• Ish vaqtidan to ‘liq, samarali foydalanish, mehnat unum- dorUgini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash maqsa­
  • Mehnat m e ’yorlari (normalari)




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Mehnat m e ’yorlari (normalari)
    0 ‘zbekiston Respublikasida 
    mehnatga oid munosabatlar, shu jumladan, AKM faoliyati ham 
    mehnat to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shu- 
    ningdek, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar 
    bilan tartibga solinadi.
    Mamlakatimizda mehnat to ‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, 
    0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining Qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 
    qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunlari va Juqorigi 
    Kenges qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya 
    organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar aso­
    sida barcha sohalarda ish tashkil etiladi.
    Ish vaqtidan to ‘liq, samarali foydalanish, mehnat unum- 
    dorUgini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash maqsa­
    dida har qanday mehnat turini amalga oshirishning me’yorini va 
    unga sarf b o ‘ladigan vaqt m e’yorini ishlab chiqish muhim 
    ahamiyatga ega. AKMning amaliy tajribasini sinchiklab o‘rganish 
    asosida vaqt va ish m e’yori belgilab olinadi. Bular umumlashtiril- 
    gan holda mamlakatning bosh kutubxonasi — Alisher Navoiy 
    nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ishlab chi- 
    qiladi va barcha muassasalar yoki vakolatli organlar bilan kelishi- 
    lib, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda xodimlar- 
    ning ma’lumoti, ish malakasi, egallagan lavozimiga qarab vazifalar 
    berish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish amalga oshiriladi.
    245
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Vaqt me’yori — ilg‘or ish usullarni qo‘llash asosida ayrim 
    jarayonlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqtni belgilaydi. U 
    soat va daqiqalar bilan belgilanadi. Masalan, yangi olingan 
    hujjatlarni umumiy hisob daftarida va yakka hisob daftarida qayd 
    qilish uchun, ularga texnik va qayta ishlov berish, bibliografik 
    tavsifini tuzish, shifr indeksini, katalog indeksini, to ‘liq indeksini 
    va zamonaviy qoidalar asosida kodlash uchun, kitob formularini 
    to ‘ldirish, kitobxon formularini to ‘ldirish, buyurtmalarni qabul 
    qilish, ma’lumotlarni elektron katalogga kiritish, ommaviy tad- 
    birlarni tayyorlash uchun ma’lum bir muddat belgilanadi.
    Bajarilgan ish me’yori belgilangan vaqt davomida barcha 
    imkoniyatlardan unumli foydalangan holda bajarilishi lozim 
    bo‘lgan mahsulot miqdori. Shunga ko‘ra, kunlik, oylik, yillik 
    vaqt va ish me’yori hisoblab chiqiladi hamda ish rejalarini tu- 
    zishda qoilaniladi, hisobotlarda reja bilan solishtirilib, nazorat 
    tashkil etiladi. Belgilangan ishlar o ‘z vaqtida bajarilishi kerak. 
    Bunda mutaxassis xodimlarning mahorati, maxsus m a’lumoti, 
    tajribasi juda qo‘l keladi. Vaqt m e’yorini belgilagan holda ish 
    me’yorini va aksincha, belgilangan ish me’yori asosida vaqt 
    me’yorini hisoblab chiqish kerak.
    Kutubxonada ommaviy ishlarning aniq me’yorini belgilash 
    biroz murakkab va noaniqroq bo‘ladi, bunda nisbiy vaqt va ish 
    me’yori olinadi. Chunki, bu ijodiy ish bo‘lib, ishning mavzusi, 
    maqsadi, unda ko‘tarib chiqilayotgan muammo va masalalar 
    ko'lamiga, tayyorgarlik jarayonida qo‘llaniladigan ish shakli va 
    uslublariga, ommaviy tadbirlarda ishtirok etadigan kitobxonlar 
    soniga, ularning saviyasiga, faolligiga, shuningdek, qayerda va 
    qanday sharoitda o‘tkazilayotganiga bog‘liq. Masalan, ish tajri- 
    basiga ko‘ra, kitobxonlar konferensiyasini tayyorlash va o‘tkazish 
    uchun 1,5—2 oy muddat ajratiladi. 7—8 nomdagi kitobning bib- 
    liografik sharhini tayyorlash va o‘tkazish uchun esa 3 soatdan 
    6 soatgacha vaqt belgilangan. Kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish 
    va bezash uchun uning turiga, qo‘yilayotgan materiallarga qarab 
    turlicha vaqt mo‘ljallangan. Agar ko‘rgazma biron-bir qo‘llanma 
    yoki uslubiy ishlanma asosida reja bo‘yicha tashkil etilayotgan 
    bo‘lsa, 2 soatdan 7 soatgacha vaqt, agar ko‘rgazma rejasi
    246
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    mutaxassis xodim tomonidan mustaqil ishlab chiqqan reja aso­
    sida bo‘lsa, unda 7 soatdan 21 soatgacha vaqt talab etiladi, kun- 
    dalik mavzuda bajarilgan kichikroq ko‘rgazmalarni tashkil etish 
    uchun esa 5—7 soat vaqt kifoya bo‘ladi.
    Kutubxona plakatini tayyorlash, ya’ni mavzu tanlash, lo- 
    yihasi va xomaki ko‘rinishini ishlab chiqish, turli xil materiallar 
    va illustratsiya tanlash, badiiy bezash uchun 16—20 soat vaqt 
    talab etiladi, agar plakat tayyor loyiha asosida ishlansa, 5—7 
    soat kerak bo‘ladi.
    Vaqt va ish m e’yori kutubxona rahbariyati tomonidan 
    nazoratni osonlashtirsa, xodimning o‘zini o ‘zi nazorat qilishi 
    uchun imkon beradi. Bu me’yorlardan tashqari, ayrim ishlar 
    uchun kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish hamda kitob berilishining 
    o'rtacha m e’yorlari ham qo‘llaniladi, masalan, qishloq kutub- 
    xonalarida bir xodimga bir yilda kamida 500 kitobxon va 10 ming 
    kitob berish, tum an kutubxonalarida yiliga 750 kitobxon va 
    15 ming kitob berish me’yori belgilangan.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish