|
Jahon tendensiyasida elektron ma’lumotlar bazasini yaratish usullari
|
bet | 3/3 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 301,83 Kb. | | #137236 |
Bog'liq 060-19 AZAMOVA XAFIZA ALIXONOVNA1.2. Jahon tendensiyasida elektron ma’lumotlar bazasini yaratish usullari.
Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu yerda gap kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni axborot resurslari markazlariga aylantirish haqida bormoqda. Bunday yangi turdagi kutubxonalar “elektron kutubxona”, “virtual kutubxona” singari nomlar bilan atalmoqda.
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)- bu shunday kutubxonaki, uning funksiyasi, ayniqsa, kutubxona axborot xizmati asosan avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy komplekslar) va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy AK yaratish murakkab va serxarajat tadbirdir. U yuqori malakali kasb egalari: dastur tuzuvchilar, tizimchi texniklarni jalb qilishni, kutubxonachilarni qayta tayyorlashni taqozo etadi. Kutubxonalarni avtomatlashtirishning ixcham tarixi, avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi va uni tashkil etuvchi omillari, zamonaviy xalqaro formatlar, loyihalar tuzish uchun ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar muhim ahamiyat kashf etadi.
Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakllarini o‘zlashtira borgan kutubxonalar o‘z kuchlarini elektron hujjatlar va Internet resurslaridan foydalanishga yo‘naltirdilar. Bunday maqsadga erishish uchun bir qator huquqiy va texnologik masalalarni yechish va kutubxona ishi konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish zarur edi. Elektron kutubxona yaratuvchilarga shu narsa aniq bo‘lib qoldiki, maqsadga erishish uchun manfaatdor tomonlar kuchlarini birlashtirish zarur ekan. Natijada elektron kutubxonalar yaratish ishiga dastlab alohida tashkilotlar kirishgan bo‘lsa, so‘ngra bu ish milliy va xalqaro darajadagi ishga aylandi.
Kutubxonalarni avtomatlashtirishga dastlab XX asrning 60-yillari o‘rtalaridan kirishildi. Kompyuterlarni kutubxonalar ishiga tatbiq qilish bibliografik ma’lumotlar bazasi va kutubxona kataloglarini yaratishdan boshlandi. Bu ishlar maxsus EHM lar asosida bajarildi. Mashina o‘qiy oladigan (MARC) kataloglarni va yagona kataloglar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha dastlabki natijalar olindi. O‘tgan asr 70-yillari kompyuterlarni aloqa kanallari orqali yagona tarmoqqa bog‘lash imkoni yaratildi. Bu esa o‘z navbatida, bir kompyuterdagi bibliografik ma’lumotlar bazasidan ikkinchi kompyuter orqali foydalanishga sharoit tug‘dirdi.
1980 yillarda shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan kutubxona tizimlarini yaratish va ularni keng tatbiq qilish real bo‘lib qoldi. 1967 yilda AQSh dagi Ogayo shtati kollejlari va universitetlari rahbarlarining tashabbusi bilan Ogayo kollejlari kutubxona markazi- Ohio College Library Center (OCLC) tashkil qilindi. Bundan maqsad -akademik universitetlarning kompyuter tizimlarini rivojlantirib, bibliografik resurslarni o‘zaro almashtirishga imkon yaratish edi. OCLC ning birinchi idorasi Ogayo Davlat universitetining Bosh kutubxonasida, birinchi kompyuterlashtirilgan zal esa mazkur universitet tadqiqotlar markazida tashkil qilindi. OSLC va uning boshqa universitetlar bilan hamkorligi tezda rivojlandi. 1981 yilda korporatsiyaning rasmiy nomi OCLC – to‘g‘ri murojaat qiluvchi kutubxona markazi (Online Computer Library Center Inc) deb o‘zgartirildi.
Bugungi kunda OCLC 63 mamlakatdagi 23000 kutubxonaga xizmat qiladi. Elektron kutubxona g‘oyasi jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi universitetlar va yirik kutubxonalarda u yoki bu yo‘sinda tatbiq qilinmoqda. Masalan, yangi texnologiyalarni tatbiq qilish agentligi, Parlament milliy kutubxonasi, bir qator vazirliklar, 20 dan ortiq kutubxona va madaniy markazlar o‘z kuchlarini birlashtirib, “XXI asr kutubxonasi”ni yaratishga kirishganlar.
Bir necha yil avval AQSh kongressi kutubxonasi elektron kutubxona yaratish milliy dasturini amalga oshira boshladi. 1994 yildan boshlab, AQShda NSF, DARPA va NASA tashabbusi bilan Digital Libraries initiative (DLI) elektron kutubxonalar bo‘yicha tadqiqot dasturi ish boshladi. Mazkur dastur rivojining 2-bosqichida, ya’ni 1998 yildan boshlab, u yagona tarmoqlararo dasturga birlashtirildi. Bu dasturga milliy tibbiyot kutubxonasi, AQSh statistika agentligi, Milliy gumanitar fond, AQSh milliy arxivi va boshqa federal agentliklar qo‘shildi.
1995 yildan boshlab, Buyuk Britaniya milliy dasturi – ELIB amalga oshirildi. Bir qator mamlakatlar (Kanada, Germaniya va boshqalar)da yaratilgan elektron kutubxonalar tashkil etishga oid tarqoq loyihalar milliy va xalqaro loyihalarga aylana boshladi. Elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanishni maqsad qilgan bir qator loyihalar KES (Yevropa hamjamiyatining 4-dasturi) dasturi doirasida amalga oshirildi. Bugungi kunda elektron kutubxonalar yaratish va ulardan foydalanish “Informatsion jamiyat texnologiyalari” dasturi doirasida KES dasturiga kiritilgan. AQSh da o‘tgan asr 80-yillarda elektron kutubxonalar (EK) yaratish bo‘yicha ish boshlangan bo‘lsa, bu ishga Buyuk Britaniyada 1990 yil boshlarida kirishildi.
Odatda bunday ishlar loyihalarni amalga oshiruvchi kichik guruhlar tomonidan bajarilib, keyinchalik milliy dasturlar va xalqaro loyihalar darajasiga ko‘tariladi. Bunga misol sifatida “Katta yettilik” mamlakatlari tomonidan yaratish mo‘ljallanayotgan EK ni keltirish mumkin. Bu loyihada qatnashish uchun Rossiya ham taklif etilgan. AQSh dagi “DLI”, Buyuk Britaniyadagi “ELIB” loyihalari ham bunga misol bo‘la oladi. Germaniyada esa “CLOBAL-INFO” elektron kutubxona yaratishga kirishilgan. Yuqorida keltirilgan loyihalar davlat tomonidan yetarlicha moliyaviy ta’minotga egadir. Bu mamlakatlarda EK yaratish muammolarini yechish uchun turli investitsiyalar faol jalb qilinmoqda, jumladan, turli fondlar, manfaatdor xususiy kompaniyalar, xayriya tashkilotlari, alohida homiy shaxslar mablag‘lari bu ishga yo‘naltirilmoqda.
Rossiyada ham EK yaratish bo‘yicha tajribalar yetarli. 1995 yildan boshlab elektron resurslar va ularning dasturiy-texnik ta’minotini yaratish bilan bog‘liq loyihalar (jumladan, Internet orqali) amalga oshirila boshlandi. Bu loyihalar bir qator davlat ilmiy-texnik dasturlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Masalan, “Fan va texnika bo‘yicha federal informatsion fond”, “Rossiyani axborotlashtirish” dasturi. Rossiya Fan vazirligining maqsadli ilmiy-texnika dasturi “Fan va oliy maktab uchun milliy kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiyasi” loyihasi qo‘llab – quvvatlanmoqda. 1998 yili Rossiya fundamental tadqiqotlar fondi (RFTF) va Rossiya texnologik rivojlanish fondi (RTRF) tanlov e’lon qildi. Uning natijasiga ko‘ra EK muammolarini yechish bo‘yicha loyihalar moliyalashtirila boshlandi. “Rossiya elektron kutubxonalari” tarmoqlararo dasturini amalga oshirish to‘g‘risida ham bir qator yechimlar bor. Mazkur dastur bu sohadagi boshqa loyihalar va dasturlar bilan birgalikda elektron informatsion resurslar yig‘ish, saqlash va ulardan samarali foydalanishga mo‘ljallangan. EK yaratishga yo‘naltirilgan xalqaro loyihalardan biri-“BIBLIOTHECA UNIVERSALIS” hisoblanadi, bu loyiha bo‘yicha EK larning global tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha “Katta yettilik” mamlakatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ikki loyihaning biridir. 1995 yilda boshlangan bu loyiha ishida quyidagi mamlakatlar ishtirok etmoqda:
Fransiyadan – Fransiya madaniyat vazirligi va Fransiya milliy kutubxonasi,
Yaponiyadan -Yaponiya milliy kutubxonasi,
AQSh dan – Kongress kutubxonasi,
Buyuk Britaniyadan – Britaniya kutubxonasi,
Germaniyadan – Germaniya kutubxonasi,
Kanadadan – Kanada milliy kutubxonasi,
Italiyadan -Davlat kutubxonasi.
Elektron kutubxonalar yaratishda AQSh dagi kutubxonalar va axborot markazlari ayniqsa, faollik ko‘rsatmoqda. Loyihalar ichida salmoqlisi AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan, 1995 yilda 15 ta yirik universitet kutubxonasini birlashtirgan Milliy elektron kutubxonalar federatsiyasi (NDLF) loyihasi Milliy kutubxona va Amerika xotirasi loyihalari hisoblanadi. AQShda bu sohada olib borilayotgan ishlar boshqa mamlakatlarda ham shu yo‘nalishdagi tashabbuslar rivojiga turtki bo‘ldi. Shuning uchun ham ular o‘zlarining loyihalarida amerikalik kasbdoshlari tajribasiga ko‘proq tayanishlari tasodifiy emas.
1993 yili Avstraliya arxivlari, Avstraliya kutubxonalar kengashi, Axborot xizmatlarini saqlash bo‘yicha milliy agentlik va Tovushli kino bo‘yicha milliy arxiv hamkorlikda elektron materiallar ishlanmalari yaratishga tavsiyalar beruvchi ishchi organ tuzdilar. Bu sohadagi ishlar Avstraliya federatsiyasining 100 yillik yubileyiga mo‘ljallangan “2001 yildagi Federasiyaga yuzma yuz” dasturiga kiritildi. 1995 yildan boshlab, bu ishchi organ AQSh ning “Hujjatlarning saqlanishi va ulardan foydalanish bo‘yicha kompaniya” ishchi guruhi (SRA) va Ilmiy kutubxonalar guruhi (RLG) ishlaridan samarali foydalana boshladi. Hozirgi paytda bu ishchi organ “Elektron axborotlarni arxivlashtiruvchi ishchi guruhi” deb nom oldi.
Yevropada Yevropa kengashi tomonidan juda ko‘p milliy va xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bunda, ehtimol Buyuk Britaniyaning ancha oldinga ketganligi bois bo‘lsa kerak, uning ELIB dasturi doirasiga 60 dan ortiq loyiha qamrab olingan.
O‘zbekistonda kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari 90-yillarning o‘rtalarida “Axborotlashtirish haqida” qonun va Milliy ilmiy-texnik axborotlar tarmog‘i yaratish bo‘yicha dastur qabul qilinishi bilan boshlandi. Kutubxonalarni avtomatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo‘mitasi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llab- quvvatlangan. Shundan so‘ng elektron kutubxonalar va kutubxona konsorsiumlari yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi. Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasida birinchi elektron kutubxona ishga tushirildi. Namunaviy avtomatlashtirilgan kutubxona loyihasi ochiq jamiyat instituti ko‘mak jamg‘armasining granti asosida amalga oshirildi. Mazkur loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad:
• kutubxona faoliyati bilan bog‘liq axborotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlashning barcha funksiyalarini namoyish etish va o‘rgatish;
• kutubxonachilarni avtomatlashtirilgan kutubxonada ishlashga o‘rgatish uchun sharoit yaratish.
Hozirgi vaqtda axborot resurslarining quyidagi turlari mavjud:
1) Ommaviy axborot vositalari. Bularga turli xil yangiliklar va semantik saytlar (yoki ommaviy axborot vositalarining elektron versiyalari) kiradi. Ularning ajralib turadigan xususiyati yuqori darajadagi tashrif (masalan, NTV veb-sayti, Vesti va boshqalar), ma'lumotni tez o'zgartirish, saytda video ketma-ketlikning mavjudligi.
2) Elektron kutubxonalar. Elektron kutubxona - bu oxirgi foydalanuvchi uchun qulay shaklda global ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali turli xil elektron hujjatlar to'plamini ishonchli saqlash va samarali ishlatish imkonini beruvchi taqsimlangan axborot tizimi.
3) Elektron ma'lumotlar bazalari. Eng umumiy ma'noda ma'lumotlar bazasi maxsus tashkil etilgan teglar va fayllar to'plamidir. Maʼlumotlar bazasining bir turi matn muharrirlari yordamida terilgan va mavzular boʻyicha guruhlangan hujjatlardir. Yana bir turi elektron jadval fayllari bo'lib, ular foydalanish shakllariga ko'ra guruhlangan.
4) Veb-saytlar. Korporativ sayt - bu tashkilot, firma yoki korxonaga bag'ishlangan Internet-resurs. Qoida tariqasida, u foydalanuvchilarni kompaniya, uning faoliyat yo'nalishlari va turlari bilan tanishtiradi, turli ma'lumotnomalarni aks ettiradi: narxlari ro'yxatlar, etkazib berish va to'lash shartlari; reklama ma'lumotlari: sifat sertifikatlarining mavjudligi, ko'rgazmalarda ishtirok etish, matbuotdagi nashrlar va boshqalar; Bog'lanish uchun ma'lumot. Korporativ saytdan farqli o'laroq, shaxsiy va havaskor sayt, bosh sahifa mavjud. Ular taqdim etilgan ma'lumotlarning to'liqligi va ularni amalga oshirishning professionalligi bilan ajralib turadi. Qoidaga ko'ra, saytda siz tor mavzudagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Uni oshkor qilish chuqurligi har xil bo'lishi mumkin: sof ma'lumot, yuzakilikdan yuqori professionalgacha, faoliyatning barcha tomonlarini qamrab oladi. Sayt egasi saytning axborot mazmunini belgilaydi. Saytlarda navigatsiya qilishga yordam beradigan ko'p sonli giperhavolalar bo'lishi mumkin.
5) Xizmatlar - bu turli xil xizmatlardan foydalanishingiz mumkin bo'lgan saytlar guruhi: elektron pochta qutisi, blog (shuningdek, uni saqlash qoidalari bilan tanishish), qidiruv, turli kataloglar, lug'atlar, ma'lumotnomalar, ob-havo. prognozlar, teledasturlar, valyuta kurslari va boshqalar. Masalan, Yandex, Rambler va boshqalar. Axborot portali - bu real vaqt rejimida yangilanadigan turli xil resurslar va xizmatlarning ko'p darajali birlashmasi sifatida tashkil etilgan veb-sayt. Axborot portaliga misol sifatida yagona davlat imtihonini axborot bilan ta'minlash portali http://www1.ege.edu.ru/content/view/14/35/ hisoblanadi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki ushbu loyihaning dastlabki bobida biz asosiy nazariy va ilmiy izlanishlar tahlil qilindi va loyihaning maqsadi, vazifalarini, dolzarbligini kirish qismida ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ushbu mavzu ostida yangiliklar o’zgarishlar o’rganildi.
|
| |