• 3. Texnikaga oid adabiyotlarning ahamiyatini qanday izohlaysiz 4. Texnikaga oid adabiyotlarni targ‘ib qilishning usullari nimaga bog‘liq
  • 12-bob. SAN’AT, SPORT VA JISMONIY TARBIYAGA OID ADABIYOTLARNI TARG‘IB ETISH
  • © Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    ©
    Takrorlash uchun savollar
    1. Texnikaga oid adabiyotlar nashrlari, turlari, ularning kitobxonlarini 
    qanday izohlaysiz?
    2. Axborot-kutubxona muassasalarida texnikaga oid adabiyotlarni tar- 
    g ‘ib qilishning maqsadi, vazifalari nimalardan iborat?
    3. Texnikaga oid adabiyotlarning ahamiyatini qanday izohlaysiz?
    4. Texnikaga oid adabiyotlarni targ‘ib qilishning usullari nimaga bog‘liq?
    14
    -
    403
    209
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    12-bob.
    SAN’AT, SPORT VA JISMONIY TARBIYAGA 
    OID ADABIYOTLARNI TARG‘IB ETISH
    Barkamol inson tarbiyasida san’atga oid adabiyotlarning o‘mi 
    alohida. Komil inson go‘zallik shaydosi, uni his qila oladigan, 
    qadrlay oladigan, go‘zal xulq egasi bo‘lishi shart. Unda ruhiy, 
    ma’naviy eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalashda, atrof-tevarakka, 
    voqea va hodisalarga samimiy va yaxshi munosabatda bo‘lishda, 
    boshqalarga xushxulqlik bilan munosabatda b o ‘lishda, qalbida 
    ezgu, samimiy tuyg‘ularni shakllantirishda san’at asarlari — teatr, 
    kino, tasviriy san’at, musiqa asarlari juda katta ahamiyatga ega.
    San’atga oid adabiyotlar janri, xili, turiga ko‘ra KBK jadvalining 
    85-bo‘limida guruhlashtirilgan. Uning asosiy bo‘linmalari: tasviriy 
    san’at, arxitektura, bezakli amaliy san’at, musiqa san’ati, teatr, 
    ommaviy tomoshalar, teatrlashtirilgan bayramlar, sirk, dor o‘yin- 
    lari, estrada san’ati, kino san’ati, badiiy havaskorlik, badiiy 
    fotografiya va tasviriy san’at. Bulaming har bin o‘ziga xos xususiyat- 
    laiga va taibiyaviy ahamiyatga ega.
    Bu turlarning har biriga oid ko‘plab san’at asarlari, kitoblar, 
    risolalar, ilmiy maqolalar, ilmiy-ommabop materiallar, o‘quv 
    adabiyotlari, ma’lumotnoma nashrlar chop etilgan, minglab tasvi­
    riy san’at asarlari yaratilgan. San’at sohasida ko‘plab gazeta va 
    jurnallar nashr etiladi. Bu asarlar yordamida insonlarda go‘zallikni 
    sevish, idrok etish hissini tarbiyalaymiz. San’atga yaqin kishining 
    qo‘lidan yomonlik kelmaydi, yovuzlikdan nari boladi.
    Barcha tipdagi AKM fondida ma’lum bir ma’noda san’at asarlari 
    jamlangan. San’at sohasida kadrlar tayyorlaydigan o‘quv muassa­
    salari axborot-resurs markazlarida san’at sohasidagi ilmiy, ilmiy- 
    ommabop, maxsus adabiyotlar, ma’lumotnoma nashrlar, vaqtli
    210
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    matbuot nusxalari to ‘planadi. Ulardan, asosan, talabalar va 
    professor-o‘qituvchilarfoydalanadi.
    Musiqa maktablari o‘quvchilariga ham ularning yoshiga ko‘ra, 
    san’atga oid asarlar mavjud. Musiqa kollejlari ARM fondida san’at 
    o‘quv muassasasining yo'nalishiga ko‘ra san’at asarlari to‘planadi: 
    ensiklopediyalar, lug‘atlar, o‘quv adabiyotlari, san’at asarlarining 
    asl nusxalari, notali nashrlar, operettalar, klaviaturalar va boshqalar.
    San’atga oid adabiyotlardan san’at yo‘nalishidagi tashkilotlaming 
    rahbarlari, xodimlar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar, ilmiy tadqiqot 
    ishi olib boruvchi magistrlar, talabalar, doktorantlar, san’at oliy 
    o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar, san’at maktabi 
    o‘quvchilari foydalanadilar. Kitobxonlar ommasi uchun nashr 
    qilinadigan ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari 
    mavjud. Ular aholi o'rtasida go'zal xulqlami, san’atga oid turli 
    qiziqarli ma’lumotlarni, san’at namoyandalari haqidagi ommabop 
    maqolalarni ham berib boradi va estetik tarbiyaga ta’sir ko‘rsatadi.
    San’at turlarining orasida teatr san’ati azaldan yuksak va oliy- 
    janob maqsadlarga xizmat qilib kelgan, sahna san’ati vositalari 
    yordamida kishidagi insoniy fazilatlarni qo‘llab-quwatlagan, 
    rivojlantirgan, jamiyatda haqqoniylik va insonparvarlik muno- 
    sabatlarining qaror topishi uchun kurashib kelgan. Teatr — hayot 
    ko‘zgusi, san’at darsxonasi, muqaddas, mo'tabar ehrom va uni 
    qadrlash zarur.
    XX asr boshlarida Yevropa shaklidagi professional teatr paydo 
    bo‘ldi. Millatni qoloqlikdan chiqarish, jaholatdan asrash, uni 
    uyg‘otish, ko‘zini ochish, ma’rifatli va madaniyatli qilishda teatrga 
    katta umid bog‘lab, uning poydevoriga M. Behbudiy boshchili- 
    gidagi ma’rifatparvarlar 1914-yil asos solishdi. Ular teatr vositasida 
    yosh avlodni tarbiyalash va to‘g‘ri axloq-odob yo'liga solish 
    masalasini kun tartibiga qo'ygan holda amalda sinab ko‘rishdi.
    1960-yillarda o‘zbek teatri tarixi va raqs muammolarini hal 
    qiluvchi qator yirik ishlar yaratildi va kelgusi ilmiy tadqiqot ish- 
    lariga zamin yaratdi. M. Rahmonovning « 0 ‘zbek teatri: qadimgi 
    davrdan XVIII asrga qadar» (1959), L. Avdeyevaning « 0 ‘zbe- 
    kiston raqs san’ati» (1960) va M. Qodirovning « 0 ‘zbek xalq og - 
    zaki dramasi» (1963) kitoblari dastlabki ishlar edi.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    AKMlarda teatr san’ati tarixi, nazariyasi, teatr san’atining 
    dunyoga tanilgan mashhur namoyandalari haqida m a’lumot 
    berish, ularning va ular haqidagi asarlarning targ‘iboti olib bo­
    riladi. Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Olim Xo‘jayev, Shukur 
    Burhonov, Obid Jalilov, Razzoq Hamroyev, Nabi G ‘aniyev, Sora 
    Eshonto‘rayeva, Nabi Rahimov kabilarning hayoti, ijodi to ‘g‘- 
    risidagi adabiyotlarni keng targ‘ib qilish yoshlarimizning ruhiy, 
    ma’naviy madaniyatini shakllantirishda, shu soha kasblariga mehr 
    uyg‘otishda muhim.
    0 ‘zbekistonda, xorijiy mamlakatlarda musiqa madaniyati, 
    musiqaning turlari — vokal, katta ashula, maqom, sahna musiqasi, 
    libretto, bolalar musiqasi kabi turlarga oid adabiyotlar kitob- 
    xonlarni estetik ruhda tarbiyalashda, go‘zallikni his qila oladi- 
    gan, ma’naviyati boy, axloqi go‘zal qilib tarbiyalashda muhim 
    ahamiyatga ega. Ko‘zga ko‘ringan, mashhur musiqa namoyan- 
    dalarining hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilish 
    yoshlarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishga, shu soha kasbiga 
    qiziqishga, mustaqil musiqa asarlarini yaratishga olib keladi.
    0 ‘zbek xalqining milliy musiqa asarlari va musiqa namoyan­
    dalari jahonga mashhur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida o ‘zbek 
    musiqa san’atining barcha janrlari yanada rivojlandi va dunyoga 
    chiqib, 0 ‘zbekistonning dong‘ini taratdi. 0 ‘zbek musiqa nazariya- 
    sida etnomusiqashunoslik, musiqiy manbashunoslik, musiqiy 
    sharqshunoslik, maqomshunoslik kabi fan tarmoqlariga asos so- 
    lindi. Barcha viloyatlarning to'liq musiqiy xaritasi ishlab chiqilib, 
    xalq musiqasi va kasbiy musiqa namunalari, estrada musiqasi so- 
    hasida yangi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
    Milliy madaniyatimiz, san’atimiz, ilm-fanimiz, ma’naviyatimiz 
    faxri bo‘lmish Yunus Rajabiy, Isxoq Rajabiy, Risqi Rajabovlar 
    xotiralarim abadiylashtirish maqsadida respublikamizda «Rajabiy- 
    xonlik» nomidagi san’atshunoslik llmiy-ijodiy anjumani ta’sis etilib, 
    muntazam o‘tkazib kelinayotganligi ustozlarga bo‘lgan cheksiz 
    hurmatning yorqin misolidir. AKM, ARM va kutubxonalarda 
    musiqashunoslikka atab kitob ko‘rgazmalarini tashkil etib, har 
    xil kechalar, uchrashuv kechasi, savol-javob kechasi, og‘zaki
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    jurnal, konferensiyalar tashkil etish orqali musiqiy nashrlarni 
    musiqashunos kitobxonlarga o ‘z vaqtida yetkazishga harakat 
    qilinmoqda.
    San’at turlari orasida qo‘shiqchilik san’ati alohida o‘rin tutadi. 
    Qo‘shiqchilik san’ati insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida 
    rivojlanib kelgan. Qo‘shiqchilik san’ati xalq og‘zaki ijodi va musiqa 
    bilan hamohang taraqqiy etgan va har bir davrda kishilarni 
    ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda asosiy vosita bo‘Igan. Qo‘shiq- 
    chilar inson orzu-umidlarini, hayotini, hayotga munosabatini 
    go'zal his-tuyg‘ular jo ‘rligida aks ettirgan. Qo‘shiq sehri inson 
    ko‘nglini zabt etadi, dilga orom bag'ishlaydi, kishilarning tasawurini 
    boyitadi. Orzu-umidlarining go‘zal bo‘lishiga olib keladi, zavq 
    beradi, insonlarni faqat yaxshilik, ezgulik qilishga, mehr-oqibatli 
    bo‘lishga chaqiradi. Shuning uchun odamlar orasida alladan 
    boshlab katta ashulagacha turli janrdagi qo‘shiqlar targ‘iboti mu­
    him ahamiyatga ega. 0 ‘zbek ashula san’ati namoyandalari hayoti 
    va ijodi haqidagi adabiyotlar ko‘pchilikni qiziqtiradi.
    0 ‘zbek kino san’ati 1925-yildan beri rivojlanib, dunyo miq- 
    yosida o ‘z o ‘rniga ega bo‘lib kelmoqda. Ko‘p yillar davomida 
    dunyo kinosi anjumanlari turli nomlar bilan 0 ‘zbekistonda 
    o‘tkazilishining o‘zi buni isbot qiladi. Bolalarimiz, yoshlarimiz 
    o‘rtasida kinoga qiziqish, kino san’ati namoyandalarining hayoti 
    va ijodiga hurmati katta. Sohaga oid turli tipdagi asarlar mavjud. 
    Ular nafaqat o ‘zbek kinosi, balki jahon xalqlari kino asarlariga 
    ham katta qiziqish bilan murojaat qilishadi.
    Raqsda hayotiy hodisalar ixcham obraz shaklida aks etadi va 
    aniq bir maqom (poza, gavdaning harakati) yoki raqs harakati 
    butun bir mazmunni anglatadi. Raqs san’atida yakka, guruhli, 
    turkumli raqs turlari mavjud. Aniq usul, aniq harakatlar bilan 
    ishlab chiqilgan raqs turkumlari qadimda «maqomlar» deb atalgan. 
    Farg‘ona vodiysida esa ular ellik usuldan tashkil topgan, o‘ziga xos 
    ritmik harakatlar va raqs jumlalaridan tuzilgan «katta o‘yin» nomi 
    bilan yuritilgan. Buxoroda raqs turkumlarini «maqom raqsi» deb 
    atashgan, ular yirik bo‘limlarga birlashtirilgan kuy, ashula, usul 
    qismlaridan iborat bo‘lgan. Xorazmning «Maqom ufori»si ham 
    xuddi shunday tuzilgan. Farg'ona, Buxoro, Xorazm raqs maqom-
    213
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    larining har biri usul-kuy va harakatli ifodalar jihatidan o‘ziga 
    xos, betakror. Kitobxonlar orasida raqs san’ati nazariyasi, tarixi, 
    turlari, raqs ustalarining hayoti va ijodiga oid adabiyotlar targ‘iboti 
    ularni yanada go‘zal xulqli, nafis tushunchalarga, tasawurlarga 
    boy kishi etib tarbiyalashda ahamiyatga ega.
    Sirk san’ati o‘zbek xalqining qadimgi dor o ‘yinlaridan to ho- 
    zirgi yuksak darajaga erishgan o‘zbek sirki janrlari, jahon xalq- 
    lari sirki, mashhur sirk artistlari hayoti va ijodi to ‘g‘risidagi ada­
    biyotlar ham muhim ahamiyatga ega. Ularning targ‘ib qilinishi 
    shu soha ixlosmandlari uchun muhim. Askiya, qiziqchilik san’atiga 
    oid adabiyotlar ham alohida targ‘ib qilishni va bu borada doimiy 
    ish olib borishni talab etadi.
    San’at turlari orasida tasviriy san’at, amaliy san’at, me’mor- 
    chilik, haykaltaroshlik, arxitektura san’ati turlari keng rivojlan- 
    gan va bu haqda ko‘plab adabiyotlar mavjud. 1997-yil 23-yanvarda 
    « 0 ‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida»gi 
    qarorning qabul qilinishi barkamol avlodni badiiy, yuksak didli, 
    olam va san’at go‘zalliklarini to‘g‘ri tushuna oladigan kishi etib 
    tarbiyalash, voyaga yetkazish mas’uliyatini oshirdi. Bu barcha 
    san’at, ta’lim-tarbiya va madaniyat muassasalari qatori kutub- 
    xonalarga ham katta vazifalarni belgilab olishda turtki bo‘ldi.
    Ko‘p asrlik tarixga ega 0 ‘zbekiston xalq amaliy san’ati ibti- 
    doiy jamoa zaminida vujudga kelgan insonlarning hayotiy 
    ishtiyoqlarini aks ettirgan holda davrlar o‘zgargan sari badiiylik 
    kashfeta bordi va bugungi kunda mumtoz san’at darajasiga yetdi.
    Xalq amaliy san’atini rivojlantirish masalasi 0 ‘zbekiston Res- 
    publikasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Azaldan xalq 
    amaliy san’ati rivojlanib, o‘zbek xalqining dong‘ini taratib kelgan, 
    ammo Prezidentimizning «Xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy 
    san’atini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash choralari haqida»gi 
    Farmoni birinchi marta amaliy san’at ustalari ijodiyotiga alohida 
    e’tiborni qaratdi va uning istiqbolidagi muammolarni hal etish 
    vazifalarini davlat darajasida belgilab berdi: yoshlarni badiiy 
    hunarmandchilikka o‘qitish, ko‘rgazma va kim oshdi savdolarini
    о tkazish, amaliy-bezak san’at asarlarining maxsus do‘konlarini 
    tashkil qilish, hunarmandlarni xomashyo bilan ta’minlash, ularni
    214
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    soliqdan ozod etish, erkin narx-navoni ta’minlash, xalq usta- 
    larining ijodini keng targ‘ib qilish. Bu vazifalarni amalga oshirishda 
    laitubxonalarning o‘rni ham bo‘lishi shart.
    0 ‘zbekiston xalq san’ati an’analarini saqlab, davom ettirishda 
    Rishton, G ‘ijduvon, Xorazmning kulolchilik san’ati, Samarqand- 
    ning mayda plastinkasi, Buxoroning zardo'zlik va kandakorlik 
    san’ati, Toshkent va Xivaning yog‘och o ‘ymakorligi san’ati, 
    gilamdo'zlik san’ati, Chustning do‘ppido‘zIik va pichoq yasash 
    san’ati alohida qadrlanishga loyiq.
    M e’morchilik san’ati qadimgi san’at turlaridan biri. Har bir 
    davrda yaratilgan va asrlar osha yetib kelgan me’moriy obidalarda 
    ajdodlarimizning hayoti, maishiy turmush tarzi, san’atkorona 
    ijodiy mahorati ko‘zga tashlanadi. Har bir davrning barcha qir- 
    ralari shu san’at orqali namoyon bo‘ladi. Yoshlarda me’morchilik 
    kasbiga qiziqishni shakllantirishda me’morchilikka oid, mashhur 
    me’morlar hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ'ib qilish 
    muhim ahamiyatga ega.
    San’atga, shu jumladan, xalq amaliy san’atiga davlat tomonidan 
    mablag‘lar ajratilishiga qaramay, bugungi kunda an’anaviy san’at 
    turlariga, undagi obrazlar olamiga bozor iqtisodiyotining ta’siri 
    sezilarli kelmoqda. Tasviriy san’at voqelikni to‘g‘ri va chuqur aks 
    ettirsa, hayot tomirining urishiga hamohang bo‘lsa, go‘zallik, aql, 
    va vijdon jarchisi bo‘lsa va nilioyat, xalq didiga yo‘l topsa va shu 
    xalq dilining harorati hamda hayotini ifodalay, tasvirlay olsa, shu 
    qadar zo‘r va har tomonlama qudratli mo‘jizadir.
    San’at turlariga oid adabiyotlarga qiziqishni shakllantirishda 
    biografik asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ijodkor- 
    musawir, musiqachi, naqqosh, haykaltaroshlaming ichki dunyo- 
    sini yoritadi: u yashagan davr, tarixiy shart-sharoit haqida tu- 
    shuncha beradi; san’atkorning niyatini tushunishga, uning ijodiy 
    faoliyatiga katta qiziqish uyg'otadi, asarlari yaratilish tarixini 
    bilishga, hayot materiallarini saralash va baholashga, borliqni 
    idrok etish va aks ettirishga, hamma-hammasida o'zligini namo­
    yish etuvchi san’atkor ijodining o‘ziga xos, betakror tabiatini 
    teran idrok etishga yordam beradi.
    215
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Biografik kitoblarni o ‘qishga rahbarlik qilishning tarbiyaviy 
    ta’sirini oshirish uchun kitobxonga bosh qahramonning shaxsini 
    ko‘ra olish, uning axloqiy-badiiy komil insonligini tushunish va 
    anglash, uning badiiy o‘ziga xoshgini his qilishga ko‘maklashish 
    zarur. Bunda tavsiyaviy suhbat o‘tkazish katta ahamiyatga ega. 
    Suhbat paytida kitobning mufassal ta ’rifini keltirmaslik kerak, 
    kitobxonning mayli, ishtiyoqi, nechog‘Uq o‘qirnishliligini, o‘s- 
    mirlar guruhining qiziqishini nazarda tutib, asar mazmunining 
    muayyan tomonlarini tushuntirgan ma’qul. Ayni vaqtda mazkur 
    masalalarga oid zarur adabiyotlar tavsiya etiladi.
    Opera va balet san’atiga oid ilmiy-ommabop kitoblarni targ‘ib 
    qilish, adabiy manba bilan tanishish, uni libretto bilan mu- 
    qoyasalab, operaning o‘ziga xosligini kitobxonga tanishtirish or- 
    qaU amalga oshishi kerak. Suhbat operadan parchalar eshitish, 
    mutaxassis xodimning izohlari, opera haqidagi kitoblardan biror 
    qismini o‘qish bilan birga qo‘shib olib boriladi.
    Katta yoshdagi kitobxonlar uchun musiqa san’atining janr 
    boyligini ochib berishda «Musiqiy mehmonxonada» turkumi- 
    dagi kechalarning o‘tkazilishi katta yordam beradi. San’atga oid 
    targ‘ibot ishlarida og‘zaki jurnal tasviriy san’atning rang-barang 
    janrlari taraqqiyoti misolida yoritib berishga bag'ishlanadi.
    Ilg‘or va professional jihatdan san’at yo‘nalishiga bog‘liq 
    kutubxonalarda «Go‘zallik ixlosmandlari klubi»ning faoliyati 
    muhim, uning tadbirlarini tayyorlash va o ‘tkazish uchun besh, 
    yetti kishidan iborat to‘garak a’zolari kengashi saylanadi. Uning 
    rejasi san’at ixlosmandlarining tasawurlari, bilimi, idrokini 
    kengaytirishga yo‘naltiriladi. To‘garak ishida san’at namoyandalari 
    bilan uchrashuvlar eng ta’sirli tadbir bo‘lib, xalq kuylari va qo‘- 
    shiqlari, musawir, bastakor, naqqosh, haykaltarosh ijodi, komil 
    inson tarbiyasida ularning o‘rni haqidagi asarlar asos qilib olinadi.
    Kitobxonlar bilan olib boriladigan ommaviy ishlar — kitob 
    ko‘rgazmalari yoki san’at asarlarining ko'rgazmalari, asar muho- 
    kamasi, adabiy va musiqaviy kechalar, og‘zaki jurnal, bahs, 
    she’riyat soatlari va boshqalami qamrab oladi.
    AKM va ARMda san’atning turlari haqidagi adabiyotlarni 
    targ ib etuvchi xilma-xil usullar mavjud. Mavzuli kechalar, uchra-
    216
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    shuvlar, ertaliklar, ko‘rgazmalar, bibliografik sharhlar, kitob 
    taqdimotlari. Ularning nomlanishi san’atning dolzarb muam­
    molari, masalalari, tadbirning maqsadi, san’atning janri, san’at- 
    korlarning yoki boshqa san’at namoyandalarining yubileylari, 
    muhim sanalar, kitobxonlarni qiziqtirgan mavzularga mos holda 
    tanlanadi. Turli xil tadbirlami tayyorlash va o‘tkazish metodikasi 
    shu soha adabiyotlarini targ‘ib qilishda ham qo‘llaniladi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish