ada­ biyotlar soni, tarkibiy qismlari va soni, obuna sifatida olingan  gazeta




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

ada­
biyotlar soni, tarkibiy qismlari va soni, obuna sifatida olingan 
gazeta 
va jurnallar soni, adabiyotlar bilan butlashning omillari haqida 
ma’lumot beriladi. Shuningdek, turli sabablar bilan fondni
299
www.ziyouz.com kutubxonasi


tozalash bo‘yicha bajarilgan ishlar, yakuniy kitob fondining hajmi 
yoritiladi.
Hisobotda moddiy-texnik baza haqida ham m a’lumot beri­
ladi, yil davomida kutubxonaga olingan texnika vositalari, 
mavjudlarining ta’mirlangani, kutubxona ish jarayonlarini av- 
tomatlashtirish, elektron resurslar yaratish bo‘yicha olingan 
kompyuter texnologiyalari va boshqa apparatlar, binoni ta’mir­
lash, mebellar sotib olish va mavjudlarini ta ’mirlash bo‘yicha 
bajarilgan ishlar yoritiladi. Kutubxona smetasining bajarilishi va 
bajarilmagan moddalar hamda sabablari yoritiladi.
Matnli hisobotni tuzishga talablar quyidagilardan iborat: av- 
valo, matn yuqori savod darajasida yozilishi, mazmunli va ishonchli, 
asoslangan, chiroyli rasmiylashtirilgan, raqamlar to‘liq ochib 
berilgan bo‘lishi zarur. Hisobot hujjat sifatida saqlanadi va u ta- 
rixiy, ilmiy nuqtayi nazardan ahamiyatga ega, kutubxona tari- 
xini, mamlakatimiz axborot-kutubxona faoliyatini o ‘rganishda, 
tahlil qilishda, kelgusi vazifalarni belgilab olishda, zarur hollarda 
kutubxonada yuqori tashkilotlar tomonidan tekshiruvlar o‘t- 
kazilganda yuridik hujjat sifatida ishlatiladi. Hisobotlar varaqa, ri- 
sola ko‘rinishida rasmiylashtirilishi va tarqatilishi mumkin.
Keyingi paytda yirik kutubxonalarning hisobotlari Yevropa 
mamlakatlaridagi kabi kitob yoki albom shaklida ham, kutub­
xona saytida elektron shaklda ham tayyorlanib, keng jamoatchi- 
likka ma’lum qilinmoqda. 2013-yili Alisher Navoiy nomidagi 
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi birinchi marta 2012-yilgi hisobo- 
tini «Kelajakka intilayotgan kutubxona» nomi bilan illustratsiyali, 
rangli kitob shaklida nashr etdi va tashkilotlarga, respublikaning 
axborot-kutubxona muassasalariga tarqatdi.
AKMlar axborot hisobotlarini tegishli yuqori tashkilotlarga 
topshirish bilan qanoatlanib qolmaydi. Aholi o‘rtasida kutubxona 
reklamasini tashkil etish, keng jamoatchilikka kutubxona haqida 
ma’lumot berish, ularni kutubxona faoliyatiga jalb etish, homiy- 
larni jalb qilish maqsadida, o‘z kitobxonlari va aholi oldida ku­
tubxona faoliyati haqida ma’lumot berish maqsadida hisobot be­
radi. Kutubxona rahbari o‘z tashkilotida jamoa oldida, yuqori 
tashkilot yig‘ilishida hisobot bilan chiqishi kerak.
300
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hisobot muhokama qilinadi, har qanday holatda ham kutub­
xona faoliyatiga oid fikr-mulohazalar tinglanadi, takliflar va 
tavsiyalar hisobga olinadi. Yig‘ilish qarori qabul qilinadi. Hiso­
bot yig‘ilishidan awal hisobot asosida albom, buklet, varaqalar 
tayyorlanadi. Hisobotlar kutubxonalarni kitobxonlar va aholi bilan 
mustahkam bog'laydi, faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Kutubxonalar fondiga kelib tushgan har bir hujjat yakka va 
jamlama tartibda hisobga olinadi. Awal hujjatlar jamlama hisob 
daftarida hisobga olinadi, undan so‘ng yakka tartibda hisobga 
olinadi. Yakka hisobga kiritiladigan hujjatlar: kitoblar, risolalar, 
qalin jurnallar, davlat hujjatlari, axborotnomalar, o‘quv ada­
biyotlari, to ‘plamlar, qomusiy adabiyotlar, bibliografik ko‘r- 
satkichlar, lug‘atlar, bir muqova ostida birlashtirilgan tasviriy 
san’at asarlari (portretlar, rasmlar, illustrativ asarlar). Ularga 
umumiy tartibda I dan boshlab raqam qo‘yi!adi, qo'shimcha 
harflar berilmaydi. Alohida plakatlar, gazetalar, varaqalar, yupqa 
muqovadagi jurnallar («Saodat», «Guliston», «Yoshlik», «Yosh 
kuch», «Gulxan» kabi) inventar daftariga kiritilmaydi.
Yakka hisobga olinayotgan har bir hujjatga u necha nusxa- 
dan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, alohida inventar raqarni qo‘- 
yiladi. 0 ‘quv muassasalari tarkibidagi kutubxonalarda o'quv 
adabiyotlari alohida hisobga olinadi. Buning uchun «и» harfi 
(учебная литература ma’nosida), o'zbek tilida «o‘»harfi bilan 
boshlanib, bir raqam ostida (har bir nusxaga tartib raqami be­
riladi) rasmiylashtiriladi. Masalan, «Pedagogika» o‘quv qollanma- 
sidan kutubxonaga 20 nusxa olingan bo‘lsa, u708/1—1-nusxaga, 
keyin tartib bilan u708/2, u708/3 va ... u708/20 deb qo‘yiladi.
Awal hamma kutubxonalarda faqat u708 deb barcha nusxaga 
bir xil qo‘yib chiqilgan edi. Amaliyotda bu ko‘pgina chalkash- 
liklarga olib keldi. Ya’ni, bir nusxani yo‘qotgan kitobxon bir xil 
raqam qo'yilgani uchun boshqa bir kitobxonning kitobini olib 
kelib qaytargan. Bu esa boshqa bir kitobxonga jabr bo‘lgan. 
Shuning uchun amaliy tajribadan kelib chiqqan holda yonbosh 
chiziqdan so‘ng qo‘yilgan tartib raqami har bir kitobxonning 
o‘zi olgan kitobga javobgarlik hissini niustahkamlaydi va ко z- 
bo‘yamachilikning oldini oladi.
301
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ko‘pincha, kutubxonaga risolalar (48 betgacha) olinadi. Riso- 
lalar 3 yildan so‘ng o‘z-o‘zidan balansdan chiqariladigan ada­
biyotlar bo'lgani uchun umumiy inventarga kiritilmaydi. Ular «В» 
(broshura) harfi bilan alohida inventar kitobga olinadi. Albatta, 
«В» harfi bo‘lishi kerak. Chunki, umumiy inventardagi raqam 
bilan bir xil bo‘lib qolishi kerak emas, bu elektron katalogga 
ma’lumotni kiritayotgan vaqtda qiyinchilikni keltirib chiqaradi. 
Yana bir tomoni, ma’lum bir belgilangan vaqtda kutubxona 
fondidan dalolatnoma bilan chiqarganda alohida daftarda belgi- 
lash oson bo‘ladi. Sovg‘a sifatida olingan adabiyotlar ham yirik 
kutubxonalarda umumiy inventarga olinadi. Agar bunday ada­
biyotlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni alohida inventar kitobda «S» 
(sovg‘a) harfi bilan boshlab alohida raqamlashtirib borish mumkin. 
Bu kutubxona fondini hisobga olishda, mablag‘larni belgilab 
chiqishda (budjetdan ajratilgan mablag‘ hisobiga olingan va bud- 
jetdan tashqari kelib tushayotgan mablag‘ yoki mablag‘ hisobida 
kelayotgan adabiyotlarni hisobga olishda oson va qulay bo‘ladi).
Jamlama hisob alohida maxsus jamlama hisobga olish daftarida 
qayd etib boriladi. Jamlama hisob daftari uch qismdan iborat bo‘ladi.
1-qismda kelib tushgan hujjatlar haqida ma’lumot beriiadi. Bunda 
hujjatlaming umumiy soni, kelib tushgan sanasi, ilovali hujjatning 
sanasi, tartib raqami, jami adabiyotlardan qanchasi kitob, qanchasi 
elektron hujjat, qanchasi risola, vaqtli matbuot nashri, plakat, 
keyin mazmuniga ko‘ra, bilim sohalari bo‘yicha va tiliga qarab 
ajratiladi. Har bir kelib tushgan hujjatlar to‘plami umumiy son- 
larda ajratiladi. 2-qismda fonddan chiqarilgan adabiyotlar haqi­
dagi ma’lumotlar ham mazmuniga, tiliga va tipiga ko‘ra, hisobga 
olib boriladi. Albatta, fonddan chiqarilgani haqidagi dalolatnoma 
raqami, sanasi ko‘rsatiladigan alohida ustun mavjud bo‘iadi.
3-qism fondning harakati deb ataladi, unda fonddan chi- 
qarilgandan so‘ng fondda qolgan hujjatlar haqidagi m a’lumot­
lar beriiadi. Bundan ham hujjatlar bilim sohalari, tipi, tiliga ko‘ra 
hisobga olinadi. Har bir qismdagi ma’lumotlar bir-biriga mos 
kelishi zarur. Har uch qism o‘z vaqtida to ‘ldirilishi, ulardagi 
yakuniy hisoblar bir-biriga mos kelishi shart.
302
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 11,3 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ada­ biyotlar soni, tarkibiy qismlari va soni, obuna sifatida olingan  gazeta

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish