• 4. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllarini bilasizmi 5. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning nizomida nimalar aks etgan
  • 17-bob. AKMLAR ISHLARINI REJALASHTIRISH. REJALARNING TURLARI
  • Takrorlasli uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    (&
    Takrorlasli uchun savollar
    1. AKM xodimlari bilan ishlash mas’uliyati nimaga asoslanadi?
    2. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi 
    qanday tashkil etilgan?
    3. Malaka oshirishning va qayta tayyorlashning maqsadi, vazifalarini 
    bayon eting.
    4. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllarini bilasizmi?
    5. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning nizomida nimalar aks etgan?
    6. Tanlovlar va ularning ahamiyati nimalardan iborat?
    285
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    17-bob.
     AKMLAR ISHLARINI REJALASHTIRISH. 
    REJALARNING TURLARI
    AKMlar boshqa sohalarga oid tashkilotlar va muassasalar 
    kabi o‘z faoliyatini reja asosida tashkil etadi. Reja AKM faoliyatini 
    to‘g‘ri va aniq tashkil etish asosidir, faoliyat dasturidir. Unda 
    mablag‘lardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, kitob jamg‘armasini 
    to‘g‘ri va aniq, maqsadli tashkil etish, mutaxassis xodim mehnatini 
    to‘g‘ri tashkil etish, yo‘naltirish va undan to ‘g‘ri foydalanish 
    vositasidir. Reja aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish 
    ishini yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkon beradi, kitob targ‘iboti bo‘- 
    yicha ishni aniq yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi.
    Rejani tuzishdan maqsad belgilangan muddatda faoliyatni 
    tashkil etish yo‘nalishlari, ish jarayonlari va ularning maqsadini, 
    qachon, nima qilish lozimligini, kutubxona faoliyatining maq- 
    sadga erishish uchun vazifalarini, ularning kolam ini, mazmuni, 
    uslublarini aniq belgilab olishdan iborat. AKM rejasining asosini 
    davlat hujjatlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish 
    yo‘nalishidagi asosiy talablar, aholiga sifatli va samarali axbo­
    rot-kutubxona xizmati ko'rsatish masalalari tashkil etadi. Rejani 
    tuzishda davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy 
    masalalari, talablari, hududdagi aholi guruhlarining xususiyatlari, 
    kitobxonlarning qiziqishlari, talab va ehtiyojlari, AKMning yo‘- 
    nalishi, kimga mansubligi hisobga olinadi.
    Rejani tuzishga qo‘yiladigan talablardan biri — uning asoslan- 
    ganligidadir. Rejani tuzishda AKMning imkoniyatiari, shart- 
    sharoiti, kitob fondining tarkibi, texnik va texnologik vositalari, 
    tarkibiy boMimlar, ularning o'zaro munosabati asoslab beriladi. 
    Rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bugungi kun talablariga mos 
    kelishi, javob berishi, bajarish mumkin bo‘lishi va xodimlarining
    286
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    qo'lidan kelishi e’tiborga olinadi. Ko'rsatkichlar o'tgan yilga nisbatan 
    o‘sib borishi, buning uchun aholi o‘sishi, oilalarni kutubxonaga 
    jalb etish, vaqt va mehnat me’yorlari esdan chiqmasligi kerak.
    Keyingi talab rejaning bajarilishini, uning haqqoniyligini 
    ta’minlash. Har bir korxona va muassasaning ish rejasi uning 
    faoliyatida muayyan vaqt uchun qonuniy hisoblanadi. AKM rejasi 
    tuzilgandan so‘ng kutubxona kengashida muhokama etilib, yuqori 
    tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va albatta, bajarilishi lo­
    zim. Reja bajarilmasa davlat, xalq manfaatlarini mensimaslik, 
    intizomsizlik va mas’uliyatsizlikning ko‘rinishi sifatida baholanadi. 
    Ammo, zamriy holatlarda rejaga o‘zgartirish kiritish, qo‘shimcha 
    kiritish mumJkin, bu hayotiy taqozodir. Davrdagi siyosiy, mada­
    niy, ma’rifiy o‘zgarishlar, voqea va hodisalar bunga sabab bo‘ladi.
    Rejani tuzishga yana bir talab — savodxonlik, ilmiylik. Reja- 
    dagi vazifalarni belgilashda har bir ishga ilmiy nuqtayi nazardan 
    yondashish, uning ilmiy, tarixiy mazmuni, mohiyatini va 
    ahamiyatini, AKMning kelajagi uchun muhimligini aniq belgilab 
    olish zarur. Rejaning matnini tuzishda siyosiy bilim, imloviy va 
    stilistik savodxonlik, fikrni bera olish mahorati talab etiladi. Reja 
    bu qonuniy hujjat va tarixiy hujjat sifatida ko‘p yiJlar davomida 
    saqlanadi. Qolaversa, hisobot uchun asos, shuning uchun o‘ta 
    savodxonlik darajasida bayon etilishi zarur.
    AKMlar faoliyatida quyidagi rejalar tuzilishi an’anaga aylangan:
    1. Uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli (perspektiv) reja­
    lar, u 3—5 yilga moMjallanadi.
    2. Yillik ish rejasi.
    3. Choraklik ish rejasi.
    4. Oylik ish rejasi.
    5. Ayrim tadbirlarning rejasi yoki dolzarb (tezkor) reja.
    Istiqbolli rejalar ko‘p yillar davomida — 3 va 5 yilga mo'ljallab
    tuziladi. Ular asosida kutubxonalarning ish rejalari tuzilib, yuri- 
    tiladi. 2011-yil 23-fevralda Prezidentimiz tomonidan qabul qi­
    lingan «2011—2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiya- 
    lari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini 
    takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarordan 
    so‘ng barcha AKMlar 2015-yilgacha mo‘ljallangan ish rejalarini
    287
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ishlab chiqdilar. Unda elektron resurslar yaratish va elektron katalog 
    tuzish vazifalari kiritilgan. 2012-yil 20-martdagi 1729-sonli Qaror- 
    dan so‘ng bu yana takomillashib, respublika bo‘yicha 2020-yilgacha 
    yig‘ma elektron katalog tuzish, elektron resurslar, to ‘liq matnli 
    ma’lumotlar bazasini yaratishning istiqbolli rejasi tuzib olindi.
    Yillik ish rejasi taxminan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘- 
    ladi, ayrim hollarda kutubxonaning yo‘nalishi, ish mazmunidan, 
    maqsadidan kelib chiqqan holda o ‘ziga xos bo‘limlarga ega bo‘- 
    lishi, o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Rejani tuzishga ijodiy ish 
    deb qarash, uni yo‘lma-yo‘1 ijodiy nuqtayi nazardan takomil- 
    lashtirib borish zarur:
    1. Yilning asosiy masalalari. Mamlakatimizda har bir yil o‘ziga 
    xos nomlanmoqda. Shu yilni munosib o ‘tkazish bo‘yicha Va- 
    zirlar Mahkamasining chora-tadbirlar rejasi (dasturi) ham keng 
    jamoatchilikka ma’lum qilinyapti. Har bir tashkilot yoki muas­
    sasa o‘z vakolati doirasida ana shu dastur asosida reja tuzib oladi. 
    AKM rahbari ham rejaning 1-qismida ana shu dasturlar asosida 
    va yana boshqa muhim voqealar, sanalar, muhim masalalarni 
    kiritishi lozim. Ammo, nizomdagi vazifalar takrorlanmaydi.
    2. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy raqam 
    ko‘rsatkichlari majmuyi. Bu ko‘rsatkichlar asosiy vazifalami 
    to‘ldiradi. Ko‘rsatkichlar aniq topshiriqni ifodalash shakli bo‘lib 
    xizmat qiladigan o‘lchov yoki hisob natijasi bo‘lgan m a’lum son 
    qiymatidir. Ko‘rsatkichlarni berishda barcha darajalar uchun 
    yagonalik va qat’iylik, qiyoslash va yig‘malilik, komplekslilik va 
    aniq mo‘ljal olish talablariga javob berishi kerak. Ko‘rsatkichlar- 
    ning quyidagi turlari qo‘llaniladi: yakuniy — kelajak maqsadlarga 
    erishishga qaratilgan, miqdor-son ko‘rsatkichlari rivojlanishini 
    tavsiflaydi (kitobxonlar soni, fondning o‘sishi, kitob berilishi, 
    qatnovlar soni va boshqalar).
    Sifat — rivojlanish shartlarini, kutubxona-bibliografik va ax­
    borot resurslarining foydalanish samaradorligini belgilaydi (o‘r- 
    tacha oMcham — kitob o‘qilishi, qatnov, murojaat, kitob bilan 
    ta’minlanganlik). Bu bo‘limda ba’zi hollarda o‘tgan yil bilan 
    solishtirma jadval ham ilova qilinadi.
    288
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    3. Fondning shakllanishi va uning ma’lumotnoma sifatida 
    aks ettirilishi. Fondni butlash, adabiyotlar jalb etish, nashriyotlar 
    bilan hamkorlik, unga ajratilgan mablag1, fondni mavzuiy va 
    tarkibiy qismlarga ko‘ra o ‘rganish, uning rivojlanish va foydala­
    nish masalalari, saqlash, gigiyenik ishlov berish, inventariza- 
    tsiyadan o ‘tkazish, tekshirish, fondni an’anaviy va elektron 
    katalogda aks ettirib borish bo‘yicha vazifalar kiritiladi.
    4. Foydalanuvchilami jalb qilish, ulaiga xizmat ko‘rsatishni tako­
    millashtirish bo‘yicha tadbirlar: reklama faoliyati. Aholiga axborot- 
    kutubxona xizmati turlarini kengaytirish, sifatli xizmatni tashkil 
    etish, innovatsiya bo‘yicha tadbirlarni, kutubxona imijini oshirish, 
    reklama, OAV bilan ishlash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
    5. Tashkiliy va metodik faoliyat. Bu yirik kutubxonalarda, il- 
    miy-uslubiy bo‘limlarga ega bo‘lgan kutubxonalar ish rejasida 
    aks etadi. Boshqa AKMlarga yoki filiallarga uslubiy yordam 
    berish bo‘yicha olib boriladigan barcha yo‘nalishdagi ishlar bel­
    gilab olinadi.
    6. Moddiy-texnik va texnologik bazani mustahkamlash bo‘- 
    limida binoni ta ’mirlash, rekonstruksiya qilish, texnik jihozlar 
    sotib olish, texnologik vositalarni olish, texnik vositalarni ta’mir­
    lash masalalari kiritiladi.
    7. Daromadlar, xarajatlar, moliyaviy asosni mustahkamlash, 
    resurslardan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha 
    tadbirlar.
    8. Jamoani ijtimoiy rivojlantirish, xodimlarning malakasini 
    oshirish. Ish sharoitlarini yaxshilash, maishiy masalalar, jamoa 
    a’zolarini qo‘llab-quwatlashning turlari, moddiy va ma’naviy 
    rag‘batlantirish, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashru 
    hal etish, ijodiy safarlarni belgilash ko‘zda tutiladi.
    9. Boshqarishni takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar. 
    Jamoada mehnat jarayonlarini takomillashtirish, boshqaruv devoni 
    tuzilmasini yo‘lga qo‘yish, alohida organlar, bo‘limlar vazifasini 
    o‘zgartirish, yangi bo‘limlar tashkil etish masalalari kiritiladi.
    Kelgusi yil rejasi joriy yilning 15-dekabriga qadar tuzilib va 
    yuqori tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak. 
    Reja qanchalik tez va o‘z vaqtida tuzilsa, uni muhokama qilish,
    19 
    -
    403
    280
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish imkoni shunchalik ko‘p 
    bo'ladi. Chunki yillik rejaga asoslanib, choraklik reja, choraklik 
    rejaga asoslanib, oylik rejatuziladi. Choraklik ish rejasida, yillik ish 
    rejasida umumiy vazifalar yanada aniqroq, kengroq beriladi, aynan 
    shu chorak uchun tadbirlaming ko'rsatkichlari aniqlashtiriladi.
    Yillik ish rejada, ommaviy ishning faqat asosiy yo‘nalishi 
    belgilansa, choraklik rejada shu yo‘nalish bo‘yicha kitob ko‘r- 
    gazmasi, plakatning, kartotekalar, adabiyotlarning bibliografik 
    ro'yxati, adabiy kechalar, uchrashuv, savol-javob kechalari, 
    bibliografik sharhning mavzusi, turi, maqsadi, kitobxonlar guruhi, 
    vaqti, muddati sanasi bilan aniq ko‘rsatiladi. Uni tayyorlash va 
    o‘tkazishga mas’ullar ham aniq beriladi.
    Choraklik rejalar hayotiy va kundalik voqealar, AKM oldiga 
    qo‘yilgan yangi vazifalardan kelib chiqib, yillik rejaga nisbatan 
    o‘zgartirilishi va to ‘ldirilishi mumkin. Choraldik ish rejasini 
    kutubxonalar, ayniqsa, qishloq joylardagi kutubxonalar yillik 
    rejasining vazifalarini aniqlashtirishga, kitobxonlar, kitob berish 
    ko‘rsatkichlarining mavsumiy xususiyatlarini, ya’ni qishloq meh- 
    natkashlarining kuzgi — qishki hamda bahorgi — yozgi 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish