• Bitiruv malakaviy ishning natijasi
  • I BOB. Chust tarixini elektron bazasini yaratishda jahon va milliy bazalar tahlili. 1.1. Chust tarixinining elektron ma’lumotlar bazasini yaratishning foydalilik xususiyatlari.
  • Axborot qidiruv tizimlari fanidan mustaqil ish bitiruv malakaviy ishining 1 bobining tahlili Mavzu




    Download 301,83 Kb.
    bet2/3
    Sana14.01.2024
    Hajmi301,83 Kb.
    #137236
    1   2   3
    Bog'liq
    060-19 AZAMOVA XAFIZA ALIXONOVNA

    Mavzuning dolzarbligi: Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi, Chust tarixiga oid ma’lumotlarni to’liq va tafsilotli ravishda tushunishni talab qiladi
    Bitiruv mаlаkаviy ishining obyekti: Chus tarixi
    Bitiruv mаlаkаviy ishining predmeti: Chust tumani Axborot-kutubxona markazi
    Ishdan maqsad va vazifalar: Chus tarixi elektron katalogi va ma’lumotlar bazasini yaratish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
    Yuqoridagi maqsadni hisobga olgan holda Bitiruv malakaviy ishning vazifalariga quyidagilar asos qilib olindi:
    · Raqamli kutubxonalar va ularni tadbiq qilishni tahlil qilish;
    · Chus tarixi elektron katalogi, bazasi, axborot modelini, va qidirish algoritmlarini ishlab chiqish;
    · Yaratilayotgan loyihaning funksional va tashkiliy tuzilmalari yaratish.
    Bitiruv malakaviy ishning natijasi: Farg‘ona viloyati Chus tumani tarixi yaratish orqali O‘zbekistonning mashxur joylri haqida ma’lumot berish.
    Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Elektron kitoblar bazalari ilmiy tarjimai holatda ham ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bu tarzdagi bazalar tarjima kitoblar,maqolalar va asarlar orqali dunyo miqyosida ommaviy o’zbek tilida ma’lumotlarni taqdim etishga yordam beradi
    I BOB. Chust tarixini elektron bazasini yaratishda jahon va milliy bazalar tahlili.
    1.1. Chust tarixinining  elektron ma’lumotlar bazasini yaratishning foydalilik xususiyatlari.
    So’ngi yillar ichida O’rta Osiyoning, jumladan O’zbekistonning turli hududlarida ko’plab arxeologik kashfiyotlar qilinib muhim ma’lumotlar to’plandi.olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o’rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi.Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy ,ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to’laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
    Uzoq yillik tarix mobaynida har bir xalq o’zining bebaho madaniyati va urf-odatlariga egadir.Quyida biz mana shunday tarixi ming yillarga borib taqaluvchi,qiziqarli manba va ma’lumotlarga boy Chust madaniyati haqidayoritib o’tamiz.
    Mil.avv.ll ming yillikning oxirida va miloddan avvalgi l ming yillikning boshlarida Farg’ona vodiysida Chust madaniyati Qadimgi Farg’onalik ilk dehqonchilik madaniyati bo’lib bobodehqonlarning dastlabki qishlog’I 1951-yilda arxeolog M.Ye.Voronev tomonidan Chust shahri yaqinidagi
    Buvanamozor deb atalgan buloq yoqasidan topib o’rganiladi.Bu madaniyatga tegishli bo’lgan yodgorliklar Namangan,Andijon,Farg’ona viloyatlarida 70 dan ortiq bo’lib, ulardan 10 ga yaqini arxeologlar V.Sprishevskiy, B.Matboboyev, Yu. Zadneprovskiylar tomonidan tadqiq etilgan.
    Chust yodgorligi tepalikda joylashgan bo’lib, maydoni 210x200 metrni tashkil etadi.Madaniy qatlami 40 sm dan 3,5 metrgacha bo’lib, 7 ta qatlamni tashkil etadi.Ikkita turar-joy paxsadan qurilgan, qolganlari esa yerto’la ko’rinishida. Markazda 2 x 2,7 metr o’lchamda tuxumsimon turar-joy mavjud.Chust makoni mudofaa devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, devorlarning qalinligi 7 metr, balandligi 3,5 metr, xom g’ishtdan qilingan. Chust madaniyatini yaratgan dehqonlar yerto’la, paxsa va xom g’ishtdan qilingan uylarda yashagan.Chust qishloqlari atrofi mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Dalvarzintepa yodgorligida mudofaa devorining qoldig’I qazib olingan.Uning eni 6 metr,balandligi 2 metrni tashkil etadi.Chust madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklardan tosh va jez o’roqlar,pichoqlar tosh yorg’uchoqlar hamda arpa,bug’doy va ular uchun qazilgan o’ralarning topilishi aholining asosan dehqonchilik bilan shug’ullanganidan guvohlik beradi.Chust madaniyati qabilalari uchun bronza eritishning rivojlanishi muhim o’rin egallagan.Chust va Dalvarzintepada yumaloq ko’zgular yasash qoliplari topilgan.Hunarmandchilikda bronza o’roqlar yasalgan.Metallga ikkilamchi ishlov berish makon hududidagi ustaxonasida amalga oshirilgan.Bronza qurollar tarkibida 5-7 foiz qalay,5 foiz ruh aralashtirilgan.Kulolchilik sohasi ham rivoj topadi.Idishlar qo’lda yasalgan va sirlangan.Sopol idishlar uy xo’jaligida ishlatilgan qozon,xumcha,ko’za,tovoqlar bo’lib, ularga gul va geometrik chiziqlar chizilgan.Chust aholisi hayotida to’qimachilik rivojlangan.To’qimachilik dastgohiga tegishli urchuq toshlar,moki va suyak taroqlar barcha makonlardan topiladi.
    Hozirgi Samarqand,Navoiy,Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari hududlarida Sug’diyona deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi shakllandi.Uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar bilan bog’liq holda miloddan avvalgi 2,5 ming yillar ilgari(mil.aaaavv.l ming yilliklar o’rtalarida)markaziy So’g’dda Samarqand shahri-Afrosiyob qad ko’tardi.Afrosiyob tarixiy shaxs bo’lib,rivoyatlarga qaraganda Samarqand shahriga asos slogan pahlavondir.Afrosiyob yodgorligining ilk qatlamlaridan Chust madaniyati tipiga oid spool parchalari topilgan. Shuningdek,miloddan avvalgi 6-asrga mansub mudofaa devorlari qoldiqlari o’rganiladi.
    Chust madaniyatining xo’jaligi dehqonchilik-chorvachilikni tashkil etgan.Dehqonchilik Farg’ona vodiysida Chust madaniyatidan oldingi davrda paydo bo’lgan. Chust madaniyati davrida vodiy keng o’zlashtirilgan edi.Yirik makonlarning mavjudligi madaniy qatlamning qalinligi, moddiy madaniyatning yuqori darajasi dehqonchilik ancha rivojlanganligini ko’rsatadi.Ayrim faktlar sun’iy sug’orish ham bo’lganligini ko’rsatadi.Qadimgi dehqonlar bug’doy,arpa,tariq ekkanlar.Chustdan topilgan tariq urug’lari dehqonchilikda tariq ko’p ekilganligini ko’rsatadi.
    Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan va o‘zining noyob pichoqlari, shuningdek an’anaviy bosh kiyimi – do‘ppilari bilan mashhur Chust shahri joylashgan. Shahar ustalari tomonidan yasalgan pichoqlar haqli ravishda mamlakatda eng yaxshi degan nomga loyiqdir.
     
    Chust O‘rta Osiyoning eng qadimgi metallga ishlov beruvchi shaharlaridan biridir. Shaharning qoq markazida so‘zangarlar – Chustning qalbi hisoblangan pichoq yasovchi temirchilar mavzesi bor. Kichkina temirchilik ustaxonalarida azaliy so‘zangarlar qo‘lda o‘zbek pichoqlarini yasaydilar. Pichoqning har biri o‘z maqsadiga ega. Chust pichoqlari nihoyatda o‘tkir va chiroylidir. Ularning tig‘i uzoq vaqt davomida egasiga xizmat qiladi va o‘tkirligicha qoladi.
    Shuningdek, shahar o‘zining do‘ppilari bilan ham mashhur. Ular do‘ppining har qanday boshqa turlari bilan uyg‘un tushadi. Bu do‘ppilar noyob naqsh va bezaklarga ega. Ustalar do‘ppilarni qo‘lda tikib, ularga o‘ziga xos jihatlarni qo‘shadilar.
    Chust Tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan To’raqo’rg’on, shimoli sharqdan Kosonsoy, Janub va g’arbdan Pop, Janubi sharqdan Mingbuloq tumanlari, shimoldan Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming kilometr kvadrat. Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chust), 11 qishloq fuqarolari yig’ini (Axcha, Boymoq, varziq, Karkidon, Karnon, olmos, Og’asaroy, shoyon, Sho’rkent, G’ova, Hisorak) bor. Markazi — Chust shahri. Tabiati. Tuman hududi Chatqol tog’larining etaklaridagi pastbaland tekisliklarda joylashgan. Ko’p qismi adir. Balandligi 1000-1200 metr. Tog’lardan oqib tushadigan soylar (G’ovasoy, Olmossoy, Shataksoy, Rezaksoy, Karkidonsoy va boshqalar) jarliklar hosil qilgan. Janub qismi Sirdaryoga tutash bo’lib, tekislikdan iborat. 1947 yilda ishga tushirilgan Chust kanali Kosonsoy suv ombori suvini 58 kilometr masofaga — olmos qishlog’igacha olib boradi. 1973 yilda suv taqsimlaydigan G’ovasoy gidrouzeli qurildi. Ko’ksaraksoy suv ombori va Chust nasos stansiyasi bor. Iqlimi kontinental. Yillik o’rtacha temperatura 1 gradus. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -1,3°, eng past temperatura -26°. Iyulning o’rtacha temperaturasi 25,8°, eng yuqori temperatura 40°. Yiliga 305 millimetr yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproqlari tekisliklarda bo’z tuproq, adirlar qum, tosh, lyoss, mergel bilan qoplangan. Yovvoyi o’simliklardan shuvoq, yantoq, do’lana, qizilmiya, oqmiya, yovvoyi piyoz, lola va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, quyon, sutur, qobon uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 216,2 kishi. Qishloq aholisi 135,1 ming kishi, shahar aholisi 63,8 ming kishi. Xo’jaligi. Tumanda «Chustmash», «Paxta tolasi», «Barion» aktsiyadorlik jamiyatlari, milliy pichoqlar yasash, «Suvmash» korxonalari, qishloq xo’jalik mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, asfalt zavodlari (olmos qishlog’i), badiiy buyumlar, qandolat, tikuvchilik, atlas korxonalari, non, sut zavodlari, savdo korxonalari bor. Chust pichoqlari jahon ko’rgazmalarida ishtirok etgan. Chust do’ppilari 1968 yilda Nyudexdi, 1969 yilda Monreal, 1970 yilda Tokio va Poznan shaharlaridagi jahon ko’rgazmalarida yuqori baholandi. Tuman qishloq xo’jaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, bog’dorchilik, tokchilik ham rivojlangan. Tumanda 16 shirkat, 945 fermer, 68 dehqon xo’jaligi bor. Ekin maydonlarining 9,7 ming gektariga paxta, 12,3 ming gektar yerga galla, 55 gektar yerga kartoshka, 128 gektar yerga sabzavot, 28 gektar yerga poliz ekinlari ekiladi. 4,3 ming gektar mevazor, 1,5 ming gektar tokzor, 798 gektar tutzor, 13 gektar mevali ko’chatzor bilan band. Chust tumani jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 43,4 ming qoramol (shu jumladan, 20^5 ming sigir), 89,9 ming qo’y va echki, shuningdek, parranda ham boqiladi (2003). Tumanda 69 umumiy ta’lim maktabi, 2 iqtidorli bolalar internati, 2 gimnaziya-internat, sanatoriy-internat maktablari, san’at, musiqa maktablari, 6 kasb-hunar kolleji faoliyat ko’rsatadi. 47 kutubxona (306 ming nusxa kitob), 14 klub muassasasi, 2 muzey, san’at saroyi, 6 madaniyat va istirohat bog’i bor. 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, 6 stadion, 2 suv havzasi, 40 sport zali, 36 otish tiri, 4 tennis korti, 11 futbol maydoni bor. 38 kasalxona (1096 o’rin), tug’ruqxona, poliklinika, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 3 feldsher-akusherlik punkti, 3 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqalar tibbiy muassasalarda 408 vrach va 2031 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Sanatoriy, dam olish uylari ishlab turibdi. Tuman hududi orqali Farg’ona halqa avtomobil yo’li o’tadi. Chustdan Namanganga avtobus qatnaydi. 1960 yildan «Chust haqiqati» tuman gazetasi chiqadi (adadi 6,5 ming).
    Zamonaviy davrda kutubxonalar ko'plab muammolardan aziyat chekmoqda, jumladan, joy etishmasligi, xodimlarning samarasizligi va noto'g'ri boshqaruv. Tegishli tizim mavjud bo'lmasa, ko'pchilik kutubxonalar o'quvchilarga juda tasodifiy rasmni tasvirlaydi. Qadimgi yozuvlar va materiallarni saqlash va saqlash juda mashaqqatli va sinchkov ishdir. Kutubxonalar ham talabga ega bo'lgan nashrlar va yozuvlarni to'plash uchun moliyaviy resurslarning etishmasligi muammolariga duch kelmoqda.
    Ushbu keskin raqobat dunyosida ta'lim tizimi har qachongidan ham ko'proq
    muammo va talablarni taqdim etadi. Bunday dinamik va o'zgaruvchan muhitda kutubxonalar, ayniqsa kollej va universitet kutubxonalari doimiy o'zgaruvchan talablarga javob berishni o'rganishlari kerak. Shu sababli, atrofdagi texnologik volyutsiya bilan hamohang bo'lgan holda, kutubxonalar qo'l mehnatiga bog'liqligini
    kamaytirish va uni boshqarish va xizmatlari uchun kompyuterlar va murakkab exnologiyalardan foydalanish vaqti keldi.
    An’anaviy Kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va kеrak bo‘lganda ularni qidirishni tеzlashtirish maqsadida har qanday axborot-rеsurs, axborot-Kutubxona markazlari va Kutubxonalarda ma’lumotnoma bibliografik apparat (MBA) tashkil qilinadi.
    MBA Kutubxona fondini kitobxonlarga ochib bеruvchi kartotеka, katalog va bibliografik nashrlardan iborat bo‘ladi. Ilmiy-tеxnika axborotlarining elеktron Kutubxonasi ham rеsurslarni saqlash va kеrak bo‘lganda samarali qidirishni tashkil etish maqsadida o‘z elеktron katalogiga ega bo‘lishi kеrak Kutubxona
    Rеspublikamiz olimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan fan, tеxnika va tеxnologiyalarning ilmiy hisobotlarini kataloglashtirish, ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan olimlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va talabalarni o‘z vaqtida ta’minlash bugungi kunda axborot-rеsurs markazlari oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ilmiy-tеxnikaviy hisobotlarning elеktron Kutubxonasi «Fan va tеxnologiyalar» markazi tomonidan har yili o‘tkazilayotgan tanlovlarda, ekspеrtlar uchun axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dеmak, Ilmiy-tеxnikaviy axborotlarning elеktron Kutubxonasini yaratish va uni Intеrnеt/Intranеt tarmoqlarida foydalanuvchilarga taqdim etish fursati yеtib kеlgan.
    Tarmoqda taqdim etiladigan ilmiy-tеxnikaviy axborotlari elеktron rеsurs shaklida bo‘lgani uchun ham ularning tavsifini yaratishda elеktron rеsurslarni tarmoqda taqdim etishga mo‘ljallangan «Dublin yadrosi» mеtama’lumotlaridan foydalanamiz.
    Avtomatlashtirilgan kutubxona ― oʻzaro bogʻlangan kom-pyuterlashgan avtomatik tizim. Asosiy vazifalari: kutubxonadagi barcha kito-blar, jurnallar va boshqa hujjatlarni toʻla qayd qilish; klassifikator boʻyicha in-dekslar qoʻyish; bibliografik qidirish; tanlab olingan kmtoblarming referatlarini koʻrib chiqish; kutubxonaga a’zo boʻlganlarni roʻyxatga olish; buyurtmalarni roʻyxatlashtirish; katalog va kar-tochkalarni hamda qayta roʻyxatga olish varaqalarini bosmadan chiqarish, ki-toblarni abonentlarga berish va qabul qilishni qayd qilish, muddatlarni choʻzib berish; moliyaviy hisobotlar; yangi kito-blarni roʻyxatga olish va holatini ku-zatish; markazlashtirilgan buyurtmalar berish; kutubxonaga tushgan hujjatlarni doimo kuzatib borish va boshqa Avtomatlashtirilgan kutubxonada elek-tron kataloglarni tuzish va yaratish dast-labki qadam boʻlishi zarur.
    Bu vazifalarni bajarish uchun Avtomatlashtirilgan kutubxona ma’lumotlar bazasi kamida 1 mln. yozma ma’lumotga moʻljallangan boʻlishi kerak.Avtomatlashtirilgan kutubxonada bir-biri bilan bogʻlangan kom-pyuterlar tizimidan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan kutubxonaning ichki kompyuter tizimi boshqa shahar va davlatlarning oʻxshash kutub-xonalariga aloqa zanjirlari orqali bogʻlanadi. Natijada yangi axborotlarni tezkor usullarda uzatish, qabul qilib olish, saqlash va ularga ishlov berish imkoni mavjud boʻladi. Avtomatlashtirilgan kutubxonada elektron kataloglar; turli sohalarga doir axbo-130rot bazalari va banklari; elektron kata-loglarning bosma koʻrinishida tayyorlangan analoglari; har oyda va yil choragida chiqariladigan sohalararo adabiyotlar koʻrsatkichi; maxsus elektron jurnallar va boshqa tashkil qilinadi.
    Elektron kutubxonaga berilgan ba’zi bir ta’riflarni eslab o‘taylik F.S.Voroyskiy o‘zining ishida EKga quyidagi ta’rifni beradi. Elektron kutubxona bu - fondida elektron shakldagi axborotlarni saqlaydigan va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan kutubxonadir. Kennet Doulin esa EKni o‘zining 1984 yili e’lon qilingan “Elektron kutubxona” nomli kitobida quyidagicha ta’riflaydi:
    - Resurslarni kompyuter orqali boshqarish;
    - Axborot ta’minotchisini axborot iste’molchisi bilan elektron kanallar orqali
    bog‘lash qobiliyati;
    - Zarur hollarda xodimlarni elektron jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
    Elektron vositalardan foydalanib, axborotlarni saqlash, ishlov berish va iste’molchilarga uzatish qobiliyati. 1991 yili Buyuk Britaniyada “Elektron kutubxona” dasturining ishga tushirilishi munosabati bilan unga dastlab “Kutubxona, elektron kutubxona deyiladi, agarda uning fondidagi hujjatlarning katta qismi elektron shaklga o‘tkazilgan bo‘lsa” degan ta’rif berilgan. Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, to‘liq avtomatlashtirilgan kutubxona “Elektron kutubxona” bo‘lishi mumkin ekan. AQSh Massachuset universitetidan Vilyam Adams o‘zining kitobida EKga “Servislarga mos axborotlarning boshqariladigan kollektsiyasi, bunda axborot raqamli shaklda saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi” deb ta’rif bergan. Ya.L.Shrayberg o‘zining kitobida elektron kutubxonaga quyidagicha ta’rif beradi, “Elektron kutubxona - bu strukturalashtirish va kirishning umumiy ideologiyasi asosida birlashtirilgan lokal yoki global elektron resurslardir”. Axborot-kutubxonalarda (AK) elektron kutubxona yaratish uchun ishni quyidagi jarayonlardan boshlash kerak:
    Axborot-kutubxona yetarli miqdorda kompyuterlar sotib oladi. AKda ichki tarmoq yaratiladi. AK xodimlarining barchasi kompyuterlardan foydalanishga o‘rgatiladi. AK kompyuterlari Internet tarmog‘iga ulanadi. AK xodimlari Internetdan axborot qidirish, elektron katalogdan (Internetning elektron bibliografik resurslaridan) foydalanishga o‘rgatiladi. AKdagi asosiy axborot jarayonlari (axborotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, qidirish va uzatish) avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy vosita (avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimi (AKAT) sotib olinadi va tatbiq qilinadi. AKAT sotib olish bilan cheklanib qolmay, balki AK xodimlarini undan foydalanishga o‘rgatish ham kerak bo‘ladi. AKda AKATning tatbiq qilinishi AK fondini ochib beruvchi elektron katalog yaratilishiga olib keladi. Kitob berish, qaytarib olish, . “qarzdorlarni” aniqlash, kutubxona statistikasini yuritish, kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish kabi bir qator jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda kompyuterlar yordamida bajariladi. AK fondini elektron katalog yordamida ochib berish imkoniyati yaratilgach, kitobxonlarning ehtiyojlarini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. AK statistikasini AKAT orqali olib borish qaysi adabiyotlarning ko‘proq o‘qilayotganligi, qaysi adabiyotlarga ehtiyoj ko‘pligini aniq aytish imkoniyati tug‘iladi. Shunday qilib, AK fondidagi adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazishda kitobxonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ish tutishga sharoit yaratiladi. AK maxsus skaner sotib oladi va kerakli adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkaza boshlaydi. Ayni paytda AKAT elektron katalogidagi bibliografik tavsifga kitobning to‘liq matni bog‘lanadi. Shu tarzda AKning AKAT bazasida elektron kutubxona yaratila boshlanadi. Elektron katalogsiz “Elektron kutubxona” yaratish maqsadga muvofiq emas. Masalan, Siz Internetning biror-bir qidiruv mashinasiga
    “Informatika” so‘zi ishtirok etgan adabiyotni qidirish so‘rovini berib ko‘ring. Siz 7000 000 dan ko‘p axborotga ega bo‘lasiz. Bunday katta axborotlar oqimidan o‘zingizga kerakligini topa olasizmi? Umringiz yetarmikan? Elektron kutubxona uchun elektron katalog qidirish samarasini oshirish uchun kerak bo‘ ladi. Virtual kutubxona qanday yaratiladi? Ko‘pincha kompyuterlashtirilgan kutubxona, avtomatlashtirilgan kutubxona, raqamli kutubxona, elektron kutubxona, virtual kutubxona tushunchalarini aralash holda ishlatilishining guvohi bo‘lamiz. Virtual kutubxona bu elektron kutubxonalar majmuining axborot kommunikatsiya vositalari orqali birlashtirishdan hosil bo‘ladi. Tarmoq orqali ixtiyoriy elektron kutubxonadan foydalanish - virtual kutubxonadan foydalanish bo‘ladi. Shunday qilib, AKda elektron kutubxona yaratish bosqichlari quyidagicha:
    - Kompyuterlashtirilgan kutubxona;
    - Avtomatlashtirilgan kutubxona;
    - Elektron (raqamli) kutubxona;
    - Virtual kutubxona.
    Axborot- kutubxonalarda yangi axborot texnologiyalarini, kutubxonajarayonlarini avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga asosli va izchil yondashish zarur. Quyida AKlardada elektron kutubxona yaratish bo‘yicha murakkab tizimlar va tizimli tahlilning klassik nazariyasiga hamda chet el tajribalariga asoslanib, tavsiyalar beriladi.
    Avtomatlashtirilgan va elektron kutubxonalar yaratish bir qarashda oson ishdek tuyulsada, aslida bu jarayon uzoq davom etadigan murakkab ishdir.

    Download 301,83 Kb.
    1   2   3




    Download 301,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot qidiruv tizimlari fanidan mustaqil ish bitiruv malakaviy ishining 1 bobining tahlili Mavzu

    Download 301,83 Kb.