• 5. Oylik ish rejalari va ularning xususiyatlari nimalarda aks etadi
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Takrorlash uchun savollar
    1. Kutubxona ishlarini rejalashtirishnmg zarurligi, ahamiyati nima- 
    lardan iborat?
    2. AKM ish rejasining turlari qanday?
    3. Kutubxonada tuziladigan rejalarning tarkibiy qismlari va ularning 
    mazmuni qanday aks ettiriladi?
    4. Choraklik ish rejasining yillik ish rejasidan farqi nimada?
    5. Oylik ish rejalari va ularning xususiyatlari nimalarda aks etadi?
    291
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    18-bob.
    KUTUBXONA ISHINING HISOB VA 
    HISOBOTI. HISOB VA HISOBOT ISHLARINING 
    AHAMIYATI, TURLARI
    0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning 
    hozirgi bosqichida ko‘p tarmoqli iqtisodiy tizimni tashkil etish, 
    davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash sharoitida insonning 
    jismoniy va ma’naviy salohiyatini, ehtiyoj va manfaatlarini hisobga 
    olish masalasi alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo‘na!tirilgan bozor 
    iqtisodiyotiga o‘tishdan iborat o ‘z yo‘limiz va dasturimizni 
    muvaffaqiyatli amalga oshirish, demokratik huquqiy davlat va 
    fuqarolik jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, uning 
    professional bilimlari, sidqidilligi, mas’uliyati, tadbirkorligi, 
    tashabbuskorligi va boshqa ko‘pgina qimmatli fazilatlariga bog‘liqdir.
    Mamlakatimizning har yilgi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy- 
    ma’rifiy va boshqa sohalardagi erishgan yutuqlari, qoiga kiritgan 
    muvaffaqiyatlari, xalqaro munosabatlar, barcha sohalardagi 
    o‘zgarishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar va boshqa ko‘p- 
    lab yo‘nalishlardagi masalalar yil oxirida sarhisob qilinadi va 
    OAVda ommaga ma’lum qilinadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha 
    sohalarida rejalashtirish bo‘lgani kabi hisob va hisobot faoliyati 
    ham amalga oshadi.
    Tuzilgan rejaning amalga oshirilishi hal qiluvchi hisobotdir. 
    Reja va hisobot uzviy bog'liqdir. Hisobotga qarab, kelajakdagi 
    ishlarni amalga oshirishning to‘g‘ri va aniq yo‘nalishi ko‘rsatilgan 
    reja tuziladi. 0 ‘z navbatida, tuzilgan rejaning qay darajada amalga 
    oshirilganini bilish uchun, hisob va hisobot ishlari olib boriladi.
    AKMlarda hisobot katta ahamiyatga ega. AKMda hisobotni 
    to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uch maqsadga xizmat qiladi:
    1. 
    AKMlar faoliyati bilan butun bir jamoatchilikni, barcha 
    fuqarolarni to‘liq tanishtirish;
    292
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    2. Ishga aholini jalb etish;
    3. AKM va boshqa kutubxona xodimlarini raqobat asosida islini 
    takomillashtirishgajalb etish.
    Kutubxonalarda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, hisobotning 
    bo‘lishi yagona umumdavlat hisobotlari shaklini yaratishda, hisobot 
    ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqishda, shuningdek, har bir 
    kutubxonadan o‘z vaqtida hisobot berib turishda ahamiyatlidir.
    AKMlar uchun hisob va hisobotning yagona davlat shakli 
    hamda usullari joriy etilgan. Hisobotlar juda to‘g‘ri va aniq boMishi, 
    ishning haqiqiy ahvolini to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Kutubxonalar 
    faoliyati haqida faqat davlat oldidagina emas, balki kitobxonlar va 
    aholi oldida ham hisobot beradilar.
    AKMda yil davomida bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan re- 
    jaga muvofiq hisobot berilib, yakun yasaladi. Yillik rejaning 
    belgilangan ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Bajarilmay qolganlari- 
    ning sabablari aniqlanadi. Quyidan chiqib borgan hisobotlarga 
    asoslanib, mamlakat bo‘yicha kutubxonalar soni, ularning kitob 
    jamg‘armasi, adabiyotlaming o‘qilishi, kitob berilishi, qatnovlar 
    soni, elektron resurslar soni, ularga murojaatlar ahvoli, elektron 
    katalogning holati va o‘rtacha ish ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
    AKM, ARM va kutubxonada hisob-kitob ishlari uch xil yo‘l 
    bilan olib boriladi:
    1. Dastlabki (tezkor yoki dolzarb) hisob.
    2. Statistik hisob.
    3. Buxgalteriya hisobi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish