Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

k undalik 
tayyorgarlikni ko‘radi. AKM, ARM va kutubxonaga kelgan yangi 
kitoblarni o‘rganish, kitobxonlar formularini tahlil qilish, ko‘r- 
gazmali materiallarni yangilab turish, suhbat va sharhlarga puxta
262
www.ziyouz.com kutubxonasi


tayyorgarlik ko‘rish kutubxonachining kitob berishga tayyorgarLik 
ko'rish jarayonida amalga oshiriladi. Abonement xonasi batartib 
jihozlangan, ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
Kitobni topshirish muddatidan 15 kun o‘tib ketsa, kitobxonga 
maxsus xat yoki telefon orqali eslatma beriiadi, kitoblar yo‘qolsa 
yoki yaroqsiz holga tushib qolsa, kutubxonaga shu kitobning 
o‘zidek yoki teng mazmundagi, ba’zi hollarda kutubxona uchun 
zarur va awaldan tuzilgan ro‘yxat asosida tavsiya etilgan kitob 
qaytarilishi kerak. Bu haqda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi «Notariuslarning ijro 
xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan 
hujjatlar ro ‘yxatini tasdiqlash to ‘g‘risida»gi 26-sonli qarori 
8-bandida «Kutubxonadagi bosma asarlar yoki materiallar 
kitobxon tomonidan yo‘qotilgan bo‘lsa va uni kutubxonaga 
qaytarishning iloji bo‘lmasa, aynan shunday adabiyot yoki teng 
qiymatli adabiyot yoxud almashtirishning imkoni bo‘lmagan hol­
larda ularning qiymatiga teng kitoblar yoki 10 baravar miqdorida 
undirib olinishi kerak» deyiladi. Agar eslatmadan keyin ham kitob 
qaytarilmasa, talabnoma yuboriladi. Shunda ham kitob qayta- 
rilmasa, qat’iy chora ko‘riladi.
Kutubxonaga kitob topshirishdan bosh tortgan kitobxonlar- 
dan notarial idorasining buyrug‘iga binoan, 10 barobar bahosi 
undirib olinadi. Kitobxon har bir olgan kitobi uchun imzo chekadi. 
Maktab o‘quvchilari uchinchi sinfdan boshlab imzo chekadilar. 
Kitob kutubxonaga qaytarilgandan keyin kitobxon oldida kitobni 
qabul qilganligi haqida imzo qo‘yiladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bo­
lalar ota-onalari hujjatiga asosan kutubxonaga a’zo bo‘ladilar. 
Masalan, vaqtincha dam olishga, mavsumiy qishloq xo'jaligi ish- 
lariga kelgan kitobxonlarga uyga kitob berilmaydi, faqat о quv 
zalida foydalanish uchun hujjat asosida ruxsat beriiadi.
Kitobxon formulari har yili yanvar oyidan qaytadan ro y- 
xatdan o‘tkaziladi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda olingan kitoblar 
kutubxonaga qaytarilishi kerak va kitobxonga yangi tartib raqami 
beriiadi. Formularning birinchi qismidagi ma’lumotlar tekshinb 
chiqiladi. Agar o'zgarish bo‘lsa, u holda yangi formular ochiladi
263
www.ziyouz.com kutubxonasi


(masalan, familiyasi, manzili o‘zgarishi mumkin). Kitobxon 
formulari qutilarga sanalar yoki formular tartib raqami bo‘yicha 
joylashtiriladi.
Kitobxon formulari xizmat ko‘rsatish bo‘limida asosiy hujjat 
hisoblanadi. Kitobxon bilan dastlabki suhbat jarayonida for­
mular to ‘ldirib boriladi, formularning 2-ichki qismiga kitobxon 
tanlagan adabiyotlarning inventar raqami, qaysi bilim sohasiga 
oidligi, muallifi va nomi yozib qo‘yiladi. Kitobxon olgan ada- 
biyotlarini tasdiqlash m a’nosida imzo chekadi. Formularning
3- qismida aynan shu kitobxon uchungina xos bo‘lgan xususiyatlar, 
izohlar, eslatmalar, kitobxon bilan kelgusida olib boriladigan ishlar 
mazmuni yozib boriladi.
Ko‘pgina kutubxonalarga (masalan, oliy o ‘quv yurti kutub­
xonasi) a’zo bo‘lgan kishiga yagona kitobxonlik hujjati beriladi. 
Uning birinchi betida kutubxonaning nomi, kitobxonning fa­
miliyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti va asosiy mashg‘uloti, 
a’zo bo‘lgan sanasi ko‘rsatiladi. Ikkinchi va uchinchi betida 
kutubxonadan foydalanish qoidalaridan nam unalar keltirilgan 
va har yili qayta ro‘yxatga olish vaqtidagi sana va muhrlar yan- 
gilanib boriladi. Oxirgi betida kutubxona ishlaydigan kunlari va 
soatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va kitobxonlik chiptasini 
yo‘qotgan taqdirda tezlik bilan bu haqda kutubxonaga m a’lum 
qilish kerakligi haqida xabar beriladi.
Kitobxonlik chiptasiga tartib raqami qo‘yiladi: bu bilan 
chiptalarni bir tartibda raqamlashga erishiladi hamda kitobxon- 
larni hisobga oUsh yengillashadi. Chipta berilayotgan vaqtda har 
bir kitobxon uchun ro‘yxatga olish varaqasi to ‘ldirilib, unda 
kitobxonning familiyasi, ismi, otasining ismi, yozilgan vaqti, 
mazkur kutubxonada yoki bo‘limida berilgan chiptaning tartib 
raqami ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olish varaqasidagi familiyalar alifbo 
tartibida joylashtiriladi.
Yagona kitobxon chiptasi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni 
yaxshilashga yordam beradi, kitobxonlar o‘zlariga qulay bo‘lgan 
istalgan kutubxonadan yoki shaharning bir necha ARM va 
kutubxonalaridan foydalanayotgan kitobxonlarni, 

Download 11,3 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish