• Siriqi kitobxonlar konferensiyasin
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Ovozli о ‘qishlarbolalar,
    ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshi- 
    dagi bolalar o‘rtasida adabiyotlarni targ‘ib qilishning eng samarali 
    usuli bo‘lib, u bolalarga mustaqil o‘qish paytida e’tiboridan chetda 
    qolgan narsalarni tushuntirib berish, esga solish imkonini beradi.
    Ayrim asarlarni mahalliy radio, televideniya tarmoqlari orqali 
    baland ovoz bilan o‘qib eshittirish ham keng tarqalgan. Ovozli 
    o‘qish kitobni targ‘ib qilishning oddiy bir usuligina bo‘lib qolmay, 
    kitobxonlar orasida madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy ish olib borish 
    vositasi hamdir, uning metodikasi yuqoridagi bo‘limlarda berilgan.
    Badiiy adabiyotlar targ‘ibotida 
    y a k k a va guruhli suhbat 
    muhim o‘rin tutadi. Ulardan eng ko‘p o‘tkaziladigani tavsiyaviy 
    suhbat va o‘qilgan asar haqidagi suhbat. Tavsiyaviy suhbat ko‘p- 
    roq tayyorgarlik kam bo‘lgan kitobxonlar bilan o‘tkaziladi, ular­
    ning muntazam o‘qishini tashkil etish, mustaqil bilim olish ko‘- 
    nikmasini tarbiyalash maqsadida uni qiziqtirgan mavzu, masala, 
    muammolarga oid yangi adabiyotlarni tavsiya qiladi, bunda 
    tavsiyaviy bibliografik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Kitobxon 
    o‘qishini nazorat qilib boradi. 0 ‘qilgan asar haqidagi suhbat ba­
    diiy asar yuzasidan bo‘lsa, qiziqarli va ta’sirli bo‘ladi.
    0 ‘qilgan asar haqidagi suhbatni kitobxonga sezdirmay, 
    do stona va samimiy ohangda boshlash zarur. Bunday suhbatlar 
    ко proq bolalar bilan olib boriladi. Maqsad — kitobxonning so‘z 
    boyligini oshirish, nutqini, o‘qilgan asar haqida shaxsiy fikr- 
    mulohazasini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakl-
    234
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    lantirish, asarga, asardagi voqea va hodislarga, masalalarga to‘g‘ri 
    baho berishga o‘rgatish.
    Siriqi kitobxonlar konferensiyasin
    ing unumi hamda samarasi 
    mavzu va tanlangan asarga bog‘liq. Tanlangan asarning nusxalari 
    ko‘paytirilib, kitobxonlar o'rtasida tarqatiladi. Uning elektron shakli 
    elektron pochta orqali konferensiyada ishtirok etishni istagan 
    kitobxonlarga yuboriladi. Kitobxonlarga matbuotda chiqishlarini, 
    muhokama qilishga mo‘ljallangan kitoblaiga o‘z fikr-mulohazalarini 
    bildirishlarini taklif qilib, maxsus xabar jo ‘natiladi. Muhokama 
    qilinadigan asarlardan boblar, parchalar mahalliy gazetada bosib 
    chiqarilishi mumkin.
    Sirtqi konferensiyada yashash joylari uzoq bo‘lganligi sababli 
    kutubxonadagi kitoblar muhokamasida qatnasha olmaydigan, 
    shuningdek, omma o ‘rtasida so‘zga chiqishdan uyalib, sirtqi 
    muhokama shaklini afzal ko‘ruvchi kitobxonlar ishtirok etishadi. 
    Bundan tashqari, sirtqi kitobxonlar konferensiyasida ishtirok etishga 
    muhokama qilinayotgan kitoblarning mualliflari taklif etilib, ulardan 
    gazeta orqali kitobxonlar savollariga javob berishlari so‘raladi.
    Gazeta orqali o‘tadigan konferensiyaning maqsadi, vazifalari 
    va mavzusi xususida, muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masalalar 
    haqida kirish maqolasi beriladi, konferensiyaning bundan keyingi 
    ish tartibi bayon qilinadi. Kitobxonlar tomonidan berilayotgan 
    fikrlar va boshqa materiallar «konferensiya shtabi» ishlayotgan 
    kutubxonada to‘planadi hamda ular umumlashtiriladi, eng qiziqarli 
    chiqishlar, fikr-mulohazalar gazetada bosib chiqariladi. Gazeta 
    tahririyatiga kitobxonlaming o‘zlari ham elektron pochta orqali 
    mustaqil ravishda o‘z chiqishlari va fikr-mulohazalarini yuborishlari 
    mumkin.
    Odatda, sirtqi kitobxonlar konferensiyasi 1—2 oy davom etadi. 
    Konferensiya oxirida mutaxassis kitobxon yoki kutubxona xodimi 
    yakunlovchi maqola bilan qatnashib, muhokamadan amaliy 
    xulosalar chiqaradi.
    Sirtqi konferensiya bitta AKM, ARM va kutubxona tomonidan 
    ham o‘tkaziladi. Bunda ba’zi vaqtlarda matbuot organidan emas, 
    balki devoriy gazeta, kitobxonlar bulletenidan foydalaniladi. Ularda 
    kitobxonJarning fikr-mulohazalari va takliflari beriladi.
    235
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Sirtqi kitobxonlar konferensiyasiga faqat gazeta yoki bulletenda 
    yakun yasalmaydi, balki kutubxonaning o ‘zida muhokamada 
    ishtirok etgan kitobxonlarni konferensiya oxirida to ‘plash va ular 
    bilan o'tkazilgan jonli suhbatda ham xulosa chiqarish mumkin.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish