Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Mavzuli ко ‘rgazmalar.
Mustaqil va boshqa tadbirlarga qo‘- 
shimcha tadbii sifatida ham tashkil etiladi.
Mavzuli ko‘rgazmalar mazmuniga ko‘ra, turli kasbdagi ish- 
chilarga, qishloq xo‘jaligi mexanizatorlariga yordam berish, keng 
kitobxonlar ommasini qiziqtiruvchi dolzarb muammolar bo‘- 
yicha, fan va texnikaning buyuk arboblari, olimlar, ilg‘or ishlab
204
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqarish xodimlariga, yoshlarni kasb tanlashga yo‘naltirish, 
mehnat tarbiyasiga yordam berish maqsadida tashkil etiladi.
Dolzarb mavzularda doimiy ko‘rgazmalar, yangi adabiyotlar 
ko‘rgazmasi, vaqtinchalik ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Boshqa 
soha adabiyotlari bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalardan 
farqli o'laroq, texnika sohasining rang-barangligi, keng ko‘lam- 
liligi tufayli ko‘rgazmalarning sarlavhalarida, albatta, kasb yoki 
mutaxassislik egalari ko‘rsatilishi zarur. Masalan, «Quyosh ener- 
giyasi sizlar uchun», «Shamol energiyasidan foydalanishni o‘r- 
ganamiz», «Elektr energiyasini tejang», «Telekommunikatsiya 
tarm oqlari», «UZM AKOM » bilan ishlashni o ‘rganing», 
«SAMSUNG ELEKTRONIKS» nima ishlab chiqaradi?», 
«Ko‘rinmas nurlar, eshitilmas tovushlar» kabi dolzarb muam- 
molarga bag‘ishlangan ko'rgazmalar umumiy tanishtirish maq­
sadida barcha turdagi kitobxonlar guruhiga moijallab tashkil 
etiladi, uning ta ’sirida kitobxonlar katta qiziqish bilan Internet 
sahifalariga ham murojaat qiladilar.
Ko'rgazmaning mazmunidan kelib chiqib, undan kitob, vaqtli 
matbuot nashrlari, stanoklar va asbob-uskunalarning suratlari, 
sxemasi, jadvallari, chizmalari joy olishi mumkin. Tuman yoki 
shahar korxonalari ishlab chiqargan xomashyo, detal, tayyor 
mahsulotlarning namoyishi yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otishi 
mumkin. T o‘qimachilik sanoati rivojlangan tumanlarda ko‘r- 
gazmada kitoblar bilan bir qatorda gazlama namunalari ham 
namoyish qilinishi ayni muddaodir.
Har qanday ko‘rgazmalarni, veb-saytlar, veb-sahifalarni 
AKMlarda emas, korxonalarning sexlarida, uchastkalarida, qish­
loq xo‘jaligi mexanizatorlari uchun esa dala shiyponlarida tashJdl 
qilish katta ahamiyatga ega.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi fan bilan ishlab 
chiqarish o‘rtasidagi aloqaning intensiv mustahkamlanishiga 
bog‘liq. Fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy aloqalaming 
o‘sislii ikki tomonlama jarayondir.
Birinchidan, ishlab chiqarish fan oldiga borgan sari murakkab 
muammolarni qo'ymoqda va shu bilan birga fanni ilmiy tadqiqotlar
205
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun zarur bolgan texnika vositalari bilan qurollantirmoqda, 
ikkinchidan, fan o‘z taraqqiyotida ishlab chiqarishdan o‘zib 
ketmoqda va undan yangi sohalarni vujudga keltirish, zamonaviy 
asbob-uskunalarni, ilg‘or texnologik jarayonlarni tashkil qilish- 
ning eng samarali uslublarini yaratishni talab qilmoqda.
Adabiyotlarni kompleks targ‘ib qilish texnikaning yuzlab 
tarmoqlariga oid kitoblar bilan olib boriladigan ishda ham amalga 
oshiriladi. Ishlab chiqarishga oid muhim mavzularning ko‘pchiligi 
agrotexnika, iqtisod, texnika va texnika tarmoqlariga oid adabiyot­
larni kompleks targ‘ib qilishni talab etadi. Mehnatni ilmiy asosda 
tashkil qilish, xo‘jalik hisobi, yangi texnikaning iqtisodiy sa- 
maradorligini, sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotining si- 
fatini oshirish va tannarxini kamaytirish, iqtisodiy rag‘batlanti- 
rish, mehnatga fidoiylik munosabatini tarbiyalash, o ‘zaro muso- 
baqani keng yo‘lga qo‘yish masalalariga oid kompleks tadbirlarni 
tashkil etish mumkin.
Kitob fondini komplektlash yo‘nalishini belgilashda, katalog 
va kartotekalar tarkibini aniqlashda, axborot-bibliografik fao- 
liyatda, kitobxonlarga maslahat berishda, ilmiy-ommabop, ishlab 
chiqarish-texnika va iqtisodga oid kitoblarni targ‘ib qilishning 
tadbirlarida muhandis-texnik xodimlar, ishchi-novatorlar va kash- 
fiyotchilar, qishloq xo‘jaligi rahbarlari, kichik korxonalar, qo‘shma 
korxonalar mutaxassislari bebaho yordam berishlari mumkin.
Adabiyotning erkin ko‘riklarining o‘ziga xos xususiyati — 
adabiyotlarni kengroq ko‘rsatishdan va kitobxonga material ustida 
chuqurroq ishlashga, ko‘chirmalar qilishga, chizma va sxema- 
lardan nusxa olishga imkoniyat yaratishdan iborat. Odatda, erkin 
mavzu bo‘yicha ko'riklarga adabiyotlar nashr etilgan yili va tu- 
ridan qat’i nazar holda qo‘yiladi, ko‘pincha, ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga ko‘ra, eski nashrlarni ko‘rsatish ham talab qilinadi. 
Barcha adabiyotlar mavzusiga ko‘ra, alohida stollarga terib qo‘- 
yiladi, bibliografik qo‘llanma va elektron kartotekalar, veb-saytlar 
ham shu yerda namoyish etiladi.
Odatda, bunday ochiq ko‘riklarga bibliografik sharhlar qo‘- 
shiladi, ularda mutaxassis-maslahatchilar va tarjimonlar navbat-
206
www.ziyouz.com kutubxonasi


chilik qilishadi. Ko‘riklar dolzarb muammolar bo‘yicha o ‘tka- 
ziladigan «Mutaxassislik kuniari», «Axborot kunlari», kitob oy- 
liklari, bayramJari yoki ma’lum bir muddatda olingan adabiyotlar 
bilan kengroq tanishtirish maqsadida tashkil etiladi.
Kitobxonlarning madaniy-texnik bilim doirasini kengayti- 
rishda ilmiy-ommabop adabiyot va tavsiya bibliografiyasi muhim 
vositadir. Mutaxassis xodim «Texnika — yoshlarniki», «Fan — 
Vatan ravnaqiga xizmat qilsin», «Yuksak malakali mutaxassis­
lar — taraqqiyot omili» nomli ko‘riklarda ma’naviy hayotimizni, 
ilm-fan yutuqlarini, faoliyatimizni, izlanishlarimiz haqidagi ada- 
biyotlarni kitobxonlarga tavsiya qiladi. Kitobxon ilmiy-omma­
bop, vaqtli matbuot nashrlarida texnika masalalariga oid yangi 
e’lon qilinayotgan maqolalami kuzatib, ishlab chiqarish xarak- 
teridagi tavsiya bibliograflyasidagi so‘zboshilarni diqqat bilan 
o'qib, tavsiya etilayotgan adabiyotlar bilan tanishib, texnika so- 
hasiga oid zarur bilimlarni asta-sekin egallaydi.
Texnika ixlosmandlarining ko‘pchiligi avtomobil, velosiped, 
fotografiyaga qiziqadi, havaskorlik filmlarini suratga oladi, 
radiopriyomnik va kompyuter, qo‘l telefonlari, televizorlarni tuza- 
tish, ixtiro qilish bilan qiziqishadi, uy-ro‘zg‘or elektr asboblarini 
tuzatadi. Bu qiziqishlarni hisobga olgan holda tegishli sohaga oid 
ma’lumotlarni, bibliografik nashrlarni ham mas’uliyat bilan 
komplektlash zarur. Mutaxassis fan va texnikaning faol masala- 
laridan doimo xabardor bo‘lib turishi, ko‘rsatkichlarga kirgan 
adabiyotlarni esa kitobxonlar orasida keng targ‘ib qilishi zarur.
Texnikaga oid adabiyotlar targ'ibotidagi bibliografik sharh­
lar — yangi adabiyotlarning sharhlari (universal), mavzuli (mu­
him muammo, masala, bibliografik nashrlar, vaqtli matbuot 
nashrlari sharhi kabi). Yangi adabiyotlar sharhi tezkorlik va mun- 
tazamlilik xususiyatiga ega bo'ladi. Bu sharhni mustaqil va yangi 
adabiyotlar ko‘rgazmasi yoki ko‘riklar vaqtida o‘tkazgan ma’qul. 
Yangi adabiyotlar sharhining matnini tayyorlashda uslubiy- 
bibliografik qo‘llanmalardan unumli foydalanish mumkin.
Mavzuli sharhni tayyorlash ancha murakkab va uzoq davom 
etuvchijarayon. 

Download 11,3 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish