• Vazifalari. 2.1. Elektron jihozlardan to‘g‘ri texnik foydalanishni, uzluksiz ishlashini ta’minlash. 275
  • Lavozim majburiyatlari.
  • Javobgarligi.
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Umumiy qoidalar.
    1.1. A xborot texnologiyalari bilan ishlash b o ‘yicha 
    mutaxassisning namunaviy lavozimiga ushbu sohada tegishli 
    malakaviy tayyorgarlikka va ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali 
    mutaxassis tayinlanadi.
    1.2. Bu mutaxassis lavozimiga bo‘lim mudirining tavsiyasi 
    bo‘yicha muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi va 
    lavozimidan bo‘shatiladi.
    1.3. U bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi.
    1.4. 0 ‘z ishida Nizomga, bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu 
    yo‘riqnoma va bo‘limning ish rejasiga asoslanadi.
    1.5. Elektron hisoblash texnikasidan foydalanish va ta’mir- 
    lashga oid rahbar va me’yoriy materiallami, elektron asbob-usku- 
    nalardan texnik foydalanish qoidalarini, texnik xizmat ко‘rsatish 
    va elektron asbob-uskunalarni ta’mirlash qoidalarini, me’yoriy 
    yo‘riqnoma hujjatlarini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini 
    hamda tegishli yo‘riqnomalarni bilishi zarur.
    2. 
    Vazifalari.
    2.1. 
    Elektron jihozlardan to‘g‘ri texnik foydalanishni, uzluksiz 
    ishlashini ta’minlash.
    275
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    2.2. Muassasada ta’limiy xizmatlar sifati monitoringi tizimini 
    rivojlantirish va kuzatish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga javob beradi.
    2.3. Elektron axborot tashuvchilarda m a’lumotlar bazasini 
    yaratishda ishtirok etadi.
    2.4. Elektron resurslardan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsa- 
    tishda ishtirok etadi.
    3. 
    Lavozim majburiyatlari.
    3.1. 0 ‘z vakolati doirasida asbob-uskunalarga texnik xizmat 
    ko‘rsatish va ularni ta’mirlash, ularni ishlatishni yaxshilash, ular­
    dan samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlarni olib boradi.
    3.2. Hisoblash texnikasining texnik xizmat ko‘rsatishi uchun 
    javobgardir, undan oqilona foydalanishni, ishlash qobiliyati 
    holatini, buzilishining oldini olish va joriy ta’mirlashni o‘tkazishni 
    ta’minlaydi, ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi 
    choralarini ko‘radi.
    3.3. Elektron asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirishda, 
    buzilishining oldini olish maqsadida ko‘rikdan o ‘tkazish va joriy 
    ta’mirlash, asbob-uskunalarni kapital ta ’mirdan qabul qilib olish, 
    shuningdek, yangi foydalanishga qo‘yilayotgan asbob-uskunalarni 
    qabul qilib olish va ularni o‘zlashtirishda ishtirok etadi.
    3.4. Bo‘limning texnik imkoniyatlarini kengaytirish maqsa­
    dida elektron hisoblash mashinalariga qo‘shimcha tashqi qu- 
    rilmalarni ulash imkoniyatlarini o‘rganadi.
    3.5. Muassasada ta’limiy xizmatlar sifati monitoringi tizimini 
    rivojlantirish va kuzatish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga javob beradi.
    3.6. Elektron resurslarni tanlash, yig‘ish, saqlash va foydala- 
    nishda ishtirok etadi.
    4. 
    Huquqlari.
    4.1. Bo‘lim ishini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
    4.2. Elektron resurslarning foydalanishini yaxshilash bo‘- 
    yicha takliflar kiritish.
    5. 
    Javobgarligi.
    5.1. Ushbu lavozimga yuklatilgan vazifalami bajarishga.
    5.2. Elektron asbob-uskunalardan to ‘g‘ri foydalanish va ular­
    ning ishga yaroqliligi uchun.
    5.3. Ichki tartib-intizom, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga 
    rioya qilishga javobgardir.
    276
    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 11,3 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish