• Ilmiy-uslubiy bo ‘lim, ARM xodimlarining malakasini oshirish bo ‘limi
  • Yangi texnologiyalar va xalqaro axborot resurslari bo ‘limi
  • Ma ’lumot-bibliografiya mediaresurslar bolim i
  • Retrokatalogni tashkil etish va kitob fondi bo ‘limi




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Retrokatalogni tashkil etish va kitob fondi bo ‘limi
    — bu bo‘lim 
    RBK fondida mavjud retrofondning elektron katalogini yaratish 
    bilan, kutubxonaga shartnomalar asosida adabiyotlar olish, 
    sovg‘aga adabiyotlar olish, turli homiy tashkilotlar yordamida 
    kitob fondini boyitish bilan shug‘ullanadi.
    Ilmiy-uslubiy bo ‘lim, ARM xodimlarining malakasini oshirish 
    bo ‘limi
    — respublikadagi maktablar, kollej va litseylar, umuman, 
    bolalar bilan ish olib boruvchi kutubxonalarga, ARMlarga 
    axborot-kutubxona faoUyatining turli masalalari bo‘yicha uslubiy 
    yordam ko‘rsatadi, seminarlar, tanlovlar uyushtiradi, ko‘chma 
    chiqishlar orqali ARMlar xodimlarining malakasini oshirish 
    faoliyatini olib boradi.
    Yangi texnologiyalar va xalqaro axborot resurslari bo ‘limi — 
    RBKda mavjud barcha axborot texnologiyalari, telekommuni- 
    katsiya vositalari bilan ishlaydi, nazorat qiladi, Internet xizmatini 
    tashkil etadi, bolalar uchun maxsus o‘quv zalida kompyuterdan 
    foydalanish, Internet ma’lumotlarini qidirish, ular bilan ishlash, 
    turli elektron resurslar fondi bilan ishlash, ulardan foydalanish, 
    mustaqil kompyuter texnologiyalari yordamida turli tillarni 
    o‘rganish, turli elektron resurslardan foydalanish, kichik yosh- 
    dagilar uchun kompyuter o‘yinlaridan foydalanish ko‘nikmasini 
    tarbiyalaydi. Internet orqali va bevosita xalqaro aloqalar yordamida 
    elektron resurslar fondini boyitib boradi.
    258
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Ma ’lumot-bibliografiya mediaresurslar bolim i
    — turli dolzarb 
    mavzularda bibliografik resurslarni ishlab chiqish, nashrga 
    tayyorlash, boshqa AKMlarning bibliografik resurslarini yig‘ish, 
    saqlash, ulardan foydalanish bo‘yicha ish olib boradi.
    Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining 
    kirib kelishi bilan, axborot-kutubxona muassasalari oldiga katta 
    vazifalar qo‘yildi, ularning ish faoliyati kengaydi, ishning yan- 
    gidan yangi turlari paydo boidi, jahon kutubxonalari tajriba- 
    sidagi ayrim jihatlar o ‘zlashtirildi. Elektron katalog yaratilmoqda. 
    Elektron resurslar fondi tashkil etilyapti. Shunga ko‘ra, 
    AKMlarning tarkibiy tuzilmasida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi.
    Barcha viloyatlarning tarkibiy tuzilishi deyarli bir xil, faqat 
    Samarqand viloyat AKMda biroz farq bor. Barcha AKMlarda
    2011-yil 23-fevraldagi 1487-sonli Qarordan so‘ng elektron kutub­
    xonalar tashkil etildi. Samarqand viloyat AKMida ham elektron 
    kutubxona, umumiy o‘quv zali, yoshlar o‘quv zali, ma’lumot- 
    bibliografiya bo‘limi, xorijiy tillardagi adabiyotlar sho‘basi, 
    nemis o‘quv zali, madaniyat va san’at sho'basi, vaqtli matbuot 
    sho‘basi, o‘lkashunoslik sho‘basi, abonement sho‘basi mavjud. 
    Elektron kutubxona elektron resurslar yaratish, elektron kata- 
    logda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Internet xizmatini yuritish 
    bilan shug‘ullanadi.
    Ma’lumot-bibliografiya bo‘limi fondida kitobxonlar uchun 
    400 dan ortiq ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’lumotnoma nashrlar, 
    bibliografik qo‘llanmalardan iborat yordamchi ma’lumot-axborot 
    fondi tashkil topgan. Bo‘limda maqolalarning tizimli katalogi, 
    o'lkashunoslik tizimli kartotekasi, bibliografik materiallarning 
    kartotekasi, yozma ma’lumotlar kartotekasi, vaqtli matbuot nashr- 
    lari kartotekasi kitobxonlar xizmatida. Turli mavzuli kartotekalar 
    kitobxonlar tomonidan muntazam foydalaniladi. Muhim sanalar 
    va unutilmas voqealarga oid tavsiya ro‘yxatlari, tavsiya-bibliografik 
    qo‘llanmalari tez-tez tayyorlanadi. 2010-yildan bo‘limda vaqtli 
    nashrlarning ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Chorakda bir marta 
    yangi adabiyotlar bulleteni chiqarilib, har oyda yangi adabiyotlar 
    yuzasidan bibliografik sharh berib boriladi, 30 tagacha sayohat 
    uyushtiriladi. Yozma va og‘zaki so‘roqlarga javob beriladi.
    259
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ARMlarning tarkibiy bo‘linmalari — kitob fondini butlash, 
    adabiyotlarga ishlov berish, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish 
    (abonement va o‘quv zallari, maxsus o ‘quv zallari), axborot 
    texnologiyalari bo‘limi, ayrimlarida elektron kutubxona (elektron 
    katalog, elektron resurslar fondi bilan).
    Har qanday axborot-kutubxona muassasasida kitobxonlarga 
    xizmat ko‘rsatish bo‘limi asosiy bo‘lim hisoblanadi. Kutubxona 
    fondini to ‘ldirishdan hisobot ishigacha bo‘lgan jarayonlarning 
    maqsadi, yo‘nalishi, uzviy bog‘liqligi aholiga sifatli va samarali 
    axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga qaratilgan. Bu xizmatni, 
    asosan, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bajaradi. Bu xizmat 
    turlari — kutubxonada xizmat ko‘rsatish va kutubxonadan tashqa- 
    rida xizmat ko‘rsatish usullaridan tashkil topgan.
    Kutubxonada vaqtincha uyda foydalanish uchun huquq 
    beradigan va buni rasmiylashtirib beradigan sho‘ba yoki ayrim 
    kutubxonalarda bo‘lim deb tashkil etiladigan — abonementdir.
    «

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Retrokatalogni tashkil etish va kitob fondi bo ‘limi

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish