Sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlar targ‘iboti




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlar targ‘iboti
Axborot-kutubxona muassasalarida jismoniy tarbiya va sport 
bo‘limi 75 raqami bilan ajratilgan. Bu bo‘limda jismoniy tarbiya­
ning tibbiy-biologik asoslari, jismoniy tarbiya nazariyasi, tarixi, 
uslubiyoti, sport mashqlari, sohada ta’Iim-tarbiya masalalari, sport 
etikasi, sport turlari, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish, 
uning iqtisodi, uni boshqarish, sport inshootlari, uskunalar, turli 
xil o‘qishlar, uni tashkil etish, gimnastika, maktabgacha va maktab 
yoshidagi bolalar sporti, yengil atletika, sport kurashi, suvsporti, 
qilichbozlik, suzish, ot sporti, otish sporti, havo sporti, sportning 
milliy turlari va boshqa masalalarga oid adabiyotlar joylashtiriladi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyotlar turli-tuman. Ilmiy, 
ilmiy-ommabop, o‘quv, ma’lumotnoma nashrlar, vaqtli matbuot 
nashrlari mavjud. Ularning kitobxonlari ham turli-tuman. Ilmiy 
xodimlar, magistrlar sohaga oid ilmiy adabiyotlar, o ‘quv 
adabiyotlariga murojaat qilishsa, talabalar va o‘quvchilar ko‘proq 
o'quv adabiyotlariga, vaqtli matbuot nashrlariga, bolalar va 
o‘smirlar sport turlari, o‘yinlari, uning usuli, tarixiga, mashhur 
sportchilarning hayoti va ijodiga oid adabiyotlarga murojaat qili- 
shadi. Sport va jismoniy tarbiya masalalari, uni tashkil etish, uni 
qadrlash, aholi o ‘rtasida turli sport musobaqalarini tashkil etish, 
jalb etish bilan mustaqillik yillarida yanada keng ko‘lamh ishlar 
olib borildi. 0 ‘zbekiston hukumati va davlati tomonidan o‘zbek 
sportining dovrug‘ini olamga tanitish, dunyo arenasiga olib chi- 
qishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, 0 ‘zbekiston Prezidenti
I A. Karimov tashabbusi bilan 1998-yilda « 0 ‘zbekiston iftixori»
217
www.ziyouz.com kutubxonasi


faxriy unvoni ta’sis etildi. Bu unvon bilan jahon chempionlari, 
olimpiya o‘yinlari g‘oliblari taqdirlanadi.
Respublikamizda quyidagi sport federatsiyalari sportni ri­
vojlantirish, tashkil etish, yoshlar orasida uni targ‘ib etish faoUyati 
bilan shug‘ullanadi: 0 ‘zbekiston boks federatsiyasi, 0 ‘zbekiston 
erkin kurash federatsiyasi, 0 ‘zbekiston tennis federatsiyasi, 
0 ‘zbekiston kurash federatsiyasi, 0 ‘zbekiston karate milliy fe­
deratsiyasi, 0 ‘zbekiston tayekvondo (T) federatsiyasi, 0 ‘zbekis- 
ton nogironlar sport assotsiatsiyasi va boshqa federatsiyalar. 
«Sport» gazetasi sport haqida, mashhur sportchilarning hayoti 
va ijodi haqida, 0 ‘zbekiston va dunyo sportiga oid qiziqarli ma’lu­
motlar bilan gazetxonlami ta’minlab boradi. Sportga berilayotgan 
e’tiborning muhimligi shundaki, sport va jismoniy tarbiya har 
qanday insonni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi.
Yurtimiz sportchilarijahonning turli mamlakatlari maydonla- 
rida ona-yurti — 0 ‘zbekiston, o‘z xalqi nomidan kurashga tu- 
shadi. G ‘alabaga erishgan holatda, albatta, uning sharafiga davlat 
madhiyasi yangraydi, mamlakat bayrog‘i ko‘tariladi. Har bir 
mamlakat va millat o‘z chempionlari bilan faxrlanadi, g‘ururla- 
nadi. Shuning uchun ular Vatanning iftixorlari hisoblanadi va 
ardoqlanadi. Yuzlab sportchilarimizning sportning turli yo‘nalish- 
lari bo‘yicha jahon chempioni bo‘layotgani, oltin, kumush va 
bronza medallarini olib kelayotganining o‘zi faxrlanarli hoi.
Shu sababli, har bir yosh avlodning sportga qiziqishini 
shakllantirish, intilishini kuchaytirish, ularning sog‘lom va mard 
bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda, 
har bir shahar, posyolka va qishloqlarda, tuman va shaharning 
turli qismlarida sport inshootlari, o‘yin maydonlarining qurilishi 
va ishga tushirilishi eng katta yutuqlarimizdir.
Jismonan chiruqqan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash, 
umumdavlat ahamiyatiga ega vazifalarni amalga oshirishga ta’sir 
etish maqsadida 1995-yil 1-sentabrdanboshlab o‘zbektilida oylik 
ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli «Sog‘lom avlod uchun» 
jurnalini nashr etish boshlandi.
Qadimda xalqimiz sportga alohida e’tibor bergan. Abdulla Av- 
loniy «Turkiy guliston yoki axloq» asarida axloq — insonlarni
218
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir, 
badan ilmi, ya’ni jismoniy tarbiya bu ilmning asosidir deb 
ta’riflaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat ijodida 
sog‘lom avlod tarbiyasiga e’tibor qaratilgani ma’lum. Fitrat 
farzandlarimizning ilm olishi bilan birga badan tarbiyasiga ham 
ahamiyat berish lozimligini ko‘rsatadi.
Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar orasida o‘tkazilayotgan 
«Sog‘lomjon — polvonjon» musobaqalarida minglab farzandla- 
rimiz qatnashgan, 1—2-sinf o‘quvchilari uchun sportning 6 turi 
bo‘yicha 1-Respublika sport festivali o‘tkazilib, uning to‘rt bos- 
qichida 600 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.
AKM, ARM va kutubxonalarda xalq o‘yinlari vositasida jis­
moniy sog‘lomlikka intilish g‘oyasi: «Ko‘pkari», «Yelkada ku- 
rash», «Kurash», «Poyga», «Bo‘ron tindi», «Mindi», «Quloq 
cho‘zma», «Chavandozlar», «Otib qochar», «Chillak», «Oqtosh» 
kabi musobaqalar ham o'tkazilib turiladi.
Yoshlarni sportga oid adabiyotlarga qiziqtirish bilan ularni 
sport turlari bilan shug‘ullanishga, sog‘lom va baquwat bo‘lishga 
jalb etish maqsadida targ‘ibot usullarining yakka va ommaviy 
shakllaridan foydalanilayotgani ko‘pgina kutubxonalar ish taj- 
ribasida ko‘zga tashlanadi. Bunda OAV bilan, sport qo‘mitalari 
bilan hamkorlik qilish yaxshi samara beradi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid milliy qadriyatlarimiz va 
an’analarimiz Sharq mutafakkirlarining falsafiy merosida, milliy 
sport musobaqalari, raqslarida o‘z aksini topgan. Abu Nasr Fo- 
robiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek 
va Alisher Navoiylarning ma’naviy-jismoniy kamolot birligi 
borasidagi, har bir insonning individual shaxsiy rivojlanish xusu- 
siyatlariga doir fikrlari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Sport o ‘yinlari dangasani mehnatsevar, kuchsizni kuchli, 
no'noqni mohir etishda, o‘smirlarning va bolalarning о z olamini 
namoyon etishida, kuchini sinab ko‘rishda muhim vositadir. 
Kelajagi buyuk davlat uchun jismonan baquwat, ma’nan yuksak, 
har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash muhim vazifalardan 
biri ekanligini kutubxonalar o‘z tadbirlari bilan har bir inson 
°ngiga singdirib borishlari shart.
219
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hududlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqalarda kutubxonalar 
oldingi safda bolishlari, uni tashkil etish va o ‘tkazishda, uning 
reklamasini tashkil etishda, aholini jalb etishda sport qo‘mitalarining 
asosiy yordamchisi kutubxonalardir. Ko‘plab sport inshootlari, 
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, «Jar» sport-sog‘lomlashtirish 
majmuyi, har bir viloyatning shahar va tuman markazlarida sport 
olimpiya zaxiralari kollejlarining tashkil etilgani katta yutuq.
«Sport nafaqat jismoniy, balki m a’naviy kamolotga yeti- 
shishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad 
sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishga 
o‘rgatadi. Inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va iftixor 
tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Men barcha o‘g‘il-qizlarimizni, sportchi 
yoshlarimizni xalqimizning umid yulduzlari, ertangi kunimiz 
ishonchi va tayanchi, deb bilaman. Sog‘lom, bilimli va fidoyi 
farzandlari boigan xalq, albatta, o‘zining buyuk kelajagini barpo 
etadi» deb aytganlarida Prezidentimiz I.A. Karimov haq edilar.
1999-yil may oyida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul 
qilingan « 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271-sonli qarorga ko‘ra, olimlarva 
uslubchilar tomonidan jismoniy tarbiyani tashkil etish va ri- 
vojlantirishga oid ko'plab materiallar hamda amaliy ish tajriba- 
sini birlashtirgan uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi. Metodik 
qo'llanma jismoniy tarbiya va sport mutaxassislariga, sport 
ixlosmandlari va talabalariga mo‘ljallangan bo ‘lib, me’yoriy 
komplekslarni egallash vositalari va metodik usullarini, jismoniy 
yuklama hajmi va jadalligini tanlash ishini rejalashtirish, sport 
bilan shug‘ullanuvchilar organizmini jismoniy yuklamalarga 
moslash ustidan nazoratni ta’minlash haqida m a’lumot beradi.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni kamol top- 
tirishda, yoshlarni ma’naviy va madaniy jihatdan mukammal tar- 
biyalashda, xalqimiz sihat-salomatligi, shon-shuhratini oshi- 
rishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta.
Respublikada 15 mingdan ziyod jismoniy tarbiya boshlang‘ich 
tashkilot va sport-sog‘lomlashtirish klublari, 536 bolalar va 
о smirlar sport maktabi, 5 olimpiya o ‘rinbosarlari bilim yurti, 
8 respublika oliy sport mahorati maktablarida malakali sportchilar
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoshlar bilan ish olib boryapti. 0 ‘zbekiston davlat jismoniy 
tarbiya instituti esa soha uchun malakali mutaxassis kadrlar 
yetkazib bermoqda. 6,5 million nafar kishi jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug'ullanadi. Prezidentimiz 1999-yil 4-mart kuni 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Sog‘lom avlod uchun» ordenini 
ta’sis etish to‘g‘risida Farmon e’lon qildi.
AKMda adabiyotlar, vaqtli matbuot materiallari orqali 
sportni targ‘ib qilish, yoshlarni yanada qiziqtirish, kitobxonga 
o‘zi shug‘ullanayotgan sport turini professional darajada bilish- 
lari uchun yordam beriladi. Kitobxonlarni sportga jalb qilish 
konsepsiyasi mutaxassisning ish dasturiga aylanishi kerak. Bunda 
sportning barcha turi kitobxon uchun foydali ekanligi, kitob- 
xonni sportga jalb qilish va uning uzluksiz ishlashi uchun o‘qish 
kerakligi; yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qi­
lish; sport qoidalarini zudlik bilan targ‘ib qilish va tarqatish; 
sport ustalari bilan uchrashuv kechalari, savol-javob kechalarini 
o‘tkazish; ko‘rgazmali targ‘ibot usullarining barcha turlaridan 
foydalanish yo‘nalishida ish olib boriladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlar targ‘iboti

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish