammitda respublika kutubxonalarining faol ishtiroki, 
    axborot texnologiyalari savodxonligi bo‘yicha xalqaro о qish- 
    ning tashkil etilishi, AKMlar xodimlari, xalqaro jamoatchilik, 
    xorijiy mamlakat kutubxonalarining ishtirokida «Foydalanuv- 
    chiga bir qadam» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya, 
    «Kelajakka intiiayotgan kutubxona» mavzusidagi davra suhbatlari.
    281
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    FA AKda tizim kutubxonalari uchun o ‘tkazilayotgan axborot- 
    kutubxona faoliyati masalalariga oid o ‘tkazilayotgan o ‘quv 
    seminarlari, korporativ kutubxona tarmoqlarini tashkil etish 
    bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminarlar, Respublika bolalar kutub­
    xonasi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, Respublika 
    ilmiy tibbiyot kutubxonasi, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
    markazining malaka oshirish instituti ARM, Respublika imko­
    niyati cheklangan kitobxonlar kutubxonasi tomonidan o‘z ti- 
    zimlarida o‘tkazilayotgan seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, turli 
    maqsadlardagi chiqishlari kutubxonalar xodimlarining malaka- 
    sini, mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
    Gyote instituti bilan muntazam ravishda o ‘tkazilayotgan 
    xalqaro seminarlar va turli xil xalqaro loyihalar muhimdir. 0 4 - 
    gan yillar mobaynida respublikamiz kutubxonalari vakillari Yev- 
    ropa mamlakatlarining bir qator shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro 
    anjumanlarda, har yili o‘tkazilayotgan Qrim konferensiyasida 
    ishtirok etishadi.
    «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi Q onun va 
    1729-sonli Qaror asosida AKM xodimlarining malakasini oshirish 
    va qayta tayyorlashga oid davlat talablari (DT) islilab chiqilgan.
    Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
    1. Umumiy qoidalar. Bunda DTning mohiyati, uni bajarish 
    majburiyatlari ko‘rsatilgan.
    2. Qo‘llash sohasi. AKMlarida qo‘llanishi, u aniqlaydigan 
    yo‘nalishlar berilgan (tizimning huquqiy hujjatlari, strukturasi, 
    boshqarish tizimi, asosiy maqsad va vazifalari, o‘quv mashg‘ulotlari 
    hajmi, uning mazmuniga va sifatiga umumiy talablar, tartibi).
    3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining huquqiy 
    hujjatlari.
    4. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining strukturasi 
    va boshqarish (Idoralararo kengashning boshqaruv organi ekan- 
    ligi, tizimda RUKning o‘rni, vazifalari, turli vaziriiklarning vazi­
    falari, viloyatlardagi AKMlarining vazifalari, Milliy kutubxona- 
    ning vazifalari yoritilgan).
    5. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllari va tur- 
    lari (maqsadi, qayta tayyorlashning shakllari — axborot-kutub-
    282
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    xona ixtisosligi, kasbiy ixtisoslik, umumiy va mavzuli o‘qitish ti- 
    zimlari — stajirovka, masofadan o‘qitish, tajriba almashish, se­
    minar, konferensiyalarda ishtirok etish, tor mavzular va yo‘na- 
    lishJarda malaka oshirish kabiiar).
    6. 0 ‘quv yuklamasining hajmi.
    7. Malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati, mazmuniga 
    umumiy talablar.
    8. Ta’lim haqidagi hujjatlar.
    9. AKMlari rahbarlarining malakasini oshirish tartibi.
    10. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyor­
    lash sifatini baholash va nazorat qilish.
    11. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyor­
    lash o ‘auv-maslahat kursi, professor-o‘qituvchilar tarkibi.
    «TEMPUS» dasturining «Kutubxona-axborot fanlari bo‘- 
    yicha yangi magistrlik dasturi» loyihasi doirasida zamonaviy 
    kompyuter texnikasi bilan jihozlangan o‘quv markazi TATUda 
    tashkil topdi.
    Loyiha axborot-kutubxona fanlari bo‘yicha bir qator Yevropa 
    mamlakatlari bilan hamkorlikda universitetda yangi magistratura 
    mutaxassisligi uchun magistrlik dasturini yaratish va uni yanada 
    takomillashtirishdan iborat. Eng so‘nggi rusumdagi AQSHda 
    ishlab chiqarilgan kompyuterlar, skaner, printeriar bilan jihoz­
    langan o ‘quv markazining ochilishidan yana bir maqsad 
    ta’limning va masofadan o‘qitishning ilg‘or usullari va vositala- 
    ridan foydalangan holda mamlakatimizning axborot-kutubxona 
    muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta 
    tayyorlashning samarali o ‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda 
    amalga oshirishdan iborat.
    Loyihada Yevropadan Italiyaning Parma universiteti, .Ispa- 
    niyaning Barselona universiteti, Norvegiya, Buyuk Britaniya- 
    ning Middleks universiteti (loyiha muallifl), Shotlandiyaning 
    Robert Gordon universiteti, Latviyaning Rezekne oliy ta’lim 
    instituti, Armanistondan asosiy ilmiy kutubxona, Gruziyadan 
    Ilya Chavchavadze nomidagi davlat universiteti va Gruzin 
    kutubxonachilik assotsiatsiyasi, shuningdek, 0 ‘zbekistondan 
    TATU va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat san’at va
    283
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    madaniyat instituti ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida har ikki 
    oliy o‘quv yurtining axborotlashtirish va kutubxonashunoslik 
    yo‘nalishidan bir guruh o ‘qituvchilar Shotlandiyaning Robert 
    Gordon universitetida malaka oshirib qaytishadi.
    Loyihaning bajarilishi natijasida ishlab chiqilgan yangi o‘quv 
    dasturi asosida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish, 
    hamkor mamlakatlarda o ‘qituvchilar va magistrantlarning taj- 
    riba almashishini tashkil qilish, turli xil o ‘quv materiallariga ki­
    rish imkoniyatini beruvchi Internet kompyuter tarmog'i mar- 
    kazlarini tashkil etish, hamkor davlatlarda va mamlakatimizda 
    kutubxonachilik va arxiv ishini rivojlantirish maqsadida ta’lim si- 
    fatini va samarasini oshirishning mexanizmlarini kiritishdan 
    iborat. 0 ‘zbekiston, Armaniston va Gruziya davlatlarining 15 nafar 
    o ‘qituvchisi uchun Yevropa universitetlarida magistrlik dasturi 
    bo‘yicha o‘qish tashkil etildi. Kelgusida yevropalik professorlar, 
    o ‘z navbatida, yo‘nalish bo‘yicha hamkor mamlakatlarda mash- 
    g‘ulotlar olib borishib, kutubxonachilik va arxiv ishi bo‘yicha 
    ingliz tili kursi tashkil etish ham nazarda tutilgan. Yevropa uni­
    versitetlarida talabalarimiz uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi.
    AKM xodimlarining malakasini oshirishda turli xil tanlovlar- 
    ning o‘rni katta. 1967-yildan an’anaviy tusda o‘tkazib kelinayotgan 
    RBKning «Eng yaxshi kitobxon», «Eng yaxshi kitobxon oila» 
    kabi tanlovlari, 2006-yildan beri 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
    markazi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan «Yilning eng yaxshi 
    ARMi» ko‘rik-tanlovlari shular jumlasidandir. Ko‘pgina ku­
    tubxonalarda «Prezident asarlarining bilimdoni» kabi tanlovlar 
    ham o‘tkaziladi. Bunday tanlovlar xoh kitobxonlar, xoh kutub­
    xona xodimlari o‘rtasida bo‘lsin, uni tashkil etishda, tayyorlashda 
    va o‘tkazishda kutubxona xodimining o‘rni katta. Bunday tan­
    lovlar, awalo, kutubxona xodimining mas’uliyatini oshiradi, 
    ishchanligini, tadbirkorligini, nazariy va amaliy bilimi, ko‘- 
    nikmasini, yangi axborotlardan xabardorligini, kitobxonlar bilan 
    ishlash malakasini, o‘zini namoyon qila olish qobiliyatini, ko‘p- 
    chilikka o‘zini, kutubxonani, mehnat faoliyatini, yutuqlarini, fikr- 
    mulohazalarini yetkazib bera olish mahoratini, reklama faoliyatini 
    to‘g‘ri tashkil etishni takomillashtiradi.
    284
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Tanlovlar uch bosqichda o‘tkaziladi, odatga ko‘ra, 5 ta shart 
    bolyicha baholanadi. Tanlov ishtirokchilarining bilimini, ma- 
    horatini, faoliyatini baholash uchun hay’at a’zolari saylanadi. Ular 
    yuqori mutasaddi tashkilot rahbari tomonidan buyruq bilan 
    tasdiqlanadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘aIar bilan 
    taqdirlanadi. Bunday tanlovlar respublika miqyosida AKMlari 
    o‘rtasida do‘stlik, samimiy munosabatni shakllantirib, ilg‘or ish 
    tajribalarini o‘rganishga, ommalashtirishga, namoyish etishga, 
    bir-biridan bevosita o‘rganishga imkon beradi. 0 ‘zidagi kamchi­
    lik va xatolarni anglab yetishga, ularni tuzatish yo‘llarini belgi- 
    lashga, kelgusidagi ish rejalarini mukammallashtirishga, fao- 
    liyatini yanada to‘g‘ri va aniq tashkil etishga olib keladi.
    Tanlovlar shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillarda tanlov ishti- 
    rokchilari ta ’sirida tumanlardagi, shaharlardagi AKMlarda 
    tanlovlarda ishtirok etishga qiziqish, intilish oshgan. Shu bahonada 
    faoliyatini yaxshilash, xato va kamchiliklami tuzatish, faoliyatiga 
    yangiliklarni olib kirish, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar ish 
    tajribalarini o ‘rganish hamda undan foydalanish, kompyuter sa- 
    vodxonligini oshirish, kitobxonlar bilan ishlash madaniyatini 
    ko‘tarish mas’uliyati sezilmoqda. Tanlov natijalari muntazam OAV 
    da namoyish etilishining o‘zi uning nufuzini oshiradi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish