• Lavozim majburiyatlari.
  • Javobgarligi.
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Umumiy qoidalar.
    Bu qismda lavozimning to ‘liq nomi, 
    xodim bevosita kimning qaramog‘ida bo‘lsa, boshqarish tizimi­
    dagi o‘mi (rahbarlar uchun), lavozimga tayinlash tartibi, vaq- 
    tincha bo‘lmagan paytda lavozimni egallash tartibi, ishning qan- 
    day tashkil etilishi (tarkibiy bo‘linmaning ish rejasi bilan mu- 
    vofiqlikda mustaqil yoki boshqa tartibda), xodim o‘z faoliyatida 
    asoslanadigan amaldagi qonunchilik, ichki tartib-qoidalar, amal- 
    dagi me’yoriy-texnologik hujjatlarva boshqalar, 
    k i m n i n g
    yozma 
    va og‘zaki ko‘rsatmalarini bajarmoqda, malakaviy talablar, nimani 
    bilishi va qila olishi ko‘rsatiladi.
    2. 
    Vazifalari.
    Bu qismda ishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsati- 
    lishi, qanday ishlarni xodim mustaqil bajarishi, qaysilarda ishtirok 
    etishi ko‘rsatiladi.
    3. 
    Lavozim majburiyatlari.
    Bo‘lim xodim tomonidan har kuni 
    yoki ma’lum davriylikda bajaradigan ishlar va jarayonlar ro‘y- 
    xatini o‘z ichiga oladi. Ushbu bo‘lim ikki qismga ajratilishi 
    mumkin: xodim mustaqil bajaradi, xodim ishtirok etadi.
    4. 
    Huquqlari.
    Bu quyidagi sxema bo‘yicha bo‘ladi: xodim- 
    ning mustaqil qaror qabul qilish huquqi, nazorat huquqi, qo‘l 
    ostidagilardan ma’lum harakatlarni bajarishni talab qilish hu­
    quqi, ko‘rsatmalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishini
    274
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    nazorat qilish huquqi, turli hujjatlami tasdiqlash, ularga imzo 
    qo‘yish, kelishish huquqi. Bo‘lim matnida xodimning bevosita 
    xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq faoliyatini tako­
    millashtirish, texnologiyani takomillashtirish bo'yicha takliflar 
    kiritish huquqini, loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘- 
    yicha ishchi tarkibiga kirish huquqini mustahkamlash zarur.
    5. 
    Javobgarligi.
    Bo‘lim amaldagi qonunchilikni, tashkiliy- 
    huquqiy va boshqa hujjatlarni buzish uchun texnologiyaga rioya 
    qilmasligi va h.k. uchun javobgarligini mustahkamlab qo‘yish 
    ko‘zda tutiladi. Lavozim yo'riqnomasi mustaqil hujjat sifatida 
    yoki mehnat shartnomasiga ilova sifatida foydalanilishi mumkin.
    Masalan, 2006-yil 20-iyundagi 381 -sonli Qarorga muvofiq, 
    barcha ta’lim muassasalari ARMlarida axborot texnologiyalari 
    bo‘limi tashkil etildi, unda axborot texnologiyalari bilan ishlash 
    bo‘yicha mutaxassis lavozinii mavjud, ana shu xodimning lavozim 
    yo‘riqnomasi namunasi quyidagilar:
    1. 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish