|
Axborot qidiruv tizimlari fanidan mustaqil ish bitiruv malakaviy ishining 1 bobining tahlili Mavzu
|
bet | 1/3 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 301,83 Kb. | | #137236 |
Bog'liq 060-19 AZAMOVA XAFIZA ALIXONOVNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi
AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Bitiruv malakaviy ishining 1 bobining tahlili
Mavzu: Chus tarixini elektron bazasini yaratish
Bajardi:060-19 guruh talabasi
Azamova Xafiza Alixonovna
Qabul qildi: Raxmatullayev M. A
Mavzu: Chust tarixini elektron bazasini yaratish
I BOB. Chust tarixini elektron bazasini yaratishda jahon va milliy bazalar tahlili.
1.1. Chust tarixinining elektron ma’lumotlar bazasini yaratishning foydalilik xususiyatlari.
1.2. Namangan viloyati Chust tarixini Jahon elektron ma’lumotlar bazasi yaratish usullari.
I bob bo’yicha xulosalar
Kirish
Chust tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Toʻraqoʻrgʻon, shimoli-sharqdan Kosonsoy, janub va gʻarbdan Pop, janubi-sharqdan Mingbuloq tumanlari, shimoldan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming km². Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chust), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Axcha, Boymoq, Varziq, Karkidon, Karnon, Olmos, Ogʻasaroy, Shoyon, Shoʻrkent, Gʻova, Hisorak) bor. Markazi — Chust shahri.
Chust (oʻzbekcha: Chust/Чуст) — Oʻzbekiston sharqida joylahgan shahar. Chust tumanining maʼmuriy markazi[1]. Chust shahri Fargʻona vodiysining shimoliy chekkasida Chustsoy daryosi boʻyida joylashgan.
Chust Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biridir. Shahardan Fargʻona avtomobil yoʻli oʻtadi. Bu yoʻl Chustni Namangan, Andijon, Qoʻqon va Fargʻona shaharlari bilan bogʻlaydi.
Chust sho‘rolar davrida jiddiy o‘zgarishlarga uchragan. Oʻsha davrda koʻplab zavod va muassasalar qurilgan. Hozirda shahar paxtani qayta ishlashning muhim markazi hisoblanadi.
Tuman hududi Chatqol togʻlarining etaklaridagi pastbaland tekisliklarda joylashgan. Koʻp qismi adir. Balandligi 1000-1200 m. Togʻlardan oqib tushadigan soylar (Gʻovasoy, Olmossoy, Shataksoy, Rezaksoy, Karkidonsoy va boshqalar) jarliklar hosil qilgan. Janubiy qismi Sirdaryoga tutash boʻlib, tekislikdan iborat. 1947-yilda ishga tushirilgan Chust kanali Kosonsoy suv ombori suvini 58 km masofaga — Olmos qishlogʻigacha olib boradi. 1973-yilda suv taqsimlaydigan Gʻovasoy gidrouzeli qurildi. Koʻksaraksoy suv ombori va Chust nasos styasi bor. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 1G. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,3°, eng past temperatura —26°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,8°, eng yuqori temperatura 40°. Yiliga 305mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproqlari tekisliklarda boʻz tuproq, adirlar qum, tosh, lyoss, mergel bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, doʻlana, qizilmiya, oqmiya, yovvoyi piyoz, lola va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, sutur, qobon uchraydi.
Chust Fargʻona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biridir. 1953, 1957, 1959 va 1961-yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda hozirgi Chustga toʻgʻri keladigan hududda soʻnggi bronza /ilk temir davriga oid ashyolar topilgan. Chust haqidagi ilk ilmiy maʼlumotlarni A. F. Middendorning 1882-yilda Peterburgda chop etilgan „Ocherki o Ferganskoy doline“ ("Fargʻona vodiysi haqida ocherklar") asarida mavjud. Mahalliy tilshunos olimlarning fikricha, „chust“ forscha so‘z bo‘lib, „tezkor“ degan maʼnoni anglatadi.
Oʻrta asrlarda Chust qalʼaga aylangan. Boburning otasi Umar Shayx Mirzo II 1480-yilda Chustni qarorgohga aylantirgan. 16-asrda shahar bir nechta kichik qal’alardan iborat boʻlgan. Keyinchalik esa bu qal’alarni oʻrab turgan devor qurilgan. 1882-yilda qal’a devorlari vayron boʻlib, shahar kengaya boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan Chust sanoat markaziga aylanib borgan.
Rossiyaning Oʻrta Osiyoga bosqinidan soʻng Chustda yangi zavodlar quriladi. 1912-yilda Chustda oltita paxta va bitta teri zavodi boʻlgan. Shahar 1926-yilda yangi tashkil etilgan Chust tumanining maʼmuriy markaziga aylantirilgan. Chust 1969-yilda shahar maqomini olgan
Chust manzilgohlar nuqtai nazardan, bronza davri Chust madaniyati nomi berilgan. Namangan viloyatining Chust shahri yaqinida birinchi marta bu madaniyat vakillarining manzilgohi topilganligi sababli arxeolog olimlar uni Chust deb nomlashgan.
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklar boshlarida Fargʻona vodiysida oʻtroq dehqonchilikka oid qabilalarning Chust madaniyati yodgorliklari topilgan. Chust qabilalari xoʻjalik faoliyatining asosiy turi dehqonchilik boʻlgan (ular bugʻdoy, arpa, suli va tariq yetishtirgan).
Bu madaniyat Andronovoga nisbatan hunarmandchilikning yuqori darajasi bilan ajralib turardi. Oʻrim-yigʻim uchun bronza va tosh oʻroqlar ishlatilgan
|
| |