• Statistik hisob.
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Dastlabki hisob.
    Hisob hujjatlariga AKM, ARM va kutubxona 
    har bir ish jarayonini bajarilgan vaqtning o‘zida muntazam qayd 
    qilib borish, AKM, ARM va kutubxonaga kelgan va chiqarilgan 
    kitoblarga o‘z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish, hisob daftariga 
    olingan adabiyotlarni qayd qilish, kitobxon formulari, kitob 
    formulari, talab varag‘i, kutubxona kundaligi, gazeta vajurnallarni 
    hisobga olish kartochkasi, ko‘chma kutubxona, kutubxonalararo 
    abonement, kitob punktlari ishlarini hisobga olish, kutubxona 
    kundaligini muntazam olib borish kiradi. Dastlabki hisob mun­
    tazam, kunma-kun olib boriladi. Dastlabki hisobsiz kutubxona 
    ishining boshqa hech bir hisobini olib borish mumkin emas.
    293
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Dastlabki hisob deyilishiga sabab, shu daqiqa va soatda qi­
    lingan ishlar hisob hujjatida aks ettirilishi kerak. Ularni paysalga 
    solish mumkin emas. Agar keyinga surilsa, qalbakilik va chal- 
    kashliklarga yo‘l qo‘yiladi.
    Statistik hisob.
    Statistik hisobda har oy oxirida, chorak 
    oxirida, yil oxirida kitob jam g‘armasi, kitobxonlar, kitob beri- 
    lishi va AKM, ARM va kutubxonaning boshqa ishlari haqida 
    miqdoriy yakunlar yasaladi.
    Statistik hisobning maqsadi — kutubxona jam g‘armasining 
    miqdori, tarkibi va harakati haqida, kitobxonlar va kitob berish 
    soni, tarkibi, shuningdek, AKMning ommaviy, bibliografik, 
    uslubiy hamda ko‘chma kutubxonaning ish hajmi haqida aniq 
    ma’lumotlarni belgilashdan iborat. Bu barcha kutubxona kunda- 
    ligida, umumiy (so‘mlar) hisob daftarida va yakka (inventar) 
    daftarda yuritilgan dastlabki (tezkor) tizimli hisob asosida olinadi.
    Tizimli hisob AKMda to ‘g‘ri yuritilgan dastlabki (tezkor) 
    hisobga asoslanadi. Masalan, oy oxirida kutubxona kundaligining 
    birinchi qismida bir oy mobaynida a’zo bo‘lgan yangi kitobxon, 
    ularning tarkibi va qatnovlar soni jamlanadi. Ikkinchi qismida ham 
    bir oy mobaynida o‘qilgan adabiyotlar va ularning bilim sohalari va 
    tillari, turlari bo‘yicha jamlab chiqiladi. Har chorakda bir marta 
    kutubxonaga yangi olingan va fonddan chiqarilgan kitoblar soni 
    umumiy (so‘mlari) daftarida qayd qilib boriladi.
    Kutubxonada yillik hisobot uchun asos bo‘luvchi kutubxona 
    hujjatlari mavjud. Yil boshida kitobxonlar qayta ro‘yxatdan o‘tka- 
    zilishi bilan aniq qancha kitobxonlar borligi, qancha kitobxonlar 
    umuman kutubxonadan foydalanmagani aniqlanadi. Bunda asosiy 
    hujjat kitobxon formulari hisoblanadi. Hozirgi paytda «IRB1S», 
    «KADATA», «KARMAT» dasturlaridagi «Kitobxon AIJ» bu 
    hisobni yanada aniq chiqarishga yordam beradi. Kitobxonlarni qayta 
    ro‘yxatdan o‘tkazish haqida xabar berish, varaqlartarqatish, elektron 
    pochta orqali xabar jo‘natish va boshqa yo‘llar bilan olib boriladi.
    Kutubxona kundaligi kundalik hisobni yuritishdagi asosiy 
    hujjat, undan kitobxonlar, yangi kitobxonlar soni, berilayotgan 
    adabiyotlar soni, ularning bilim sohalari, mavzular bo'yicha, 
    tili, nashr turi bo‘yicha hisobi yuritiladi. Kitobxonlarning ijtimoiy
    294
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tarkibi ham hujjatning 3, 4, 5, 6, 7, 8-ustunJari orqali aniqlansa, 
    9—11-ustuniar yordamida kitobxonlaming yoshi, millati bo‘yicha 
    13—15-ustunlar yordamida tarkibi aniqlanadi. Umumiy o'qish 
    mazmuni va xarakteri haqida tahliiiy ma’lumot ham kundalikdan 
    olinadi. Shunga ko‘ra, kutubxona faoliyatining bugungi holati va 
    kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Xulosalar chiqariladi. Kundalik 
    asosida kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlar to‘Idiriladi. 
    Kundalik statistik hisobotning asosiy manbayi hisoblanadi.
    Kitobxonlar soni va tarkibining umumiy ko‘rsatkichlari kutub­
    xona xizmat ko‘rsatayotgan hudud aholisining soni bilan solish- 
    tirilib, aholining kitob bilan, kutubxona xizmati qay darajada 
    ta’minlanganligi, aholi guruhlari, ularning ijtimoiy tarkibi, millati, 
    yoshi, jinsi, ayrim guruhlari xususiyatlariga ko‘ra ta’minlanganlik 
    darajasi borasida xulosa chiqariladi.
    Statistik hisobotda kitob berilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri. 
    Bu ham asosan kutubxona kundaligidan olinadi. Qo‘sliimcha 
    ma’lumotlar, ayniqsa, kitobxonlar guruhining o‘qishini aniqlashda 
    kitobxon formularining 2-qismidagi yozuvlardan foydalaniladi. 
    Dasturlardagi «Kitob berilishining AIJ» bunda hisobotni avtomat- 
    lashgan usulda olib borishda qo‘l keladi. Berilgan adabiyotlarni 
    mazmuni, bilim sohalari, mavzular, tili, xillari bo'yicha aniqlash 
    va umumiy xulosalar chiqarish kerak bo‘ladi.
    Kitobni qaytarish muddati varaqasi esa kitob fondining ayla- 
    nishini, o ‘rtacha o'qilishini, bilim sohalari bo‘yicha yoki naslir 
    tiplari, tili bo‘yicha o‘qilishini aniqlashda qo‘l keladi. Ba’zi hol- 
    larda bu hujjatlar kitob fondini tekshirishda, fondni tozalashda, 
    fonddan adabiyotlarni chiqarish jarayonida asosiy rasmiy hujjat 
    sifatida ishlatiladi. Berilgan adabiyotlar haqidagi ko‘rsatkichlar- 
    ning foizlarda qaysi bilim sohasiga oid adabiyotlaming ko‘p yoki 
    kam o‘qilganini, targ‘ib qilishga, alohida ish olib borishga qanchalik 
    muhtojligini aniqlashda yordam beradi.
    Ommaviy va uslubiy ishlarning hisobi kundalikmng uchinchi 
    qismida olib boriladi. Ba’zi kutubxonalarda alohida daftarda qayd 
    etib boriladi, bu tadbiming bayoni sifatida to‘liqroq matndan iborat 
    bo‘lib, unda sana, qatnashgan kitobxonlar soni, tadbiming 
    mazmuni, maqsadi, qaysi mavzuga, bilim sohasiga oidligi, kimlar
    295
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    bilan o ‘tkazilgani, kitobxonlar munosabati, targ‘ib qilingan 
    adabiyotlar o‘qilishidagi o‘zgarishlar, so‘zga chiqqan kitobxonlar 
    haqidagi ma’lumotlar va boshqa m a’lumotlar beriiadi. Bu, o‘z 
    navbatida, kengroq mushohada qilish, aniq xulosalar chiqarish, 
    shunga ko‘ra, istiqboldagi vazifalami belgilab olishda yordam 
    beradi. Ayniqsa, nafaqat statistik hisobotning aniq bo‘lishini, balki 
    axborot hisobotining aniq va to‘la bo‘lishini ta’minlaydi.
    AKMlarda majburiy tartibda statistik, axborot hisoboti, kitob­
    xonlar va aholi oldidagi og‘zaki hisobot yuritiladi.
    1. Statistik hisobot (1-K shakli).
    Bu hisobotda bajarilgan ishlar raqamlar (sonlar) vositasida 
    bayon qilinadi.
    2. Axborot hisoboti — bunda bajarilgan ishlar raqamlar asosida 
    matn (so‘zlar) va qisman raqamlar orqali yozma bayon qilinadi.
    3. Kitobxonlar va aholi oldida hisobot berish. Bu hisobot — 
    statistik va axborot hisobotga asoslangan holda og‘zaki bayon qilinadi.
    Statistik hisobot (1-K shakli), bo‘limlari 1 yil mobaynida re- 
    jada belgilangan va rejadan tashqari bajarilgan ishlar, raqamlar 
    tili bilan bayon qilinadi. AKM va boshqa idora hamda tashki- 
    lotlar qaramog‘ida bo‘lgan barcha kutubxonalar shu shakldagi 
    statistik va axborot hisobotini belgilangan muddatda yuqori 
    tashkilotga, statistik boshqarmalarga topshirishlari kerak.
    Kasaba uyushmalari kutubxonalari yana ikki nusxada o‘z 
    uyushmasiga va viloyat kasaba uyushmalariga topshiradi.
    Statistik hisob ommaviy-ijtimoiy hodisalarni o ‘rganish va 
    nazorat qilish tizimidan iborat bo‘lib, ijtimoiy hayotda ro‘y 
    beradigan ommaviy va ayrim tipik hodisalarni miqdor hamda 
    sifat jihatidan aks ettiradi. U faqat xo‘jalik jarayonlarinigina 
    emas, balki jamiyat hayotidagi madaniy va siyosiy hodisalarni 
    o‘rganish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘z ichiga 
    oladi. Statistik hisobot barcha sohadagi kabi axborot-kutubxona 
    faoliyatida ham zarur. Kitob fondi, uning aylanishi, fonddan 
    chiqarish, kitobxonlar bilan ishlash, kadrlar toifasi, uning yor- 
    damida aholi soni, tarkibi hamda moddiy va m a’naviy saviyasi- 
    ning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar ham olinadi.
    296
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Statistik hisob о rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga 
    qarab, miqdor, pul, mehnat o‘lchovlarida aks ettiriladi. Statistik 
    hisobot davlat statistika hisoboti hisoblanib, 1-madaniyat shakli 
    va 1-K shaklida amalga oshiriladi.
    1-madaniyat shakli 2012-yil 23-oktabrdagi qarorga muvofiq, 
    92-ilova ko‘rinishida tarqatilgan va statistika boshqarmalariga hi­
    sobot topshirish uchun barcha AKMlarga mo‘ljallangan. 1-K shakli 
    0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2009-yil 
    16-sentabrdagi 4-qaroriga 126-ilova sifatida tarqatilgan. Bushakl- 
    laming tuzilishi bir xil. Ulaming bo‘limlari:
    1. Umumiy ma’lumotlar.
    Statistik hisobotning kimga yuborilgani haqidagi ma’lumot 
    yoziladi. Ya’ni:
    Markaziy statistika boshqarmasi, Aloqa va axborotlashtirish 
    agentligi qoshidagi Respublika axborot-kutubxona markaziga, 
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, ko‘zi ojizlar kutubxonalari 
    Madaniyat va sport ishlari vazirligiga topshirdi deb ko‘rsatadi. 
    AKMning qaysi idoraga, muassasaga qarashliligi va tipi ko‘rsa- 
    tiladi, manzili to ‘liq beriladi. 1-bo‘lim moddiy-texnik baza 
    to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar deb yuritiladi va unda kutubxona 
    binosining ahvoli, qachon qurilgani, umumiy maydoni, o‘quv 
    zallari, o‘rinlar soni, bo‘limlari bo‘lsa, filiallar soni, binoning 
    texnik holati, texnika vositalari, kompyuterlar soni, nusxa olish 
    va ko‘chirish texnikasi, elektron pochta, Internet tizimining 
    mavjudligi, veb-saytning mavjudligi, elektron resurslar, elektron 
    ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot beriladi. 2-bo‘lim foydala- 
    nuvchilar soni deb ataladi, unda kitobxonlar soni, yoshiga ko‘ra 
    soni beriladi. 3-bo‘lim axborot-kutubxona fondi harakatida ku­
    tubxona jamg‘armasining harakati, qancha kitob olinganligi, 
    ularning bilim sohalari, tipi, tiliga ko‘ra qanchaligi, hisobot yilida 
    qancha adabiyot kitob fondidan chiqarilganligi, shulardan qanchasi 
    badiiy adabiyot, qanchasi kinofotohujjat, qanchasi o‘zbek tilida va 
    boshqa tillardaligi ko‘rsatiladi. 4-bo‘lim kutubxona xodimlari haqi­
    dagi ma’lumotlar bo‘lib, unda jami xodimlar soni, ulardan oliy, 
    oliy maxsus, o‘rta, o‘rta maxsus, undan xotin-qizlar qanchaligi 
    ko'rsatiladi. So‘ngida shaklni to‘ldirish qoidalari ko‘rsatilgan.
    297
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Axborot hisobotda yillik ish rejada belgilangan vazifalar, ish 
    ko‘rsatkichlari va tadbirlari qanday bajarilganligi matnda tahlil 
    qilinadi. Shuning uchun bu hisobot shakli matnli hisobot deb 
    ham yuritiladi. Bunda statistik hisobotdagi raqamlar so‘zlarda 
    beriladi. Uni tayyorlashda xato, tasodifiy va xotiradagi noaniq 
    raqamlardan chetlash uchun statistik jadvallarni va boshqa ra- 
    qamlarni sinchiklab tekshirish lozim. Hisobotga rasm, suratli 
    albom, papka, e’lon, taklifnoma, plakat va boshqa hujjatlar, ki­
    tobxonlar konferensiyalarining taklif chiptalaridan namunalar, 
    ko‘rgazmalarning surati, dolzarb rejalarni ilova qilish, video- 
    kassetalar bo‘lsa, ularni ham tavsiya etish mumkin.
    Axborot hisobotining bo‘limlari yillik ish rejasi bo'limlari bilan 
    bir xil bo‘ladi, yillik rejada ish ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lsa, 
    hisobotda ular to ‘liq ochib beriladi. Ularning qanday bajarilgani, 
    yuzaga kelgan muammolar, masalalar, bajarilmagan bo‘lsa, 
    ularning sabablari, ularni tuzatish yo‘llari, rejadan tashqari bajaril- 
    gan ishlar, uning sabablari, omillari to ‘la tahlil qilinadi. Axborot 
    hisobotida statistik hisobotga nisbatan har bir masala bo‘yicha 
    keng tahliliy xulosa berish imkoni bor. Hisobot yilida adabiyotlarni 
    targ'ib qilish, ommaviy ishlar, boshqa tashkilotlar bilan ham- 
    korlik, homiylar bilan olib borilgan ishlar, har bir kutubxona 
    tarkibiy bo'limining faoliyati, kitobxonlarni jalb etish, kutubxona 
    reklamasi, OAV bilan ish, kitob berilishi, kitob fondining harakati 
    va boshqa jihatlar har tomonlama ochib beriladi.
    Kutubxonaga aholini jalb qilish bo‘yicha o ‘tkazilgan tad- 
    birlar yoritiladi. Uning maqsadi, unga erishish yo‘llari, ularning 
    amalga oshirilish darajasi ko‘rsatiladi. Rejada belgilangan ko‘r- 
    satkichlarning bajarilishi solishtirma jadvalda beriladi.
    Hisobotning asosiy bo‘limida aholiga axborot-kutubxona xiz­
    mati ko‘rsatish, turli biUm sohalariga, dolzarb mavzu va masa­
    lalarga oid adabiyotlar targ‘iboti, kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik 
    qilish, o‘qish madaniyatini tarbiyalash hamda kutubxona ishi- 
    ning hajmi va mazmuni ko‘rsatib o‘tiladi. Bo‘limda quyidagi 
    qismlar bo‘lishi kerak: kutubxonada aholiga kitob bilan xizmat 
    ko‘rsatishni tashkil etish qismida har bir aholi punktlari, ishlab
    298
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    chiqarish hududi yoki ilmiy tashkilotlar, muassasalar, har bir 
    oilaga kitobni va axborotni yetkazib berish bo‘yicha olib borilgan 
    ishning ahvoli yoritiladi.
    Awalo, xizmat ko‘rsatish hududidagi aholi punktlari, tashki­
    lotlar, muassasalar va oilalar soni, aholining jami soni, tuman, 
    qishloq, shahar kengashlari, jamoa xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish 
    hududining kutubxona shoxobchalariga tavsif beriladi, yangi 
    kitobxonlarini jalb etish bo'yicha bajarilgan ishlar (xonadonlarni 
    aylanib chiqish, xo‘jaliklar, shirkatlar, kichik korxonalar, yotoq- 
    xonalarga chiqish, taklifnomalar tarqatish, yig‘ilishlarda, radio, 
    televideniya va matbuotda chiqish, jamoatchilikning yordamidan 
    foydalanish) va uning natijalari ochib beriladi. Xulosa qismida 
    kitobxonlar, kitob berilishi va tarkibi haqida statistik jadvallar, 
    aholiga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish haqidagi xulosalar hamda 
    kelgusi yil uchun takliflar keltiriladi.
    Hisobotda kutubxonaning tarkibiy bo‘linmalari ishiga alo­
    hida e’tibor beriladi. Kutubxonada, kutubxonadan tashqarida, 
    elektron pochta orqali, masofadan turib, ko‘chma kutubxonalar 
    va bibliobuslarda axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning bo­
    rishi, yutuqlar, xato va kamchiliklar haqida ma’lumot beriladi. 
    Kitobxonlar bilan olib borilayotgan yakka va ommaviy ishlar, 
    ularning mazmuni, ko‘lami haqida, kitobxonlaming ayrim guruh- 
    lari o‘qishiga rahbarlik qilish masalalari haqida ma’lumot beriladi.
    Axborot-bibliografik ish, ma’lumot-bibliografiya devoni, uning 
    faoliyati, undagi o‘zgarishlar, elektron katalogning holati, unga 
    kiritilayotgan ma’lumotlar, yaratilayotgan elektron resurslar, 
    ularning mazmuni, ko‘lami haqida ma’lumot kiritiladi. Bajarilgan 
    axborotlar soni va mavzusi, kutubxonachilik-bibliografik bilimlar 
    targ‘iboti, bibliografik qo‘llanmalar, ko‘rsatkichlar, tavsiya ro‘yxat- 
    larining mazmuni va mohiyati, qaysi guruh kitobxonlariga mo‘ljal- 
    langani, sifati va samarasi tahlil qilinadi.
    Kitob fondini to‘ldirishning manbalari, kelib tushgan 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish